Mayiz
20 subscribers
138 photos
105 videos
84 links
G‘alati elat bu, g‘alati el bu...
Download Telegram
Juma ayyomingiz qutlug‘ bo‘lsin!
— Magistraturani tugatib nega ishlamayapsiz?
— Dars taqsimotida qatnasholmadim. To‘yim kuniga to‘g‘ri kelib qoldi.

P. S. Taqsimotda shaxsning qatnashishi shart ekan. Tushunyapsanmi, Karl?!
Agar barcha qoidalarga amal qilsang, hamma shodlikni o‘tkazib yuborasan.
Shunday ham bo‘ladi: o‘zing bir shaharda, yuraging boshqasida.
Haqiqiy do‘stlar yilda bir marta ko‘rishishadi va ularning birga tushgan suratlari bo‘lmaydi.
👍1😢1
Nursulton Nazarboyev:
Шундай кунларнинг бирида Ислом Каримов менга қўнғироқ қилди. «Олдингга бормоқчиман», деди. Яхши. Аммо президентнинг келиши билан дўстнинг келиб-кетиши орасида фарқ бор-ку. «Тўхта. Муҳокама учун мавзуларни белгилаб олайлик, тайёрланайлик», — дедим. Ислом Абдуғаниевич бўлса: «Муҳокама учун ҳеч қандай мавзу йўқ, сени кўрмоқчиман, гаплашмоқчиман».


P. S. Men ishonmadim, negadir.
😁1
Odamlar ikki xil bo‘ladi: kimdir kayfiyatni ko‘taradi, boshqasi qon bosimini.
😁1
Inonganing uchun o‘zingni ayblama. Sen ko‘ngli toza insonsan.
Navbatdagi yangi oyning jumasi muborak bo‘lsin!

Xush kelding, rajab!
🔥1👏1
Haqiqatlar rivoyatda qolib ketdi,
Bu ummat xurofotga botib ketdi.
😢1
Afsuski, shirin xotiralar uchun "takrorlash" tugmasi yo‘q.
😁1
Endi boshqa yo‘ldamiz,
Dedi bizlarga.
Qiziq, yana duch keldik
Eski izlarga.
1
Birov bilan o‘yin qilmasdan, samimiy muloqot qilish, to‘g‘ri bo‘lish, niyatlarni aytish, sirga ega bo‘lmaslik, faqat sof sevgi va ishonch — dunyodagi zaharli safsatalarga qarshi eng katta hashamatdir.
1
28 kun xizmat qilib, Kalashnikovdan qayergadir 6 dona o‘q uzganman, qadam bosishni o‘rganolmaganman.

Endi aytingchi, men tabriklarga loyiqmanmi?
😁2
Sizga qo‘ng‘iroq qilmaganlarga qo‘ng‘iroq qilmaslikni o‘rganing.
Qiyofani emas, o‘zingizga bo‘lgan munosabatni seving.
Va faqat sizga g‘amxo‘rlik qiladiganlarga g‘amxo‘rlik qiling.
😁1
Bu hayotda qilishni istamagan ishingizni ertangi kunga qoldirishdan ma'no yo‘q.
🔥1
Shundaylar bor, senga lutf aylab,
Do‘stman, deya qo‘lin tutarlar.
Lekin har zum qadaming poylab,
Xato qilishingni kutarlar.

Abdulla Oripov
👍1