ANIQ VA TABIIY FANLAR FAKULTETI | RASMIY KANALI
1.31K subscribers
423 photos
67 videos
252 links
Bu kanal QDPI Aniq va tabiiy fanlar fakulteti kanali hisoblanadi. Siz bu kanalda
- Yangiliklar
- Turli tanlovlar
- Talabalar hayoti va taʼlimga oid yangiliklarni kuzatishingiz mumkin.
Admin bilan bogʻlanish:@n1lufarabduqayumova
Download Telegram
#QDPI
#talabalar_hayoti
#yangi_o‘quv_yili

Bugun, 9-sentyabr kunidan,  respublikamizdagi barcha oliy ta‘lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi.

Qoʻqon davlat pedagogika institutining Aniq va tabiiy fanlar fakultetida ham ushbu jarayonlar qizg‘in va ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

https://t.me/kspi_official
Forwarded from QDPI talabalari
#QDPI
#talabalikka_bagishlov
#talabalar hayoti

Bugun, 10-sentyabr kuni, Qo‘qon davlat pedagogika instituti tomonidan birinchi bosqichga qabul qilingan talabalar uchun maxsus "Talabalikka bag‘ishlov" tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Qo‘qon shahar musiqali drama teatrida tashkil etilgan tadbirda institut rahbariyati, ota-onalar hamda talabalar ishtirok etishdi.

Go‘zal kuy-qo‘shiq va raqslar bilan davom etgan bayram tadbiri talabalarga yangi o‘quv yili oldidan ko‘tarinki kayfiyat va kuch bag‘sh etdi.

Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from QDPI talabalari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#QDPI
#yangi_oquv_yili
#aniq_va_tabiiy_fanlar_fakulteti
#tanishtiruv
#talabalar_hayoti

Bugun, 14-sentyabr, Qo‘qon davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti birinchi bosqich talabalari hamda institut rahbariyati ishtirokida "Tanishtiruv haftaligi" doirasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda fakultet dekani, dekan o‘rinbosarlari, yoshlar masalalari, ma‘naviyat va ma‘rifat bo‘limi boshlig‘i, "Korrupsiyaga qarshi kurashish" bo‘limi mutaxassisi, institut inspektori, yoshlar yetakchisi, tyutorlar hamda
talabalar ishtirok etishdi.

Tashkil etilgan uchrashuv davomida institut rahbariyati oliygohda
talabalar uchun yaratilib berilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar va yangiliklar haqida ma‘lumot berib o‘tishdi.

Telegram | Instagram
Forwarded from QDPI rasmiy sahifasi
#talabalar_ligasi

Sport. "Talabalar ligasi"ga start berildi!

Qoʻqon davlat pedagogika institutida sportning 9 ta turi boʻyicha oʻtkaziladigan "Talabalar ligasi" sport musobaqalarini shaxmat boʻyicha bellashuvlar boshlab berdi.

Koʻtarinki va doʻstona ruhda oʻtgan bahslar natijasi quyidagicha:

Oʻgʻil bolalar

1-oʻrin. M. Roʻziyev (Aniq va tabiiy fanlar fakulteti).
2-oʻrin. V. Abduxoliqov (Xorijiy filologiya fakulteti).
3-oʻrin. I. Muxtorov (Pedagogikaga va ijtimoiy fanlar fakulteti).

Qiz bolalar

1-oʻrin. N. Hakimjonova (Amaliy fanlar fakulteti).
2-oʻrin. O. Xolmirzayeva (Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti).
3-oʻrin. M. Mamadaliyeva (Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakulteti).

Musobaqa sportning futbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, gandbol, badminton, yengil atletika, milliy kurash turlari boʻyicha davom etadi.

Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from QDPI rasmiy sahifasi
#talabalar_ligasi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Qoʻqon davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarida mini-futbol boʻyicha gʻolib jamoa nomi maʼlum boʻldi.

Bellashuvlarida talabalardan iborat jamoalar g‘oliblik uchun kurashib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdi. Bellashuvlar yoshlar oʻrtasida nafaqat jismoniy sog‘lomlikni oshirdi, balki talabalar o‘rtasidagi jamoaviy birdamlikni ham mustahkamladi.

Shiddatli va qiziqarli kurashlar natijasiga koʻra, 1-oʻrinni Amaliy fanlar fakulteti jamoasi, 2-oʻrinni Aniq va tabiiy fanlar fakulteti jamoasi, 3-oʻrinni Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti jamoasi qoʻlga kiritdi.

Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from QDPI rasmiy sahifasi
#zakovat #Talabalar_ligasi

Qoʻqon davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan yoshlarning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlash, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda intellektual salohiyatini yanada oshirish maqsadida “Zakovat” talabalar ligasining yangi mavsumiga start berilgan edi.

2-tur natijasi quyidagicha:

1. “Ijtimoiy fanlar” jamoasi-23 ball;
2. “Ideal” jamoasi-22 ball;
3. “Everest” jamoasi-22 ball;
4. “Aura” jamoasi-20 ball;
5. “Magnat” jamoasi-12 ball;
6. “Falcons” jamoasi-11 ball;
7. “Znayka” jamoasi-10 ball;
8. “Koʻhinur” jamoasi-13 ball.

🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣 🔣
👍👍👍👍👍kspi.uz | Telegram

Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM