Tarmoq texnologiyalari
193 subscribers
115 photos
3 videos
17 files
41 links
Tarmoq texnologiyalari bo'yicha birinchi raqamli kanal

Murojaatlar uchun: @A_Abdurauf_A
Download Telegram
Forwarded from School 21 Uzbekistan
🎓 JOB & EDU FEST School 21’da

📅 14-may
🕒 15:00-17:00
📍 School 21, Toshkent, Ziyolilar ko'chasi, 13

Sizni kompaniyalar yarmarkasi kutmoqda — bu 30 ga yaqin IT-kompaniyalar vakillari bilan bevosita suhbatlashish, muhim savollar berish, bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyotlar va career yo‘nalishlari haqida ma'lumot olish uchun ajoyib imkoniyat.

🎤 Shu bilan birga, konferens-zalda va ma’ruzaxonada qisqa, lekin foydali mini-sessiyalar ham bo‘lib o‘tadi.
Seminarlar o‘zbek tilida o‘tkaziladi

✨ IT sohasida martaba qurmoqchi bo‘lgan, savollar bermoqchi va yangi professional hamkorlar topmoqchi bo‘lgan barchani kutamiz!
____________________
🎓 JOB & EDU FEST в School 21

📅 14 мая
🕒 15:00-17:00
📍 School 21, Ташкент, ул. Зиёлилар, 13

Тебя ждёт ярмарка компаний — отличная возможность лично пообщаться с представителями около 30 IT-компаний, задать важные вопросы, узнать о вакансиях, стажировках и карьерных треках.

🎤 Параллельно в конференц-зале и в лектории пройдут короткие, но полезные мини-сессии от экспертов.
Семинары пройдут на узбекском языке.

✨ Ждём всех, кто хочет построить карьеру в IT, задать вопросы и найти новых профессиональных партнёров!

#Events
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube 🔹LinkedIn
Forwarded from UzGeeks Community
Assalom alaykum!!!
UzGeeksʼda DevOps kuni!

📌 31-may, shanba kuni TATU binosida "UzGeeks May2025 DevOps Day Meetup" boʻlib oʻtadi.

⭐️Meetupʼda quyidagi spikerlar ishtirok etadi:
1️⃣“GitOps Beyond Kubernetes: Applying GitOps to VMs, and more”
- Numon Amirov (Owner @ Subinc);
2️⃣“Lets Nix it.”
- Sokhibjon Orzikulov (Head of OSS @ Uzinfocom);
3️⃣“Katta infrastrukturani boshqarishda monitoringning o'rni.”
- Jahongir Yovmuddinov (Yetakchi mutahassis @ Mobiuz);

🔄 Meetup odatiy ravishda bepul boʻlib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks.uz saytida roʻyxatdan oʻtish kerak.

📍Manzil: Amir Temur ko‘chasi, 108 (Toshkent axborot texnologilari universiteti)

🎙Hamkorlar:
➡️ Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi;
➡️ Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi;
➡️ Thinkland.
➡️ Toshkent axborot texnologilari universiteti
➡️ Floss O'zbekiston.

Sayt | Guruh | Kanal | Facebook | 💫 Donate
Forwarded from School 21 Uzbekistan
💡 «Ekologiya, san’at, texnologiyalar» mavzusidagi xakaton uchun arizalar qabuli boshlandi!

Agar siz ekologiyaning kelajagiga befarq bo‘lmasangiz, unda 20-21-iyun kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan xakatonda ishtirok eting. Xakatonda yoshlar barqaror rivojlanishga kod, san’at va nostandart yechimlar orqali yangicha yondashish maqsadida jam bo‘lishadi. Ikki kun davomida ishtirokchilar g‘oya yaratishdan tortib, namuna tayyorlashgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadilar.

Eng yaxshi loyihalar pul mukofoti yoki qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
🏆 Umumiy sovrin jamg‘armasi: 100 000 000 so‘m

Ishtirok etish uchun quyida berilgan ikkita yo‘nalishdan birini tanlash kerak:
💻 Tech for Ecology – kod yozish, loyihalash, tahlil qilish bilan shug‘ullanadigan hamda texnologiya orqali dunyoni o‘zgarishni istaganlar uchun.
🎨 Art for Ecology – tasvir, mohiyat va multimedia bilan ishlaydigan hamda raqamli san’at orqali ekologiya bilan uyg‘unlikni yanada ta’minlamoqchi bo‘lganlar uchun.


📆 20-21-iyun, oflayn
📍 Toshkent shahri, Ziyolilar ko‘chasi, 13-uy, School 21 kampusida
👥 Tadbirda O‘zbekistonning barcha hududlaridan 18-30 yoshdagi yigit-qizlar ishtirok etishlari mumkin.
✅ Hududlardan kelgan ishtirokchilar uchun transport, turar-joy va ovqatlanish xarajatlari to‘lab beriladi.

❗️Arizalar 8-iyungacha qabul qilinadi.
Faqat 100 nafar ishtirokchi tanlab olinadi, shuning uchun ariza to‘ldirishda e’tiborli bo‘ling, chunki nima maqsadda ishtirok etayotganligingiz biz uchun muhim.

📲 Quyidagi havola orqali ariza topshirish va batafsil ma’lumot olish mumkin: hackathon.21-school.uz
_____________________
💡 Открыт приём заявок на хакатон «Экология, искусство, технологии»!

Если тебе важно, каким будет экологическое будущее — присоединяйся к хакатону 20-21 июня в Ташкенте. На хакатоне соберутся молодые люди, чтобы переосмыслить устойчивое развитие через код, арт и нестандартные решения. За два дня участники пройдут путь от идеи до готового прототипа.

Лучшие проекты получат денежные или ценные призы.
🏆 Общий призовой фонд: 100 000 000 сум

Для участия необходимо выбрать одно из двух направлений:
💻 Tech for Ecology — для тех, кто пишет код, проектирует, анализирует и хочет менять мир через технологии.
🎨 Art for Ecology — для тех, кто работает с визуалом, смыслами, мультимедиа и хочет сделать экологию ближе через цифровое искусство.


📆 20-21 июня, оффлайн
📍 Ташкент, Зиёлилар, 13, в кампусе School 21
👥 Участвовать могут девушки и парни 18–30 лет из всех регионов Узбекистана
✅ Для участников из регионов покрываются расходы на проезд, проживание и питание

❗️Заявки принимаем до 8 июня.
Мы отберём 100 участников, поэтому внимательно подойди к заполнению заявки — нам важно понять, зачем ты с нами.

📲 Узнать подробнее и подать заявку можно по ссылке: hackathon.21-school.uz

#Events
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube 🔹LinkedIn
Forwarded from DevOps
🍔DevOps как бургер (DaaB)

Дорожная карта DevOps-инженера должна выглядеть так:

1. Изучите язык программирования (Python, Go и т.д.) для написания скриптов автоматизации.

2. Освойте одну операционную систему (Linux) и её командную строку (CLI).

3. Освойте управление серверами, веб-серверами, включая прокси, такие как Nginx или IIS.

4. Изучите контейнеризацию с использованием Docker.

5. Ознакомьтесь с оркестрацией контейнеров с помощью Kubernetes.

6. Откройте для себя инфраструктуру как код (IaC),
используя такие инструменты, как Terraform, Ansible, Chef или Puppet, для подготовки и управления конфигурациями.

7. Поймите сетевые протоколы: DNS, IP-адреса, порты и модель OSI.

8. Примите практики непрерывной интеграции/непрерывного развертывания (CI/CD) для автоматизации этапов доставки и развертывания приложений.

9. Освойте методы мониторинга для контроля приложений, сервисов и инфраструктуры в реальном времени.

10. Получите практический опыт работы с облачными провайдерами, такими как AWS и Azure.

#devops #девопс

Подпишись 👉@i_DevOps
Assalom aleykum hurmatli kanalimiz a'zolari!
Kim agar tizim administratorligi kursiga qiziqsa quyidagi havola orqali o'tib savollarga javob beringlar
Hurmatli kanalimiz a'zolari!
Yangi kurs ochilishi uchun kamida 30 ta odam so'rovnomadan o'tishi talab etiladi. Shuning uchun yuqoridagi so'rovnomadan o'tinglar hamda tanishlarga yuboring qo'yinglar.
Tizim administratorlari bajaradigan asosiy vazifalar ketma-ketligini ko'rib chiqamiz:
1. FIZIK INFRASTRUKTURA - Bu nima?

Tasavvur qiling, siz uy qurayapsiz. Avvalo qurilish materiallari, poydevor va devorlar kerak bo‘ladi. IT sohasida esa bular — real yoki virtual serverlar, kompyuterlar hamda tarmoq uskunalari hisoblanadi.

Tizim administratori nima bilan shug‘ullanadi?
Serverlarni sotib olish — tizim ishlashi uchun qanday quvvat (CPU, RAM, disk) kerakligini tanlaydi
Joylashtirish — serverlarni data-markazda yoki bulut infratuzilmasida o‘rnatadi
Tarmoqqa ulash — kabellarni yotqizadi, marshrutizatsiyani sozlaydi
Uskunalarni monitoring qilish — qurilmalarning soz holatda ishlashi, harorat me’yorida bo‘lishi va disk to'lib qolmasligini nazorat qiladi

Misol:
Agar ilova sekinroq ishlay boshlasa, tizim administratori quyidagilarni tekshiradi:
protsessor yuklamani ko‘tara olyaptimi, xotira yetarlimi, qattiq disk ma’lumotlarni yetarlicha tez yozayaptimi va h.k.
2. OPERATSION TIZIMLAR VA SERVERLAR - Bu nima?

Uy qurib bo‘lingandan keyin uni jihozlash kerak bo‘ladi.
Operatsion tizimlar (Linux, Windows Server) — bu ilovalar uchun “muhit” hisoblanadi.

Tizim administratori nima bilan shug‘ullanadi?
- Operatsion tizimni o‘rnatish — serverga Linux yoki Windows o‘rnatadi
- Yangilanishlar va patchlar — xavfsizlik tuzatmalarini o‘rnatadi(telefon yangilanishlariga o‘xshaydi, lekin ancha muhim)
- Foydalanuvchilarni boshqarish — akkauntlar yaratadi, kirish huquqlarini belgilaydi
- Fayl tizimi — fayllar qanday saqlanishini va kim ularni ko‘ra olishini tashkil qiladi

Misol: Serverda xavfsizlikka oid zaiflik aniqlanadi. Tizim administratori patchni o‘rnatadi, serverni qayta yuklaydi va hammasi to‘g‘ri ishlayotganini tekshiradi. Bu jarayon ba’zan butun tun davom etishi mumkin.
Hurmatli kanalimiz a’zolari kirib kelgan yangi yil bilan barchangizni tabriklayman!
Assalomu alaykum, hurmatli kanal a'zolari! 👋

Kanal biroz jim qoldi, endi muntazam qaytamiz. Bundan buyon dushanbadan shanbagacha har kuni post chiqadi:

🟦 Dushanba — #nazariya: "X nima?" degan savollarga tushunarli javob
⚡️ Seshanba — #bugungi_buyruq: bitta foydali buyruq
🟩 Chorshanba — #amaliyot: buyruqlar, sozlash, laboratoriya ishlari
💡 Payshanba — #bilasizmi: qisqa qiziqarli fakt
🟨 Juma — #quiz: bilimingizni tekshiring
🟥 Shanba — #keys: real ishda uchraydigan muammolar va ularning yechimlari

Mavzular faqat tarmoq bilan cheklanmaydi: Linux, Docker, Ansible, monitoring va bulutli texnologiyalar ham bo'ladi. Bugungi kunda tizim administratoridan aynan shular so'raladi.

Quyidagi so'rovnomada qaysi mavzu sizga eng kerakligini belgilang 👇
Kanalni do'stlaringizga ham ulashing: https://t.me/learnnetuz
Tarmoq texnologiyalari pinned «Assalomu alaykum, hurmatli kanal a'zolari! 👋 Kanal biroz jim qoldi, endi muntazam qaytamiz. Bundan buyon dushanbadan shanbagacha har kuni post chiqadi: 🟦 Dushanba — #nazariya: "X nima?" degan savollarga tushunarli javob ⚡️ Seshanba — #bugungi_buyruq: bitta…»
📚 "Tizim administratori vazifalari" seriyasi davom etadi!
Oldingi qismlar: 1. Fizik infratuzilma 👉 t.me/learnnetuz/228 | 2. Operatsion tizimlar 👉 t.me/learnnetuz/229

3. TARMOQ — Bu nima? 🌐
Uyimiz qurildi (fizik infratuzilma), ichi jihozlandi (operatsion tizimlar). Endi unga yo'l, elektr va suv tortish kerak, ya'ni uyni boshqa uylar va butun shahar bilan bog'lash kerak. IT'da bu vazifani tarmoq bajaradi.

Tizim administratori nima bilan shug'ullanadi?
- IP rejalash: qaysi bo'limga qaysi tarmoq (subnet) berilishini belgilaydi, tarmoqni VLAN'larga ajratadi
- DHCP va DNS: kompyuterlar IP manzilni avtomatik olishi va saytlarni nomi bo'yicha topishi uchun xizmatlarni sozlaydi
- Routing va NAT: ichki tarmoqni internet bilan bog'laydi
- Firewall: qaysi trafikni o'tkazish, qaysini to'sishni belgilaydi
- VPN: xodimlar uydan turib ham ishxona tarmog'iga xavfsiz ulana olishini ta'minlaydi

Misol:
Xodim "Internet ishlamayapti" deb murojaat qildi. Administrator quyidagilarni ketma-ket tekshiradi:
1) kompyuter IP oldimi → ipconfig
2) shlyuz javob beryaptimi → ping 192.168.1.1
3) internet bormi → ping 8.8.8.8
4) DNS ishlayaptimi → nslookup google.com
Shu 4 ta qadamning o'zi muammolarning 80 foizini topadi.

#sysadmin_seriya #tarmoq
💡 Bilasizmi?

Har kuni ishlatadigan ping buyrug'ini 1983-yilda Mayk Muuss bir kechada yozgan.

Nomini esa suv osti kemalaridagi sonardan olgan. Sonar signal yuboradi, u biror narsaga urilib qaytadi va "ping" degan ovoz chiqadi. Tarmoqdagi ping ham xuddi shunday ishlaydi: paket yuboradi va javobini kutadi.

#bilasizmi