KunUzPremium
20 subscribers
406 photos
955 videos
18 files
123K links
Kanal to'g'ridan to'g'ri internetdan yangiliklarni telegramga yuklaydi. Barcha ma'lumotlar kun.uz saytiga tegishli. Kanal sayt RSS lentasiga ulangan.
Download Telegram
O‘zbekistonda 2030 yilgacha havoga isciqxona gazlari chiqarilishini 35 foizga kamaytirish rejalashtirilmoqda.
http://kun.uz/news/2025/04/29/ozbekistonda-2030-yilgacha-havoga-isciqxona-gazlari-chiqarilishini-35-foizga-kamaytirish-rejalashtirilmoqda

Senat yalpi majlisida issiqxona gazlarining chiqarilishi bilan bog‘liq jarayonlarni tartibga solish nazarda tutilgan qonun muhokama qilindi. Mazkur qonun Parij bitimiga asosan issiqxona gazlari chiqarilishini qisqartirish bo‘yicha olingan majburiyatlar O‘zbekiston tomonidan bajarilishini ta’minlashga xizmat qiladi..
Rossiyadagi qurilishda o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi.
http://kun.uz/news/2025/04/29/rossiyadagi-qurilishda-ozbekistonlik-ishchi-halok-boldi

Betonchi bo‘lib ishlagan 46 yoshli o‘zbekistonlik erkak taxminan 15 metrlik balandlikdan tushib ketgan..
Makron «8-10 kun ichida» Rossiyaga bosimni kuchaytirishga va’da berdi.
http://kun.uz/news/2025/04/29/makron-8-10-kun-ichida-rossiyaga-bosimni-kuchaytirishga-vada-berdi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainaning G‘arb ittifoqchilari Moskvani o‘t ochishni to‘xtatishga undash uchun yaqin kunlarda Rossiyaga bosimni kuchaytirishni rejalashtirganini aytdi..
Xorazmda maktab direktori sochini o‘rmagan o‘quvchi qizni kaltakladi.
http://kun.uz/news/2025/04/29/xorazmda-maktab-direktori-sochini-ormagan-oquvchi-qizni-kaltakladi

Holat Qo‘shko‘pir tumanida sodir bo‘lgan. Maktab direktori ma’muriy javobgarlikka tortilgan va pedagogga xos bo‘lmagan harakatlari uchun hayfsan jazosini olgan..
Mishustin Rossiya iqtisodiyoti dunyodagi eng yirik iqtisodiyotlardan biri ekanini ma’lum qildi.
http://kun.uz/news/2025/04/29/mishustin-rossiya-iqtisodiyoti-dunyodagi-eng-yirik-iqtisodiyotlardan-biri-ekanini-malum-qildi

Mishustin: Rossiya hozir dunyoning to‘rtta yirik iqtisodiyoti qatoriga kiradi..
Toshkentda yuz bergan YTHda mototsikl haydovchisi vafot etdi.
http://kun.uz/news/2025/04/29/toshkentda-yuz-bergan-ythda-mototsikl-haydovchisi-vafot-etdi

Yunusobod tumanida Hyundai Elantra urib yuborgan Kavasaki mototsikli haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi. Tarmoqlarda tarqalgan videolarda avtomobil haydovchisi belgilanmagan yo‘ldan qayrilgani aytiladi. Holat bo‘yicha jinoiy ish ochildi..
Soliq kodeksiga tadbirkorlarni qo‘llashga qaratilgan qo‘shimchalar kiritilmoqda.
http://kun.uz/news/2025/04/29/soliq-kodeksiga-tadbirkorlarni-qollashga-qaratilgan-qoshimchalar-kiritilmoqda

2030 yil 1 yanvarga qadar parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar ekin maydonlaridan tashqari yer uchastkalari bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod etilishi belgilanyapti. 2027 yil 1 yanvarga qadar esa statsionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari bino-inshootlari va yer uchastkalarini ijaraga berishdan olgan daromadlari bo‘yicha foyda solig‘idan ozod etilmoqda..
Amerikalik senator Rossiyani «baliqlar uchun yemga» aylantirish bilan tahdid qildi.
http://kun.uz/news/2025/04/29/amerikalik-senator-rossiyani-baliqlar-uchun-yemga-aylantirish-bilan-tahdid-qildi

Senator Kennedi AQSh Rossiyani baliqlar uchun yemga aylantirishga tayyorligini aytdi..
Ekstremizmni moliyalashtirish Jinoyat kodeksiga kiritiladi.
http://kun.uz/news/2025/04/29/ekstremizmni-moliyalashtirish-jinoyat-kodeksiga-kiritiladi

Shu bilan birga, pul yuvish jinoyatlari uchun belgilangan jazo qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasiga qarab qayta taqsimlanadi. Insayder axborotdan foydalanish yoki qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrang ishlatish bilan bog‘liq holatlar uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanadi..
Argentinadan boshpana topgan natsistlarga oid hujjatlar maxfiylikdan chiqarildi.
http://kun.uz/news/2025/04/29/argentinadan-boshpana-topgan-natsistlarga-oid-hujjatlar-maxfiylikdan-chiqarildi

Ular orasida Osvensim konslageri mahbuslari ustida tajribalar o‘tkazgan va «O‘lim farishtasi» nomini olgan shifokor - Yozef Mengelega oid ma’lumotlar ham bor..
Rossiya O‘zbekistonda fuqarolik dronlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.
http://kun.uz/news/2025/04/29/rossiya-ozbekistonda-fuqarolik-dronlarini-ishlab-chiqarishni-yolga-qoyadi

Qo‘shma korxona yil oxirigacha ishga tushirilishi, ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi 100 million dollardan ortiq bo‘lishi kutilmoqda..
«Yil o‘qituvchisi» hamda «Kasbiy mahorat yetakchisi» tanlovlari o‘tkaziladi.
http://kun.uz/news/2025/04/29/yil-oqituvchisi-hamda-kasbiy-mahorat-yetakchisi-tanlovlari-otkaziladi

Tanlovlar har 2 yilda bir marta o‘tkaziladi. G‘oliblar 525 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi..
Toshkentda Gretsiya elchixonasi ochildi.
http://kun.uz/news/2025/04/29/toshkentda-gretsiya-elchixonasi-ochildi

Shuningdek, Gretsiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi..
Hindiston Kashmirda sayyohlarni otib tashlagan terrorchilarning uylarini buzib tashladi.
http://kun.uz/news/2025/04/29/hindiston-kashmirda-sayyohlarni-otib-tashlagan-terrorchilarning-uylarini-buzib-tashladi

Rasmiylar buni ochiq tan olmagan bo‘lsa-da, uylarni portlatish jarayoni namoyishkorona bo‘lgan..
Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegarani tikanli simlar bilan to‘sishni boshladi.
http://kun.uz/news/2025/04/29/qirgiziston-tojikiston-bilan-chegarani-tikanli-simlar-bilan-tosishni-boshladi

Ishlar strategik muhim nuqta – Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston chegaralari tutashgan joyda boshlangan..
«Arsenal» va «PSJ» yana finalga chiqmoqchi. YeChL yarimfinalidagi intrigalar.
http://kun.uz/news/2025/04/29/arsenal-va-psj-yana-finalga-chiqmoqchi-yechl-yarimfinalidagi-intrigalar

Seshanba oqshomida Londonda «Arsenal» va «PSJ» o‘rtasida  asosiy yevrokubokning ilk yarimfinal o‘yini o‘tkaziladi. Quyida o‘yin qanday kechishi, kimda qanday ustunlik va kamchiliklar borligi, kimlar diqqat markazida bo‘lishi haqida fikr yuritiladi..
Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogini yuritish tartibi belgilandi.
http://kun.uz/news/2025/04/29/mahsulotlarning-yagona-elektron-milliy-katalogini-yuritish-tartibi-belgilandi

Milliy katalog elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishda va onlayn-NKT cheklarida ishlatiladi..
Wyndham xalqaro mehmonxonalar tarmog‘i Chorvoqda kurort qurilishini e’lon qildi.
http://kun.uz/news/2025/04/29/wyndham-xalqaro-mehmonxonalar-tarmogi-chorvoqda-kurort-qurilishini-elon-qildi

Markaziy Osiyodagi eng yirik tog‘ kurorti xushmanzara tog‘li hududda qurilmoqda. Ishlarning 30 foizi bajarildi, ilk villalar sotuvi boshlandi..
O‘zbek tilida yozilgan birinchi startap qo‘llanmasi taqdim etildi.
http://kun.uz/news/2025/04/29/ozbek-tilida-yozilgan-birinchi-startap-qollanmasi-taqdim-etildi

"Startup Garage" venchur studiyasi va "Mohirdev" onlayn ta’lim platformasi asoschisi Muhammad Xalil o‘zining 5 qismdan iborat startap qo‘llanmalari to‘plamini taqdim etdi. O‘zbek tilidagi turkum O‘zbekiston yoshlari orasida biznes va startaplar haqidagi bilimlar kengroq ommalashishiga xizmat qiladi..
Samarqandda mayiz yetishtirish va eksport bo‘yicha yirik loyiha boshlanmoqda.
http://kun.uz/news/2025/04/29/samarqandda-mayiz-yetishtirish-va-eksport-boyicha-yirik-loyiha-boshlanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2025 yil 14 fevraldagi PF 22-sonli farmoni va PQ-57-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 2025 yil 29 aprel kuni Samarqand shahrida mayiz yetishtirish va uni eksport qilish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston mayizini dunyoda eng xaridorgir darajaga olib chiqish” mavzusida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi..