Xorazm | Kun.uz
5.51K subscribers
6.42K photos
738 videos
5.85K links
Kun.uz’ning Xorazm viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.

Reklama: +998 78 113 10 10

Video jo'natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot

Murojaat uchun 👉 @KunuzXorazmBot
Download Telegram
🚘 Bugundan barcha hududlardagi «gaz-zapravka»lar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi

Shohobchalar faoliyatining tiklanishi hududlar sharoitidan kelib chiqqan holda mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan tarzda amalga oshiriladi.

👉 https://kun.uz/uz/29329511

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

🚘 Бугундан барча ҳудудлардаги «газ-заправка»лар фаолияти босқичма-босқич тикланади

Шоҳобчалар фаолиятининг тикланиши ҳудудлар шароитидан келиб чиққан ҳолда маҳаллий ҳокимликлар билан келишилган тарзда амалга оширилади.

👉 https://kun.uz/29329511

➡️ Xorazm xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ibodat va daromad bir joyda: SUBYEKTIV'da – Saudiyadagi o‘zbeklar

Saudiya Arabistonida ko‘p yillardan beri turli sohalarda ishlab kelayotgan yurtdoshlarimiz talaygina. Ular asosan qaysi sohalarda ishlashyapti, oylik daromadlari qancha va eng asosiysi – musulmonlarning orzusidagi o‘lkada yashash va ishlash haqidagi taassurotlari qanaqa? SUBYEKTIV'ning Arabistondan tayyorlagan ko‘rsatuvida tomosha qiling.

📹👉 TO‘LIQ VIDЕONI KO‘RING
Shoir Erkin Madrahimov 86 yoshida vafot etdi

«Oshiq Erkin” taxallusi bilan ijod qilgan adib 1937-yil 7-mayda Xivada tug‘ilgan. Toshkent Davlat universiteti jurnalistika fakultetini tugatgan. 30 ga yaqin badiiy va publitsistik kitoblari nashr etilgan. Jumladan, “Iqbol”, “Ohular”, “Yilga tatigan bir tong”, ”Yolg‘onning umri qisqa”, “Po‘lat va uning bobosi”, “Tillaqush”, “Mehring tushdi yurakka”, “Azim daryo”, “O‘lguncha sizni derman”, “Ishqing tushdi yurakka”, “Mujgoningga sallamno”.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Shuhrat” medali sohibi.

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

Шоир Эркин Мадраҳимов 86 ёшида вафот этди

«Ошиқ Эркин» тахаллуси билан ижод қилган адиб 1937 йил 7 майда Хивада туғилган. Тошкент Давлат университети журналистика факультетини тугатган. 30 га яқин бадиий ва публицистик китоблари нашр этилган. Жумладан, “Иқбол”, “Оҳулар”, “Йилга татиган бир тонг”, ”Ёлғоннинг умри қисқа”, “Пўлат ва унинг бобоси”, “Тиллақуш”, “Меҳринг тушди юракка”, “Азим дарё”, “Ўлгунча сизни дерман”, “Ишқинг тушди юракка”, “Мужгонингга салламно”.

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси, Ўзбекистон ва Қорақалпоғистонда хизмат кўрсатган маданият ходими, “Шуҳрат” медали соҳиби.

➡️ Xorazm xabarlari
🕌 «Ichon qal’a» dunyoning 9 ta eng mashhur qal’a-shaharlari qatoriga kirdi

Turizm sohasini yoritishga ixtisoslashgan Buyuk Britaniyaning Wanderlust jurnali sahifasida «Dunyodagi 9 ta eng qadimiy devorli shaharlar» e’lon qilindi.

Ular: Kartaxena (Kolumbiya), Dubrovnik (Xorvatiya), Tarudant (Marokash), York (Buyuk Britaniya), Ichon-qal’a (Xiva, O‘zbekiston), Karkasson (Fransiya), Quddus, Mdina (Malta), Sian (Xitoy).

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

🕌 «Ичон қалъа» дунёнинг 9 та энг машҳур қалъа-шаҳарлари қаторига кирди

Туризм соҳасини ёритишга ихтисослашган Буюк Британиянинг Wanderlust журнали саҳифасида «Дунёдаги 9 та энг қадимий деворли шаҳарлар» эълон қилинди.

Улар: Картахена (Колумбия), Дубровник (Хорватия), Тарудант (Марокаш), Йорк (Буюк Британия), Ичон-қалъа (Хива, Ўзбекистон), Каркассон (Франция), Қуддус, Мдина (Мальта), Сиан (Хитой).

➡️ Xorazm xabarlari
Boj to‘lovidan ozod qilingan oziq-ovqatlar narxi keskin arzonlayapti

Bu haqda "Korzinka" do‘konlar tarmog‘i rahbari Zafar Hoshimov ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident 36 turdagi asosiy, kundalik iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini import bojidan ozod qilish haqidagi farmonni imzolagandi.
Жўрабек Рахимов Хоразм вилояти ҳокими этиб тасдиқланди

Урганч шаҳрида Халқ депутатлари Хоразм вилояти Кенгаши сессияси бўлиб ўтди. Унда Президент Шавкат Мирзиёев иштирок этди.

Сессияда Президент Хоразм вилояти ҳокими лавозимига ушбу вазифани бажариб келаётган Раҳимов Жўрабек Раҳимович номзодини тавсия этди.

Хоразм вилояти ҳокимини тайинлаш масаласи овозга қўйилди. Овозга қўйиш натижаларига кўра, Жўрабек Раҳимов вилоят ҳокими этиб тасдиқланди.

➡️ Xorazm xabarlari
💼 Qo‘shko‘pir tumaniga yangi hokim tayinlandi

Egamov Boburbek Davlatnazarovich
Qo‘shko‘pir tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi «Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK direktori o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan.

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

💼 Қўшкўпир туманига янги ҳоким тайинланди

Эгамов Бобурбек Давлатназарович
Қўшкўпир тумани ҳокими лавозимига тайинланди.

Тайинловга қадар у Иқтисодиёт ва молия вазирлиги ҳузуридаги «Лойиҳалар ва импорт контрактларини комплекс экспертиза қилиш маркази» ДУК директори ўринбосари вазифасида ишлаб келган.

➡️ Xorazm xabarlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💼 Urganch tumaniga yangi hokim tayinlandi

Sultanov G‘ayratjon Po‘latovich
Urganch tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

💼 Урганч туманига янги ҳоким тайинланди

Султанов Ғайратжон Пўлатович
Урганч тумани ҳокими лавозимига тайинланди.

Тайинловга қадар у Бош прокуратура ҳузуридаги Иқтисодий жиноятларга қарши курашиш департаментининг Қорақалпоғистон Республикаси бошқармаси бошлиғи вазифасида ишлаб келган.

➡️ Xorazm xabarlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📝 Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan 2023 yilning 1- choragi davomida yer qonunchiligi buzilishi holatlari bo‘yicha ko‘rilgan choralar to‘g‘risida tahliliy maʼlumot berildi.

Shu davr mobaynida 836 ta qonun buzilishi holati yuzasidan 4,3 milliard so‘mlik maʼmuriy jarimalar qo‘llangan.

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

📝 Кадастр агентлиги Хоразм вилоят бошқармаси томонидан 2023 йилнинг 1- чораги давомида ер қонунчилиги бузилиши ҳолатлари бўйича кўрилган чоралар тўғрисида таҳлилий маълумот берилди.

Шу давр мобайнида 836 та қонун бузилиши ҳолати юзасидан 4,3 миллиард сўмлик маъмурий жарималар қўлланган.

➡️ Xorazm xabarlari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Avvalgilarga o‘xshamas shov-shuv, sanksiyalarning boshlanishi va konstitutsiyadan bexabar soliqchilar - hafta dayjesti

Internetda tarqalgan video: Masalaning huquqiy jihatlari bilan nega hech kim qiziqmayapti? Ikki sobiq vazir ishdan olindi: bu korrupsiya bilan bog‘liqmi? Bank sirlari endi davlat ixtiyorida: Soliqchilar yangi konstitutsiyani oyoqosti qilayotganini o‘zlari biladimi? Yakunlanayotgan haftaning asosiy mavzulari – Kun.uz dayjestida.

📹 VIDЕOSHARHNI TOMOSHA QILING
🕌 Xorazm viloyatining barcha masjidlarida hayit namozi 21-aprel kuni soat 6:30 da o‘qiladi

Ramazon hayiti namozini viloyatlarda o‘qiladigan vaqti:
- Andijon 5:50
- Buxoro 6:20
- Jizzax 6:10
- Navoiy 6:20
- Namangan 5:50
- Samarqand 6:20
- Sirdaryo 6:00
- Surxondaryo 6:15
- Toshkent v. 6:00
- Toshkent sh. 6:00
- Farg‘ona 5:50
- Xorazm 6:30
- Qashqadaryo 6:20
- Qoraqalpog‘iston 6:40

🕌 Хоразм вилоятининг барча масжидларида ҳайит намози 21 апрель куни соат 6:30 да ўқилади

Рамазон ҳайити намозини вилоятларда ўқиладиган вақти:
- Андижон 5:50
- Бухоро 6:20
- Жиззах 6:10
- Навоий 6:20
- Наманган 5:50
- Самарқанд 6:20
- Сирдарё 6:00
- Сурхондарё 6:15
- Тошкент в. 6:00
- Тошкент ш. 6:00
- Фарғона 5:50
- Хоразм 6:30
- Қашқадарё 6:20
- Қорақалпоғистон 6:40

➡️ Xorazm xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Referendumda ovoz bergan prezident Shavkat Mirziyoyev va uning oila a’zolari

Davlat rahbari oila a’zolari bilan birga Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 59-referendum uchastkasiga tashrif buyurib, referendumda ovoz berdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SUBYEKTIV – Amerikada. AQSh-Meksika chegarasidan o‘tganlar iqrori

Amerikaga noqonuniy va xavfli yo‘llar bilan, Meksika orqali o‘tishga urinayotganlar orasida o‘zbeklar ham ancha ko‘payib qoldi. Xo‘sh, bunchalik katta tavakkalchilik – arziydimi? Nolegal yo‘ldan yurganlarning o‘zi nima deydi? SUBYEKTIV shtatlardan tayyorlagan ilk ko‘rsatuvini ana shu mavzuga bag‘ishladi.

🍿👉 ALBATTA TOMOSHA QILING
Урганч шаҳрининг собиқ ҳокими 3 йилга озодликдан маҳрум қилинди

2018-2020 йилларда Урганч шаҳар ҳокими лавозимида ишлаган Шуҳрат Абдуллаев 3 йил муддатга озодликдан маҳрум этилди. У ЖКнинг 209-моддаси (мансаб сохтакорлиги) 2-қисми “а” банди ва 229-4-моддаси (ер бериш тартибини бузиш) 2-қисми “а”, “б” бандларида назарда тутилган жиноятларни содир этганликда айбли деб топилган.

👉 https://kun.uz/36226552

Kun.uz расмий канали
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kechikkan Hindistondan shu yo‘ldagi O‘zbekiston uchun saboqlar (1-qism, Dehli)

Dunyodagi eng ifloslangan 20 ta shahardan 13 tasi joylashgan, kamida 140 million odam me’yordan 10 baravar xavfli havodan nafas olayotgan, aholisining o‘pkasi chekmaydigan yevropaliknikiga qaraganda 30 foizga zaifroq ishlaydigan Hindiston – Kun.uz jurnalisti nigohida.

📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING