Kursiv Oʻzbekiston
1.67K subscribers
14.2K photos
177 videos
13.9K links
Oʻzbekiston va xorij yangiliklari

Reklama boʻyicha murojaat @kursivuzz

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Facebook:
https://www.facebook.com/kursivuz/

Instagram
www.instagram.com/kursiv_uzbekistan/

Kirill alifbosidagi kanal:
@kursivuz
Download Telegram
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi. Bu haqda prezident farmoni bilan e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, universitet respublika bo‘yicha pedagog kadrlar tayyorlashda yetakchi oliy ta’lim tashkiloti bo‘ladi.

Telegram / Facebook / Instagram / Site
2025-2026-o‘quv yilidan boshlab pedagog kadrlarni tayyorlash faqat kunduzgi va kechki ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Sirtqi ta’lim shakliga qabul bekor qilinadi.

Shuningdek, oliy pedagogik ta’lim yo‘nalishida nodavlat ta’lim xizmatlarini litsenziyalash endilikda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xulosasi asosida amalga oshiriladi.

Telegram / Facebook / Instagram / Site
Andijonda Qirg‘izistonga yerosti tunnellari qurgan fuqarolarga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati axborot xizmati xabar bermoqda.

Xonobod shahrining «Alisher Navoiy» mahallasi hududini Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati Suzoq tumanidagi Bekobod qishlog‘i bilan bog‘lovchi ikkita yerosti tunneli orqali biri Qirg‘izistonlik bo‘lgan bir guruh fuqarolar O‘zbekistonga tilla, telefon, planshet va aksessuarlar olib o‘tgan.

Telegram / Facebook / Instagram / Site
Hyundai Trans Kazakhstan (HTK) Sonata, Elantra, Tucson, Santa Fe, Palisade modellarida Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan bateriyalardan foydalanadi. Bu haqda «Avtopotok» nashri xabar bermoqda.

Hyundai kompaniyasining bir nechta modellarini yig‘ib, mintaqaviy bozorga chiqaroyotgan Ostonadagi Hyundai zavodi Sonata, Elantra, Tucson, Santa Fe, Palisade batareyalarda mahalliy mahsulotlardan foydalanadi.

Telegram / Facebook / Instagram / Site
Oliy Majlis Senati «Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to‘g‘risida» qonun loyihasini ma’qulladi.

Unga ko‘ra, ushbu qonun bilan banklarni sanatsiya qilish bo‘yicha vakolatli davlat organi, sanatsiya qilishning maqsadlari va prinsiplari belgilanadi.

Shuningdek, sanatsiya qilishni boshlash uchun asoslar, sanatsiya qilishni moliyalashtirish mexanizmlari, banklarni ixtiyoriy va majburiy tugatish tartibi ham kiritiladi.

Telegram / Facebook / Instagram / Site
Toshkent shahrida Gretsiya elchixonasi ochildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining telegram kanalida ma’lum qildi.

Vazir Gretsiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Paraskevi Tzevelekdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilgan. Uchrashuv davomida siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, madaniy va ta’lim sohalarida hamkorliklarni kengaytirish muhokama qilindi.

Telegram / Facebook / Instagram / Site
Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi tomonidan Haj ziyoratini maxsus ruxsatsiz amalga oshirish yoki bu kabi qonunbuzarliklarga ko‘maklashgan shaxslarga nisbatan keskin choralar e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, Haj amallarini ruxsatnomasiz bajarishga uringan shaxslarga eng ko‘pi bilan 20 ming Saudiya riyali (taxminan $5300) miqdorida jarima qo‘llaniladi.

Shu bilan birga, ruxsatnomasiz Makkaga noqonuniy yo‘l bilan kirganlar mamlakatdan deportatsiya qilinadi va 10 yil muddatga Saudiya Arabistoniga kirish huquqidan mahrum etiladi.

Telegram / Facebook / Instagram / Site
O‘zbekiston Markaziy banki yirik bank o‘tkazmalari ustidan nazoratni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Markaziy bank raisi o‘rinbosari Sodir Meliboyev ma’lum qildi.

To‘lov xizmatlarini tartibga soluvchi va bu boradagi huquqbuzarliklar profilaktikasini joriy qiluvchi qonun qabul qilinishi kutilmoqda.

Telegram / Facebook / Instagram / Site
O‘zbekiston valyuta birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 29-aprel kuni dollarning o‘rtacha kursi 12 933,16 so‘mni tashkil etib, oldingi kun bilan solishtirganda 14,94 so‘mga tushdi.

Shuningdek, Markaziy bank tomonidan boshqa valyutalar kurslari ham e’lon qilindi. Unga ko‘ra, yevro 23,14 soʻmga oshib, 14 719,23 soʻmga yetdi. Rossiya rubli esa 1,35 soʻmga yuqorilab 158,28 soʻmga teng boʻldi.

Telegram / Facebook / Instagram / Site
Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi muhofaza hujjatlarini yagona QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan holda elektron shaklda avtomatik tarzda berish taklif etilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Palata intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblarini soddalashtirishga qaratilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi. Loyiha doirasida sanoat mulki obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda davlat boji to‘langanini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talabi bekor qilinadi.

Telegram / Facebook / Instagram / Site
O‘qituvchilar o‘rtasida har ikki yilda bir marotaba «Yil o‘qituvchisi» va «Kasbiy mahorat yetakchisi» tanlovlarini o‘tkaziladi.

G‘olib bo‘lgan har bir nomzodga QR-kodli sertifikat va Bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 1400 baravariga (525 mln so‘m) teng pul mukofoti beriladi.

Telegram / Facebook / Instagram / Site
O‘zbekistonda rossiyalik mutaxassislar ko‘magida kam uchraydigan kasalliklarga chalinganlarga yordam ko‘rsatish markazi ochiladi. Bu haqda Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyov ma’lum qildi.

Moskva viloyati rahbariyati Krasnogorskda ana shunday tibbiyot muassasasini ochish tajribasi asosida Farg‘onada bolalar shifoxonasini tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Telegram / Facebook / Instagram / Site
29-aprel kuni Surxondaryodagi Sariosiyo aeroporti rekonstruksiya ishlaridan so‘ng ilk bor Silk Avia aviakompaniyasiga tegishli ATR-72-600 samolyotini qabul qildi.

Shuningdek, 100 nafargacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsata oladigan yangi terminal qurilishi yakunlanmoqda.

Rejaga ko‘ra, barcha infratuzilma ishlaridan so‘ng, bir oy ichida aeroport orqali muntazam reyslar yo‘lga qo‘yiladi.

Telegram / Facebook / Instagram / Site
Vengriya parlamenti mamlakatni Xalqaro jinoiy sud (XJS) yurisdiksiyasidan olib chiqish uchun ovoz berdi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto ma’lum qildi.

XJSdan chiqish to‘g‘risidagi qonun loyihasining tashabbuskori mamlakat hukumati edi. 2024 yil noyabr oyida sud Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni hibsga olishga order berdi. Vengriya rahbariyati bu qarorni tanqid qildi va keyinroq Isroil bosh vaziri rasmiy tashrif bilan mamlakatga safar qildi.

Telegram / Facebook / Instagram / Site
O‘zbekistonda Chevrolet Gentra va Cobalt 2024-yilda eng sotilgan avtomobillar qatoridan joy oldi. Gentra’ning yangi versiyasidan o‘tgan yili 18,3 ming dona, Cobalt modelidan esa 127,2 ming dona sotildi. Ayni paytda Gentra ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan bo‘lsa-da, Cobalt ishlab chiqarilmoqda.

Kursiv Uzbekistan nashri mamlakat sharoitida Chevrolet’ning ushbu ikki modeli — Gentra va Cobalt yordamida qanday qilib daromad topish mumkinligini o‘rgandi va asosiy yo‘nalishlarni bitta maqolada jamladi.

➡️ Batafsil Kursiv Uzbekistan maqolasida o‘qing

Telegram / Facebook / Instagram / Site
2025-yil mart oyidagi tahlillarga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘ylab ko‘chmas mulk bozorida amalga oshirilgan bitimlar soni 68,4 mingtaga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,8 foizga oshgan.

2025-yilning birinchi choragida respublikaning hech bir hududida savdo hajmi kamaymagan. Mart oyida tuzilgan bitimlar soni 20,4 mingta bo‘lib, bu fevral oyiga nisbatan 8,8% kam. Shu bilan birga, o‘tgan yilning martiga nisbatan bitimlar soni 15%ga, chorak yakunlariga ko‘ra esa 10,8%ga oshgan.

Telegram / Facebook / Instagram / Site
O‘zbekistonda elektron savdoning ulushi hanuzgacha past darajada — chakana savdoning atigi 3 foizini tashkil etadi.

Taqqoslash uchun: Qozog‘istonda onlayn savdo bozordan 20 foiz ulushni egallagan bo‘lsa, Belarusda bu ko‘rsatkich 14 foizni tashkil etadi. O‘zbekistonda esa savdoning asosiy qismi hanuzgacha an’anaviy bozorlar va savdo rastalariga to‘g‘ri keladi — 84%, zamonaviy savdo tarmoqlari esa 13%ni tashkil qiladi.

Telegram / Facebook / Instagram / Site
Driver’s Village kompaniyasi Chevrolet Cobalt uchun shartnomalar ochilgani yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Bu haqda diler Instagram sahifasida e’lon qildi.

Driver’s Village «UzAuto Motors» AJ avtomobillarini partiya ko‘rinishida 100% oldindan to‘lov bilan xaridni amalga oshirib, mijozlarga shartnoma asosida realizatsiya qilinishini ma’lum qilgan.

Telegram / Facebook / Instagram / Site
Davlat rahbariga taqdim etilgan axborotga ko‘ra, ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar belgilandi. Jumladan, «Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturi doirasida kambag‘al oilalarni uch toifada ajratib, har biriga individual reja asosida yordam ko‘rsatish taklif qilinmoqda.

Ushbu oilalarga 100 dan ortiq ijtimoiy xizmat va imtiyozlar taqdim etiladi. Farzandlari maktabdagi uzaytirilgan guruhlarda bepul ta’lim oladi, a’lo bahoga o‘qiganlar esa bepul oromgohlarga yuboriladi. A’lochi talaba-qizlarga esa ikki baravar stipendiya ajratiladi.

Telegram / Facebook / Instagram / Site
Shavkat Mirziyoyev yer hisobi va kadastr tizimini takomillashtirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. So‘nggi yillarda sohaga raqamlashtirish joriy etilib, 45 mln gektar yer maydonining 94 foizi — 42 mln gektari davlat ro‘yxatiga olindi.

UzKad – yagona axborot tizimi ishga tushirilishi natijasida 850 mingdan ortiq obyekt ro‘yxatga olindi. 2024-yildan boshlab fuqarolarga o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joylarni hujjatlashtirish imkoniyati yaratildi.

Telegram / Facebook / Instagram / Site