“Kontexnazorato'quv” DM
1.04K subscribers
691 photos
68 videos
27 files
295 links
“Kontexnazorato'quv” DM rasmiy kanali
🌐ktnu.uz
📩info@ktnu.uz
📩ktnuuz@gmail.com
☎️998 (97) 087-12-69
+998 (90) 003-12-14
Download Telegram
🎉 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan "Kontexnazorato‘quv" DM jamoasining bayram tabrigi

💐 Aziz va muhtaram ustozlar, qadrli murabbiylar!

🏛 "Kontexnazorato‘quv" davlat muassasasi jamoasi sizlarni yurtimizdagi eng qutlug‘ va shukuhli bayramlardan biri — 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbdir muborakbod etadi.

📚 Ustoz degan ulug‘ nom ortida qanchadan-qancha zahmatli mehnat, bitmas-tuganmas sabr-toqat va o‘z kasbiga bo‘lgan cheksiz sadoqat mujassam. Har bir insonning hayotda o‘z o‘rnini topishida, tanlagan sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishida siz, aziz murabbiylarning o‘rningiz va beqiyos hissangiz bor.

🛡 Xususan, respublikamizda sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini ta'minlash kabi g‘oyat mas’uliyatli sohada xavfsizlik madaniyatini shakllantirish, sohaga doir muhim bilimlarni kadrlarga yetkazish hamda ularning malakasini oshirishda "Kontexnazorato‘quv" DM da faoliyat yuritayotgan o‘qituvchi va murabbiylarning xizmatlari bebahodir. Sizlarning chuqur bilimingiz, amaliy va boy tajribangiz yurtimizning sanoat xavfsizligi va barqaror taraqqiyoti uchun xizmat qilib kelmoqda.

✨ Shu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga fayzu baraka, baxt-saodat va mashaqqatli, shu bilan birga g‘oyat sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

🌟 Yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida qilayotgan fidokorona mehnatingiz hamisha qadr topib, shogirdlaringizning kamolini ko‘rish doimo nasib etsin! Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!

🤝 Chuqur hurmat va ehtirom bilan,
"Kontexnazorato‘quv" DM jamoasi
❤2🎉1🙏1
Forwarded from 
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅ Gazni qabul qilish va to‘kishda bitta xato ham qimmatga tushishi mumkin: xavfsizlik qoidalariga amal qiling!

Gaz to‘ldirish va gazni qabul qilish obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash faqat bir nafar xodim yoki rahbarning vazifasi emas. Bu jarayonda haydovchi, operator, texnik xodim va obyekt mas’ullari birdek javobgardir.

Har bir belgi, har bir tekshiruv, har bir ogohlantirish — ehtimoliy xavfni oldindan bartaraf etish uchun qo‘yilgan muhim talabdir.

🌐  Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Axborot xizmati

👉Telegram |💬Facebook |📷Instagram |▶️YouTube |🌐Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BRIFING

🛡 "Kontexnazorato'quv" Davlat muassasasining
2026-yil yanvar–sentyabr oylaridagi faoliyati natijalari

📨 info@ktnu.uz | 💎Telegram | 🌐ktnu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🔥1👏1🙏1🤝1
🌍 13-oktabr – Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni

⚡️ Bugun soat 10:00 da O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutida nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshlamoqda.

Mavzu: “Aholini iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishdagi muammolari va ularning yechimlari”

Tabiat injiqliklari va iqlim o‘zgarishi globallashib borayotgan bir vaqtda, aholi va hududlar xavfsizligini ta'minlash har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo'mitasi hamda uning tasarrufidagi "Kontexnazorato'quv" DM ushbu global muammolar yechimiga bag'ishlangan ilmiy-amaliy tashabbuslarni doimo qo'llab-quvvatlaydi.

Mazkur anjumanda soha mutaxassislari, olimlar va vakolatli idoralar vakillari ishtirok etib, iqlim o'zgarishi oqibatlarini yumshatish, xavflarni oldindan baholash va zamonaviy yechimlar bo'yicha o'zlarining ilmiy maqola, tezis va tajribalari bilan o'rtoqlashadilar.

🛡 Xavfsizlik va barqarorlik — barchamizning mushtarak maqsadimizdir!

#Kontexnazoratoquv #Xavfsizlik #IqlimOzgarishi #TabiiyOfatlarXavfiniKamaytirish #Konferensiya #FVV

📨 info@ktnu.uz | 💎Telegram | 🌐ktnu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Iqlim o‘zgarishi va favqulodda vaziyatlar: Fuqaro muhofazasi institutida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

Fuqaro muhofazasi institutida 13-oktabr — Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish xalqaro kuni munosabati bilan "Aholini iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishdagi muammolar va ularning yechimlari" mavzusida nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Anjumanda "Kontexnazorato'quv" davlat muassasasi mas’ul xodimlari va mutaxassislari ham faol ishtirok etdi. Ular sanoat va texnogen xavfsizlik, xodimlarni favqulodda vaziyatlarga tayyorlash hamda texnik nazorat tizimlarini zamonaviy iqlim chaqiriqlariga moslashtirish bo‘yicha o‘z taklif va amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Konferensiya doirasida mutaxassislar tomonidan tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilib, sohalararo hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib olindi.

Tadbirning to‘liq tafsilotlari, ekspertlar fikri va qizg‘in jarayonlar maxsus tayyorlangan videorolikda.

📨 info@ktnu.uz | 💎Telegram | 🌐ktnu.uz
🇺🇿 “Ona tilim – jonu dilim”: Qo‘mitada til bayramiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

🗓 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasida 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda "Kontexnazorato'quv" DM rahbar va xodimlari ham faol ishtirok etdilar.

🔹 Tadbirni Qo‘mita raisi o‘rinbosari S. Yakubekov hamda ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchi A. Yashnarbekov kirish so'zi bilan ochib berdilar.
🔹 TDYU professori, yuridik fanlar doktori F. Muhitdinova “Davlat tilining huquqiy asoslari va takomillashtirish masalalari” mavzusida ma’ruza qildi.
📚 Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, professor B. Alixanovning “Global o‘zgarishlar jarayonida O‘zbekistonda ekologik, energetik va sanoat xavfsizligini ta’minlash” nomli yangi asari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
✍️ Umummilliy diktant: Dastur doirasida barcha xodimlar, xususan, "Kontexnazorato'quv" DM mutaxassislari ham ommaviy diktant loyihasida qatnashib, davlat tilidagi savodxonliklari hamda yozma nutq madaniyatlarini sinovdan o'tkazdilar.

🎓 Tadbir doirasida Qo‘mita boshqarma boshlig‘i Djurayev Olimjon Azizovichga munosib ko‘rilgan akademik unvoni ham tantanali ravishda topshirilganini alohida ta'kidlash lozim.

🇺🇿 Ona tiliga ehtirom — milliy qadriyatlarimizga ehtiromdir!

#OnaTili #TilBayrami #Kontexnazoratoquv #UmummilliyDiktant #Qomita

📨 info@ktnu.uz | 💎Telegram | 🌐ktnu.uz
🇺🇿 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami muborak!

Ona tilimiz — millatimizning bebaho boyligi, milliy o‘zligimiz, tariximiz va ma’naviyatimiz ko‘zgusidir.

“Kontexnazorato‘quv” davlat muassasasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etadi!

Ona tilimizning nufuzi yanada yuksalib, kelajak avlodlarga o‘zining boyligi va jozibasi bilan yetib borsin!

Tilimiz — faxrimiz, milliy g‘ururimiz! 🇺🇿

#21oktyabr #O‘zbekTiliBayrami #OnaTilimFaxrim #Kontexnazoratoquv
🌍 Samarqandda bolalar farovonligiga bag‘ishlangan Jahon sammiti boshlandi

Bugun, 21-oktabr kuni Samarqand shahrida “Bolalar farovonligiga investitsiya: Kelajak avlodlar barqaror va adolatli taraqqiyoti sari yo‘l” mavzusidagi Jahon sammiti o‘z ishini boshladi.

100 dan ortiq davlat vakillari ishtirokidagi mazkur nufuzli anjumanda bolalar salomatligi, sifatli ta’lim, ijtimoiy himoya va xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilinmoqda.

Ushbu xalqaro sammit kelajak avlod uchun xavfsiz, sog‘lom va farovon muhit yaratish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda barqaror taraqqiyotga xizmat qiladi.

#JahonSammiti #Samarqand #BolalarFarovonligi #Kontexnazoratoquv
Forwarded from 
Nihoyat, uzoq yillik tarixiy xato tuzatildi. Bugun Prezidentimiz lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladilar.

Bu yillar davomida bahslarga sabab bölayotgan va oxiri körinmayotgan masala edi. 2023-yil 11-dekabrda jadidlar merosiga bağişlangan konferensiyadagi nutqimda alifboni tuzatiş taşabbusini ilgari surgan holda, mazkur bahslarga nuqta qöyiş vaqti kelganini aytgan edim.

Albatta, özgarişlar oson keçmaydi, kimlardadir e’tiroz yoki xavotir uyğotişi ham tabiiy. Lekin, işoning, yozuvimizdagi noqulayliklarga barham beriş va tilimizning raqamli makondagi örnini mustahkamlaş uçun boşqa yöl yöq edi.

Endi hamma hujjatlar yangidan qilinadimi? Yöq, aslo! Biz xarajatlarni eng minimal darajaga tuşiriş yölini tanladik: amaldagi barça hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçida qoladi, darslik, peşlavha va körsatkiçlar esa yaroqlilik muddati tugagaç, bosqiçma-bosqiç almaştiriladi.

Uşbu qonunning 21-oktyabr kuni qabul qilinişida çuqur ramziy ma’no bor. Tuzatilgan alifbomiz ma’rifatparvar ajdodlarimiz orzusi, yoşlarimiz savodxonligi va tilimiz mavqeini yuksaltirişga xizmat qilişiga işonaman.

Barçangizni Özbek tili bayrami kuni bilan tabriklayman!

—

Наконец исправлена многолетняя историческая ошибка. Сегодня наш Президент подписал закон о совершенствовании узбекского алфавита, основанного на латинской графике.

Этот вопрос вызывал споры на протяжении многих лет, и конца им не было видно. Выступая 11 декабря 2023 года на конференции, посвящённой наследию джадидов, я выдвинула инициативу по доработке алфавита и высказала мнение, что пришло время поставить точку в этих дискуссиях.

Конечно, перемены всегда даются нелегко, и совершенно естественно, что они могут вызывать возражения или опасения. Но, поверьте, иного пути устранить недостатки нашей письменности и укрепить позиции родного языка в цифровом пространстве у нас не было

Придётся ли теперь менять все документы? Вовсе нет. Мы выбрали путь минимизации затрат: все действующие документы, национальная валюта и ценные бумаги сохранят свою силу, а учебники, вывески и указатели будут заменяться поэтапно, по мере истечения срока их службы.

Принятие этого закона именно 21 октября несёт в себе глубокий символический смысл. Уверена, что наш усовершенствованный алфавит послужит воплощению мечты предков-просветителей — повышению грамотности молодёжи и укреплению авторитета нашего языка.

Поздравляю всех вас с Днём узбекского языка!
👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1🤝1
🇺🇿“Kontexnazoratöquv” DMda korrupsiyaga qarşi profilaktika va tarğibot işlari kuçaytirilmoqda!

Muassasamizda ISO 37001:2025 xalqaro standarti doirasida korrupsiyaga nisbatan “Nol bardoshlik” (Zero Tolerance) muhitini mustahkamlaş maqsadida tarğibot-taşviqot işlari davom ettirilmoqda. Xodimlar va tinglovçilar uçun yangi murojaat kanallarining oçiq va uzluksiz işlaşi taʼminlandi.

Korrupsiyaviy holatlarga duç keldingizmi? 100% maxfiylik kafolatlangan holda xabar bering:

📞 Işonç telefoni: +998 97 731 40 30
🤖 Telegram bot: @ktnu_compliance_bot
✉️ Elektron poçta: compliance@ktnu.uz

📨 info@ktnu.uz | 💎Telegram | 🌐ktnu.uz
👍1💯1🤝1