Jizzax | Kun.uz
1.5K subscribers
4.79K photos
836 videos
5.44K links
Kun.uz’ning Jizzax viloyatiga oid xabar va yangiliklar rasmiy kanali.

Reklama: +998 78 113 10 10

Video jo‘natish uchun 👉 @kunuzvideo_bot
Download Telegram
Jizzax viloyati Baxmal tumani manzaralari fotosuratlarda

➡️ Jizzax xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xavfsizlik kamarini taqmagan yo‘lovchiga jarima qo‘llanilmaydi

Ma‘lum qilinishicha xavfsizlik kamarini taqmagan yoʻlovchi boʻyicha hozirda qonunchilikka takliflar kiritilgan, koʻrib chiqilmoqda.

Ayni vaqtda xavfsizlik kamarini taqmagan yoʻlovchiga nisbatan jarima qoʻllanilmaydi.

➡️ Jizzax xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Reyd

⚡️Tungi reyd tadbirlari davomida haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan avtomashina boshqarish holatlari aniqlandi.

➡️ Jizzax xabarlari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“102/365” xabarlar dasturining navbatdagi soni

Ushbu koʻrsatuv orqali Jizzax vioyatida roʻy bergan huquqbuzarlik va jinoyatlar haqida qisqa xabarlar orqali tanishishingiz mumkin.

Oʻgʻirlik issiq izida fosh etildi

Haydovchi tan jarohati oldi

Tomorqada koʻknor parvarishlangan

➡️ Jizzax xabarlari
3 iyun kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Gidrometeorologiya xizmati markazi juma kuni qanday ob-havo kutilayotgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.

👉 https://kun.uz/uz/09453067

➡️ Jizzax xabarlari
#Bilasizmi

Xotin-qizlarga davlat granti asosidagi OTMga qabul doirasidagi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma qanday holatda beriladi?

🔰Tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

🔹 Kam taʼminlangan oilalardagi xotin-qizlar;

🔹 Toʻliqsiz oilada tarbiyalanayotgan, yaʼni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

🔹 Turmush oʻrtogʻi vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolgʻiz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

🔹 Nogiron farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

🔹 2 va undan ortiq farzandini tarbiyalayotgan, qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolgʻiz ayollarning qiz farzandlari;

🔹 Ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham I yoki II guruh nogironi boʻlgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

👉 Tavsiyanoma olish uchun tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlariga elektron shaklda murojaat qilinadi.

➡️ Jizzax xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Energetika tariflari ko‘tarilishi: savollarga rasmiylar javobi

Mas'ullarga ko‘ra, o‘nlab yillar oldin qurilgan va o‘nlab yillar ta'mirlanmagan infratuzilma eskirib ketgan, buning barini epaqaga keltirish uchun esa milliardlab dollar pul kerak. Bu pulni qanday topish bo‘yicha variantlar esa sanoqli: yo davlat byudjetidan sarflash, yo chetdan qarz olish yoki barchasini xususiy investorlarning puliga amalga oshirish.

Birinchi variant amalda imkonsiz (byudjetning qurbi yetmaydi), ikkinchisi esa maqsadga muvofiq emas (qarz olishning ham chegarasi bor va uni qaytarish ham kerak), demak yagona yo‘l – sohaga xususiy investorlarni jalb qilish. Foyda olish uyoqda tursin, tannarx ham qoplanmaydigan joyga esa investor kelmaydi.

👉 https://kun.uz/uz/47818237

📹 👉 TO‘LIQ VIDEONI KO‘RISH

➡️ Jizzax xabarlari
1-sinfga qabul qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

Xalq ta’limi vazirligining xabar berishicha, 2022/2023 o‘quv yiliga qabul 20 iyundan boshlanadi va 31 iyulgacha davom etadi.

👉 https://kun.uz/uz/68456237

➡️ Jizzax xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#YTH

Jizzaxda somon ortgan mashina ag‘darilib ketdi

Ma‘lum qilinishicha, haydovchi yuk mashinasiga somon toylarini ortishda yuk tashishda belgilangan talab va meʼyorlarga amal qilmagan.

➡️ Jizzax xabarlari
Haj ziyorati uchun to‘lov miqdori e‘lon qilindi

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, “Haj-2022” mavsumi uchun 1 nafar ziyoratchiga toʻlov miqdori 62 million 900 ming soʻm etib belgilandi.

Bu yil Oʻzbekistondan 10 865 kishi haj safariga boradi. 2019-yilda bu koʻrsatkich 7 200 nafar edi.

➡️ Jizzax xabarlari
Haj ziyoratiga parvoz viloyatlardan ham amalga oshiriladi

Oʻzbekistonlik ziyoratchilar 18-30-iyun kunlari Toshkent-Madina, Buxoro-Madina, Namangan-Madina, Samarqand-Madina, Qarshi-Madina, Urganch-Madina, Nukus-Madina yoʻnalishlari boʻyicha haj safariga kuzatiladi. Shu yoʻnalishlar boʻyicha 14-31-iyul kunlari qaytib keladi.

➡️ Jizzax xabarlari
«Oʻzgidromet» dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatilishini maʼlum qildi

Bugun kunduz kuni Oʻzbekiston hududi respublikaning shimoli-sharqiy hududlari ustida shakllangan yuqori siklon taʼsiri ostida boʻladi.

👉 https://kun.uz/uz/77390688

➡️ Jizzax xabarlari
#Bilasizmi

Kimlar mol-mulk solig‘idan ozod qilanadi?

Qonunchilikka ko‘ra, quyidagilar 60 m² doirasida jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan ozod qilinadi:

🔹 10 nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalar (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi maʼlumotnomasi asosida);

🔹 pensionerlar (pensiya guvohnomasi asosida);

🔹 I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar (pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi maʼlumotnomasi asosida).

➡️ Jizzax xabarlari
Mirzachoʻl tumanida dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXX Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan Mirzachoʻl tumanida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Tadbirda, fuqaro S.X. tegishli hujjatlari boʻlmagan 12 975 dona “Avifloks” nomli dori vositasini fuqaro A.ga 156 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3–moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

➡️ Jizzax xabarlari