KunUzPremium
16 subscribers
406 photos
955 videos
18 files
143K links
Kanal to'g'ridan to'g'ri internetdan yangiliklarni telegramga yuklaydi. Barcha ma'lumotlar kun.uz saytiga tegishli. Kanal sayt RSS lentasiga ulangan. @XoshimjonovXbot
Download Telegram
Avstriyada bolalar ozuqasi tarkibida margimush borligi aniqlandi.
http://kun.uz/news/2026/04/19/avstriyada-bolalar-ozuqasi-tarkibida-margimush-borligi-aniqlandi

Avstriya politsiyasi bolalar uchun chiqarilgan HiPP pyuresi bankalari ichida margimush izlari aniqlangani haqida ma’lum qildi. Reuters agentligining xabar berishicha, politsiya zahar ozuqaga qasddan qo‘shilgani ehtimolini rad etmayapti..
Xiaomi yangi noutbuklarini sotuvga chiqardi.
http://kun.uz/news/2026/04/20/xiaomi-yangi-noutbuklarini-sotuvga-chiqardi

Xiaomi kompaniyasi yangi avlod budjet noutbuklari - Redmi Book 2026 modellarini sotuvga chiqardi. Ular ikki xil o‘lchamda bo‘lib, texnik jihatdan deyarli farq qilmaydi..
AQShda sakkiz nafar bola otib o‘ldirildi.
http://kun.uz/news/2026/04/20/aqshda-sakkiz-nafar-bola-otib-oldirildi

AQShning Luiziana shtatidagi Shrivport shahrida noma’lum erkak sakkiz nafar bolani otib o‘ldirdi. Yana ikki kishi jarohat oldi. Hujum qilgan shaxs o‘g‘irlangan avtomashinada qochishga uringan, ammo politsiya tomonidan otib o‘ldirilgan..
Ukraina Yevropani raketadan himoya tizimi yaratishga chaqirmoqda.
http://kun.uz/news/2026/04/20/ukraina-yevropani-raketadan-himoya-tizimi-yaratishga-chaqirmoqda

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyev Rossiyaga qarshi urush tajribasini hisobga olgan holda ballistik raketalardan himoya tizimini yaratish bo‘yicha allaqachon bir nechta Yevropa davlatlari bilan muzokaralar olib borayotganini ma’lum qildi..
O‘zbekiston diplomatik aloqalar o‘rnatgan davlatlar soni 167 taga yetdi.
http://kun.uz/news/2026/04/20/ozbekiston-diplomatik-aloqalar-ornatgan-davlatlar-soni-167-taga-yetdi

Antaliya shahrida O‘zbekiston va Ruanda tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida Qo‘shma kommyunike imzolanishi natijasida, Ruanda mamlakat bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 167-davlatga aylandi..
Favqulodda vaziyatlar volontyorlari uchun yangi tartib va imtiyozlar joriy etildi.
http://kun.uz/news/2026/04/20/favqulodda-vaziyatlar-volontyorlari-uchun-yangi-tartib-va-imtiyozlar-joriy-etildi

Hukumat qarori bilan volontyorlar va ko‘ngilli qutqaruvchilarni “Favqulodda vaziyatlar volontyori” jamoatchilik guruhlariga jalb etish, ularning faoliyatini baholash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi tasdiqlandi..
Samarqandda noqonuniy oltin ajratib olish faoliyatiga chek qo‘yildi.
http://kun.uz/news/2026/04/20/samarqandda-noqonuniy-oltin-ajratib-olish-faoliyatiga-chek-qoyildi

Samarqand viloyatida tarkibida oltin bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma’danli toshlarni ruxsatnomasiz qazib olib, qo‘lbola uskunalarda oltin ajratib olish bilan shug‘ullangan shaxslar fosh etildi..
Shavkat Mirziyoyev: Narkobiznesni qurol bilan emas, pulsiz qoldirish orqali yengish mumkin.
http://kun.uz/news/2026/04/20/ozbekiston-narkotrafikka-qarshi-yangi-tashabbuslar-bilan-chiqdi

Samarqand shahrida “Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusida o‘tkazilayotgan xalqaro forum ishtirokchilariga murojaat yo‘llagan prezident Shavkat Mirziyoyev narkotiklar savdosi, narko-jinoyatlar va ularning oqibatlariga qarshi kurashish bo‘yicha qator muhim xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi..
Parvarish xizmati ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 2030 yilgacha soliqdan ozod etiladi.
http://kun.uz/news/2026/04/20/parvarish-xizmati-korsatuvchi-tadbirkorlar-2030-yilgacha-soliqdan-ozod-etiladi

Yangi qonunga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 2030 yil 1 yanvarga qadar barcha turdagi soliqlardan (ijtimoiy soliqdan tashqari) ozod qilinadi..
Voyaga yetmaganlar xavfsizligiga doir yangi huquqiy normalar joriy etildi.
http://kun.uz/news/2026/04/20/voyaga-yetmaganlar-xavfsizligiga-doir-yangi-huquqiy-normalar-joriy-etildi

Yangi qonunga ko‘ra, voyaga yetmaganlarni zo‘ravonlik va noqonuniy kontentdan himoya qilishga qaratilgan javobgarlik choralari kuchaytirilib, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha mexanizmlar joriy etildi..
Voyaga yetmaganlar xavfsizligiga doir yangi huquqiy normalar joriy etildi.
http://kun.uz/news/2026/04/20/voyaga-yetmaganlar-xavfsizligiga-doir-yangi-huquqiy-normalar-joriy-etildi

Yangi qonunga ko‘ra, voyaga yetmaganlarni zo‘ravonlik va noqonuniy kontentdan himoya qilishga qaratilgan javobgarlik choralari kuchaytirilib, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha mexanizmlar joriy etildi..
Oxirgi 15 oyda Raqobat qo‘mitasiga Golden House ustidan 74 ta shikoyat kelib tushdi.
http://kun.uz/news/2026/04/20/oxirgi-15-oyda-raqobat-qomitasiga-golden-house-ustidan-74-ta-shikoyat-kelib-tushdi

Raqobat qo‘mitasiga 2025 yil va 2026 yilning birinchi choragi davomida Golden House kompaniyasi ustidan o‘nlab murojaatlar kelib tushgan. Qo‘mita aralashuvi natijasida 4 nafar iste’molchi foydasiga 1 mlrd 128 mln so‘mdan ortiq mablag‘ qayta hisob-kitob qilingan. Shuningdek, 10 ta holat yuzasidan tekshiruv olib borilyapti..
AQSh qamalni yorib o‘tishga uringan kemaga zarba berdi.
http://kun.uz/news/2026/04/20/aqsh-qamalni-yorib-otishga-uringan-kemaga-zarba-berdi

Eron sulh buzilganini ma’lum qilib, Amerika kemasiga dronlar bilan hujum qildi..
Sovuq qurolga oid qoidabuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi.
http://kun.uz/news/2026/04/20/sovuq-qurolga-oid-qoidabuzarliklar-uchun-javobgarlik-kuchaytirildi

Yangi qonunga ko‘ra, jamoat joylarida sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni noqonuniy ravishda olib yurish uchun javobgarlik kuchaytirilib, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga qurol saqlash huquqi cheklanadi..
Bedarak yo‘qolgan moviy olmos – tailandlik xizmatchi Saudiya qirollik oilasining boyliklarni qanday o‘g‘irlagandi?.
http://kun.uz/news/2026/04/20/bedarak-yoqolgan-moviy-olmos-tailandlik-xizmatchi-saudiya-qirollik-oilasining-boyliklarni-qanday-ogirlagandi

1990 yilda Saudiya Arabistoni va Tailand o‘rtasiga sovuqlik tushadi. Saudlar Bangkok bilan diplomatik aloqalarni uzadi. Bu jarayon 32 yil davom etadi va 2022 yilga kelib har ikki davlat o‘zaro munosabatlarni qayta tiklaydi. O‘shanda Saudiya va Tailand o‘rtasiga sovuqlik tushishiga yirik bir o‘g‘irlik sabab bo‘lgandi..
9 may oldidan Estoniya Fitso samolyoti uchun havo hududini yopdi.
http://kun.uz/news/2026/04/20/9-may-oldidan-estoniya-fitso-samolyoti-uchun-havo-hududini-yopdi

Estoniya Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso 9 may paradida ishtirok etish uchun Moskvaga yo‘l olganida, uning samolyotini o‘z havo hududi orqali o‘tkazmaydi. Bundan avval xuddi shunday cheklov haqida Latviya va Litva ham ma’lum qilgan edi..
Hafta davomida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
http://kun.uz/news/2026/04/20/hafta-davomida-yomgir-yogishi-kutilmoqda

Seshanba-payshanba kunlari O‘zbekistonning ba’zi hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroqli bo‘ladi. Harorat +18…+23 darajagacha pasayadi. Jumadan yana quruq ob-havo kuzatiladi va havo harorati ko‘tarila boshlaydi..
​​​​​​​Soliqdan eng ko‘p qarzi bor qurilish kompaniyalari ma’lum qilindi.
http://kun.uz/news/2026/04/20/soliqdan-eng-kop-qarzi-bor-qurilish-kompaniyalari-malum-qilindi

Soliq qarzi 100 mln so‘mdan yuqori qurilish kompaniyalarining umumiy qarzi 3,2 trln so‘mga yetdi. Shundan 1,3 trln so‘mi 10 ta kompaniya hisobiga to‘g‘ri keladi..
Zo‘ravon pedagoglarga cheklov: ular 1 yil ta’lim tizimiga ishga kirolmaydigan bo‘ladi.
http://kun.uz/news/2026/04/20/zoravon-pedagoglarga-cheklov-endilikda-ular-1-yil-talim-tizimiga-kirolmaydi

Bolalarga nisbatan noqonuniy xatti-harakat sodir etgan pedagoglarni ta’lim tizimidan vaqtincha chetlashtirishni nazarda tutuvchi qonun qabul qilinmoqda..
10 mlrd qarzi bilan tugatilgan zavod: “Toshkent yog‘-moy kombinati”ning ishchilari chorasiz qoldirildi.
http://kun.uz/news/2026/04/20/10-mlrd-qarzi-bilan-tugatilgan-zavod-toshkent-yog-moy-kombinatining-ishchilari-chorasiz-qoldirildi

“Toshkent yog‘-moy kombinati” nomi bilan mashxur zavod bo‘lgan. Unda bir vaqtlar minglab odamlar ishlagan, ro‘zg‘or tebratgan..