Jizzax | Kun.uz
1.52K subscribers
4.79K photos
836 videos
5.44K links
Kun.uz’ning Jizzax viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.

Reklama: +998 78 113 10 10

Video jo‘natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot
Download Telegram
#Bilasizmi

Quyidagi hollarda cheklov to‘xtatib turiladi va qazdorning chetga chiqishiga ruxsat beriladi:

▪️O‘zbekistondan tashqarida kasalxonaga yotqizishni talab qiladigan hollarda;

▪️O‘zbekistondan chiqib ketuvchi delegatsiya tarkibiga kiritilganda.

Chegara hududlarda chetga chiqishi vaqtincha cheklangan qarzdor aniqlanganda, unga bu haqda to‘liq maʼlumot beriladi.

❗️Bundan tashqari, xorijga chiqish uchun ta'qiq mavjudligi (mavjud emasligi) haqida mib.uz sayti orqali ham ma'lumot olish mumkin.

➡️ Jizzax xabarlari
#Bilasizmi?

Yoʻl-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi, — bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

💵 Hozirda BHMning oʻn besh baravari = 4.050.000 soʻm.

➡️ Jizzax xabarlari
#Bilasizmi

Chiqindi qutilari qay tartibda joylashtirilishi kerak?

Chiqindi qutilari, jumladan, quyidagi joylarda majburiy tartibda oʻrnatiladi:

🔹 Koʻp kvartirali uylarning podyezdiga kirish yoʻlida – 1 ta;
🔹 Tashkilotlar, shuningdek, savdo obyektlarining binosiga kirish (chiqish) yoʻlida – 1-2 ta;
🔹 Metro, yer osti va yer usti oʻtish joylarining har bir kirish (chiqish) yoʻlida – 2 ta;
🔹 Jamoat yoʻlovchi transport bekatlarida – 1-2 ta;
🔹 Avtoturargohlar va avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash maydonchalariga kirish (chiqish) yoʻlida – 1-2 ta.

➡️ Jizzax xabarlari
#Bilasizmi

Pilla boquvchilarga qancha subsidiya ajratiladi?

🔹 Qonunchilikka koʻra, 2022-yil 1-yanvardan 2025-yil 1-yanvargacha:

🔹 Har yili yetishtiriladigan pilla (hoʻl pilla) hosilining bir kilogrammi uchun 5 ming soʻm miqdorida xonadonlarda pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga subsidiya ajratiladi;

🔹Tutzorlarni sugʻorish uchun foydalanilgan suv hajmiga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorda qoʻllaniladi.

➡️ Jizzax xabarlari
#Bilasizmi

Aloqa operatorlari har bir abonentga hisobida puli boʻlmaganda ham quyidagi xizmatlarni bepul va kecha-kunduz davomida chaqirish imkoniyatini taʼminlashi kerak:

yongʻin xavfsizligi xizmati;
ichki ishlar organlari;
tez tibbiy yordam;
gaz tarmogʻining avariya xizmati;
Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv xizmati.

➡️ Jizzax xabarlari
#Bilasizmi

Quyidagi shaxslar tibbiyot muassasalarida ovqatlanish toʻlovidan ozod qilinadi:

🔹 I va II guruh nogironlari, bolalikdan nogironlar;
🔹 1941–1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, ularga tenglashtirilganlar;
🔹 Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda qatnashgan nogironlar;
🔹 1941–1945 yillardagi urush yillari mehnat fronti qatnashchilari;
🔹 Baynalmilalchi jangchilar;
🔹 Chin yetimlar;
🔹 Yolgʻiz pensionerlar;
🔹 18 yoshgacha boʻlgan bolalar, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari;
🔹 Chaqiriq komissiyalari xulosasi asosida mudofaa boʻlimlari yoʻllanmalari boʻyicha 18 yoshdan 27 yoshgacha boʻlganlar;
🔹 “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar;
🔹 1 yoshgacha bolali emizikli onalar.

➡️ Jizzax xabarlari
#Bilasizmi

Ichki ishlar organi xodimi fuqaroga qanday muomala qilishi kerak?

Ichki ishlar organi xodimi oʻziga fuqaro murojaat etgan taqdirda, oʻz lavozimini, unvonini, familiyasini, ismini, otasining ismini aytishi, fuqaroni diqqat bilan eshitishi, oʻz vakolatlari doirasida tegishli choralar koʻrishi yoxud qoʻyilgan masalani hal etish kimning vakolatiga kirishini tushuntirishi shart.

➡️ Jizzax xabarlari
#Bilasizmi

👉 Fuqarolarga pensiya tayinlanishida I guruh nogironiga yoki 16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolaga, shuningdek oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan (davolash muassasasining xulosasiga koʻra) 80 yoshga toʻlgan qariyalarga qarab turilgan vaqt ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.

➡️ Jizzax xabarlari
#Bilasizmi

Pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga subsidiya ajratiladi

2025 yil 1 yanvargacha:

har yili yetishtiriladigan pilla (hoʻl pilla) hosilining bir kilogrammi uchun 5 ming soʻm miqdorida xonadonlarda pilla yetishtiruvchi jismoniy shaxslarga subsidiya ajratiladi;

tutzorlarni sugʻorish uchun foydalanilgan suv hajmiga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorda qoʻllaniladi.

➡️ Jizzax xabarlari
#Bilasizmi

Prezident stipendiyasi kimlarga to‘lanadi?

❗️Davlat oliy taʼlim muassasalariga kirishda eng yuqori ball toʻplagan 200 nafar yoshlar uchun Prezident granti joriy qilingan.

➡️ Grantda gʻolib boʻlgan talabalarga Prezident davlat stipendiyasi tayinlanadi va toʻlanadi.

➡️ Jizzax xabarlari
#Bilasizmi

Qonunchilikka koʻra, ish joylarida, sogʻliqni saqlash, taʼlim, sport-sogʻlomlashtirish muassasalarida, yongʻin chiqish xavfi boʻlgan joylarda, shu jumladan avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida tamaki mahsulotini isteʼmol qilish, BHM ning uchdan bir qismi (90 ming soʻm) miqdorida jarima solinishiga sabab boʻladi.

⚠️ Tamaki mahsulotini maxsus ajratilgan joylar va (yoki) xonalarda isteʼmol qilish lozim.

➡️ Jizzax xabarlari
#Bilasizmi

Xotin-qizlarga davlat granti asosidagi OTMga qabul doirasidagi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma qanday holatda beriladi?

🔰Tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

🔹 Kam taʼminlangan oilalardagi xotin-qizlar;

🔹 Toʻliqsiz oilada tarbiyalanayotgan, yaʼni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

🔹 Turmush oʻrtogʻi vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolgʻiz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

🔹 Nogiron farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

🔹 2 va undan ortiq farzandini tarbiyalayotgan, qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolgʻiz ayollarning qiz farzandlari;

🔹 Ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham I yoki II guruh nogironi boʻlgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

👉 Tavsiyanoma olish uchun tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlariga elektron shaklda murojaat qilinadi.

➡️ Jizzax xabarlari
#Bilasizmi

Kimlar mol-mulk solig‘idan ozod qilanadi?

Qonunchilikka ko‘ra, quyidagilar 60 m² doirasida jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan ozod qilinadi:

🔹 10 nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalar (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi maʼlumotnomasi asosida);

🔹 pensionerlar (pensiya guvohnomasi asosida);

🔹 I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar (pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi maʼlumotnomasi asosida).

➡️ Jizzax xabarlari
#Bilasizmi

Qonunchilikka koʻra, mulkdor boʻlmagan, lekin koʻchmas mol-mulkka 15 yil davomida yoki boshqa mol-mulkka 5 yil davomida oʻziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs bu mol-mulkka mulk huquqini oladi (egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat).

➡️ Jizzax xabarlari
#Bilasizmi

Benzin sotib olish uchun kimlarga kompensatsiya to‘lanadi?

🔰 Avtomobil benzini sotib olish boʻyicha quyidagi shaxslar uchun oylik pul kompensatsiyalari toʻlovlari joriy etilgan:

👉 Urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
👉 Urush faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslar;
👉 Mehnatda mayib boʻlish va kasb kasalligi tufayli I va II guruh nogironlar;
👉 I va II guruh bolalikdan nogironlarga.

➡️ Kompensatsiya toʻlovi miqdori chakana savdodagi eng koʻp tarqalgan muayyan benzin markasining 40 litri qiymatining 50 foizidan kelib chiqib hukumat qarorlari bilan belgilanadi.

➡️ Jizzax xabarlari
#Bilasizmi

Kimlar tibbiyot muassasalarida ovqatlanish toʻlovidan ozod qilinadi?

🔹I va II guruh nogironlari, bolalikdan nogironlar;
🔹1941 – 1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, ularga tenglashtirilganlar;
🔹Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda qatnashgan nogironlar;
🔹1941 – 1945 yillardagi urush yillari mehnat fronti qatnashchilari;
🔹baynalmilalchi jangchilar;
🔹chin yetimlar;
🔹yolgʻiz pensionerlar;
🔹18 yoshgacha boʻlgan bolalar, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari;
🔹chaqiriq komissiyalari xulosasi asosida mudofaa boʻlimlari yoʻllanmalari boʻyicha 18 yoshdan 27 yoshgacha boʻlganlar;
🔹“Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar;
🔹1 yoshgacha bolali emizikli onalar. tibbiyot muassasalarida ovqatlanish toʻlovidan ozod qilinadi.

➡️ Jizzax xabarlari
#Bilasizmi

Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lganlarga ta‘lim sohasida qanday imtiyozlar berilgan?

🔰 Qonunchilikka koʻra, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar davlat bogʻchalari va maktablarga navbatga qoʻyilmasdan joylashtiriladi.

💰 Ularga texnikum, kollej, akademik litsey yoki OTMda oʻqiyotganda har oʻquv yilida 1 marotaba oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid qilish uchun BHMning 5 baravari (1 mln 500 ming soʻm) miqdorida subsidiya beriladi.

Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar oʻqishni davlat OTMlarida davom ettirganda ularga stipendiya 50 foizga oshirilgan holda toʻlanadi.

➡️ Jizzax xabarlari