Mayiz
20 subscribers
138 photos
105 videos
84 links
G‘alati elat bu, g‘alati el bu...
Download Telegram
Sendan maktub oldim bo‘m-bo‘sh bir varoq,
Yurak sensiz bo‘m-bo‘sh deganingmi bu?
Yoki oq niyatga yozuvsiz bir sharh,
Yoki bo‘sh ko‘nglimga tutdingmi ko‘zgu?

Yoki muz o‘lkasin eslatib shundoq,
Yodga solmoqchisan qish-qahratonni.
Yoki sovuganman dedingmi mutloq,
Behuda o‘tlarga solma deb jonni?
Sendan maktub oldim bo‘m-bo‘sh bir varoq…
🔥1
Mayiz
Yana mushuk bo‘voldim, O‘zbekistonga kevoldim.
Dunyoning ishlari ham shu patircha shaklida — aylanma.
🔥2👏1
Mening maktublarim qushga aylandi,
Keyin uchib ketdi janublariga.
Janub yoʻqligini bilmagan qushlar...

Endi xotiramdan terib yuribman
Ularning muzlagan jasadlarini…
Janubim, koʻzlaring buncha chiroyli!

Suhrob Ziyo
🔥1😁1
Matbuot kotibi men emasman, lekin uning ishini qilyapman...

Ваэропорту
В аэропорту

P. S. Ruscha variantning o‘rniga inglizchasini qo‘yishni vaqti allaqachon kelib bo‘ldi.
👏1
Tashvishi yo‘q kim bor dunyoda?
Dardu g‘amsiz bo‘lurmi inson?
Kimdir otda, kimdir piyoda,
Ketmoqdadir manzili tomon.

Dovonlarga kelib basma-bas,
Yomg‘ir qordan o‘tishi mumkin,
Baxtga faqat otliqlar emas,
Piyoda ham yetishi mumkin!

Muhammad Yusuf
3🔥1
Bu havada gidilmez
Güneşli günde gidilmez
Aslında hiç gidilmez

Bu baharda gidilmez
Yağmurlarda gidilmez
Aslında hiç gidilmez
#erkintarjima

Orzularimiz o‘lganida biz ham o‘lamiz...
Axir intilishga boshqa hech narsa qolmas.
Osmonda portlab, so‘nar yulduzimiz,
Qaytmoq uchun "ha" deyishga hech kim ulgurmas.

Igor Peletskiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Quyoshku falakda kezib yuribdi
Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy.

G‘afur G‘ulom
3
Biylar gʻolib, har doimgiday,
Xalq sukutga, sukut xalqqa mos.
Muteligi agar kam boʻlsa,
Tiligacha kishaningni os.

Mana boʻynim,
sirtmogʻingni sol,
Kosam toʻlib boʻldi sabrga.
Soʻnggi oʻtinch — fotiha oʻqiy,
Soʻz erkining qabri qayerda?!..

Tirikligin koʻrmadik biz-ku,
Avlodlar ham soʻraydi bir payt.
Oʻshanda: ’'Biz oʻldirdik’’, — dema,
’’Oʻzi qarib oʻlgandir’’, — deb ayt...

Najmiddin Turon
Forwarded from Ilyos Safarov (Ilyos Safarov)
Yulduz Usmonovaning shov-shuv bo’layotgan chiqishi tezisi qayerdan tushirilganini sezish qiyin emas. Matn, shubhasiz, puxta maslahatlashuvlar mahsuli.
Fikrimcha, strategik jihatdan ham bu yaxshi tanlangan pozitsiya. Bir tomondan, Usmonova orqali hukumatning qat’iy va o‘zgarmas munosabati bildirilmoqda. Xonandaning endi AQSHga kira olmasligi esa, umumiy vaziyat fonida arzimas yo‘qotish.
Biroq bu yerda boshqa bir jiddiy jihat ham bor: hukumat uchun "haqiqat" kimning tilidan chiqishi ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, aynan shu mazmundagi fikrlarni ilgariroq bildirgan Mubashshir Ahmad bugun ozodlikda emas.

@haqiqatdailyos
👍1🤔1
Ruslar Yevropa bo‘ylab kezib yurgan va shunchaki zavqlanish uchun nimani vayron qilish, nimani yo‘q qilish mumkinligini izlayotgan xalqdir.

F.M.Dostoyevskiy
Togʻ boʻlsang qor yogʻar ustingga,
Gul boʻlsang badaningda tikon.
Kuchingga yarasha yuk tushar,
Iymonga yarasha imtihon!

Mahbubiy
👍2
Foniyga bogʻlangan foniydir. Boqiyga bogʻlangan boqiydir.

Husayn Buxoriy
👍1
Do‘kondan esdalik ham berishyapti.
Qizlar komil bo‘lsin dedik baralla,
O‘z-o‘zini boqsin bo‘lmasdan muhtoj.
Yashasin qiynalmay qilib taralla,
Och qolmasa bo‘ldi hamda yalang‘och.

Har ne ilm bo‘lsa, o‘rgatdik, mana,
O‘rgatdik begona tilda sayrashni.
Qonunlar hayotda qilsin tantana –
O‘rgatdik tilini qanday qayrashni.

Sochlar turmagiyu, yuzning pardozi,
Qanday noz qilmakni, yurmak bexato;
Qo‘shiq aytishni ham o‘ynatib sozni,
O‘rgatdik rahbarlik ilmini hatto.

Mayli, gar qiziqsa, ovqat pishirsin,
Mayli, tikish tiksin – fitratida bor.
Istasa, Parijni, Londonni ko‘rsin,
Erkin fikrlasin, qilsin ixtiyor.

Bugun komiladir, olimadir u,
Mahorat topdiyu zamonaga mos,
Erga sadoqatli bo‘lmoq ilmi-yu,
Xotinlik qilishni bilmaydi, xolos.

Akrom Malik
👏2
Menimcha, judayam ko‘p topsa foydasi bo‘ladi...
😁2
Bulutlar kiftida etdim sayohat,
Osmondan yergacha yoʻlni taradim.
Uchib derazangga yetdim nihoyat,
Men – yomgʻir!
Qaragin, jonim, qaragin!

Usmon Azim
Dunyoda 1,2 milliard ruhiy kasallar bor — bu 30 yil oldingiga nisbatan deyarli ikki barobar ko‘p, deyiladi Lancet ilmiy jurnali tomonidan chop etilgan yangi tadqiqotda. Ruhiy kasalliklar yurak-qon tomir va saraton kasalliklarini ortda qoldirib, sog‘liqga oid bo‘lgan muammolarning eng keng tarqalgan sababiga aylanibdi.

P. S. Dunyoda yuz berayotgan voqealarga nisbatan savollar qolmadi. Hammasi tushunarli.