Leadis Lab'ga xush kelibsiz ๐ค
Ancha vaqtdan beri shu fikr bilan yuraman: ko'pchilik sotuvni "odamlarga nimanidir o'tkazish" deb tushunadi. Lekin men OWA'da va undan oldin Foreach'da ishlab yurib bir narsani aniq angladim โ real biznesda, ayniqsa B2C sohasida, sotuv aslida muammoni topish va unga to'g'ri yechim berish san'ati ekan.
Shuning uchun ham bu kanalni ochdim. Leadis Lab shunchaki kitobiy nazariyalar to'plami bo'lmaydi โ bu men sotuv, lidlar oqimi, CRM va B2C strategiyalarni noldan, real amaliyotda sinab ko'radigan laboratoriyam.
Bu yerda nimalarni ko'rib chiqamiz desangiz โ sotuvning fundamental qoidalarini noldan o'rganamiz, mijoz psixologiyasi qanday ishlashini chuqurroq tushunib boramiz, lidlar bilan qanday ishlash va ularni tizimlashtirish kerakligi haqida gaplashamiz, va albatta men o'zim duch kelgan real keyslarni ham ulashib boraman.
Agar sotuvni bosqichma-bosqich, tizimli o'rganmoqchi bo'lsangiz โ to'g'ri joydasiz.
Sayohatni boshladik๐
@leadisuz

Sayohatni boshladik
@leadisuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
โก1๐1๐1๐ค1๐ค1๐1๐ค1๐1
Sotuv lug'ati: har bir sotuvchi bilishi shart bo'lgan uchta tayanch atama
Sotuv, biznes sohasida professional tilda gapirish uchun avvalo shu uchta tushunchaning farqiga borish kerak.
Boshlaymiz lid tushunchasidan. Ko'pchilik sotuvchilar "menga lid keldi" va "menga mijoz keldi" degan iboralarni adashtirishadi, aslida lid โ bu hali mijoz emas. Lid โ sizning mahsulot yoki xizmatingizga minimal darajada qiziqish bildirgan, lekin hali pul to'lamagan, faqat aloqa ma'lumotlarini qoldirgan potensial xaridor. B2C misolida buni tushunish oson: kiyim do'koni yonidan o'tib ketayotgan odam shunchaki o'tkinchi, lekin u do'konga kirib "bu kurtka qancha turadi" deb so'rasa, o'sha zahoti lidga aylanadi. B2B tomonda esa saytingizda "konsultatsiya olish" tugmasini bosib, ism va telefon raqamini qoldirgan korxona rahbari โ aynan shu B2B lid bo'ladi. Sotuvchining vazifasi shu โ sovuq va neytral holatdagi lidni to'g'ri muloqot orqali real xaridorga aylantirish.
Keyingi atama โ CRM tizimi, ya'ni mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish tizimi. Sodda qilib aytsam, bu โ sotuv bo'limining raqamli yordamchisi va aqlli daftari. Ilgari sotuvchilar mijozlar ro'yxatini oddiy daftarga yoki eng yaxshi holatda Excel jadvaliga yozishardi, natijada daftar yo'qolardi, sotuvchi qo'ng'iroq qilishni unutardi, yoki ishdan bo'shab ketayotganda butun mijozlar bazasini o'zi bilan olib ketardi. CRM bularning barchasini hal qiladi โ barcha lidlar bitta platformaga (masalan amoCRM yoki Bitrix24) avtomatik tushadi, tizim sizga "soat 15:00 da Sanjar aka bilan bog'lan" deb eslatib turadi, va rahbar har bir sotuvchining oyiga qancha qo'ng'iroq qilib, qancha sotuv yopganini shaffof ko'ra oladi.
Va nihoyat, B2B bilan B2C farqi. B2C โ biznesning oddiy jismoniy shaxslarga sotishi, masalan restoranda ovqatlanish yoki do'kondan poyabzal olish, bunda qarorlar ko'pincha hissiyotga berilib, tez va qisqa vaqtda qabul qilinadi. B2B esa biznesning boshqa korxonaga sotishi โ zavod uchun xomashyo yetkazib berish yoki kompaniyaga CRM dasturi o'rnatib berish kabi. Bu yerda qarorlar mantiq, raqamlar, foyda va bir nechta mas'ul shaxs (direktor, buxgalter, IT xodim) tomonidan ancha uzoqroq vaqt ichida qabul qilinadi.
Sotuvchining asosiy vazifasi โ soha B2B yoki B2C bo'lishidan qat'i nazar, kelgan lidlarni CRM tizimida tartibli nazorat qilib, har birini natijagacha yetkazish.

๐คทโโ1๐1๐ฅ1๐1๐1๐1๐ค1๐1
"Ijtimoiy isbot" (social proof)
Hozir mijoz bilan suhbat jarayonida bir narsani payqab qoldim. Aniqroq aytganda, sotuv davomida odamlarga psixologik ta'sir o'tkazish yo'llaridan birini aniqladim. Ya'ni qo'ng'iroq yoki offline suhbatda mijozga jamiyat, odamlar nima qilayotganini miyasiga "quyish". Sotuvchi "odamlar nima qilayotgan bo'lsa, sen ham shuni qilishing kerak" degan fikrni unga o'tqaza olishi kerak.
Odamning miyasi noaniqlik holatida โ masalan, yangi mahsulot yoki xizmat haqida qaror qabul qilayotganda โ "boshqalar nima qilyapti" degan signalga tayanadi. Bu evolyutsion jihatdan xavfsizlik mexanizmi: agar ko'pchilik biror narsani qilsa, demak u to'g'ri, demak u xavfsiz.
Keyin bilsam, bu Robert Cialdini o'zining "Influence" kitobida tasvirlagan olti ta asosiy ishontirish tamoyillaridan biri ekan.

โค1โก1๐1๐1๐1๐ค1๐ค1
Nega "faqat 3 ta qoldi" degan jumla sizni darhol sotib olishga undaydi
Odam miyasi g'alati ishlaydi. Biror narsa cheklangan yoki tugab qolishi mumkin deb bilsa, uning qiymati ko'z oldida darhol oshib ketadi โ hatto o'sha narsaning o'zi zarracha o'zgarmagan bo'lsa ham. Psixologiyada bu scarcity effect, ya'ni tanqislik effekti deb ataladi, va sotuvda eng ko'p ishlatiladigan tamoyillardan biri.
Sabab shunda: inson miyasi yo'qotishdan qo'rqishni yutishdan ko'ra kuchliroq his qiladi. Mijoz "bu imkoniyatni boy beraman" deb o'ylasa, qaror qabul qilishni tezlashtiradi โ hatto haqiqatda hali vaqti yetarli bo'lsa ham.
Amalda buni ko'p ko'rgansiz: "faqat 5 ta qoldi" deyilganda, yoki "aksiya bugun kechqurun tugaydi" degan xabar kelganda, yoki "bu narxda faqat shu oy" deb yozilganda. Hattoki "faqat ro'yxatdagilar uchun" degan bitta jumlaning o'zi ham xuddi shu mexanizmni ishga tushiradi.
Menimcha, kamchilik hissi โ bu mijozni aldash emas. Bu shunchaki ikkilanib turgan odamga bugun qaror qabul qilishga turtki berish, xolos. Farq faqat shunda โ cheklov haqiqiy bo'lishi kerak. Soxta "3 ta qoldi" yozib, aslida tovar cheksiz bo'lsa, mijoz buni bir kun albatta payqaydi, va o'shanda yo'qotadigan narsangiz bir martalik sotuvdan ancha ko'p bo'ladi.

โก1๐คทโโ1โ1๐1๐ฏ1๐ค1๐1๐คท1
Sotuvchi shaxmatchi kabi o'ylashi kerakligi haqida
1803-yilda Napoleon g'alati bir qaror qabul qildi โ hozirgi AQSh hududining to'rtdan bir qismidan ko'prog'ini tashkil etadigan ulkan yerni, Luizianani, 15 million dollarga sotib yubordi. Bitta imzo bilan. O'sha paytda bu ko'pchilikka tushunarsiz tuyulgan, axir kim o'z imperiyasining bir bo'lagidan shunchaki voz kechadi?
Lekin Napoleon aslida juda sodda narsani ko'rgan edi. U bu yerni saqlab qololmasligini bilardi โ pul yo'q, urush yaqinlashib kelyapti, hududni himoya qilishning iloji yo'q. Va u ikkilanib o'tirmadi, "keyin ko'ramiz, balki yaxshiroq shart chiqar" demadi. Vaziyatni to'g'ri o'qidi-yu, sotdi.
Menimcha, sotuvda ham aynan shu narsa ko'pchilikni imkoniyatdan mahrum qiladi. Kelishuv deyarli tayyor, mijoz "ha"ga yaqin turibdi, lekin sotuvchi ichida "balki kutsam, yanada yaxshiroq bo'ladi" degan ovoz eshitadi. Kutadi. Keyin mijoz sovib qoladi yoki boshqa joyga ketadi.
Napoleon buni bilardi โ muzokarada eng qiyin qaror ko'proq talab qilish emas, to'g'ri paytda to'xtay olishdir.
Siz ham "keyinroq yaxshiroq bo'ladi" deb kutib, imkoniyatni boy berib qo'ymagandirsiz.

โก1๐คทโโ1๐1๐1๐1๐1๐ค1๐1
Mahsulot bilimi haqida
Kecha o'zim bilan bir savol bo'yicha bahslashib qoldim. Faraz qiling, kimdir kiberxavfsizlik kursini sotmoqchi, lekin "Linux nima" deb so'rasangiz aniq javob bera olmaydi. Bu qanday sotuv bo'lishi mumkin?
Menimcha, bu โ sotuvda eng ko'p e'tibordan chetda qoladigan narsalardan biri. Ko'pchilik "yaxshi sotuvchi bo'lish" deganda faqat muloqot mahoratini, gapga chechanlikni, e'tirozga javob berishni tushunadi. Lekin buning barchasidan oldin turadigan bir narsa bor โ siz sotayotgan narsangizni chinakam tushunishingiz.
Sabab sodda: mijoz sizning ovozingizdagi ishonchni his qiladi, hatto so'zlaringizni chuqur tahlil qilmasa ham. Agar savolga tutilib javob bersangiz, "umuman" degan so'zlarga tez-tez o'tib ketsangiz, mijoz buni ongsiz darajada payqaydi. Va bir marta shubha uyg'onsa, qaytadan ishonch qozonish deyarli imkonsiz bo'lib qoladi.
Bu yerda katta farq bor โ bilish bilan tushunish orasida. Bilish, bu "kursda o'n modul bor" deyish. Tushunish esa, bu Linux buyruq qatori nima uchun kiberxavfsizlikda muhimligini, va bu bilim mijozning kelajakdagi ish joyida qanday amaliy foyda berishini his qildira olish.
Men buni o'z tajribamda ham ko'rganman โ o'zim mahsulotga ishonmasam, mijozga hech qanday ishonch bera olmayman. Sotuv san'ati aslida ishontirish emas, o'zi ishongan narsani boshqasiga ko'rsatib bera olishdir.

โก1๐ฅ1๐1๐คฏ1๐1๐ค1๐ค1๐1
Telefonda ovoz ohangi nega so'zlardan ko'ra muhimroq.
Bir tadqiqotni o'qib qolgan edim โ insonlar orasidagi muloqotda ma'noning katta qismi so'zlardan emas, ovoz ohangi va gavda tilidan uzatiladi. Telefon suhbatida gavda tili yo'q, demak deyarli hamma narsa ovozga tushadi.
Bu โ sovuq qo'ng'iroq qiladigan sotuvchi uchun juda muhim narsa. Siz ajoyib skript yozishingiz, har bir e'tirozga tayyor javob tayyorlashingiz mumkin, lekin agar ovozingizda charchoq, shubha yoki shoshilinchlik eshitilsa, mijoz buni so'zlardan oldin ushlab oladi.
Buni o'z tajribamda ham sinab ko'rganman. Ishda menda sho'x bir hamkasbim bor edi. Ertalab kayfiyatim yomon bo'lib kelsam ham, u bilan nimadir deb bir kulishib olsam, keyin mijozlar bilan gaplashishim ancha yaxshilanardi โ ovozim yengil, tabiiy chiqardi. Aksincha, umuman kulmasdan, xotirjamlashmasdan qo'ng'iroqqa kirishsam, o'zimda ishonch bo'lmasdi, shoshilib gapirardim, va hatto ovozimning o'zi menga yoqmasdi.
Bu โ tasodif emas ekan. Odamlar telefonda kulib gaplashganda, buni eshituvchi tomon "his qiladi", garchi ko'rmasa ham. Ovoz muskullari kulganda o'zgaradi, va bu o'zgarish tovushda seziladi. Shuning uchun ko'p tajribali qo'ng'iroq markazlarida sotuvchilarga stol oldiga kichik oyna qo'yishni maslahat berishadi โ o'zingizni kuzatib borish uchun emas, balki tabassum qilishni eslab qolish uchun.
Yana bir narsa โ gapirish tezligi. Shoshilinch ohang mijozda "bu odam mendan tezroq qutulmoqchi" degan taassurot qoldiradi. Sekinroq, xotirjam ovoz esa aksincha, ishonch va nazoratni bildiradi.
Menimcha, ko'p sotuvchi so'zlarni mukammallashtirishga vaqt sarflaydi, lekin ovozini hech qachon tinglab ko'rmaydi. Bir marta o'z qo'ng'irog'ingizni yozib olib, orqaga eshitib ko'ring โ bu ehtimol eng noqulay, lekin eng foydali mashq bo'ladi.

โก1๐1๐ฅ1๐1๐1๐1๐1๐1
Bosim bilan sotilgan narsa โ ertami-kech qaytariladi. Ishonch bilan sotilgan narsa โ qoladi.
Bozorga kiyim olgani borgan edim. Sotuvchi ayol meni ko'rib qolib, "aka, aynan sizga mos, hoziroq oling, bu narxda faqat bugun" deb ketidan yurdi. Men noqulay bo'lib sotib oldim, lekin uyga kelib kiyib ko'rsam, umuman menga yarashmagan ekan. O'sha shoxobchaga endi ikkinchi marta yaqinlashmayman ham.
Bir hafta o'tib boshqa do'konga kirdim, sotuvchi yigit shoshilmadi, "birga ko'ramiz, sizga yarashadigan rangni tanlaymiz" dedi, o'zi ham chin dilidan maslahat berdi. O'sha kiyimni hozir ham kiyaman, va o'sha do'konga har safar birinchi navbatda boraman.
Ko'p sotuvchi bugungi sotuvni yopishga shoshiladi, lekin unutadiki, mijozning ishonchi โ bir martalik emas, uzoq muddatli aktiv. Bugun bosim bilan "ha" dedirtirsangiz, ertaga u pushaymon bo'ladi, va boshqa hech qachon qaytmaydi.
Sekin, lekin ishonchli sotuv โ ertaga ham, keyingi safar ham sizga qaytib keladi.

๐ฅ2โก1๐1๐1๐ฏ1๐1๐ค1
Hech qachon birinchi qo'ng'iroqda mijozni ko'ndirishga urinmang
Bu โ ko'pchilik yangi sotuvchi tushunmaydigan, lekin tajribali sotuvchi hech qachon buzmaydigan qoida. Birinchi qo'ng'iroqdagi maqsad sotish emas โ maqsad ishonch qozonish.
Sabab shunda: mijoz sizni hali tanimaydi. U sizning kim ekaningizni, gapingizga qanchalik ishonish mumkinligini, va eng muhimi โ sizga real ehtiyoji bormi yoki yo'qligini hali bilmaydi. Shu holatda birinchi qo'ng'iroqdayoq "bugunoq sotib oling" deb bosim qilish โ hali tayyor bo'lmagan uyni sotib olishga majburlashga o'xshaydi. Natija ma'lum: mijoz qochadi, va ko'pincha qaytib kelmaydi.
Kuchli sotuvchi bunday ishlamaydi. Birinchi qo'ng'iroqda u savol beradi, tinglaydi, mijozning haqiqiy muammosini tushunishga harakat qiladi. Hech qanday taklif qilmaydi, hech qanday "bugun 20% chegirma" demaydi. Ikkinchi qo'ng'iroqda foydali ma'lumot beradi โ sotuvsiz. Faqat uchinchi yoki to'rtinchi safar, mijoz o'zi savol bera boshlaganda, taklif kiritiladi.
Statistika ham buni tasdiqlaydi โ o'rtacha sotuv besh yoki undan ko'proq qo'ng'iroqdan keyin amalga oshadi, lekin sotuvchilarning katta qismi birinchi qo'ng'iroqdayoq hamma narsani "yopishga" urinib, mijozni qochirib yuboradi.
Menimcha, bu โ sabrsizlikning narxi. Sotuvchi birinchi qo'ng'iroqdayoq yopishni o'ylaganda, o'z shoshilinchligini mijozga o'tkazadi, mijoz esa buni his qilgan zahoti ishonchi yo'qoladi.
Yaxshi sotuvchi birinchi qo'ng'iroqda bosim o'rniga vaqt beradi. Chunki mijoz o'zi tayyor bo'lganda qaror qabul qiladi โ siz uni majburlaganingizda emas.

๐คฃ3๐
2๐คทโโ1โค1๐1๐1๐1
"Sotib olasizmi?" emas โ "Kattasimi yoki kichigimi?" deb so'rang
Ko'p sotuvchi suhbat oxirida "xo'sh, mahsulotimizni sotib olasizmi?" deb so'raydi. Bu savol mijozga faqat ikkita yo'l qoldiradi โ "ha" yoki "yo'q". Va inson miyasi noaniqlikda ko'pincha xavfsizroq variantni โ "yo'q"ni tanlaydi.
Tajribali sotuvchi bu savolni umuman bermaydi. Buning o'rniga u allaqachon mijoz "ha" degandek gapiradi, faqat tanlovni taklif qiladi: "sizga kattasi ma'qulmi yoki kichigi?"
Bu โ psixologiyada assumptive close (qaror qabul qilingandek gapirish) deb ataladi. Mijozdan "sotib olamanmi yoki yo'qmi" degan katta qarorni so'rash o'rniga, uni kichikroq, ancha yengil qarorga yo'naltirasiz. Ikkala javob ham โ "kattasi" yoki "kichigi" โ aslida sotuvning o'zini tasdiqlaydi, mijoz buni sezmasdan ham.
Xuddi shu prinsip narx tuzilishida ham ishlaydi. Starbucks'ning kofe menyusini eslang โ kichik idish 1.5 dollar, o'rtasi 4.5 dollar, kattasi esa atigi 5 dollar. Diqqat qiling: kichikdan o'rtaga o'tishda narx uch barobar oshadi, lekin o'rtadan kattaga o'tishda atigi 50 sent farq bor. Bu tasodif emas โ kompaniya ataylab shunday narx qo'yadi, chunki mijoz "o'rta va katta orasidagi farq shunchalik kichik ekan, kattasini olganim ma'qul" deb o'ylaydi. Natijada ko'pchilik eng katta, eng qimmat variantni tanlaydi โ hech kim ularni majburlamagan holda.
Ikkala misolda ham bitta g'oya bor: mijozga "sotib olasizmi yoki yo'qmi" degan katta savolni bermang. Uni allaqachon tanlagandek tuyuladigan, kichikroq savol yoki narx tuzilishi orqali yo'naltiring.
Albatta, bu faqat mijoz haqiqatan qiziqish bildirgandan keyin ishlaydi โ hali hech narsaga ehtiyoji yo'q odamga bu savolni bersangiz, u shunchaki g'alati tuyuladi. Lekin to'g'ri paytda berilsa, bu โ bosimsiz, tabiiy yopish usuli.

๐2๐คฏ2๐2๐คทโโ1๐1๐1
Narx so'ralganda ikkilanmasdan ayting.
Ko'p sotuvchida shunday odat bor โ mijoz narx so'raganda birdan tortinib qoladi, "bu narx qanchalik og'ir eshitiladi" deb o'ylab, gapni cho'zib, aylanib-o'rgilib javob beradi. Bu ikkilanish โ hatto narxning o'zidan ko'ra ko'proq zarar keltiradi.
Men IT kurslari sohasida ishlayman, va mijoz narx so'raganda hech qachon ikkilanmayman. Qaysi kursni so'rasa, narxni to'g'ridan-to'g'ri, aniq aytaman. Bu menga har doim yaxshi natija bergan โ chunki narxni qanday aytishingiz, narxning o'zidan ko'ra ko'proq narsani bildiradi.
Agar siz ikkilanib, "xo'sh... bu... odatda... narxi..." deb gapirsangiz, mijoz buni "demak bu narx haqiqatan ham muammoli ekan" deb qabul qiladi โ garchi siz hech narsa demagan bo'lsangiz ham. Ovozingizdagi ishonch, aslida, narxning o'zidan oldin gapiradi.
Menimcha, bu โ ko'p sotuvchi e'tibor bermaydigan narsa. Ular skriptni, e'tirozga javoblarni puxta tayyorlaydi, lekin eng oddiy savolga โ "necha pul turadi" โ qanday ohangda javob berishni hech o'ylab ko'rmaydi.

๐2๐พ2โ1๐ฑ1๐คจ1๐ค1๐
1๐ฟ1