Slaydlar( ONA TILI VA ADABIYOT)
2.68K subscribers
167 photos
79 videos
2.23K files
689 links
Siz uchun barchasini bir joyga jamlashga qaror qildik. Muallifi va kanal ssilkasi bilan berilgan slaydlardagi ma`lumotlar saqlab qolindi
Download Telegram
G‘azalning umumiy ma'no-mohiyati
Ushbu g‘azal mavzusiga ko‘ra oshiqona bo‘lsa-da, unda tabiat tasviri yor go‘zalligi va oshiq ruhiy holati ta'rifi bilan uyg‘unlashib ketgan, shu ma'noda u ko‘proq peyzaj yo‘nalishidagi she'rlarni eslatadi. G‘azal usluban ta'rif va tavsifning umumlashmasidan iborat: unda insoniy sifatlar ham, tabiat manzaralari ham, oshiqning iztirobli tuyg‘ulari bayoni ham birday ob'ekt bo‘lib xizmat qilgan.
G‘azalning o‘ziga xosligi va Navoiy dahosining buyukligi shundaki, unda zohiriy va botiniy ma'nolar, ya'ni majoziy ishq va ilohiy ishq tasviri bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilmaydi, aksincha, har ikki ma'no bir- birini to‘ldirib, uyg‘unlashib ketadi. Boshqacha qilib aytganda, bir g‘azalning o‘zida majoziy ishq tasviridan ilohiy ishq tasviriga yoki aksincha holatga o‘tiladi, kitobxon goh bu ma'nodan, goh u ma'nodan, goh har ikkisidan zavqlana oladi (Najmiddin Komilov).
G‘azal matla'sida mumtoz adabiyotdagi an'anaviy oshiq-ma'shuq obrazlari lirik qahramon va uning sevgilisi timsolini ifodalab keladi, unga ko‘ra bahor faslida havoning gullar vositasida xushbo‘y hid taratishi ­tabiat hodisasi bo‘lmay, balki Layloning sunbuldek sochidan taralgan ifordandir. Tog‘ bag‘ridagi qizillik ham Laylo ishqida ko‘ksi yara bo‘lgan Majnunning qonidan, lolalarning qip-qizil bo‘lib ochilib yotishidan emas.
Navbatdagi baytda guli ra'no va unga xos tasvir timsoli yetakchilik qiladi:

Nastaran ko‘zgusida bir sari men, bir sari yor
Chehra aksin ko‘rguzupturbiz guli ra'no emas.

Unga ko‘ra, oshiq va ma'shuqa chehrasining ko‘zgudagi aksi ra'no gulini eslatadi. Savol tug‘iladi: nima uchun aynan ra'no guli? Chunki ra'nogulda qizil va sariq rang omuxta bo‘lgan. Shoir guldagi bu xususiyatni hisobga olib, uning qizilligini yorning chehrasiga, sariq rangini esa o‘zining za'faron yuziga qiyos qilyapti. Baytning botiniy ma'nosi ham bor. Ra'nogul tasavvufda ulug‘vor go‘zallik, mutlaq jamol (Yaratgan)ning ramzini ifodalaydi. Shunga asoslanib, baytni quyidagicha talqin qilish ham mumkin:
Nastarin gulining ko‘zgusida bir tomondan men, bir tomondan yorim turib, chehraning aksini namoyon qilganimiz, lekin bu hali ra'no guli degani emas, ya'ni haqiqiy ishqning mazhari emas: hali bizning ishqimiz majoziy bo‘lib, komillik kasb etgani, ya'ni kamolotga erishgani yo‘q.

Sunbul ustidin nasim eskach, nigorim turrasin
Yod qildimkim, dimog‘ oshuftadur, savdo emas.

Baytning zohiriy ma'nosiga ko‘ra, sunbul gulining ustidan shamol esgach, nigorimning kokilini yodga oldim va dimog‘im oshufta, ya'ni aqlim parishon bo‘ldi, bu aslo kasallikdan emas.
Botiniy ma'noga ko‘ra, tasavvufda zulf parishonlik va hijron ramzi.
Shu sababli oshiqning holi parishon, o‘zi devonavash. Bu devonalik kasallikdan emas, demoqchi shoir, balki ishq tufaylidir, zero aql jununi bilan ishq jununining farqi bor.
Beshinchi baytda chiroyli poetik tasvirga guvoh bo‘lamiz:
Nargis oltun jomining ollida kofuriy harir
Pardayi jonimdurur marhun, qadahpolo emas.

Baytdagi tasvirga ko‘ra, nargis gulining oltin jomi yonida turgan narsa may suzgich emas, balki oshiqning garovga qo‘yilgan nozik jonidir. Ushbu tasvirni konkretlashtirishga harakat qilamiz. Ma'lumki, mumtoz adabiyotimizda nargis guli keng qo‘llanilgan timsollardan bo‘lib, u ko‘proq yorning ko‘ziga nisbat berilgan. Ushbu g‘azalda esa nargis gulining kosasi oltin qadahga o‘xshatilgan. Nargis guli bahor faslida gullagan vaqtida, poyasining pastki qismidagi bandli, patsimon oq rangli barg­lari qurib qoladi. Shoir bu o‘rinda ana shu bahoriy hodisaga ishora qiladi: nargisning oltin jomi oldida turgan oq xushbo‘y barglarini may suzgich deb o‘ylamang (qadimda mayni uning quyqasi, ya'ni durdidan tozalash uchun usti oq nafis mato yoki dokadan o‘tkazib, suzganlar), u mening garovga olingan nozik jonimdir. Odatda, garovga olingan narsa, omonat bo‘ladi, shoir ushbu omonatlilikni nargisning gullagandan ke­yin qurib, to‘kilib ketadigan nimjon barglariga o‘xshatyapti. Oshiqning joni ishq yo‘lida shunchalik omonat…
Maqta'dan avvalgi bayt navoiyyona falsafaning badiiy talqinini o‘zida aks ettiradi:
Bo‘lmangiz mag‘ruri husn, ey sho‘xlarkim, bog‘ aro
Siz kebi bilturg‘i gullardin biri paydo emas.


Bu dunyo va undagi go‘zalliklar o‘tkinchi, ular bilan mag‘rurlanish yaramaydi, bog‘da ham har yili yangi gullar ochiladi, avvalgi gullardan kelasi yil nom-nishon ham qolmaydi, shunday ekan, inson o‘tkinchi narsalarga aldanib qolmasligi, o‘zini haqiqiy ishq uchun tayyorlamog‘i kerak.
Maqta' g‘azalning avvalgi baytlariga xulosa tarzida yangraydi:

Manga gulrux soqiyu bulbulg‘a gul tutti qadah,
Mast erur ul ham Navoiydek, vale rasvo emas.


Menga gul yuzli soqiy, bulbulga esa gul qadah tutdi, u ham Navoiydek mast, lekin u kabi rasvo emas. Irfon tilida soqiy ma'rifat mayini tarqatuvchi, bulbul esa ishq yo‘lida afg‘on chekuvchi, sukr yo‘lidagi oshiq solik (ishqini faryod chekib izhor qiluvchi) timsolini ifodalaydi. Demak, baytdan kelib chiqadigan umumiy xulosa: Bulbul ishq to‘la qadahni guldan olayotgan bo‘lsa, oshiq ma'rifat mayini piri komil qo‘lidan olyapti. Bulbul ham ishq yo‘lida mast, lekin uning ishqi lirik qahramon darajasida emas, u hali Navoiydek rasvo bo‘lgani yo‘q, zero oshiqlikning kamoli ishq yo‘lida qanchalik “rasvo” bo‘lganligi bilan belgilanadi.
Umuman olganda, ushbu g‘azal real insoniy kechinmalar tasviri bilan birga haqiqiy ishq yo‘lida mutlaq Go‘zallik mazharini izlash yo‘lidagi oshiqning maqom bosqichlaridagi holatlarini ham o‘zida aks ettiradi.
👍1👏1
Hurmatli ustozlar, abituriyentlar yuqoridagi 👆👆👆hikoyalar ro'yxati berilgan havola( ko'k yozuvli mundarija ) ni hamkasblaringizga, guruhdoshlaringizga uzating. Ularga yordam ,sizga esa yaxshilik muallifi bo'lish nasib etadi
👍3🍾1
“Shum bola” BBC tomonidan barcha davrlarning eng yaxshi bolalar kitoblari yuztaligiga kiritildi👏👏👏

Ajoyib xushxabar haqida batafsil maqolada o‘qishingiz mumkin👇👇
https://factchecking.uz/2023/06/02/shum-bola-bbc-tomonidan-barcha-davrlarning-eng-yaxshi-bolalar-kitoblari-yuztaligiga-kiritildi/

@domlajon
👍2
BBC tomonidan e'lon qilingan barcha davrlarning eng yaxshi kitoblari
1          Where the Wild Things Are (Maurice Sendak, 1963)
2          Alice's Adventures in Wonderland (Lewis Carroll, 1865)
3          Pippi Longstocking (Astrid Lindgren, 1945)
4          The Little Prince (Antoine de Saint-Exupéry, 1943)
5          The Hobbit (JRR Tolkien, 1937)
6          Northern Lights (Philip Pullman, 1995)
7          The Lion, the Witch and the Wardrobe (CS Lewis, 1950)
8          Winnie-the-Pooh (AA Milne and EH Shepard, 1926)
9          Charlotte's Web (EB White and Garth Williams, 1952)
10        Matilda (Roald Dahl and Quentin Blake, 1988)
11        Anne of Green Gables (LM Montgomery, 1908)
12        Fairy Tales (Hans Christian Andersen, 1827)
13        Harry Potter and the Philosopher's Stone (JK Rowling, 1997)
14        The Very Hungry Caterpillar (Eric Carle, 1969)
15        The Dark is Rising (Susan Cooper, 1973)
16        The Arrival (Shaun Tan, 2006)
17        Little Women (Louisa May Alcott, 1868)
18        Charlie and the Chocolate Factory (Roald Dahl, 1964)
19        Heidi (Johanna Spyri, 1880)
20        Goodnight Moon (Margaret Wise Brown and Clement Hurd, 1947)
21        The Adventures of Pinocchio (Carlo Collodi, 1883)
22        A Wizard of Earthsea (Ursula K Le Guin, 1968)
23        Moominland Midwinter (Tove Jansson, 1957)
24        I Want My Hat Back (Jon Klassen, 2011)
25        The Secret Garden (Frances Hodgson Burnett, 1911)
26        Duck, Death and the Tulip (Wolf Erlbruch, 2007)
27        The Brothers Lionheart (Astrid Lindgren, 1973)
28        Harry Potter and the Prisoner of Azkaban (JK Rowling, 1999)
29        Brown Girl Dreaming (Jacqueline Woodson, 2014)
30        The Three Robbers (Tomi Ungerer, 1961)
31        The Snowy Day (Ezra Jack Keats, 1962)
32        The Tiger Who Came to Tea (Judith Kerr, 1968)
33        Howl's Moving Castle (Diana Wynne Jones, 1986)
34        A Wrinkle in Time (Madeleine L'Engle, 1962)
35        Watership Down (Richard Adams, 1972)
36        Tom's Midnight Garden (Philippa Pearce, 1958)
37        Grimm's Fairy Tales (Brothers Grimm, 1812)
38        The Tale of Peter Rabbit (Beatrix Potter, 1902)
👍1
39        The Railway Children (Edith Nesbit, 1906)
40        Noughts and Crosses (Malorie Blackman, 2001)
41        The BFG (Roald Dahl and Quentin Blake, 1982)
42        Rules of Summer (Shaun Tan, 2013)
43        Momo (Michael Ende, 1973)
44        The Story of Ferdinand (Munro Leaf and Robert Lawson, 1936)
45        The Lord of the Rings (JRR Tolkien, 1954)
46        The Owl Service (Alan Garner, 1967)
47        Ronia, the Robber's Daughter (Astrid Lindgren, 1981)
48        The Neverending Story (Michael Ende, 1979)
49        The Panchatantra (Anonymous / folk, -200)
50        Treasure Island (Robert Louis Stevenson, 1883)
51        Mary Poppins (PL Travers, 1934)
52        Ballet Shoes (Noel Streafield, 1936)
53        So Much! (Trish Cooke and Helen Oxenbury, 1994)
54        We're Going on a Bear Hunt (Michael Rosen and Helen Oxenbury, 1989)
55        The Adventures of Cipollino (Gianni Rodari, 1951)
56        The Giving Tree (Shel Silverstein, 1964)
57        The Gruffalo (Julia Donaldson and Axel Scheffler, 1999)
58        Julián Is a Mermaid (Jessica Love, 2018)
59        Comet in Moominland (Tove Jansson, 1946)
60        Finn Family Moomintroll (Tove Jansson, 1948)
61        The Witches (Roald Dahl and Quentin Blake, 1983)
62        A Bear Called Paddington (Michael Bond, 1958)
63        The Wind in the Willows (Kenneth Grahame, 1908)
64        Roll of Thunder, Hear My Cry (Mildred D Taylor, 1977)
65        Karlsson-on-the-Roof (Astrid Lindgren, 1955)
66        The Phantom Tollbooth (Norton Juster and Jules Feiffer, 1961)
67        The Cat in the Hat (Dr Seuss, 1957)
68        The Miraculous Journey of Edward Tulane (Kate DiCamillo and Bagram Ibatoulline, 2006)
69        Peter and Wendy (JM Barrie, 1911)
70        One Thousand and One Nights (Anonymous / folk)
71        From the Mixed-Up Files of Mrs Basil E Frankweiler (EL Konigsburg, 1967)
72        When Hitler Stole Pink Rabbit (Judith Kerr, 1971)
73        Shum bola (G'afur G'ulоm, 1936)
73        Ernest and Celestine (Gabrielle Vincent, 1981)
75        A Kind of Spark (Elle McNicoll, 2020)
76        Little Nicholas (René Goscinny and Jean-Jacques Sempé, 1959)
77        Black Beauty (Anna Sewell, 1877)
78        Daddy-Long-Legs (Jean Webster, 1912)
79        No Kiss for Mother (Tomi Ungerer, 1973)
80        My Family and Other Animals (Gerald Durrell, 1956)
81        Jacob Have I Loved (Katherine Paterson, 1980)
81        The Lorax (Dr Seuss, 1971)
83        Fairy Tales / The Tales of Mother Goose (Charles Perrault, 1697)
84        The Moomins and the Great Flood (Tove Jansson, 1945)
85        The Wonderful Wizard of Oz (L Frank Baum, 1900)
86        Just William (Richmal Crompton, 1922)
87        The Twits (Roald Dahl and Quentin Blake, 1980)
87        The Mouse and His Child (Russell Hoban, 1967)
87        Out of My Mind (Sharon M Draper, 2010)
87        Moominvalley in November (Tove Jansson, 1970)
87        Little House in the Big Woods (Laura Ingalls Wilder, 1932)
92        Danny the Champion of the World (Roald Dahl, 1975)
93        The Snowman (Raymond Briggs, 1978)
94        Wave (Suzy Lee, 2008)
95        The Black Brothers (Lisa Tetzner, 1940)
96        The Velveteen Rabbit (Margery Williams, 1921)
97        The Bad Beginning (Lemony Snicket, 1999)
98        The Graveyard Book (Neil Gaiman, 2008)
99        American Born Chinese (Gene Luen Yang and Lark Pien, 2006)
100      Haroun and the Sea of Stories (Salman Rushdie, 1990)
Agar siz shu kitoblardan kamida 3 tasini o'qigan bo'lsangiz,demak,barcha davrlarning eng yaxshi kitobxonisiz. Menga o'xshab ☺️
👍4
⚡️Punktuatsiya bo‘yicha Sizdan so‘rashi mumkin bo‘lgan ma‘lumotlar 5-sinf darsligi asosida (1-qism)

👉Tinish belgilarining yozma nutqda qo‘llanish qoidalarini o‘rganuvchi bo‘lim punktuatsiya deyiladi. Savodxon bo‘lish, yozuv madaniyatini egallash uchun tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay 
bilish kerak.

👉O‘zbek tilida 10 ta tinish belgisi mavjud.

👉Tire (–) bilan chiziqcha ( - )ni farqlash lozim. Tire tinish belgisi, chiziqcha (defis) esa imlo qoidalarida o‘rganiladigan belgidir.

👉Nuqta quyidagi o‘rinlarda qo‘yiladi:
1. Darak, xabar mazmunidagi, ba’zan buyurish mazmunidagi 
gaplardan so‘ng: Bobom mosh-guruch soqolli, yuzi ajinlarga to‘la 
barvasta qariya edi. (I.Sulton)
2. Voqea-hodisa, shaxs-narsani nomlash uchun ishlatilgan (bir 
so‘z yoki so‘z birikmasi bilan ifodalangan) qisqa gapdan so‘ng:
Yashash. Bu – orzular qanotin kermoq.
Yashash. Bu – muhabbat gullarin termoq. (O. Matjon)
3. Tartib bildiruvchi arab raqamlaridan so‘ng: Nutq tovushlari 
2 xil bo‘ladi: 1. Unli tovushlar. 2. Undosh tovushlar

👉Vergul quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:
1. Sanash ohangida aytiladigan bo‘laklar – uyushiq bo‘laklar 
orasida: Chetlarida jiydalar, majnuntollar o‘sgan anhorga havas 
bilan qaradi. (Said Ahmad)
2. Undov so‘zlardan keyin: Iya, yubilyar ekansan-da, shoshmay tur-chi, hozir. (O‘. Hoshimov)
3. Biror shaxsga murojaat – undalmalardan keyin: O‘g‘rigina 
bolam, hoynahoy, biror tiriklikning ko‘yida tomga chiqqan ko‘ri￾nasan? (G‘afur G‘ulom)
4. So‘z takrorlansa: Shoir itoatkarona bosh irg‘ab: – O‘qiganmiz, o‘qiganmiz, – deb tan oldi. (O. Yoqubov)
5. So‘zlovchining o‘zi bildirayotgan fikrga qo‘shimcha munosabatini bildiradigan so‘zlarning ikki tomonida: Endi bu soatdan boshlab Marg‘ilondan roziman, negaki, yo‘qlab kelguvchi 
sizning kabi qadrdonlar ham bo‘lur ekan. (A. Qodiriy)

👉
Savol mazmunidagi gaplar so‘roq gaplar hisoblanadi. Ular so‘roq 
so‘zlari va -mi, -chi, -a, -ya kabi so‘roq mazmunidagi qo‘shimchalar 
yordamida hosil bo‘ladi:
– “Meniyam kitob qilib yozsang-chi?” – degan edingiz.
– “Sizning nimangizni kitob qilaman, oyi?” – degan edim men.
(O‘tkir Hoshimov)
Kim?, nima?, qanday?, qancha?, nima qilmoq? so‘zlari gap ichida 
qo‘llanganda, ular ortidan so‘roq belgisi qo‘yiladi: Sifat turkumiga oid 
so‘zlar qanday?, qanaqa?, qaysi? so‘roqlariga javob bo‘ladi.
Milliy sertifikat | Slaydlar| Esse va tezis
👍1
⚡️Ko‘p nuqta

📌1. Mazmunan tugallanmagan darak gaplar oxiriga ko‘p nuqta qo‘yiladi:
◽️To‘yni kelasi yil qilsak qilarmiz... (A.Qahhor)
◽️Poyezdga bilet olib qo‘ygan bo‘lsak, poyezd uch soatdan keyin ketsa... (A.Qahhor)

📌2. Gapdagi turli uzilishlarni ko‘rsatish uchun ko‘p nuqta qo‘yiladi:
◽️Hay-hay, ukam, shundoq baobro‘ odam sizni ko‘rgani kelsa-yu, siz xursand bo‘lish o‘rniga... (A.A’zam)

📌3. Gap muallifining o‘ylanib qolish, ikkilanish, hayajonlanish kabi holatlarini ko‘rsatish uchun ko‘p nuqta qo‘yiladi:
◽️O‘zing tengi bolalar lager palatkalarida maza qilib uxlab yotganida, sen suv sepib, yo‘lka supurishing... Nima desam ekan... Sal alam qiladi kishiga. (O‘.Hoshimov)

📌4. Gapda berilgan sanoqdagi qatorni yana davom ettirish mumkinligini, uning tugamaganligini ko‘rsatish uchun ko‘p nuqta qo‘yiladi:
◽️Gullarning nomini juda topib qo‘yishadi-da, - dedi, - tugmachagul, gulibeor, qirqog‘ayni, oqqaldirg‘och... (N.Eshonqul)
◽️Bolaligimda ko‘p kasal bo‘lardim: qizamiq, ko‘kyo‘tal, bezgak... (O‘.Hoshimov)

📌5. Mazmuni aniq ochilmagan gaplardan keyin ko‘p nuqta qo‘yiladi va undan keyin shu mazmunni ochadigan gap keltiriladi:
◽️1914 yil... Shu yildan o‘zbek she’riyati osmonida «Cho‘lpon» degan mitti yulduz charaqlay boshladi. (N.Karimov)

📌6. Matnda muayyan sabab bilan uzilib qolgan fikr bayonining davom ettirilganini ko‘rsatish uchun gap boshiga ko‘p nuqta qo‘yiladi:
◽️...Bolaligimni eslasam, iliq yoz kechalari ko‘z oldimga keladi. (O‘.Hoshimov)
◽️ ...Bu tushning oxiri emas edi. Bu ibtidosi edi. (N.Eshonqul)

📌7. Sarlavha vazifasida qo‘llangan gaplardan keyin mazmun taqozosiga muvofiq ko‘p nuqta qo‘yiladi:
◽️Bir yigit kuylar ekan... (Oybek. She’r sarlavhasi)
◽️Yoshlikni eslab... (Oybek. She’r sarlavhasi)
◽️ Iztirob ekan-ku muhabbat!.. (X.Do‘stmuhammad. Hikoyalar turkumining nomi.)
Milliy sertifikat | Slaydlar| Esse va tezis
👍2
⚡️Qavs haqida

📌1. Ifodalanayotgan fikrga yoki uning biror bo‘lagiga qo‘shimcha izoh bеruvchi so‘z yoki ibora qavsga olinadi:
◽️Karimjon (sinfimizning a’lochisi) oliy o‘quv yurtiga kiribdi.

☝️Eslatma

Qavsdan oldingi tinish bеlgisi (vеrgul, nuqtali vеrgul, ikki nuqta, tirе) qavsdan kеyin qo‘yiladi:
◽️Chavandoz bu gapni Ertoyеvga aytishni ham, aytmaslikni ham bilmay (aytsa Ertoyеv xafa bo‘ladi, aytmasa bir joydan chatog‘i chiqishi mumkin), boshi qotib ... turganda... Gulchеhra mojarosi chiqsa bo‘ladimi?

📌 2. Kiritma gap yoki dramatik asardagi rеmarka qavs bilan bеriladi:
◽️1. Ukam (sеn uni taniysan) bu yil maktabni bitirdi.
◽️2. Aziz Kamol (xayol og‘ushida). Vatanimizga qarshi ko‘tarilgan ruhiy va iqtisodiy hujum shu kunlarda cho‘qqisiga chiqdi.

📌3. Misol yoki ko‘chirmaning manbayi:
◽️Eshik qars etib yopildi. (O.Yoq.)

📌 4. Kirish so‘z yoki iboraga oid tinish bеlgisi qavsning ichiga olinadi:
◽️To‘satdan uning xayoliga akasining bundan bеsh-olti oy oldin... yozgan xati (o‘shandan bеri undan dom-darak yo‘q!) ... tushdi.
Milliy sertifikat | SLAYDLAR| Esse va tezis
👍1
⚡️So‘roq bеlgisining ishlatilishi

🔑 So‘roq bеlgisi quyidagi hollarda ishlatiladi:

📌1. So‘roq gapdan kеyin: 
◽️Ishga tayyormisiz?

📌2. So‘roq gap birdan ortiq bo‘lishi mumkin. Bunda:
👉a) so‘roq gap mustaqil bo‘lsa, har biridan so‘ng so‘roq bеlgisi qo‘yiladi:
◽️Qishloq qanday? Og‘aynilar yaxshi yurishibdimi?

👉b) agar so‘roq gap mazmunan umumiy bir fikrni ifodalasa va qo‘shma gap tarzida bo‘lsa, eng so‘nggi so‘roq gapdan kеyin qo‘yiladi:
◽️– Kim kеlyapti: Sarvimi, Rahbarmi yo akangning bolalarini yetaklab kеlyapsanmi?

📌3. Gap darak gap bo‘lib, undagi biror so‘z yoki ibora noaniq bo‘lsa va gumon ifodalansa, undan kеyin so‘roq bеlgisi qo‘yiladi:
◽️Bu ishning hammasini yarim soat (?) ichida bajarar ekanmiz.

☝️Eslatma

Ba’zan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gapning oldingisi so‘roq, qolgani esa uning izohi sifatida kеlishi mumkin, bunday holda ular orasiga vеrgul yoki tirе qo‘yilishi mumkin, lеkin qo‘shma gapning qismi vеrgul yoki tirе bilan ajratilishi shart bo‘lganligi tufayli so‘roq bеlgisi qo‘yilmaydi:

◽️ U ertaga kеladimi, kеlmaydimi, bu mеn uchun qorong‘i.
Milliy sertifikat | SLAYDLAR| Esse va tezis
👍2
⚡️Undov belgisi  haqida

📌1. Undov gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi:
◽️Buni qarang, unashtirishni to‘y deb yursa-ya!

📌2. Tarkibida emosionallikni kuchaytiradigan qanday, qanchalik, qanaqa, naqadar, muncha, bunchalik kabi so‘zlar mavjud bo‘lgan gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi:
◽️Yashash qanday yaxshi, tag‘in shunday katta, go‘zal shaharda! (O‘.Umarbekov)
◽️Qara, u qanday yaxshi yigit! (O‘.Umarbekov)
◽️Hayot! U naqadar murakkab ea naqadar ulug! (O‘.Umarbekov)

📌3. Emosionallik darajasi kuchli bo‘lgan ritorik so‘roq gaplar oxiriga ba’zan undov belgisi qo‘yiladi:
◽️Ona o‘z bolasiga yomonlikni ravo ko‘radimi! (A.Qahhor)

📌4. Buyruq, talab, undash mazmuni emosional shaklda buyruq maylidagi fe’l yoki boshqa vositalar orqali ifodalangan buyruq gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi:
◽️Shukur qiling! Sevining! Mundoq bir kuling! Kulimsirang! Iljaying! (Cho‘lpon) ◽️Baxt xususida uni yanglishtirmang! Yanglishtirmang qiz bechorani! (A.Qahhor)

📌5. His-hayajon intonasiyasi bilan talaffuz qilingan  gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi:
◽️Favqulodda manzara! (Kitlar osmonda uchib ketayotgan turnalar kabi o‘tkir uchburchak hosil qilib suzib borishar edi.) (Ch.Aytmatov)
◽️Ana turmush! Ana kuyov-qayliq! (Poshshaxon bilan Sultonxon qayliq bo‘libdimi?) (Cho‘lpon)

📌6. Murojaat ob’yektini ko‘rsatuvchi, ya’ni undalmali gaplar odatda emosionallikka ega bo‘ladi va ular oxiriga undov belgisi qo‘yiladi:
◽️Ona tilim! Mehring bu qadar O‘rtaguvchi ekan jonimga. (E. Vohidov) Do‘stlar! Siz ham Matmusa Hikmatin unutmanglar.

📌7. Undovlar alohida gap vazifasida kelganda, undan keyin undov belgisi qo‘yiladi:
◽️Oh! U yoqda xo‘rladilar, bu yoqda kaltakladilar (R.Haydarova)
◽️Hoy! Ovqatlaringdan darak bormi? (O‘.Umarbekov))

📌8. Tarkibida his-hayajon undovlari mavjud bo‘lgan gaplarda emosionallik yorqin ifodalanadi va bunday gaplar oxiriga undov belgisi qo‘yiladi:
◽️O ayol qalbi! Dunyoda mavjud barcha fojialar sel bo‘lib yopirilsa chidar-u, ammo erining xiyonatiga sira-sira chiday olmas! (T.Malik)

📌9. Salomlashish-xayrlashish, tabrik, minnatdorlik, tashakkur, uzrxohlik, ma’qullash, rag‘batlantirish kabi muomala odatlarini bildiradigan gaplarda ham ko‘pincha emosionallik yorqin ifodalanadi va ularning oxiriga undov belgisi qo‘yiladi:
◽️Men ketdim! Xayr! (O‘.Hoshimov)
◽️Xayriyat! (Bu kimsasiz orolda bittagina insofli tirik odam bor ekan!) (T.Malik)
◽️Marhamat! (Ulug‘sifat bo‘lib ko‘rinish uchun - o‘ttiz yoshdaman demoqchi edi) (Ch.Aytmatov)
◽️Ofarin! Haq gapni aytayotir! (Ch.Aytmatov) (Bunga chidash mumkinmi?!)
◽️Yo‘q! (T.Malik) Balli! Ot aylanib qozigini topadi! (A.Qahhor)
◽️Avvalambor, to‘ylaring muborak bo‘lsin! (Sh.Xolmirzayev)
Milliy sertifikat | SLAYDLAR| Esse va tezis
👍3
#Qit'a sharhi+ testi bilan

« T A V A K K U L N I UL KI M ...
Tavakkulni ulkim qo
'yub xotiriga
Tushar shoh ollinda qulluq havosi.
Nasibi aning bir ayoq osh erur bas,
Agar ganji Qorun erur muddaosi,
Birovkim, bo'lur bir ayoq osh uchun qul,
Yuziga kerakdur qazonning qarosi.

Tavakkul yoki tavakkal sozining lugag’iy mazmuni — xudoga umid bog'lash, xudoning ehsonlariga
ishonishdir. Xudoning marhamatiga inonib ish yurituvchilar tavakkalchilardir. Haqiqiy tavakkalchilar uchun qat’iyat, mardlik, aytgan gapidan qaytmaslik, e’tiqod mustahkamligi singari xislatlar xos bolgan. Ular yaratganning o'zini yagona rahbon va madadkor deb hisoblashgan. Shu boisdan bunday kishilar, kimligidan qat’iy nazar, inson qiyofasidagi hech qaysi «xudocha»larga bo'ysunmaganlar. Lekin odam farzandiga xos riyokorlik bunda ham o'z kuchini ko'rsatgan. Aks holda hazrat Navoiyning ushbu qit’asi yozilmagan bo'lur edi.
Qit’aning ilk baytini oqishimiz bilan ko'z o'ngimizda ikki qiyofali bir kimsa namoyon bo'ladi.
Tashqaridan qaralganda, bu kimsa tavakkalchi. Lekin aslida u xushomad bandasi, nafs uchun o'zining ichki haqiqatini sotuvchi.
Bobomiz xudoga ishonchni insonning o'z-o'ziga ishonchi bilan qariyb teng qo'yadilar. Qit’ada qoralanayotgan kimsa, avvalo o'ziga inonmaydi. Demakki, uning tavakkalchiligi yolg'on. Shuning uchun u tavakkalni niqob qilib podshoh oldida qulluq etadi. Hazrat Navoiy mana shuni kechirolmaydilar. Ulug' shoirni shu buqalamunlik qahrlantirgan. She’r davomida bu ikkiyuzlamachilikning ildizi ravshanlashadi. Gap xushomad va qulluqchilik fojiasi to'g'risida. Odatda «qulluq havosi»ga tobe kimsalarning ko'pchiligida qorin va martaba tashvishidan yuqoriroq ilinj bo'lmaydi.
Qorun — benihoyat boylikka erishgan kishining nomi. Mir Alisher Navoiy «shoh ollinda
qulluq» qilgan riyokorning muddaosi osha Qorun xazinasi bo'lgani bilan uning nasibasi bir kosa osh ekanligini bejiz ta’kidlamaganlar. Chunki qulluq va xushomadning zamirida qanday katta da’vo yashirinmasin, asl mohiyatda u qorin uchun qadr va qanoatni yerga qorish demakdir. Buni o'z nomi bilan yuzqoralik deb atamoq lozim. Hazrat Navoiy ham bir kosa osh uchun o'zini qullikka
mahkum etgan nokasning basharasi el nazaridan yashirin qolmasligini o'ylagan bolsalar kerakki:
Birovkim, bo'lur bir ayoq osh uchun qul,
Yuziga kerakdur qazonning qarosi, — deya hukm chiqarganlar. Bu — adolatli hukm.
Ibrohim Haqqul talqinidagi tahlil
# 44-savol. Tashqi tahlil uchun
1-savol
Qit'aning qofiyalanish tartibini aniqlang
2-savol
Qit'adagi qofiyadosh sozlarni aniqlang
3-savol
Qofiyadosh so'zlar tarkibidagi raviyni aniqlang
4-savol
Raviyning ishtirokigiga ko'ra qofiyaning turini aniqlang
Ma'noviy savollar
5-savol
Qit'ada qanday insonlar qoralanadi?
6-savol
Qit'ada insonlarga xos qaysi illatlar qoralanadi?
7-savol
Qit'ada qanday badiiy sanat qollangan?
8-savol

Qit'aning asosiy g'oyasini 10-15 ta so'z orqali ifodalang
👍5
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov).pdf
674.9 KB
Общий доступ 'Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov).pdf'
Adabiyot. 8-sinf. 2-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov) (1).pdf
689.9 KB
Общий доступ 'Adabiyot. 8-sinf. 2-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov) (1).pdf'
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌙 Арафа Муборак ҚАДРДОНЛАРИМ!!!