👍4
Matn ustida ishlash.pptx
1.3 MB
Общий доступ 'Matn ustida ishlash.pptx'
Anton Chexov. Latta (hikoya)
Yaqinda men bolalarimning murabbiyasi Yuliya Vasilevnaga haqini berish uchun kabinetimga chaqirdim.
— O‘tiring, Yuliya Vasilevna! — dedim. — Sizga pul kerak bo‘lsa ham, soddadilligingizdan o‘zingiz so‘ragani uyalasiz… qani, o‘zaro hisoblashib chiqaylikchi. Biz sizning maoshingizni har oyga o‘ttiz so‘mdan gaplashgan edik..
— Qirq so‘mdan…
— Yo‘q, o‘ttiz so‘mdan… Menda yozilgan… Men murabbiyalarga hammavaqt o‘ttiz so‘mdan to‘lab kelganman. Xo‘-o‘sh, siz bizda ikki oy turdingiz…
— Ikki oy-u, besh kun…
— Menda yozilgan. Rosa ikki oy… Demak, sizga oltmish so‘m tegadi… Siz Kolya bilan yakshanba kunlari mashg‘ulot o‘tkazganingiz yo‘q, o‘sha kunlari dam oldingiz, shuning uchun to‘qqiz yakshanbani chiqarib tashlaymiz… Uch kun bayram…
Yuliya Vasilevna birdaniga qizarindi, ko‘ylak burmasini g‘ijimladi-yu, lekin g‘ing demadi!..
— Uch bayram kuni… Demak, o‘n ikki so‘m… Kolya kasal bo‘lib qolib, to‘rt marta dars bo‘lmadi, o‘sha kunlari siz mashg‘ulotni faqat Varya bilangina o‘tkazdingiz… Uch kun tishingiz og‘ridi, xotinim peshindan keyin uyga qaytishingizga ruxsat berdi… O‘n ikki so‘m va yetti so‘m, demak yana o‘n to‘qqiz so‘mni chiqarib tashlaymiz… Qoladi qirq bir so‘m. To‘g‘rimi?
Yuliya Vasilevnaning chap ko‘zi qizarib, yoshga to‘ldi. Iyagi titradi, asabiylashib yo‘taldi; burnini qoqdi, ammo g‘ing demadi.
— Yangi yil oldidan bir talinkacha bilan chashkani sindirdingiz. Buni ikki so‘m deylik, idishga familiya yozilgan edi. Qimmatroq bo‘lsa ham, mayli, roziman! 1.Bizning haqimiz kimlarda ketmagan deysiz! So‘ngra sizning beparvoligingiz natijasida Kolya daraxtga chiqib, kamzilini yirtib tushdi, bu ham o‘n so‘m… yana sizning yaxshi qaramaganligingiz natijasida uy xizmatchisi Varyaning botinkasi o‘g‘irlangan. Axir, siz maosh olasiz, shularning ustidan nazorat qilib turishingiz kerak. Demak, yana besh so‘m… Uninchi yanvarda mendan o‘n so‘m qarz oldingiz…
— Men olganim yo‘q, — dedi Yuliya Vasilevna, sekingina.
— Menda hammasi yozilgan.
— Xayr, mayli… yaxshi.
— Qirq bir so‘mdan yigirma yetti so‘mni chiqarib tashlasak o‘n to‘rt so‘m qoladi…
Murabbiyaning ikki ko‘zi jiqqa yoshga to‘ldi… Uzun, chiroyli burni terlab ketdi. Bechora qiz!
— Men faqat bir martagina oluvdim, — dedi u, qaldiroq tovush bilan. — Bekachingizdan faqat bir marta uch so‘m olganman, xolos… Shundan boshqa pul olganim yo‘q…
— Hali shundaymi? Men buni yozib qo‘ymagan ekanman! O‘n to‘rt so‘mdan uch so‘mni chiqarsak — o‘n bir so‘m qoladi… Oling pulingizni jonim! Mana, uch… uch… uch… bir, tag‘in bir so‘m… oling!
Men unga o‘n bir so‘m berdim. Pulni titroq qo‘llari bilan olib, cho‘ntagiga soldi.
— Mersi! — dedi pichirlab.
Men o‘rnimdan sakrab turib ketib, uy ichida yura boshladim. Juda jahlim chiqib ketgan edi.
— Nega menga mersi deysiz? — dedim.
— Pulingiz uchun…
— Axir, pulingizni o‘g‘irlab o‘tiribman-ku, men sizni taladim-ku! Pulingizni o‘g‘irladim! Nega tag‘in menga mersi deysiz?
— Boshqa joylarda menga shuni ham berishmas edi…
— Berishmas edi? Ajab emas! Men sizga hazillashdim, sizga unutilmas saboq berdim. Men sizning sakson so‘m pulingizni beraman, ana, konvertga solib tayyorlab qo‘yganman. Odam ham shunaqa latta bo‘ladimi? Nega haqingizni talab qilmaysiz? Nega tek turasiz? 2. Bu zamonda odam o‘tkir tishli bo‘lishi kerak! Odam shunday bo‘shang bo‘ladimi?
U bo‘shashib qoldi. 3.Uning yuzidan: «bo‘lishi mumkin!» dsgan ma’noni o‘qidim.
Unutilmas saboq uchun undan kechirim so‘radim-da, qo‘liga sakson so‘mini berdim. U qo‘rqa-pisa chiqib ketdi… 4.Uning ketidan qarab turib: bu dunyoda kuchli bo‘lish oson ekan! — deb o‘yladim.
O. Rahimiy tarjimasi

👏11👍6
6-g`azal
(“G‘aroyib us-sig‘ar”, 228 g‘azal)
Sunbulin Laylo ochiptur, yel abiroso emas,
Dog‘ini Majnun qonatmish, lolayi hamro emas.
Nastaran ko‘zgusida bir sari men, bir sari yor
Chehra aksin ko‘rguzupturbiz guli ra'no emas.
Gulni o‘xshatqan uchun yorimg‘a go‘yo bog‘ aro,
Muztarib ko‘nglum qushidur, bulbuli shaydo emas.
Sunbul ustidin nasim eskach, nigorim turrasin
Yod qildimkim, dimog‘ oshuftadur, savdo emas.
Nargis oltun jomining ollida kofuriy harir
Pardayi jonimdurur marhun, qadahpolo emas.
Dema, afg‘onimda bulbul nolasidek yo‘q nishot,
Bu ham anduhzo emas, gar ul nishotafzo emas.
Gulni sarv uzra xayol ettim ko‘ngul bo‘stonida,
Rost aytay: sarvi gulro‘yum kebi zebo emas.
Bo‘lmangiz mag‘ruri husn, ey sho‘xlarkim, bog‘ aro
Siz kebi bilturg‘i gullardin biri paydo emas
Manga gulrux soqiyu bulbulg‘a gul tutti qadah,
Mast erur ul ham Navoiydek, vale rasvo emas.
Lug‘at:
1.Abiroso – anbardek xushbo‘y 2.Lolayi hamro – qizil lola
3.Nastaran – gul nomi, siren' 4.Muztarib- iztirob chekuvchi, parishon, betoqat, beqaror
5.Turra – kokil, soch o‘rimlari; zulf
6.Oshufta – giriftor, devona, oshiq 7.Kofuriy – oq xushbo‘y modda (kofur)ga o‘xshash
8.Marhun – garovga qo‘yilgan, garovga berilgan 9.Qadahpolo – may suzgich 10.Nishot – shodlik, xursandlik 11.Anduhzo – g‘am orttiruvchi, qayg‘u keltiruvchi
12.Nishotafzo – xursandlik paydo qiluvchi 13.Bilturg‘i – bulturgi, o‘tgan yilgi

👍1
Baytlarning nasriy bayoni [Dilnavoz YuSUPOVA sharhi]
1. Taralayotgan xushbo‘y hidni shamol keltirayotgani yo‘q, balki Laylo o‘z sunbul sochlarini yoygan, tog‘da ochilgan qizil lola emas, balki uni Majnunning qoni qizartirgan.
2. Nastarin gulining ko‘zgusida aslida bir tomondan men, bir tomondan yorim turib, chehraning aksini namoyon qilganmiz, bu aslo ra'no gulining aksi emas.
3. Bog‘ ichra yorimni gulga o‘xshatgani uchun betoqat va beqaror bo‘lgan qush bu ko‘nglim qushidir, bulbuli shaydo emas.
4. Sunbul gulining ustidan shamol esgach, nigorimning kokilini yodga oldim va dimog‘im oshufta, ya'ni aqlim parishon bo‘ldi, bu aslo kasallikdan emas.
5. Nargis gulining oltin jomi oldida mening jonim garovga qo‘yilgan harir pardaga o‘xshaydi, buni siz may suzgich deb o‘ylamang.
6. Fig‘onlaringda bulbulning nolasidek shodlik yo‘q, deb aytma, agar uning nolasi xursandlik paydo qilmasa, mening fig‘onlarim ham qayg‘u keltiruvchi emas.
7. Ko‘nglim bo‘stonida gulni sarv ustida deb tasavvur qilib ko‘rdim, lekin rostini aytsam, u mening gul yuzli sarvqomat yorimdek zebo emas ekan.
8. Ey sho‘xlar, husningizga bu qadar mag‘rur bo‘lmang, bog‘ orasida siz kabi bulturgi gul yo‘q.
9. Menga gul yuzli soqiy, bulbulga esa gul qadah tutdi, u ham Navoiydek mast, lekin u kabi rasvo emas.