KunUzPremium
20 subscribers
406 photos
955 videos
18 files
123K links
Kanal to'g'ridan to'g'ri internetdan yangiliklarni telegramga yuklaydi. Barcha ma'lumotlar kun.uz saytiga tegishli. Kanal sayt RSS lentasiga ulangan.
Download Telegram
“Efirda uzilish va qotish bo‘lgan” – Samarqand va Andijondagi attestatsiya jarayonlari yuzasidan munosabat bildirildi.
http://kun.uz/news/2025/04/25/efirda-uzilish-va-qotish-bolgan-samarqand-va-andijondagi-attestatsiya-jarayonlari-yuzasidan-munosabat-bildirildi

Samarqandda malaka sinovida qatnashgan nomzod o‘qituvchining onlayn efirda hali ichkarida o‘tirgani hamda Andijonda boshqa bir nomzodning telefondan foydalanganiga oid holat muhokamalarga sabab bo‘ldi. Maktab vazirligiga ko‘ra, birinchi vaziyatda efirda uzilish va qotish yuzaga kelgan, shu sabab eski kadrlar ko‘ringan..
Samarqandda piyodalar yo‘lakchasidagi hodisa oqibatida bir kishi vafot etgan.
http://kun.uz/news/2025/04/25/samarqandda-piyodalar-yolakchasidagi-hodisa-oqibatida-bir-kishi-vafot-etgan

Kun.uz aniqlagan ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi jami 8 kishini urib yuborgan, yana bitta mashinaga zarar yetkazgan. Vafot etgan ayolning 3 nafar farzandi onasiz qolgan, boshqa jabrlanuvchilar og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan..
Rossiyada migrantlar orasida jinoyatchilik darajasi yuqori emasligi ma’lum bo‘ldi.
http://kun.uz/news/2025/04/25/rossiyada-migrantlar-orasida-jinoyatchilik-darajasi-yuqori-emasligi-malum-boldi

Chet elliklar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning ulushi 2 foizni tashkil etadi..
Turkiya tekstil kompaniyasi 700 mln dollarlik sud ishida O‘zbekistonga yutqazdi.
http://kun.uz/news/2025/04/25/turkiya-tekstil-kompaniyasi-700-mln-dollarlik-sud-ishida-ozbekistonga-yutqazdi

Da’vo miqdori taxminan 700 million AQSh dollarini tashkil etgan ish bo‘yicha xalqaro arbitraj tribunali Bursel Tekstil Sanayi kompaniyasining O‘zbekistonga nisbatan barcha da’volarini rad etdi..
Samarqandda Lacetti piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan o‘nga yaqin kishini urib ketdi.
http://kun.uz/news/2025/04/25/samarqandda-lacetti-piyodalar-yolakchasidan-otayotgan-onga-yaqin-kishini-urib-ketdi

Videoda qolgan mashinalar piyodalarni o‘tkazib yuborish uchun to‘xtab turgani, ammo Lacetti haydovchisi katta tezlikda harakatlanib kelib, yo‘lovchilarni bosib ketgani, yo‘lakchada bolalar aravachasi ham bo‘lganini ko‘rish mumkin. IIB esa bu holat haqida ikki hafta o‘tib ma’lumot bermoqda..
“Oyog‘i kuygan 1,5 yashar qizcha ishi”: Popdagi bog‘cha noqonuniy tashkil etilgani ma’lum bo‘ldi.
http://kun.uz/news/2025/04/25/oyogi-kuygan-15-yashar-qizcha-ishi-popdagi-bogcha-noqonuniy-tashkil-etilgani-malum-boldi

Bu oilaviy bog‘cha davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, litsenziyasiz ishlayotgani aniqlandi. Hozirda uning faoliyati to‘xtatilgan, bolaning kuyishi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda..
Hafta oxirida ayrim joylarda harorat +39 darajagacha ko‘tariladi.
http://kun.uz/news/2025/04/25/hafta-oxirida-ayrim-joylarda-harorat-39-darajagacha-kotariladi

O‘zbekistonda dam olish kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, lekin yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +27…+30, ayrim joylarda +36…+39 darajagacha ko‘tariladi..
Bayram tugadi, endi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish kerak – Ermatov o‘smirlarni akalarining xatolarini takrorlamaslikka chaqirdi.
http://kun.uz/news/2025/04/25/bayram-tugadi-endi-jahon-chempionatiga-tayyorgarlik-korish-kerak-ermatov-osmirlarni-akalarining-xatolarini-takrorlamaslikka-chaqirdi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida U-17 Osiyo kubogi g‘olibligini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi futbolchilari va ularning ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi..
Rossiyada «Nord-Ost» terakt ishi bo‘yicha qamalgan shaxs 22 yildan keyin ozodlikka chiqdi.
http://kun.uz/news/2025/04/25/rossiyada-nord-ost-terakt-ishi-boyicha-qamalgan-shaxs-22-yildan-keyin-ozodlikka-chiqdi

Alixon Mejiyev 2024 yil 28 oktabr kuni jazoni to‘liq o‘tab bo‘lgach, ozodlikka chiqarildi..
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin.
http://kun.uz/news/2025/04/25/ozbekistonliklar-baada-jinoyat-sodir-etishi-kopaygani-sababli-vizasiz-rejim-bekor-qilinishi-mumkin

20 aprel kuni Dubayda O‘zbekistonning o‘nlab fuqarolari ishtirokida pichoqbozlik sodir bo‘lgani haqida videolar tarqaldi. BAA tomoni ushbu ish doirasida 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olinganini bildirdi. Tashqi ishlar vazirligi so‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston fuqarolari sodir etayotgan qonunbuzarlik holatlari ko‘payayotgani vizasiz tartibga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan ogohlantirdi..
Balashixada portlash oqibatida Gerasimovning o‘rinbosari halok bo‘ldi.
http://kun.uz/news/2025/04/25/balashixada-portlash-oqibatida-gerasimovning-orinbosari-halok-boldi

Portlash general-leytenant Yaroslav Moskalik uyidan chiqib kelganida, hovlida turgan avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi qurilma harakatga keltirilishi orqali sodir etilgan..
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin.
http://kun.uz/news/2025/04/25/ozbekistonliklar-baada-jinoyat-sodir-etishi-kopaygani-sababli-vizasiz-rejim-bekor-qilinishi-mumkin

20 aprel kuni Dubayda O‘zbekistonning o‘nlab fuqarolari ishtirokida pichoqbozlik sodir bo‘lgani haqida videolar tarqaldi. BAA tomoni ushbu ish doirasida 15 nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olinganini bildirdi. Tashqi ishlar vazirligi so‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston fuqarolari sodir etayotgan qonunbuzarlik holatlari ko‘payayotgani vizasiz tartibga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan ogohlantirdi..
Gurjiston sobiq bosh vaziri va hukmron partiya raisi Irakliy Garibashvili siyosatdan ketishini e’lon qildi.
http://kun.uz/news/2025/04/25/gurjiston-sobiq-bosh-vaziri-va-hukmron-partiya-raisi-irakliy-garibashvili-siyosatdan-ketishini-elon-qildi

Garibashvili xususiy sektorda ishlashda davom etadi, biroq u tafsilotlarni oshkor qilmadi. Shuningdek, u partiya raisligi lavozimini kim egallashiga ham aniqlik kiritmadi..
Xususiy klinikalarni tekshirish bo‘yicha SSVning vakolatlari kengaytirilishi mumkin.
http://kun.uz/news/2025/04/25/xususiy-klinikalarni-tekshirish-boyicha-ssvning-vakolatlari-kengaytirilishi-mumkin

Sog‘liqni saqlash vazirligi xususiy klinikalarga nisbatan lisenzion talablarni qayta ko‘rib chiqmoqda. Vazirlik nodavlat tibbiyot muassasalari ustidan nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, xususan, biznes ombudsman ruxsatisiz tekshiruv o‘tkazish vakolatini ko‘zda tutuvchi hujjat loyihasi ustida ishlayapti, deya Kun.uz'ga ma’lum qildi vazir o‘rinbosari Elmira Bositxonova..
Tailand politsiyasiga tegishli samolyot qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi.
http://kun.uz/news/2025/04/25/tailand-politsiyasiga-tegishli-samolyot-qulashi-oqibatida-olti-kishi-halok-boldi

Samolyot bir nechta parashyutchini o‘quv mashg‘ulotlariga olib ketayotgan bo‘lgan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda..
O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel xavfi e’lon qilindi.
http://kun.uz/news/2025/04/25/ozbekistonning-tog-va-togoldi-hududlarida-sel-xavfi-elon-qilindi

O‘zbekistonning 8 ta viloyatidagi tog‘ va tog‘oldi hududlarida 25 va 27–30 aprel kunlari yomg‘irlar yog‘ishi sabab sel kelishi xavfi e’lon qilindi..
Xitoy AQShning ayrim tovarlariga nisbatan yuqori bojlarni bekor qilmoqda - OAV.
http://kun.uz/news/2025/04/25/xitoy-aqshning-ayrim-tovarlariga-nisbatan-yuqori-bojlarni-bekor-qilmoqda-oav

Xususan, ayrim turdagi mikrosxema va chiplar, tibbiy uskunalar hamda sanoat uchun mo‘ljallangan kimyoviy moddalarga nisbatan tariflar bekor qilingan..
Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd vagonlari harakati yo‘lga qo‘yiladi.
http://kun.uz/news/2025/04/25/toshkent-xiva-yonalishida-yangi-poyezd-vagonlari-harakati-yolga-qoyiladi

Yangi poyezd vagonlari 26 apreldan boshlab yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Ularda yiliga 144,5 mingdan ziyod yo‘lovchini tashish mumkin..
Balashixada portlash oqibatida bosh shtab generali halok bo‘ldi.