Qashqadaryo | Kun.uz
5.2K subscribers
8.31K photos
1.18K videos
8.03K links
Kun.uz’ning Qashqadaryo viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.

Reklama: +998 78 113 10 10

Video jo'natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot
Download Telegram
“Toshkent — Qarshi — Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi

Bayram kunlarida yo‘lovchilarni tashish maqsadida 2023-yilning 20-21 mart kunlari 780/779-sonli “Toshkent — Qarshi — Toshkent” “Afrosiyob” elektropoyezdi yo‘nalishida qo‘shimcha 2 ta reys harakati yo‘lga qo‘yildi. Poyezd amaldagi jadval asosida harakatlanadi:

780-sonli “Toshkent — Qarshi” yo‘nalishi

Toshkent 07:00 — Qarshi 10:21

779-sonli “Qarshi — Toshkent” yo‘nalishi

Qarshi 15:25 — Toshkent 18:50

IZOH: Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: chipta.railway.uz

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚔 Qashqadaryoda boʻlib oʻtgan reyd tasvirlari

Reyd davomida meʼyoriy hujjatlarsiz avtomobil boshqargan haydovchilarga tegishli chora koʻrilib, qidiruvda boʻlgan transport ham
aniqlandi.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
😁😁😁😁😁
Tez, arzon va ishonchli uy qidirishning yangi platformasi

Tezelonda barchasi oson va tez:

-Maklerlarsiz uy harid qilish ;
-Uydan chiqish shart emas barchasi telegram orqali ;
- 2000 dan ortiq yangi va eski uylar qulay narxlarda ;
- Uyingizni tez fursatlarda sotish;
- Smart telegram bot orqali oson e'lon joylash.

Tezelon_uyO'zbekistondagi uylar savdosi bo'yicha zamonaviy platforma

🔍 Uylarni ko'rish

Reklama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqaruvchilar ushlandi
 
Bosh prokuratura departamentning Shahrisabz shahar bo‘limi IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan. Tadbirda, fuqaro E.M. “Yangi hayot” MFYdagi xonadonida yashirin sex tashkil etib, iste’molchilarning hayoti va sog‘ligiga javob bermaydigan yog‘ ishlab chiqarayotgani aniqlanib, u yerdan 18,7 mln so‘mlik 705 litr yog‘, 112 kg chigit va boshqa tovar-moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, departamentning Shahrisabz shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar  M.O. va B.A  “Uymovut” hamda “Tutzor” MFYdagi binolardagi yashirin syexda iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsuloti ishlab chiqarayotgani aniqlanib, jami 13,4 mln so‘mlik 245 litr yog‘, 172 kg chigit va boshqa tovar-moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan JKning 186 va 186-2-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
 
Qashqadaryoda qarzdorning zavodi va 8 ta transport vositasi auksionga chiqarildi

MIB Qashqadaryo viloyat boshqarmasi ish yurituvida sudlarning turli vaqtlardagi ijro varaqalariga asosan qarzdor “Istiqlol yo‘l qurilish ta’minot” xususiy korxonasidan jami 12 mlrd 895 mln so‘m qarzdorlikni undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlari mavjud. Ijro hujjatlarini ijrosini ta’minlash uchun qarzdorning barcha xisob raqamlariga, mulklariga ta’qiq qo‘yilib band solingan.

Qarzdor “Istiqlol yo‘l qurilish ta’minot” XKga tegishli bo‘lgan Gʻuzor tumanida joylashgan ishlab chiqarish zavodi binosi xatlanib, 3 mlrd 13 mln 546 ming so‘mga narxlatilib, undiruvchi Mikrokreditbank ATB karzdorligi uchun “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida sotish uchun chiqarilgan. Bundan tashqari, qarzdorga tegishli 8 ta transport vositasi auksionda sotish uchun chiqarilgan.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Ertaga 14-mart kuni ta‘mirlash ishlari tufayli Qarshi shahri va tumanidagi ayrim hududlarda gaz ta‘minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Yuqori bosimli (D219mm) gaz quvurini texnik ta'mirlash maqsadida ertaga soat 09:00 dan 18:00 ga qadar, Qarshi shahrining "Gʼafur Gʼulom", "Uzumzor", "Magʼzon", "Naxshab", "Oqtepa", "Navo", "Qilichbek qoʼrgʼoncha", "Kat", "Xaramjo‘y", "Zahokimaron", "Boʼston", "Аralovul", "Qavali", "Xoʼjaxiyol", "Geolog", "Otchopar", "Xontepa", "Neftchilar", "Yangi turmush", "Аlisher Navoiy"," Kamandi", "Shohbekat", Gungon, "Buyuk Turon", Temiryoʼlchi, Qarshi, Paxtazor mahallalari hamda 3-4-5-6-7-8 mitti tumanlarida shuningdek, tumanning Paxtazor, Kat va "Yangi xonobod" mahallalaridagi 40 ming 783 ta aholi hamda 723 ta ulgurji iste'molchilarda tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to’xtatiladi.

Ta'mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng, ta'minot qayta tiklanadi.
 

➡️ Qashqadaryo xabarlari
“O‘zbekneftgaz” shoxobchalarida 92 benzin narxi arzonladi

“UNG Petro” AYQSHlarida AI-92 benzin narxi 7500 so‘mni tashkil qilyapti. Ma’lum qilinishicha, AI-92 benziniga bahorgi chegirma e’lon qilingan va cheklangan vaqtgacha davom etadi.

👉 https://kun.uz/uz/38495538

➡️ Qashqadaryo xabarlari
«Svet» va gazdan tijorat maqsadlarida noqonuniy foydalanish o‘g‘rilik deb belgilandi

Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yo‘li bilan talon-toroj qilish o‘g‘rilik deb belgilandi hamda mazkur huquqbuzarlik uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.

👉 https://kun.uz/uz/52662006

➡️ Qashqadaryo xabarlari
2023-yil ikki oyda Qashqadaryoda qancha nikoh qayd etildi?

🏢 Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-fevral oylarida respublika boʻyicha 32 953 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Hududlar kesimida qayd etilgan nikohlar soni:

🔹 Qoraqalpogʻiston R. – 2 506 nafar
🔹 Andijon viloyati – 2 498 nafar
🔹 Buxoro viloyati – 2 231 nafar
🔹 Jizzax viloyati – 1 054 nafar
🔹 Qashqadaryo viloyati – 3 775 nafar
🔹 Navoiy viloyati – 724 nafar
🔹 Namangan viloyati – 2 087 nafar
🔹 Samarqand viloyati – 3 490 nafar
🔹 Surxondaryo viloyati – 3 220 nafar
🔹 Sirdaryo viloyati – 662 nafar
🔹 Toshkent viloyati – 2 040 nafar
🔹 Fargʻona viloyati – 2 889 nafar
🔹 Xorazm viloyati – 3 697 nafar
🔹 Toshkent shahri – 2 080 nafar

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Qashqadaryoda o‘tkaziladigan Navro‘z sayllarining vaqti va sanasi ma‘lim qilindi

🔹Yakkabog‘ tumanida – 16 mart, soat 11:00 da 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘yingohida

🔹Gʻuzor tumani - 17 mart, soat 11:00 da Qorakamar qishlog‘i adirligida

🔹Ko‘qdala tumani - 17 mart, soat 11:00 da Naymansaroy MFYda joylashgan saylgohida

🔹Qamashi tumani - 17 mart, soat 11:00 da “Mang‘it” MFY ochiq maydonda

🔹Shaxrisabz tumani - 17 mart, soat 11:00 da “Ziyo chashmalari” oromgohida

🔹Shaxrisabz shahar - 17 mart, soat 11:00 da “Beruniy” oromgohida

🔹Dehqonobod tumani - 17 mart, soat 11:00 da “Yoshlik” istirohat bog‘ida

🔹Kasbi tumani - 17 mart, soat 11:00 da “Mo‘g‘lon” istirohat bog‘ida

🔹Mirishkor tumani - 18 mart, soat 11:00 da Achin ko‘l yonidagi kenglikda

🔹Qarshi tumani - 18 mart, soat 11:00 da “Kerayit” MFY adirligida

🔹Muborak tumani - 18 mart, soat 11:00 da “B.Vafoyev” o‘yingohida

🔹Nishon tumani - 18 mart, soat 17:00 da Bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘yingohida

🔹Chiroqchi tumani - 18 mart, soat 11:00 da “Hayitko‘l” MFY adirligida

🔹Koson tumani - 18 mart, soat 11:00 da “Yoshlar xiyoboni” istirohat bog‘ida

🔹Kitob tumani - 20 mart, soat 11:00 da “Qaynar” MFY adirligida

Viloyatning asosiy bayram sayli – 19 mart, soat 09:00 da Qarshi shahri bilan birga “Amfiteatr” majmuasida bo‘lib o‘tadi.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Uzbekistan Airways mahalliy qatnovlarga chegirma e‘lon qildi

“Yoshlar turizmi haftaligi” o‘tkazilishi munosabati bilan Uzbekistan Airways joriy yilning 23-31 mart kunlari mahalliy yo‘nalishlardagi qatnovlarga O‘zbekiston fuqarosi, ya’ni 12 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari, talabalar va yoshlar uchun ekonom klass tariflariga 21 foiz chegirma e’lon qilgan.

Chegirmali aviachiptalarni rasmiylashtirish uchun faqatgina Uzbekistan Airways Sales yoki uning agentlariga murojaat qilishingiz kerak.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Korrupsiyaga qarshi kurashishda “qoniqarsiz” ishlagan davlat idoralari ochiqlandi. Ular orasida Qashqadaryo viloyati hokimligi ham bor

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 62ta davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini baholadi. Reyting natijasiga ko‘ra, Surxondaryo va Andijon viloyatlari hokimligi hamda Suv xo‘jaligi va Energetika vazirliklarining bu yo‘nalishdagi faoliyati eng “qoniqarsiz” deb topilgan. 62ta idoraning atigi 12tasi “yaxshi” ko‘rsatkichni qayd etgan. Qoniqarsiz ko‘rsatkichni qayd etgan tashkilotlar orasida Qashqadaryo viloyati hokimligi ham bor.

👉 https://kun.uz/uz/96882067

➡️ Qashqadaryo xabarlari
«O‘zbekiston Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi matni e’lon qilindi

Konstitutsiyaviy Qonun referendum yakunlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

👉 https://kun.uz/uz/83517811

➡️ Qashqadaryo xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Тезкор

"Telegram" orqali yuqqan
"virus"dan qanday qutulish mumk?


Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi ogohlantiradi:
“Iltimos menga ovoz berib yuboring” mazmunida tarqalayotgan "FEYK" xabarlarga aldanib qolmang!

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirilmoqda

So‘nggi vaqtlarda Rossiyada ishlayotgan yurtdoshlarimiz orasida Internet orqali mahsulotlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish haqidagi e’lonlar bo‘yicha muammolar yuzaga kelayotgani sababli Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ularni ogohlantirmoqda.

"Murojaatlardan ma’lum bo‘lmoqdaki, norasmiy kuryerlik xizmatlarida narkotik yoki taqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish (zakladka) taklif qilinmoqda va buning oqibatida polisiya xodimlari tomonidan ular ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda. Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan norasmiy kuryerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirishni so‘raymiz. Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, narkotik moddalarni sotish yoki yetkazib berish uchun uzoq muddatli qamoq jazosi belgilangan", deyiladi murojaatda.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
O‘zbekiston aholisining 83 foizi chuqur kovlama ko‘rinishidagi hojatxonadan foydalanadi - PMTI

O‘zbekistonda aholining 82,8 foizi turli darajadagi sanitariya darajasiga ega chuqur kovlamali hojatxonadan foydalanadi. Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti o‘rganishlariga ko‘ra, bor-yo‘g‘i 16,6 foiz aholining uyida ventilyatsiya qilingan (yaxshilangan) chuqur kovlamali hojatxona bor. Hojatxonasi markazlashgan kanalizatsiyaga ulanganlar ulushi ham atigi 16 foiz.

P.S. Institut birinchi navbatda maktablarda normal hojatxonalar qurishni tavsiya qilmoqda.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
⚡️Chiroqchida bir nechta yo‘lda vazni 10 tonnadan yuqori bo‘lgan avtomobillar harakati taqiqlanadi

E-qaror.uz‘ga Chiroqchi tumani hududidagi umumfoydalanuv yo‘llarini saqlash, harakat xavfsizligini ta’minlash va og‘ir vaznli yuk avtotransport vositalari harakatini tartibga solish maqsadida beshta yo‘lda vazni 10 tonnadan yuqori bo‘lgan avtomobillar harakatini taqiqlash haqidagi viloyat hokimining qarori yuklandi.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Tijorat banklarida dollar kursi 11 500 so‘mga chiqdi

Aksariyat banklar 1 AQSH dollarini 11 400 so‘mdan sotib olishni, 11 500 so‘mga sotishni taklif qilyapti.

👉 https://kun.uz/uz/94084472

➡️ Qashqadaryo xabarlari