#iqtibos
Robbingizga yuzlanib:"Mening buyuk dardim bor!"demang,aksincha,dardingizga qarab:"Mening buyuk Robbim bor!"deng.
#taqriz
Bu kitobni tugatish vaqtim juda ham cho'zilib ketti,sababi hech ajralgim kelmadi.Kichkinagina kitob bo'lishiga qaramay,tafakkur qilishga,Alloh bergan sinovlarni go'zal sabr bilan yengib o'tishga,Payg'ambarlar hayotidan o'zimiz uchun namuna olishga,bizda yo'q narsalar uchun kuyanavermasdan,bizga berilgan ne'matlar uchun shukur qilishga undaydigan kitob ekan.
Inson qandaydir sinovga duch kelib qolsa"Nega aynan menga shunday sinovlar beriladi"deb isyon qiladi.Aslida Alloh bu sinovlarni uni qiynash uchun emas balki, shu sinovlarga go'zal sabr qilsa ajru-mukofat bilan siylash uchun, Qiyomat kuni amallar tarozisining o'ng pallasiga go'zal sabri qo'yilganligi sabab shu tomon og'ir kelishi uchun beradi.
Alloh bandalariga hech qachon toqatidan ortiq narsani yuklamaydi...
Qisqasi kitobni o'zingiz mutolaa qilib ko'ring.Balki siz ham men kabi kitobdan ajralishni istamay qolarsiz..
Bu birinchi yozgan taqrizim edi kamchiliklar uchun uzur so'rayman
✍🏻bintu Abdurahmon

Bizlarning diniy xodim bo'lib yetishishimiz zamirida ota-onamizning misli ko'rilmagan mehnatlari yotardi.Ular Alloh taolo va'da qilgan izzat tojlaridan umidvor bo'lib, o'zlaridan, o'yin-kulgudan, rohat-farog'atdan voz kechib, bizni tarbiyalashdi
Sahl ibn Mu'oz Juhaniy otasidan rivoyat qilinadi:
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:"Kim Qur'onni o'qisa va undagi narsaga amal qilsa,uning ota-onasiga qiyomat kuni ziyosi, agar ichingizda bo'lsa, bu dunyo uylaridagi quyosh ziyosidan ham yaxshiroq bo'lgan toj kiydiriladi.Endi bunga amal qilganga nima bo'lishini o'zingiz bilib olavering",dedilar"
Abu Dovud rivoyati
"Islomga bag'ishlangan umr"kitobidan olindi

"Sizlarda qaysi bir ne'mat bor bo'lsa, albatta, u Allohdandir"(Nahl:53)
Alloh barchaga xulq, rizq, quloq, ko'z, hidoyat, ofiyat, suv, havo, yemish, davo, maskan va kiyim berdi.
Allohga tavkkal qildik, diniga ishondik, Rasuliga ergashdik, so'zlarini tingladik, chorloviga to'plandik, ba, o'kinmang! Alloh biz bilan!
(c) "O'kinma"kitobidan

kutubun📚
Photo
📚"Peshonamdagi nur"
👤Mehmet Olaqosh
📖153 bet
#taqriz
بسم الله الرحمن الرحيم
"Peshonamdagi nur" kitobi bizga bu dunyo o'tkinchiligi,uning zebu-ziynatlari arzimasligi,pullari ko'p inson boy emas, nafsini jilovlagan,ko'zlari to'q inson haqiqiy boy insonligini, kasalliklar aslida bizni poklash uchun berilganini tushunib yetishga undaydi.
Agarda bizga "Shuncha umring qoldi"deb aniq muddat aytilsa, bizning dunyoga bo'lgan qiziqishimiz ketib, o'lim haqida ko'proq o'ylaymiz, har daqiqamiz o'tgan sayin umrimiz tugab borayotganini his qila boshlaymiz.Aslida, bizga bu xabar kelmasa ham o'limni ko'proq eslab, unga tayyor bo'lib yashashimiz kerak edi.
Qayerdadir o'qigan edim"Qabriston eshigiga "BU YER FAQAT QARIYALAR UCHUN"deb yozib qo'yilmagan"rostan ham shunday emasmi?!
Qissadagi bosh qahramon Saljuqbey juda boy, boyligi bilan faxrlanadigan,kibrli, juma namozlarinigina o'qiydigan,"Yarimta"musulmon edi.Doktorlar unga 6 oy umri qolganligini aytishganidan so'ng uning dunyoga bo'lgan muhabbati,boyligi bilan faxrlanishi voy qarang sal qolsa qissani oxirigacham aytib qo'yardima..
Yaxshisi kitobni o'zingiz o'qib ko'ring.Inshaalloh albatta manfaatli bo'ladi.
Gapim oxirida kitobdan #iqtibos keltirsam:"Inson uchun eng ulkan daraja, ulkan sharaf asli shirk qo'shmasdan Allohga qul bo'lishdir!
Haqiqiy sharaf va izzat mana shudir!.."Sen kimsan,kimning kimisan?"deya so'raganlarida:qalbida Arshni niyat qilib:"Men Arshning sohibi Allohning quliman!"deya olishdir.

Muhammad ibn Kanosa aytadi:
Odobdan so'z ochib,unga qilmagan amal
"Havo"dan nafsini tiymagan odobli emas
Bir narsani bilib,unga amal qilmaguncha,
Va aybdan xoli bo'lmasa,odobli bo'la olmas.
So'zamolning so'zi kamdan-kam foyda berar,
Agar uning ishlari so'ziga muvofiq emas.
"Dunyo va din odobi"kitobidan

Bir talaba taniqli olimning eshigi oldida turib:"Bizga tishga botmaydigan va jonni qiynamaydigan narsani sadaqa qilinglar", deb chaqirdi.Taom va nafaqa chiqarib oldiga qo'yishdi.Shunda talaba:"Taomni emas,so'zingizni xohlab kelgan edim.Oldingizga ilmdan boshqa narsani deb kelmadim",dedi.Shunda unga kirishga ruxsat berildi.U bu yerdan barcha savollariga javob olib,shod va xursand holda chiqa turib:"Mavhumlikni ochib beradigan ilm nafsni qondiradigan moldan yaxshiroqdir",dedi.

Bir donishmand shunday dedi:"Kim o'z vaqtini biror haqni ado qilmay, yo biron farzni bajarmay, yo biror fazilatni ko'paytirmay, yo o'ziga maqtov keltiradigan ishni qilmay va yo biron ilmni o'rganmay o'tkazsa, o'sha kunini bekor o'tkazib, o'ziga zulm qilibdi".
Shoirlardan biri dedi:
Bo'sh vaqt senga shunday
mashg'ullikni keltirar,
Bilsang,balo sababi aynan bo'sh
vaqtdandir.

Ilm oluvchi qancha ilm olgan bo'lsa ham, uni o'zidan deb bilmasligi va ilm haqini ado etishni unutmasligi kerak.Bu esa o'z nafsini qusrli hisoblab,kamtarlikni tark etib,ilm ololmay qolishdan yaxshiroqdir.Chunki kim o'z nafsini yaxshi bilmasa,boshqa hech kim u bilganchalik bilmasligi aniq.

Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu shunday degan:"Dunyo tanasi yumshoq,zahri o'ldiruvchi ilonga o'xshaydi.Dunyo jilvalaridan yuz o'gir,chunki ular sen bilan ko'p qolmaydi.Agar dunyodan o'tishingga ishonsang,uning g'am-tashvishidan voz kech.Dunyo uchun amal qilishdan saqlan.Sen dunyoda yashashni yoqtirasan.Holbuki,dunyo sohibi har qancha unga ishonib,xursand bo'lmasin,undan judo bo'ladi va har qancha dunyoga oshno bo'lmasin,uni tashlandiq holatda tark etadi"
"Dunyo va din odobi"kitobidan
@kutubun1

Hasadning haqiqati.Fozil kishilarda bo'ladigan yaxshiliklarni deb qattiq qayg'urish.Bu raqobatdan farq qilib,ko'pincha ayrimlar yaxshilik yo'lida o'zaro raqobat qilishini hasad deb o'ylaydilar.Aslida unday emas.Raqobatlashish bu-fazilat egalariga zarar yetkazmay,ularga o'xshashga intilishdir.Hasad zarar tomonga yo'nalgandir.Chunki uning maqsad-g'oyasi fazilat egalarini egallamagan holda o'z fazilatlaridan muhrum qilishdir.Raqobat bilan hasad o'rtasidagi farq ana shu.Demak,raqobatlashish fazilat bo'lib,fazilatlarni kiritish va uning egalarini xabarlariga ergashishga undaydi.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam:"Mo'min kishi havas qiladi,munofiq kishi hasad qiladi",dedilar.

Forwarded from Tirilish | Nashriyot
#Iqtibos
Iffatning yana bir maʼnosi soʻzlarimizga, tuygʻularimizga, qalbimizga va hattoki, hayollarimizga ham hech qanday nomahramning soyasi tushmasligidir.
©️Nuriya Cheleen — Qalb iffati kitobi;
Tirilish — Bizni kuzatishda davom eting😊

Imom Molik rohimahulloh xalifa Mahdiyga:”Ey moʻminlarning amiri! Siz hozir Madinaga kirasiz, oʻng va chap tomondagi odamlar orasidan oʻtasiz.Ular muhojirlarning farzandlaridir.Ularga salom bering, chunki yer yuzida Madina ahlidan afzal qavm yoʻq, Madinadan afzal joy ham yoʻq!” dedi. Xalifa:”Nimaga asoslanib bunday deyapsiz, ey Abu Abdulloh?”deb soʻragan edi, u:”Chunki yer yuzida Nabiy sollallohu alayhi vasallamning qabrini biladigan ulardan boshqa odam yoʻq. U zotning qabrlari ularning yurtidadir. Ularning boshqalardan afzalliklarini bilish lozim”, deb javob qildi.
“Eng sharafli ummat”kitobidan
@kutubun1📚🌝