#FunWithFlags
Kunduziy bilan bayroqlar qiziqarliroq! 🏁
Bugungi postimiz endi har hafta chiqishi mumkin. Nimaga? Chunki endi biz bayroqlar bilan vaqtimizni chog' o'tkazamiz. 🏝
Birinchi o'rganadiganimiz bu Veksillologiya. Nima u Veksillologiya? U bayroqlarni o'rganish fani deb hisoblanadi. Qarang siz hozirdanoq yangi narsani o'rgandingiz. 👨🔬
Keling endi bayroqlarga to'xtalsak, bizning ilk mehmonimiz bu: 🏳️. Bu bayroq nimani anglatadi? Albatta, taslim bo'lishni bildiradi va ochiq ko'ngillilik namoyondasi hisoblanadi. Haha, agarda siz ushbu postni o'qib zavq ummoniga taslim bo'lgan bo'lsangiz, izohlarda 🏳️ ni qoldiring.
Keyingi uchrashuvimizga qadar ko'rishguncha! 👋
@kunduziy

Kunduziy bilan bayroqlar qiziqarliroq!
Bugun biz aziz tomoshabinlar, ikki bir biriga o'xshash bayroqlarning farqini o'rganib chiqamiz. Yaxshilab o'rnashib oling, biz zavq va bilim olamiga sho'ng'iymiz! 🏊♂️
Umuman olganda birinchi bayroqni ko'pchilik adashtirib o'z profil nomi yoniga qo'yib oladi. Ehh, birodar, axir bu Afrika qit'asida joylashgan, Sierra Leone davlatining bayrog'iku. Bizning bayroqda yulduzlar va qizil chiziq bor va birinchi ko'k rang keladi. 🇺🇿
Juda ham ko'plab odamlar birinchi bayroqni, o'zimiznikilar o'g'irlagan der ekan. Hay, jinnivoylarim, unday emas. Sierra Leone o'z iqtisodiy holati, dini va tabiatiga asoslanib bu bayroqni chizishgan. 🇸🇱
Shu sababdan adashmang, bu ikki bayroq umuman boshqa-boshqa va hech kim bir-biridan ko'chirmagan. Ha aytgancha bu postni yor-u birodarlarga jo'natib bayroqlar bilan ko'ngil yozishni unutmang! 🫶

Xo’sh bu haftadagi sonda qanday qiziqarli mashq bajarar ekanmiz, deb kutayotgan, insonlar uchun ajoyib topshirig’imiz bor. Ha bu mashq oson, endi darhol qiyinidan bermaymizku, to’g’rimi?
Demak, siz qiladigan ish, ushbu ikkita bayroqdan qaysi biri haqiqiyligini aniqlash va uni pastdagi so’rovnoma orqali belgilash. Agarda tayyor bo’lsangiz boshladik! 🏁
Qaysi biri haqiqiy bayroq? 🏳️

Bugun haftaning qaysi kuni? Oh, Yakshanba, bu degani birgalikda biz Kunduziy bilan bayroqlarni o'rganamiz. Qani bo'lmasam kettumi? 🏝
Qizil bayroqlar haqida eshitganmisiz? Eshitmaganmisiz yoki eshitgan, buni umuman qizig'i yo'q. Ushbu bayroqlar asrlar davomida xavfni bildirish uchun ishlatilgan, ya'ni ogohlantiruvchi bo'lib xizmat qilib kelgan.
Shuningdek bugungi qahramonlarimiz sotsializm ramzi deb hisoblangan, shuning uchun Xitoy, SSSR va boshqa kommunistik davlatlarda bu ramz haligacha saqlanib qolgan, lekin baxtimizga SSSR parchalanib ketdi. Fyuuv 🚩

Qarang vaqt o'tishini, Yakshanba ham tezda kelibdi. Endi uzoq cho'zib o'tirmasdan mavzuimizga o'tsak. Bugun azizlar, dunyodagi yagona to'rtburchak shaklga ega emas bayroq haqida gaplashamiz.
Bu bayroq 1962-yilda Nepal bayrog'i sifatida qabul qilingan. U ikkita uchburchak shakldan iborat, undagi qizil rang jasoratni bildiradi, ko'k chiziq esa tinchlikni, anavi oq narsalar oy va quyosh hisoblanadi. 🇳🇵
Kamyob bayroqlar haqida gapirar ekanmiz, Shvetsariyaning va Vatikanning kvadrat bayroqlari haqida to'xtalib o'tmaslik umuman hech narsaga to'g'ri kelmasdi. Chunki ular yagona kvadrat shaklga ega bayroqlardir. 🇨🇭🇻🇦

Yana yakshanba, endi bugun bayroqlar haqidagi postni o'qiyman deb kutayotganlar uchun qiziq narsa topib keldik. Kali bayrog'i! Yo'q, u Hindiston xudosi emas, Kolumbiyaning janubida joylashgan Santiago de Kali shahri haqida aytyapmiz. 🌆
Ushbu shaharning bayrog'ini ko'rib turibsiz, O'zbekistonniki bilan deyarli bir xil. Faqat oy yulduzlari yo'q. Ushbu ramz shahar meri Dr. Nicolás Ramos Hidalgo tomonidan 1928-yil ishlab chiqilib, 1954-yilda shahar bayrog'i sifatida qabul qilingan. Undagi qizil rang shaharga bo'lgan muhabbatni, oq rang esa aholining qalbi pokligini va ibratli video olmasligini, yashil rang bo'lsa butun shaharni o'rab turgan o'rmonni bildiradi. 🌳
Bundan bizni bayroq ilhomlanilgan deyish mutlaqo noto'g'ri, chunki bizning bayroqda har xil tarixiy voqealarimiz asosiga va tabiatimizga asoslanib chizilgan, ya'ni u umuman boshqa ma'noda qilingan. Shuning uchun plagiat demaymiz.
Ushbu ma'lumotni bizga obunachimiz yetkazdilar. Agar sizda ham shunday qiziqarli va quvnoq xabarlar bo'lsa botga yozib qoldiring.

Bugun yana ancha oldin boshlagan rubrikamizni davom ettiramiz. Bu safar qaysi bayroq haqiqiy ekanligini Google qilmasdan turib bu postdan keyingi so’rovnomada javob berasiz.
Umid qilamizki ko’pchilik qaysi bayroq haqiqiy ekanligini albatta topishadi. Barchaga omad 🤗

Kunduziy bilan bayroqlar qiziqarliroq, qaytdi!
Bugungi mavzumiz esa o'z davlat bayrog'imiz. 32 yoshni qarshi olgan ramzimiz, 1991-yil 18-noyabr kunida qabul qilingan. Undagi ko'k rang musaffo osmon va suvni, oq rang esa tinchlik va tozalikni, yashil rang esa yangilanishni va yoshlarni bildiradi. 🇺🇿
Kichik qizil chiziqlar tomirimizda oqayotgan qonni, oy va yulduzlar bo'lsa, tinchlik va 12 xil insondagi mavjud fazilatlarni angalatadi. Agarda siz bugun nimadir o'rgangan bo'lsangiz 🐳 qoldiring.
Biz yana keyingi hafta qaytamiz!

Kunduziy bilan bayroqlar qiziqarliroq, yana qaytdi!
Bu safar biz dunyodagi eng qari bayroqlarni ko'rib chiqamiz.
1. Shotlandiya bayrog'i (Miloddan avvalgi 832-yilda topilgan). 🏴
Ushbu bayroq, qora urushlar davridagi urushlar paytida paydo bo'lgan. Shotlandiyaning bu davlat ramzida Sent-Endryu xochi ko'k fonda tasvirlanadi.
2. Avstriya (1230-yildan) 🇦🇹
Afsonaga ko'ra, bayroqni Avstriya gertsogi Leopold V Akkreni qamal qilish paytida (1189-1191) olib borgan janglari natijasida ixtiro qilishgan. Shiddatli urushlardan so‘ng uning oq ko‘ylagi butunlay qonga botadi va kamarini yechganda, uning ostidagi mato hayratlanarli darajada oq bo'lib, qizil-oq-qizil rang kombinatsiyasini holatiga keladi. Bu g'ayrioddiy manzara gertsogga Avstriya bayrog'ini shunday tasvirlashga yordam bergan.
3. Latviya (1280-yildan beri) 🇱🇻
Bu bayroq ham yuqoridagi Avstriya kabi afsonaga ega, lekin sizga uni foydasi yo'qligi uchun keyingisiga o'tamiz.
4. Daniya (1307-yildan beri yoki undan oldin ham) 🇩🇰
Danneborg yoki Danishcha kiyim nomini olgan bayroq, Ginnes rekordlarining kitobiga doimiy ravishda umuman o'zgartirilmagan milliy bayroq sifatida kirgan. Bayroq Salib yurishlari davrida paydo bo'lgani uchun, xoch bilan bezatilgan.
5. Albania (1443) 🇦🇱
Ushbu bayroqni birinchi bo'lib Skanderberg (Jorj Kastrioti) Davlatni bosib olgan turklarga qarshi jangda ko'tarilgan. Undagi ikki boshli burgut Vizantiya Imperiyasidan meros qilib olingan.

Kunduziy bilan bayroqlar yanada qiziqarliroq!
Har bir bayroqda 1-sinfda o'tiladigan shakllar bor va o'sha shakllarni qo'shgan odamlar buni bekordan-bekorga qo'shmaydi. Barcha davlat ramzidagi simvollarning o'z ma'nosi bor. Bugun biz ba'zi mashxurlarining nima anglatishini bilib olamiz. Qani o'qishni boshlang! 🫡
Bu yerda keltirilgan misollarning barchasi, hamma bayroqlarga to'g'ri kelmasligi mumkin, chunki hamma millatning tarixi har xil.
1. Dumaloq 🇯🇵 🇧🇷
Bu simvol ko'pincha oy, quyosh ma'nolarini beradi. Yaponiyaga quyosh chiqar yurt, deyilgani uchun yoki Quyoshga yaqin bo'lishgani uchunmi, qizil katta dumaloq belgi quyoshni bildiradi. Braziliyada futbol mashxur bo'lgani uchun, koptokni bildirsa kerak
2. Oy va Yulduzlar 🇹🇷 🇦🇿 🦃
Endi buni tushuntirishimni xojati yo'q, chunki buni besh yosh o'zbek bolasi ham biladi. Ushbu davlatlarda islom diniga e'tiqod qiluvchilar ko'pligini bildiradi.(Anavi kurka, turkey deb yozganimizda emojidan chiqqani uchun qo'yildi.)
3. Xoch 🏴 🇬🇪☠️
Buni ham hamma biladi. Xristian diniga e'tiqod qiluvchi insonlar ko'pligini yoki ushbu bayroq salib yurishlari paytida yaratilganini bildirishi mumkin.
4. Hayvonlar 🇪🇨 🏴 🦘
Ba'zi davlatlarda ularning tarixidagi e'tiqod qilingan hayvon qo'yiladi. Bir xil mamlakatlarda bo'lsa, sher, sherbeklik, kuchlilikni bildirish uchun bayroqqa chiziladi.
Bugun umid qilamizki, biron narsa o'rgandingiz va kuningiz bekorga ketmadi. Endi bemalol Qatar va O'zbekiston mavzusini muhokama qilishingiz mumkin. Vaqtingizni olganimiz uchun uzr, afsus, sizni bekorchilikdan chalg'itdik. Men yozishni to'xtatishim kerak, cho'zilib ketdi.
@kunduziy
Kunduziy bilan bayroqlar yanada qiziqarliroq!
Har bir bayroqda 1-sinfda o'tiladigan shakllar bor va o'sha shakllarni qo'shgan odamlar buni bekordan-bekorga qo'shmaydi. Barcha davlat ramzidagi simvollarning o'z ma'nosi bor. Bugun biz ba'zi mashxurlarining nima anglatishini bilib olamiz. Qani o'qishni boshlang! 🫡
Bu yerda keltirilgan misollarning barchasi, hamma bayroqlarga to'g'ri kelmasligi mumkin, chunki hamma millatning tarixi har xil.
1. Dumaloq 🇯🇵 🇧🇷
Bu simvol ko'pincha oy, quyosh ma'nolarini beradi. Yaponiyaga quyosh chiqar yurt, deyilgani uchun yoki Quyoshga yaqin bo'lishgani uchunmi, qizil katta dumaloq belgi quyoshni bildiradi. Braziliyada futbol mashxur bo'lgani uchun, koptokni bildirsa kerak
2. Oy va Yulduzlar 🇹🇷 🇦🇿 🦃
Endi buni tushuntirishimni xojati yo'q, chunki buni besh yosh o'zbek bolasi ham biladi. Ushbu davlatlarda islom diniga e'tiqod qiluvchilar ko'pligini bildiradi.
3. Xoch 🏴 🇬🇪
Buni ham hamma biladi. Xristian diniga e'tiqod qiluvchi insonlar ko'pligini yoki ushbu bayroq salib yurishlari paytida yaratilganini bildirishi mumkin.
4. Hayvonlar 🇪🇨 🏴 🦘
Ba'zi davlatlarda ularning tarixidagi e'tiqod qilingan hayvon qo'yiladi. Bir xil mamlakatlarda bo'lsa, sher, sherbeklik, kuchlilikni bildirish uchun bayroqqa chiziladi.
Bugun umid qilamizki, biron narsa o'rgandingiz va kuningiz bekorga ketmadi. Endi bemalol Qatar va O'zbekiston mavzusini muhokama qilishingiz mumkin. Vaqtingizni olganimiz uchun uzr, afsus, sizni bekorchilikdan chalg'itdik. Men yozishni to'xtatishim kerak, cho'zilib ketdi.
@kunduziy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#FunWithFlags
Kunduziy bilan bayroqlar yanada qiziqarliroq!
BMT ning bayrog'ini Zhong Yuan(o'qiy olmaysiz ismini qiynamang o'zingizni, o'qiy olgan bo'lsangiz, izohlarga kirib aytishingiz shart emas) ismli xitoylik talaba 1946-yilda chizadi, biroq tashkilot rahbarlari toki uning o'g'li bu haqida 2012-yilda gapirmaguncha, ushbu rassom haqidagi ma'lumotni yashirib keladi.
Zhong bayroqda ishlatgan katta 4 ta ko'k chiziqlar dunyoning katta kontinentlarini bildiradi, oq ranglar esa neytrallik va tinchlik ramzi hisoblanadi.
Umid qilamizki, ushbu ma'lumotdan so'ng hayotingiz uchun kerakli narsani oldingiz.
Kunduziyning emoji reaksiyasi chiqishi uchun ovoz bering, shunda kit emas Kunduziy logosini bosamiz!
@kunduziy
Kunduziy bilan bayroqlar yanada qiziqarliroq!
BMT ning bayrog'ini Zhong Yuan
Zhong bayroqda ishlatgan katta 4 ta ko'k chiziqlar dunyoning katta kontinentlarini bildiradi, oq ranglar esa neytrallik va tinchlik ramzi hisoblanadi.
Umid qilamizki, ushbu ma'lumotdan so'ng hayotingiz uchun kerakli narsani oldingiz.
@kunduziy
#FunWithFlags
Kunduziy bilan bayroqlar qiziqarliroq!
Ha bugun, yakshanba emas, ammo Durov telegramdagi barcha bayroqlarning animatsiyasini o'chirib qo'yibdi. Shu sababdan ushbu postni o'qigandan so'ng, 1 daqiqalik sukut aylashingizni va izohlarga bayroq tashlamasligingizni so'raymiz.
Kunduziy emoji reaksiyasi uchun ovoz bering!
@kunduziy
Kunduziy bilan bayroqlar qiziqarliroq!
Ha bugun, yakshanba emas, ammo Durov telegramdagi barcha bayroqlarning animatsiyasini o'chirib qo'yibdi. Shu sababdan ushbu postni o'qigandan so'ng, 1 daqiqalik sukut aylashingizni va izohlarga bayroq tashlamasligingizni so'raymiz.
@kunduziy
#FunWithFlags
Kunduziy bilan bayroqlar qiziqarliroq!
Butan bayrog'i o'zida qizil, ko'k va yashil ranglarni mujassam aylamagan dunyodagi yagona bayroq hisoblanadi. Flags of The World ning ma'lumotiga ko'ra, Butandan tashqari yana 9 ta bayroqda ko'k, qizil ishlatilmagan ammo yashil rang bor.
Undan tashqari butun dunyo bo'ylab siyohrangdagi bayroqlarni topish qiyin. Faqatgina Nikaragua va Dominika davlatlarining bayrog'ida siyohrang bor.
Bunday bo'lishiga asosiy sabab, siyohrang har doim boylik ramzi bo'lib hisoblangan va uni bayroqqa tushirishni uyat deb qabul qilingan.
Reaksiyamizni qaytaraylik !

Esingizda bo'lsa eng eski bayroqlarni kelib chiqishini ko'rib chiqqan edik, endi keling eng yangi bayroqlarga bir ko'z yugurtirsak.
1. Mavritaniya (2017 - Xudo biladi qanchagacha)
Mavritaniya o'zining faqat yashil rang, oltinga yaqin bo'lgan rangdagi oy va yulduzdan bayrog'idan 2017-yilgacha foydalanib kelgan. Avgust oyida referendum orqali hozirgi birinchida turgan bayroqqa o'zgartirildi. Pastki qismiga qo'shilgan qizil chiziqchalar Fransiyaga qarshi mustaqillik uchun kurashgan odamlarga bag'ishlanadi.
2. Malavi (2012 - Hukumat qachon o'zgartiramiz desa o'shangacha endi)
Malavining eski bayrog'i 2010-yildan 2012-yilga qadar foydalaniladi, u ham hozirgidagiga o'xshash bo'lgan, ammo mana bu oq quyosh o'rtada edi tepada charaqlamayotgandi. Yangi bayroq 2012-yilda Parlament ovozi bilan qabul qilinadi.
3. Libya (2011 - Kimdir o'zgartirguncha)
Libyaning birinchi bayrog'i 1951-yilda Libya qirolligi tashkil topishini tanishtirishda ommaga e'lon qilinadi. Omar Shennib tomonidan chizilgan bayroq 1969-yilgacha ishlatilgan(ou raqamlar) . U bayroqda qora, qizil va yashil chiziqlardan va o'rtada yarim oy bilan yulduzlarga ega edi. 1977-yilda Muammar Kaddafi yangi yam yashil bayroqni taqdim etadi va bu bayroq 2011-yilga qadar foydalanilib, keyin hozirgisiga ko'plab Libyaliklat qarshilik qilishsa ham Konstitutsiyaning 3-moddasiga asoslanib yangilanadi.
4. Myanma (2010 - Ularda bir narsa o'zgarguncha)
Bayroqning prototipi 2007-yilda taqdim etiladi va 2008-yil referendumda tasdiqlanib, 2010-yilda yangisiga almashtiriladi. Oldingi bayroqning burchagi ko'k, makkajo'xori va yulduzlar va qolgan qismi qizil rangdan tashkil topgan edi.
5. Iroq (2008 - Amerika Demokratiya o'rnatguncha)
O'sha eski bayroq, faqat yulduzlar olib tashlanib, yozuv chiroyli qilingan. 2008-yilda qabul qilishgan
Agarda bu post 2000-yillarda yozilganida, O'zbekistonni ham qo'shar edik.
@kunduziy
Kunduziy bilan bayroqlar qiziqarliroq!
Esingizda bo'lsa eng eski bayroqlarni kelib chiqishini ko'rib chiqqan edik, endi keling eng yangi bayroqlarga bir ko'z yugurtirsak.
1. Mavritaniya (2017 - Xudo biladi qanchagacha)
Mavritaniya o'zining faqat yashil rang, oltinga yaqin bo'lgan rangdagi oy va yulduzdan bayrog'idan 2017-yilgacha foydalanib kelgan. Avgust oyida referendum orqali hozirgi birinchida turgan bayroqqa o'zgartirildi. Pastki qismiga qo'shilgan qizil chiziqchalar Fransiyaga qarshi mustaqillik uchun kurashgan odamlarga bag'ishlanadi.
2. Malavi (2012 - Hukumat qachon o'zgartiramiz desa o'shangacha endi)
Malavining eski bayrog'i 2010-yildan 2012-yilga qadar foydalaniladi, u ham hozirgidagiga o'xshash bo'lgan, ammo mana bu oq quyosh o'rtada edi tepada charaqlamayotgandi. Yangi bayroq 2012-yilda Parlament ovozi bilan qabul qilinadi.
3. Libya (2011 - Kimdir o'zgartirguncha)
Libyaning birinchi bayrog'i 1951-yilda Libya qirolligi tashkil topishini tanishtirishda ommaga e'lon qilinadi. Omar Shennib tomonidan chizilgan bayroq 1969-yilgacha ishlatilgan
4. Myanma (2010 - Ularda bir narsa o'zgarguncha)
Bayroqning prototipi 2007-yilda taqdim etiladi va 2008-yil referendumda tasdiqlanib, 2010-yilda yangisiga almashtiriladi. Oldingi bayroqning burchagi ko'k, makkajo'xori va yulduzlar va qolgan qismi qizil rangdan tashkil topgan edi.
5. Iroq (2008 - Amerika Demokratiya o'rnatguncha)
O'sha eski bayroq, faqat yulduzlar olib tashlanib, yozuv chiroyli qilingan. 2008-yilda qabul qilishgan
Agarda bu post 2000-yillarda yozilganida, O'zbekistonni ham qo'shar edik.
@kunduziy
#FunWithFlags
Kunduziy bilan bayroqlar qiziqarliroq!
Bugun endi yana nimani o'rganamiz degan ishtiyoqda bugungi postimizni o'qiyotgan bo'lsangiz, afsuski bugun shunchaki qiziqarli 10 ta bayroqni rasmi bilan bo'lishamiz, har biriga to'xtalib o'tish shart emas, shunchaki bayroqlardan zavq oling. ✨
Xohlasangiz izohlarda qaysi davlatlarning bayroqlari ekanlgini yozishingiz mumkin, qarshiligimiz yo'q. 🙂
Kunduziy emoji reaksiyasini qaytaramiz !

Har hafta intiqib kutadigan rubrikangiz bugun yana internetga kira oladigan qurilmangizda mehmonda. Postni shunday boshlagandan keyin qanaqadir jiddiy narsani gapirish va aytish juda ham g'alati shuning uchun sizga bayroqlar haqida random uchta fakt keltiramiz:
- Janubiy Afrika Respublikasi bayrog'ida 6 xil rang bor: Qizil, oq, qora, oltin, yashil va ko'k. Bu bayroq o'zida 6 ta rangni jamlagan yagona bayroq hisoblanadi. 🇿🇦
- Braziliya bayrog'idagi 27 ta yulduz, davlatdagi 27 ta shtatni bildiradi va uning naqsh takrorlanishi 1889-yil 15-Noyabrida kechqurun Rio De Janeiro da ko'ringan yulduzlar ketma-ketligi bilan bir xil. O'sha yili Braziliya o'z mustaqilligini ham e'lon qilgan. 🇧🇷
- Qizil rang 75% mamlakat bayroqlarida mavjud. 🚩
Bugun nimadir o'rgandingiz degan umiddamiz, sog' bo'ling, salomat bo'ling, ehtiyot bo'ling 🫡