Azim Pulat
9.01K subscribers
119 photos
14 videos
1 file
147 links
Mentor @qirikki | 42.uz
Download Telegram
Jonli Suhbat #2 - Live Chat

O'tgan galgi jonli suhbatimiz haqida ijobiy firklar eshitdim va ushbu ko'rinishdagi suhbatlarni har oy o'tkazish qaroriga keldim.

Navbatdagi suhbatimiz 10-aprel, Toshkent vaqti bilan kechgi payt soat 8:00 da bo'lib o'tadi.

Suhbatda "Dasturlashni Muammolarni Yechish Orqali O'rganish" mavzusida gaplashamiz.
42 Quests - Loyiha Taqdimoti

Bundan 4 yil avval dasturlashni o’rganish uchun “robotutor” nomli loyiha yaratgan edim, ushbu loyihani kuni kecha topib olib, qayta jonlantirdim. quest.42.uz saytida foydalnishingiz mumkin.

Batafsil: https://youtu.be/LvjzscS7KVQ
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Computer Science Xaritasi

Ushbu videoda CSning deyarli barcha yo'nalishlari haqida aytib o'tilgan, asos solinganiga hali 100 yil bo'lmagan ushbu soha naqadar ko'p tarmoqli ekanligini ko'rishingiz mumkin.

Manba: youtube.com/watch?v=SzJ46YA_RaA
Yozda Birga Kod Yozamiz ☀️

Dasturlash bo'yicha bilim va tajribalarimni bo'lishish uchun yozda mahorat darslari o'tmoqchiman. Mentorship davomiyligi - 8 hafta, 8ta darsdan iborat, iyul-avgust oylarida bo'lib o'tadi.

Tajribalarini bo'lishishlari uchun Super Dispatch, Express24, Epam kabi kompaniyalardagi dasturchi do'stlarim bilan choy ustida suhbatlar uyushtirishni ham rejalashtiryapman. Networking uchun yaxshi imkoniyat bo'ladi.

Qatnashish shartlari:
1-bosqich: quest.42.uz dagi masalalar uchun yozgan kodingizni yuboring
2-bosqich: o'zingiz yaratgan yoki yaratayotgan eng qiziq loyiha haqida yozing
3-bosqich: saralovchi suhbat

Narx masalasiga keladigan bo'lsak, o'ylab-o'ylab hamma uchun qulay narxda $1 deb belgiladim 💸
Universitetda O'qishga 7 Sabab

EDIT: Maqolaga Darkhonbek tavsiya qilgan yana 4 sababni qo'shdim. Yana bir bor o'qishni tavsiya qilaman.

Manba: azimjon.com/blog/universitetda-oqishga-7-sabab
She has arrived
Mening yangi ish stolim 🙂
CodeSignal Arcade ⚔️

Ko'pchilik boshlovchilar leetcode.com va hackerrank.com ular uchun qiyinlik qilishini aytishadi.

Problem-solving (Masala yechish) qobiliyatingizni no'ldan boshlab o'stirishda CodeSignal'ning Arcade masalalar jamlanmasi sizga aniq yoqadi, albatta ro'yhatdan o'tib, sinab ko'ring.

Manba: app.codesignal.com/arcade
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nu Pogodi O'yini 🐺🐰

Universitetda Java dasturlash tili kursi so'ngida, yakuniy loyiha sifatida "Nu Pogodi" o'yinini yaratdim.

Ilgari hech o'yin yaratib ko'rmagan edim, ancha qiziq mashg'ulot ekan. Ayniqsa rassom talaba Jasurbek bilan birga freymlar ustida ishlash o'yinni sifatini yanada oshirdi.

O'yin uchun yozilgan source code'ni github.com/azimjohn/nupogodi da topishingiz mumkin.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Minesweeper O'yini 💣

C++ dasturlash tili kursi uchun yakuniy loyiha sifatida Minesweeper o'yinini qayta yaratdim.

Ushbu o'yin ko'pchiligimizga Windows XP operatsion tizimidan ma'lum bo'lsa kerak.

O'yin oddiy ko'rinsada, yaratishda biroz algoritmik bilim ham talab etdi (misol: Breadth-First-Search Traversal). Object Oriented Design interview'larda ushbu o'yinni design qilish juda ko'p so'raladi.

Manba: github.com/azimjohn/minesweeper
Kutubxona vs Co-working 📚

Uyim yaqinida qurilish bo'layotganiligi sababli bir haftadan buyon kutubxonadan turib ishlayapman, co-working ijaraga olishga biroz ziqnalik qildim.

Hozirgacha men kuzatgan kutubxonadan ishlashning afzalliklari va kamchiliklari:
+ Tinch Muhit
+ Mutlaqo Bepul
+ Yuqori Tezlikdagi Internet
+ Sovutish (Konditsioner)
- Ovoz Chiqarish Mumkin Emas
- Sharoit Yarata Olmaslik (misol: Monitor)
Toptal'ga Topshirish Haqida

Toptal men bilgan eng yaxshi frilanserlik platformasi hisoblanadi. Toptal'dagi uzoq muddatli loyihalar va yuqori maosh uni boshqa frilanserlik platformalaridan ajratib turadi.

Toptal o'zini faqat top 3% iste'dodlilargina ishlaydi deb marketing qiladi. Men ham shu 3%ga kirarmikinman deb qiziqib o'tgan yili Toptal'ga topshirib ko'rgan edim. Ushbu maqolada Toptal'ga topshirish jarayonidagi tajribalarim bilan bo'lishdim.

Manba: azimjon.com/blog/toptalga-topshirish-haqida
Forwarded from GDG Tashkent (Azamat)
🎙Community Talks #3 - Professional Software Engineer bo'lish

Qiziqarli va foydali suhbatlarga boy Community Talks loyihasining 3- soni an’anaga muvofiq shanba (3-iyul) kuni @gdgtashkent telegram kanalida bo'lib o'tadi. Bu safargi mavzu yaxshi software engineer bo'lish uchun nimalarga e'tibor qilishimiz kerak ekanligi haqida bo'ladi.

Mehmonlar: Azimjon Pulatov, Jakhongir Rakhmonov

Moderator: Azamat Majidov

Sana va vaqt: 3 iyul @ 17:00

Mehmonlarimizga savollarni ushbu post ostidagi izohlarda qoldirishingiz mumkin.

@gdgtashkent
2021-07-03
GDG Tashkent
🎙Community Talks #3 - Professional Software Engineer bo'lish

Mehmonlar: Azimjon Pulatov, Jakhongir Rakhmonov

Moderator: ZiyoMukhammad Usmonov

@gdgtashkent
Pramp texnik intervyuga tayyorlanish uchun juda yaxshi platforma. Prampda o'zim o'tgan intervyudan namuna yozib oldim va ushbu videoda ko'rishingiz mumkin.

Yana shu formatdagi videolar ko'rishni istasangiz, fikringizni YouTubeda izohlarda qoldiring va obuna bo'lishni unutmang.