ChitChat
11 subscribers
3 photos
3 videos
5 links
some random stuff for now
Download Telegram
Istalgan organizationda Senior Engineer bilan Middle Engineerni ajratib turuvchi quyidagi farqlar bo'ladi:

1. Leadership
2. Communication
3. Stress / Pressure management

va bu farqni hayotga ham tadbiq etsa bo'ladi.
1
#story

Dasturchi bo'lib ishlashni boshlaganimning ilk yillari, 2021-yilda, bir koreys kompaniyasiga ishga kirdim. Bir nechta offerlar bo'lishiga va o'sha kompaniya men yashaydigan joy - Incheondan 50 km uzoq bo'lishiga qaramay, shu kompaniyani tanladim. Sababi project juda ham qiziq edi men uchun, ya'ni turli bino-inshootlarga borib gaz, termostat, elektr tizimlarini masofadan boshqaradigan va monitor qiladigan desktop app qilar edik.

Birinchi borgan kunim juda ham excited bo'ldim. Sababi, o'sha paytdagi holatim uchun yaxshi oylik, hali talaba bo'lishimga qaramay stabil ish va yaxshi jamoa (deb o'ylagan edim) bor edi. Ilk kuniyoq kompaniyaning CEO'si o'zining xonasiga chaqirib, u yerdagi yagona foreigner bo'lganim uchun rosa motivatsiya berib, "Bu yerda hali ko'p ishlaysan, o'g'lim", degan edi.

Ishning eng yomon tomoni esa men u yerga metroda borar edim va borishga 2 soat, qaytishga ham 2 soat ketib, 4-5 soat umrim yo'lda o'tib ketardi. Birinchi hafta unchalik bilinmadi, lekin 2-haftadan kech qola boshladim. Ish 9 da boshlansa, men 1-2 daqiqa kech qolar edim. To'g'risi, men uchun oldin erkin ishlab yurganim uchun bu hech narsa emas edi, lekin har safar kech qolganimda managerim o'zi eshikning tagida kutib olib, xonasiga olib kirib ketib, yarim soat ma'ruza o'qirdi.

Ishda communication qilish uchun KakaoTalk (korean messenger) ishlatardik va har kuni ish yakunlanishiga ozgina qolganda manager Excel sheet berardi-da, hamma o'sha kuni nima qilganini yozib, o'sha Excel jadvalini yana Kakao guruhiga qaytarib tashardik. Keyin yana, nechida kelganimizdan qat'iy nazar, managerdan oldin ketish odobsizlik sanalardi, lekin menga farqi yo'q deb ketib yuborardim o'qishim bo'lganligi va uyim uzoqligini bahona qilib😅.

Oxiri shunaqa narsalar bo'laverganligi uchun managerga to'g'ri borib tushuntiraman desam, urishib ketgan edi (balki o'sha kuni xotini bilan urushib qolgandir) va "Illegally ishlaganing uchun seni immigratsiyaga topshirib yuboraman", (rostan illegally ishlardim lekin😂) deb qo'rqitgandi o'zicha. Keyin puliga ham qaramasdan "bor-e" deb chiqib ketgandim ishdan.

Hozir o'sha ish muhitida ishlaganimni o'ylasam o'zimga achinib ketaman, lekin bir tomondan xursand ham bo'laman, dunyoda shunaqa odamlar ham borligini ko'rganim uchun 😂.
1
Nima bo'lsa bo'lsin, lekin World Cup ni Argentina yutib qo'ymasin!
💯1
#lesson #unit_testing #mutation_testing

O'tgan yili vaqtinchalik ishxonadagi bir boshqa projectda ishlashga to'g'ri keldi. Men qo'shilgan paytda, bizda buglar juda ham ko'p edi va biz buni bir nechta sabablarini ko'rdik, ya'ni project qisqa vaqtda qilinganligi, unga company tomonidan katta e'tibor berilmaganligi va shuning uchun code sifatsiz yozilganligi. O'sha paytda bizda unit test coverage 70% edi va biz o'yladik unit test coverageni oshirish ya'ni code ni ko'proq qismlarini testlash buglar sonini kamaytiradi deb.

Va shu o'yda men code coverage ni 95% ga olib chiqdim, hamma stakeholderlar xursand, sababi bu number chiroyli ko'rinardi. Lekin bu nima berdi bizga? Menga test coverage ni 25% ga oshirdi degan recognition va project ga HECH NARSA. Test coverage ni oshirish buglar sonini umuman kamaytirmadi, bu faqat menga va managerimga shuncha improvement qildi degan bluffy obro' olib keldi.

Bu degani unit test yozmaslik kerak deganimi? Yo'q albatta, faqat unit test bu mutlaqo deterministic emas, ya'ni hamma line test bilan cover qilindi degani test sifatini belgilab bermaydi.

Xo‘sh, unda muammo nimada edi?

Muammo shundaki, coverage faqatgina kodning qaysi qatorlari ishga tushganini ko‘rsatadi, xolos. Lekin o‘sha qatorlar to‘g‘ri tekshirilayotganini, ya’ni testning sifatini zarracha ham belgilab bermaydi. Biz shunchaki assertion’larsiz yoki yuzaki check’lar bilan coverage foizini sun’iy ravishda shishirgan edik.

Aynan shu nuqtada biz o‘zimizga bitta savolni berishimiz kerak: "Biz yozgan testlarning sifatini qanday baholaymiz? Bizni kim test qiladi?"

Mana shu muammoni hal qilish uchun dasturlashda Mutation Testing degan tushuncha bor.

Bu usul quruq coverage foiziga ishonmasdan, kodingizni vaqtinchalik xotirada ataylab buzib ko‘radi (masalan, if (a > b) ni if (a >= b) ga o‘zgartiradi yoki mantiqiy operatorlarni teskarisiga aylantiradi). Keyin esa siz yozgan testlarni shu buzilgan kodga qarshi ishga tushiradi.

Agar kodingiz buzilganda testlaringiz xatolik berib, buni payqasa - demak testingiz sifatli.

Agar kod o‘zgarib, buzilib ketsa-yu, lekin testlaringiz hech narsa bo‘lmagandek "yashil" bo‘lib o‘tib ketaversa - demak o‘sha joydagi coverage shunchaki quruq raqam xolos.

Loyihadagi tajribamdan chiqargan eng katta xulosam shu bo‘ldiki: chiroyli raqamlar ortidan quvish kerak emas. 95% lik sifatsiz va yuzaki coverage’dan ko‘ra, real xatolarni tuta oladigan 50% lik sifatli test suite loyihaga ming marta ko‘proq foyda keltirishi mumkin.
🔥21
I don't know if AI is going to take my job, but I know if AI is gone now, I will lose my job))
😁3👍1🔥1
Vamos Spain 🇪🇸
1
Forwarded from Uzbekonomics
​​Hayot qiziq. Hamma narsani joy-joyiga qo'yib qo'yadi.

Bir necha hafta oldin ispaniyaliklarni umidsiz, yomon odamlar deb ular bilan hech qanday aloqada bo'lishni istamasligini aytib Ispaniya bilan barcha savdo-sotiqni to'xtatishga, ular bilan gaplashmaslikka chaqirgandi.

Mana, bugun butun dunyoning oldida Ispaniyani Jahon chempionligi kubogi bilan taqdirlamoqda. Juda majoziy bo’ldi.

@uzbekonomics
1👏1🎉1
Forwarded from Uzbekonomics
​​AI ish o'rinlarini yo'q qiladi, odamlarni ishsiz qoldiradi degan narrativ hozir hamma joyda. Hatto nufuzli iqtisodchilar ham (Acemoglu misol), Kremniy vodiysidagi tech hamjamiyat, senatorlar ham shu gapni takrorlaydi. AI ni to'xtataylik, ishchilarni AIdan himoya qilaylik deb ochiq xatlar yozishadi, hukumatga ham, ommaga ham.

Lekin AIning mehnat bozoriga ta'siri haqidagi bu qo'rquvlar ishonarli emas, hozircha.

WSJda biroz tanaffusdan so'ng ko'p tech, transport va mudofaa kompaniyalari AI bilan birga ishlaydigan odam ko'proq kerak deb yana ishga olishni boshlashgani haqida maqola chiqibdi.

Ha, AI code agentlar ayrim vazifalarning o'rnini bosayotgani rostdir. Lekin xodimlarni yoppasiga bo'shatayotgan kompaniyalar ko'proq bozor kon'yunkturasiga qarab ish tutmoqda desa bo'ladi: COVID va nol foiz stavka davrida ortiqcha yollangan odamlar qisqartirilyapti, urush ta'sirida ba'zi sanoatlarda faollik qisqaryapti vhkz.

AIni bahona qilib ko'proq odamni bo'shatish osonroq, kamroq odam norozi bo'ladi. Vaholanki, mehnat bozorida shundoq ham har kuni o'n minglab kishi ish yo'qotadi va yangi ish topadi.

Xullas, WSJdagi bu maqola narrative violationga misol ekan.

@uzbekonomics
🔥1