Dasturlashda Cyclomatic Complexity degan tushuncha bor. Ya'ni, kodingizda
Hayot ham xuddi shunday. (Meni shaxsiy fikrim bo'yicha albatta😉)
Hayotingizda qanchalik ko'p if-else lar paydo bo'lsa - buni qilsam bu bo'ladi, uni qilsam u bo'ladi degan shartlar ko'paygani sari, hayot ham shunchalik murakkablashib boradi.
Hulosa shuki, hayotdagi eng muhim refactorlardan biri bu yangi narsa qo'shish emas, balki keraksiz
if branchlar qanchalik ko'p bo'lsa, kod shunchalik murakkablashib boradi. Natijada unga yangi qismlar qo'shish, test qilish va hatto tushunish ham qiyinlashadi.Hayot ham xuddi shunday. (Meni shaxsiy fikrim bo'yicha albatta😉)
Hayotingizda qanchalik ko'p if-else lar paydo bo'lsa - buni qilsam bu bo'ladi, uni qilsam u bo'ladi degan shartlar ko'paygani sari, hayot ham shunchalik murakkablashib boradi.
Hulosa shuki, hayotdagi eng muhim refactorlardan biri bu yangi narsa qo'shish emas, balki keraksiz
if larni olib tashlash va iloji boricha yangilarini qo'shmaslikdir.❤4
AI boom davrida kim yutadi va kimni AI replace qila olmaydi? Menimcha, AI cognitive thinking ni to'liq AI ga outsource qilganlarni replace qiladi. Va aksincha, thinkingni o'zi qilib, ko'proq implementation ni AI ga outsource qilsa, AI faqat foyda olib kelsa kerak.
❤1💯1
Universitetda o‘qib yurgan paytlarimda semestr davomida deyarli o‘qimasdim. Imtihonga 1-2 kun qolganda esa kechayu kunduz tayyorlanardim har hil energetiklar, ular kamlik qilsa ice americano ichib😅.O‘sha momentlarda hayotimdagi eng katta muammo - imtihondan o‘tish edi. Go‘yoki undan o‘tsam, hammasi joyiga tushadigandek tuyulardi.
Keyin universitet tugadi, ish boshlandi. Endi esa imtihon o‘rnini deadline'lar, tasklar va projectlar egalladi. Qandaydir murakkab topshiriqni bajarish o‘sha lahzada dunyodagi eng katta muammodek ko‘rinardi.
Bir narsani angladim.
Hayotimizning har bir bosqichida bizni qo‘rqitadigan, shu bilan birga oldinga yurishga majbur qiladigan qandaydir challenge bo‘ladi. Va har safar: "Mana shuni uddalasam, keyin hammasi yaxshi bo‘ladi", deb o‘ylaymiz.
Lekin oradan bir necha yil o‘tib, o‘sha muammoga qarab kulamiz.
"Nahotki shunga shunchalik siqilgan bo‘lsam?"
Endi bir zumga tasavvur qiling.
Bundan yuz yil o‘tadi. Bu dunyoda na siz, na men, na hozir yashayotgan insonlar bo‘lamiz. Biz haqimizda hech kim o‘ylamaydi. Biz bugun juda juda katta deb hisoblayotgan muammolar esa mutlaqo ahamiyatsiz bo‘lib qoladi.
Shunday bo‘lsa ham, inson tabiati qiziq. Muammo paydo bo‘ldimi, uni o‘ylaymiz, xavotir qilamiz, toki u hal bo‘lgunicha. Balki shunday yashash bizning tabiatimizdir.
Lekin bitta narsani vaqt menga o‘rgatdi.
Bugun sizni qo‘rqitayotgan, siz uchun juda katta bo‘lib tuyulayotgan muammo ham bir kun kelib ortda qoladi.
Bu "hammasi yaxshi bo‘lib ketadi" degani emas.Balki bundan ham yomoni kelar🤣.Ammo bugungi muammo, biz qo'rqayotgan, havotir olayotgan barcha barcha narsalar o'tkinchi.
Bir necha yildan keyin ehtimol siz ham ortga qarab:
"Shunga shunchalik xavotir olgan ekanman-a", deb kularsiz.
Yaxshidir, yomondir, bu kunlar ham o‘tadi.

❤1👍1
Hozirgi ishlayotgan joyim talabat da 2 yil oldin ishni boshlagan ilk paytlarimdan men deyarli hali umuman qilib ko'rmagan backend va SDUI (Server Driven UI) bo'yicha loyiha qilishni boshladik. Eng qizig'i jamoada birorta backend engineer yo'q edi, hammamiz mobile engineerlar edik, lekin bir balo qilib C# da backend yozib, loyihani deyarli tugattik, va loyihani launch qiladigan kun keldi, hamma stakeholderlar hatto CEO, CPO, CTO largacha loyiha tayyor deb ovoza qilingan. Launch qilishimizdan bir necha soat oldin, Senior Managerimiz hammani yig'ib qani observability dashboardni ochinglarchi deb qoldi. Hammamiz bir birimizga qaradik, sababi bizda observability dashboard tugul, observabilityni o'zi yo'q edi. Biz loyiha bitti degani faqat u ishlayapti, endi feature flag orqasida uni launch qilamiz va observabilityni keyinroq qo'shsak ham zarar qilmaydi deb o'ylagan edik. Xatto jamoadagi ba'zilar hali observability nimaligini ham bilmasdi😂. Shunda managerni jahli chiqib ketti, qanday qilib loyihani observabilitysiz launch qilish mumkin deb.Va 3-4 oy qilinmagan ishni o'sha kuniyoq 2 soatda qildik AI siz qo'lda code yozib, chunki u paytlarda AI agentlar unchalik rivojlanmagan edi. Men oldin hajmi kichik bo'lgan loyihalarda ishlab yurib, observabilityning ahamiyatini bilmasdim, lekin katta mln lab user lar ishlatadigan service larda observability bu eng muhim narsa ekanini va usiz umuman loyihani launch qilib bo'lmasligini o'sha dars orqali tushundim.
👍2❤1