Qashqadaryo | Kun.uz
5.07K subscribers
8.31K photos
1.18K videos
8.03K links
Kun.uz’ning Qashqadaryo viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.

Reklama: +998 78 113 10 10

Video jo'natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot
Download Telegram
😁😁😁😁😁
Tez, arzon va ishonchli uy qidirishning yangi platformasi

Tezelonda barchasi oson va tez:

-Maklerlarsiz uy harid qilish ;
-Uydan chiqish shart emas barchasi telegram orqali ;
- 2000 dan ortiq yangi va eski uylar qulay narxlarda ;
- Uyingizni tez fursatlarda sotish;
- Smart telegram bot orqali oson e'lon joylash.

Tezelon_uyO'zbekistondagi uylar savdosi bo'yicha eng katta bazaga ega platforma

🔍 Uylarni ko'rish

Reklama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yakshanba kuni ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda

Bugun mamlakat hududi bo‘yicha quyoshli va juda iliq ob-havo bo‘lishi kuzatiladi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi termometr ustuni +25...+28 darajagacha, janubda ba’zi joylarda +30 darajagacha ko‘tariladi.

👉 https://kun.uz/uz/29536677

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Fevralda O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qariyb 2 milliard dollarga kamaydi

Markaziy bankning xorijiy valyutadagi zaxiralari yillik hisobda 3 milliard dollardan ortiqroqqa qisqardi.

👉 https://kun.uz/uz/61522946

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Davlat xizmatchilari o‘rtasida qanday kasalliklar ko‘p uchrashi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda hokimlik xodimlari o‘rtasida ovqat hazm qilish organlari (surunkali gastrit), yurak qon tomir (arterial gipertoniya), asab tizimi (osteoxondroz), ko‘z va endokrin (qandli diabet va semizlik) kabi kasalliklar aniqlandi.

👉 https://kun.uz/uz/16189660

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Qashqadaryo | Kun.uz
O‘zbekistonda 11 mart kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi Hukumatning 2023 yil 4 martdagi farmoyishiga asosan 2023 yil 11 mart kuni “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. 👉 https://kun.uz/uz/44932001…
Umumxalq xayriya hashari 18-mart kuni o‘tkaziladi

“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida 2023 yil 11-mart kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkazilishi haqida avval xabar berilgan edi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi asosida ushbu umumxalq xayriya hashari Navro‘z umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyi arafasida hamda tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida 2023 yil 11-martdan 18-martga ko‘chirildi.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
12-mart kuni Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent, Qashqalaryo va Surxondaryo viloyati ba’zi tumanlarida kuchli yog‘ingarchilik kutilmoqda

O‘zgidromet va uning COSMO_CA milliy operativ prognostik model ma’lumotiga ko‘ra, 12-mart kuni respublikaning 6 viloyati ayrim tumanlarida kuchli va ko‘p miqdorda yomg‘ir yog‘ishi prognoz qilinmoqda.

Yuqoridagi 6 ta viloyatning ba’zi tumanlarida (kartada qizil rangda) 12 soatlikda 20-30 mm oraliqda yog‘in tushishi mumkin. Xususan, yakshanba dam olish kuni poytaxtda ham "yaxshigina" yomg‘ir yog‘ib o‘tishi mumkin.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Qashqadaryo | Kun.uz
Ijtimoiy tarqoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra yuqoridagi video to‘y kortejida olingan. Mashinadan tanani chiqarib pul (garchi soxta bo‘lsada) sochish urfga kirayaptimi endi? Shahar bedarvoza emas, Qashqadaryo viloyati IIB YHXB holatni nazoratga olishi kerak.…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Chiroqchidagi to‘yda qoidalarni buzgan haydovchi va yo‘lovchilarga chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarqoqlarda tarqalgan videotasvir yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB ma’sul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. Yo‘l harakati va jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzgan shaxslarga chora ko‘rildi.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Bir kishi ikki muddatdan ortiq ishlashi taqiqlanadigan lavozimlar ro‘yxati tuzildi

Konstitutsiyaning yangi tahriri loyihasida davlat hokimiyatining bir qator lavozimlarida bir shaxsning surunkasiga ikki muddatdan ortiq ushbu lavozimga saylanishi (tayinlanishi) mumkin emasligiga oid qoida kiritilmoqda.

Bular:

🔹Qonunchilik palatasi spikeri;
🔹Senat raisi;
🔹Prezident (amaldagi Konstitutsiyada ham belgilangan);
🔹Viloyat, tuman, shahar xalq deputatlari kengashining raisi;
🔹Hokimlar;
🔹Oliy sudning raisi va rais o‘rinbosari;
🔹Sudyalar oliy kengashining raisi va rais o‘rinbosari;
🔹Markaziy saylov komissiyasi raisi;
🔹Bosh prokuror.

▶️ Qashqadaryo xabarlari
📊2023-yil yanvar-fevralda Qashqadaryoda qancha tug‘ilish qayd etildi?

🏢 Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonda 141 090 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan.

Hududlar kesimida tug‘ilishlar soni:

🔹 Qoraqalpog‘iston R. – 6 436 nafar
🔹 Andijon viloyati – 12 469 nafar
🔹 Buxoro viloyati – 6 612 nafar
🔹 Jizzax viloyati – 6 365 nafar
🔹 Qashqadaryo viloyati – 14 766 nafar
🔹 Navoiy viloyati – 4 185 nafar
🔹 Namangan viloyati – 12 145 nafar
🔹 Samarqand viloyati – 16 500 nafar
🔹 Surxondaryo viloyati – 13 010 nafar
🔹 Sirdaryo viloyati – 3 649 nafar
🔹 Toshkent viloyati – 11 062 nafar
🔹 Farg‘ona viloyati – 15 099 nafar
🔹 Xorazm viloyati – 6 501 nafar
🔹 Toshkent shahri – 12 291 nafar

➡️ Qashqadaryo xabarlari
"Shahrisabz — Samarqand — Shahrisabz" yonalishida tezyurar yolovchi poyezd harakati qoyildi

Yolovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2023-yil 20-martdan boshlab har kuni yangi 07/08-sonli "Shahrisabz — Samarqand — Shahrisabz" yonalishida tezyurar yolovchi poyezd harakati yolga qoyildi.

Poyezdning harakat jadvali quyidagicha:

🔹7-sonli "Shahrisabz — Samarqand" yonalishi:

🔹Shahrisabz 07:03 — Samarqand 10:54

🔹8-sonli "Samarqand — Shahrisabz" yonalishi:

🔹Samarqand 17:52 — Shahrisabz 21:22


➡️ Qashqadaryo xabarlari
Qashqadaryoda yer savdosi bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi
 

Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda viloyat IIB tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.U. “M.M.” fermer xo‘jaligiga qarashli 25 gektar yerni fuqaro E.M.ga firibgarlik yo‘li bilan 240 mln so‘mga sotishga kelishib, yerning hujjatlarini tanishlari yordamida to‘g‘irlab berishni aytib, oldindan 100 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Maktab o‘quvchilari yakuniy imtihonida kreativ va mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan topshiriqlardan foydalaniladi

May va iyun oylarida maktab o‘quvchilarining yakuniy nazorat imtihonlari bo‘lib o‘tadi. Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlari 25-mayga qadar davom etadi.

👉 https://kun.uz/uz/40775718

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Qashqadaryoga yana 22 dona "Tez yordam" mashinalari olib kelindi

2023-yil 11-mart kuyei Qarshi shahrida “Volkswagen Caddy” tez yordam avtomobillarining 22 donadan iborat navbatdagi partiyasi Qashqadaryo tumanlaridagi tez yordam xizmatlariga taqdim etilgan.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Migratsiya agentligi Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlikka chaqirdi

Migratsiya agentligi Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklarni internet orqali katta pul evaziga mahsulotlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish haqidagi e’lonlar yuzasidan ogohlikka chaqirdi.

👉 https://kun.uz/uz/77148754

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Davlat xizmatchisi qachon sovg‘a olishi mumkin?

Adliya vazirligi tasdiqlagan nizomga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatchisi O‘zbekistondan tashqaridagi xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar, O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda sovg‘a olishi mumkin.

O‘zbekistondagi boshqa xizmat safarlarida sovg‘a olish mumkin emas.

Davlat fuqarolik xizmatchisi oladigan sovg‘a quyidagi talablarga javob berishi kerak:

🔹 Milliy qonunchilikda taqiqlanmagan ashyolar bo‘lishi;
🔹Sovg‘a xalqaro va boshqa rasmiy tadbirda ixtiyoriy berilgan bo‘lishi;
🔹 Sovg‘a ochiq va oshkora qabul qilinishi;
🔹 Davlat organining obro‘siga putur yetkazmasligi;
🔹 Milliy qonunchiligimizda taqiqlanmagan ashyolar bo‘lishi;
🔹 Sovg‘a xalqaro va boshqa rasmiy tadbirda ixtiyoriy berilgan bo‘lishi;
🔹 Sovg‘a ochiq va oshkora qabul qilinishi;
🔹 Davlat organining obro‘siga putur yetkazmasligi;
🔹 Manfaatlar to‘qnashuvi yoki korrupsiyaviy omilni keltirib chiqarmasligi.

Davlat fuqarolik xizmatchisi sovg‘ani tadbirdan kelgandan so‘ng 3 ish kunida xo‘jalik bo‘limiga beradi va bunda dalolatnoma tuziladi.

Sovg‘aning qiymati aniq bo‘lmasa, xo‘jalik bo‘limi uni baholaydi va uning qiymati BHMning 4 baravaridan (1,2 mln so‘mdan) ko‘p bo‘lmasa, sovg‘a davlat fuqarolik xizmatchisiga beriladi.

Sovg‘a qiymati BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lsa, u moliya-iqtisod bo‘linmasi tomonidan davlat organi balansiga kirim qilinadi hamda davlat organi ehtiyoji uchun foydalaniladi.

👉 Tez yaroqsiz holga keluvchi sovg‘alar (gul, shirinliklar), shuningdek kanselyariya to‘plamlari (taqvim, buklet, plastmassali ruchka, kundalik va bloknot) sovg‘a sifatida rasmiylashtirilmaydi hamda ushbu sovg‘alar davlat fuqarolik xizmatchisida qoldiriladi.

➡️ Qashqadaryo xabarlari