Azim Pulat
9.01K subscribers
119 photos
14 videos
1 file
147 links
Mentor @qirikki | 42.uz
Download Telegram
Algoritmlarni O'rganish Uchun Eng Yaxshi Kitoblar

1. Grokking Algorithms kitobi boshlovchilar uchun eng yaxshi kitob. Har bir algoritmlarni tushuntirish uchun rasmlar keltirilgan va ko'p mavzular yoritib berilgan.

2. Cracking the Coding Interview kitobi texnik intervyuga tayyorlanishda eng yaxshi qo'llanma hisoblanadi. Nafaqat algoritmik savollar, balki system design va behavioural intervyularni ham yoritib bergan.

3. Algorithm Design Manual kitobida algoritmlar ancha chuqurroq yoritilgan va algoritmlarni matematik tahlil qiladi. Tepadagi 2ta kitobdan so'ng o'qishni maslahat beraman.
System Design Kitoblar va Kurslar

1. "System Design Interview" FAANG kompaniyalarida bo'lib o'tadigan system design intervyularga tayyorlanishda sinovdan o'tgan, eng yaxshi kitoblardan biri.

2. "Grokking the System Design Interview" (educative.io) kursi yuqoridagi kitobdan ko'p farq qilmaydi. Scalability, reliability va distributed arxitekturalar haqida o'rgatadi, yirik dasturlar (YouTube, Instagram) arxitekturalariga namunalar berib o'tilgan.

3. "Designing Data-Intensive Applications" kitobida esa millionlab foydalanuvchiga uzluksiz xizmat ko'rsata oladigan servislar qurish va optimizatsiya qilish ortidagi yirik g'oyalar haqida chuqurroq to'xladi.
Yozda Birga Kod Yozamiz ☀️

Esingizda bo'lsa yozda bilim va tajribalarimni ulashish maqsadida master-klas o'tmoqchiligim haqida aytib o'tgan edim.

Bugungi darsimizda Darkhonbek mehmon bo'ldi. Texnik intervyuga tayyorlanish va yaxshi rezyume yaratish haqida ajoyib maslahatlar berdi.

Sizga ham ushbu mavzu qiziq bo'lsa @gdgtashkent kanaliga obuna bo'ling va Seshanba kuni bo'lib o'tadigan Darkhonbekning “How to build tech resume” ma'ruzasiga ro'yhatdan o'ting.
Dasturlashga Oid Jumboqlar

Jumboqlar yechish va dasturlash qobliyatlaringizni bir vaqtda o'stirish niyatingiz bo'lsa, pythonchallenge.com'ni sinab ko'ring.

Bir necha yil avval ushbu saytni bir do'stim tavsiya qilgan edi, qancha tun uyqusiz o'tgandi o'shanda. Yaqinda masalalarni qaytadan o'tib chiqdim va sizga ham qiziq deb o'yladim.

Masalalarni istalgan dasturlash tilida yechishingiz mumkin, qiynalib qolganingizda yechimlarni hackingnote.com/en/python-challenge-solutions/level-0 da topishingiz mumkin.
🖥Raqamli Avlod Onlayn Oromgohi | Kun mehmoni

Biz siz uchun eng yaxshilarini ilinishda davom etamiz! Bu safargi mehmon spikerimiz - Azimjon. U xalqaro Super Dispatch kompaniyasida backend dasturchi, mentor hamda tajribali yosh kadrlardan biri.

Azimjon bilan yaxshi dasturchi qanday xislatlarga ega bo’lishi lozimligi haqida bugun 20:30da gaplashamiz.

Jonli efir: https://youtu.be/-iAzrn1Wp-s
______
Digital Generation Uzbekistan
Facebook'dan Offer Oldim 🎉

azimjon.com/facebookdan-offer-oldim
Forwarded from GDG Tashkent (Sarvinoz Maksudova 🌾)
#DevFestSpeakers

Keyingi spikerimiz!

👨‍💻 Azimjon Pulatov, Incoming SWE Intern @Facebook

📰 Mavzu: “FAANG: Reject’dan Offer’gacha”

Super Dispatchda Backend dasturchi sifatida ish olib bormoqda.
Yozda u Facebook’da amaliyotni boshlaydi.

Dekabr 11-12. DevFest Tashkent 2021. Ro’yxatdan o’ting.

🖇 Ro’yxatdan o’tish uchun havola:
https://gdg.community.dev/events/details/google-gdg-tashkent-presents-gdg-devfest-tashkent-2021/

@gdgtashkent
Bloomberg'dan Offer Oldim

azimjon.com/bloombergdan-offer-oldim
Azimjon's Talks

Shu kungacha bergan ma'ruzalarimni bir joyda jamlash maqsadida veb sahifamga yangi bo'lim qo'shdim.

Manba: azimjon.com/talks
🆘 YouTube uchun bir necha g'oyalarim bor, ammo mavzu tanlashda bir qarorga kela olmadim.

O'zingizga qiziq va foydali bo'lgan mavzuga ovoz bering va men Mart oyidan shu mavzuda videolar tayyorlashni boshlayman!
Final Results
48%
FAANG Intervyu: DS va Algoritmlar
41%
Loyihalar Ustida Ishlash: Python, Go
11%
Cloud Texnologiyalari: DevOps, GCP
Hozirgina yana bir semesterga yakun yasadik, unumdor semester bo'ldi, bu semester fanlari haqiqatan qiziqarli va foydali bo'ldi.

"Computer Networks" fanida internet qanday ishlashini chuqur o'rgandik. Professor bilan jprq uchun TCP proxy haqida birga muhokama qilib ajoyib yechim yaratdik. So'ramasam ham professor loyiha uchun qo'shimcha bal berdi. Maza qildim.

"Algoritms and Data Structures" fanida men eng ko'p qiynaladigan graph theoryda ko'proq to'xtaldik, yechimni nega to'g'ri ekanligini isbotlashni ham o'rgandik. Imtihon FAANG intervyulariga o'xshash tarzda bo'ldi. Maza qildim.

"Digital Systems and Electronics" fanida va nihoyat CPU qanday ishlashi haqida o'rganib, o'zimiz kichik ALU (Arithmetic Logic Unit) yaratib ko'rdik. Semester oxirida Arduino bilan katta-kichik circuitlar yasab ko'rdik. Maza qildim.

"Universal Programming Techniques" fanida Javani chuqurroq kashf qildik. Ko'plab arxitektura va patternlarni sinab ko'rdik, testlash strategiyalarni o'rgandik. Maza qildim.

"Statistical Data Analysis" fanida ehtimollikni hisoblashni, gipotezalarni test qilib ko'rishni, ko'plab distribution funksiyalarini o'rgandik. Ma'lumotlar ustida statistik analiz qila olishni o'rgandik. Maza qildim.

"Database Systems" fanida normalizatsiya, denormalizatsiya, normal formani aniqlash bilan bir qatorda Oracle va Microsoft kompaniyalari yaratgan malumotlar omborida stored procedures, triggers va materialized view kabi texnologiyalaridan foydalanib kattaroq loyiha yaratdik. Men kubuxona uchun kitob ijaraga olish sistemasini yaratdim.

Xullas, universitetda o'qishdan ko'p foyda olyapman, hamma qiziq fanlar hali oldinda...
JPRQ Loyihasi Yakuniga Yettimi?

Loyiha ustida sal kam 2 yildan buyon bo'sh vaqtimda mehr bilan ishlab kelayotgan edim. Afsuski mart oyi jprq uchun qiyin oy bo'ldi.

Bank of America, Transferwise va Facebook'dan shikoyatlar kelib tushdi, firibgarlar jprq'dan "phishing" (yuroridagi postda aytib o'tilgan) maqsadida foydalangan, natijada jprq'ni o'chirishga majbur bo'ldim.

jprq bir narsani o'rgatdi, ilgari qisqa vaqt ichida ko'p side-projectlar ustida sakrab, ularni foydalanuvchilariga yetib borishi, muammolarini yechishi haqida o'ylamas edim. Kodni yozib bo'lish ishni tugaganini emas, balki endi boshlanishi ekan.

Taslim bo'lishga erta, jprq foydalanuvchilarining yozgan xabarlari jprq'ni davom ettirishga, firibgarlar foydalanishini oldini olish uchun yangi yechimlar topishga kuch berdi, jprq avvalgidan yaxshiroq bo'lib qaytadi
100ta Intervyu Nima O'rgatdi?

Manba: azimjon.com/100ta-intervyu-nima-orgatdi