"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK
2.01K subscribers
3.42K photos
106 videos
6 files
945 links
"Qoʻngʻirot soda zavodi" MCHJ QK Markaziy Osiyoda soda ishlab chiqaradigan yagona zavod hisoblanadi.
Download Telegram
🏓SPORT SALOMATLIK GAROVI

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MChJ QK kasaba uyushmasi ish rejasiga asos korxonada ishlovchi erkaklar oʻrtasida sportning stol tennis turidan musobaqa bo‘lib o‘tdi. Musobaqaga sex va boʻlimlardan 50 dan ortiq xodimlar faol ishtirok etdi.

Qizg‘in baslarga boy bo‘lgan musobaqa yakuniga koʻra:

🥇-o‘rinni Nazorat oʻlchov asboblari va avtomatika sexidan Alisherov Sultanbek

🥈 -o‘rinni Suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya sexidan Almuratov Baxadir

🥉 -o‘rinni Ohak kuydirish sexidan Kosheterov Jalgʻas egalladi.

✍️"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MChJ QK matbuot xizmati
Forwarded from Qazaqbaev Tazabay
⚽️“Davlat xavfsizlik xizmati” kubogi

⚡️Avval xabar berganimizdek ayni kunlarda Besh tashabbus olimpiadasi doirasida sportning futbol turi boʻyicha “Davlat xavfsizlik xizmati” kubogi musobaqasining Qoʻngʻirot tuman bosqichi oʻtkazilmoqda.
Unda Elobod mahallasi yoshlari A-guruhida muvaffaqiyatli qatnashib chorak finalga yoʻllama oldi.
Keyingi oʻyinlarda mahalla yoshlariga omad tilaymiz.
📣 E'lon

🔵 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlarga tavsiyanoma berish uchun arizalar qabul qilish boshlanganligini maʼlum qiladi!


🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar “Mahkamasining “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida” 2022-yil 9-iyundagi 322-son Qarori bilan tasdiqlangan “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

🌐 Batafsil: https://wcu.uz/oz/lists/view/676

💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati

🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube
Talabalar korxonada

⚡️Bugun “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 2-bosqich talabalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.Talabalarga korxonadan biriktirilgan xodimlar tomonidan korxona ishlab chiqarish jarayonlari, sex va bo‘limlar faoliyatlari, laboratoriya xonalari hamda “Malakalarni baholash markazi”da yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.

✍️"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK matbuot xizmati
🎗Xotira bor ekan – millat barhayot

Bugun 9-may-Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Qo‘ng‘irot tumani markazida joylashgan "Xotira maydoni"da bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda tuman hokimligi, korxona, tashkilot va idoralar, shu jumladan, "Qo‘ng‘irot soda zavodi" MChJ QK rahbariyati ham ishtirok etdi.

Tadbirda korxona rahbariyati tomonidan motamsaro ona haykalining poyiga gulchambar qoʻydi.

✍️"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK matbuot xizmati
🎗 Bugun “Qoʻngʻirot soda zavodi” MChJ QKda 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan korxona xodimlari “Shon-sharaf” ramziy tasmasini taqishdi.

✍️"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK matbuot xizmati