Кўнгилдаги битиклар
17 subscribers
24 photos
1 video
1 link
Download Telegram
Yodda tuting! Qanotlaringiz kuchdan qolib, umidingiz so'nganida manzilga etay deb qolgan bolasiz.
(Qaysidir mulfilimdan)
🔥3❤‍🔥1
#Musobaqa

Ozingiz yoqtirgan, tushkinlikga tushgan paytingiz sizga dalda boladigan mativatsion gap yozing.

Kommentlar orasidan eng kop like yig'gan kishiga sovga bor.
Agar siz sabab shu guruhga kimdir qoshilib u golib bolsa qoshgan odamga ham golib bilan bir xil sovga beriladi)
👍1
Бу хает худди рингга ухшайди, ракибингиз томонидан битта яхшигина зарба кабул килиб олсангиз, давомидан кетма-кет зарбалар ейишни бошлайсиз.
👍3
Банда фақат фарз ибодатлар билангина олий мартабаларга кўтарилмайди.

Ким қайси ҳолатда бўлмасин, ўзидан рози бўлиб қолмасдан, ҳаётига камида битта яхши ўзгариш киритишга ҳаракат қилиши шарт.

Зеро, инсон қайси ҳолатда бўлмасин, доим ўз устида ишлаши лозим.

Кўп яхши амал қилувчи банда — баъзан мубоҳ* ишларга берилса,
Кўп мубоҳ ишлар қилувчи — баъзан макруҳ* ишларга қадам босиши,
Кўп макруҳ ишлар қилувчи эса — эҳтимол, баъзан ҳаром*га ҳам қадам қўйиши табиий ҳолдир.

Хулоса:
Ҳаётда қанча яхши амалларни кўпайтирсак, ҳаром ишлардан шунча узоқ бўламиз!

Мубох - килиш билан савоб хам гунох хам езилмайдиган амал
Макрух - Уломолар у ишни килишни ектирмаганлар
Харом - килиш катиян ман килинган амаллар.
DUO — OXIRGI CHORA EMAS, YAGONА CHORADIR!

Hayot — bu sinovlar maydoni.
Ba'zida rejalar chilparchin bo‘ladi, ba'zida hech bir eshik ochilmaydi.
Umidlar so‘nadi, yurak siqiladi.

Shunday paytda ko‘pchilik "oxirgi chora" sifatida duo qilishga otlanadi.
Ammo aslida esa...

🔹 Duo hech qachon oxirgi chora emas — u birinchi qadamingiz bo‘lishi kerak.

Duo — bu sizning ojizligingiz emas,
balki eng qudratli Zotga ishonchingizning belgisi.

Tanish-bilishdan emas,
mansab yoki boylikdan emas —
kalitlar Egasidan yordam kutishingiz bu — zaiflik emas, donolikdir.

Chunki Alloh — Qudratli, Hikmatli, Mehribon.
U bizga o‘ylaganimizni emas, bizga haqiqatda kerak bo‘lgan narsani beradi.
Unga yuzlangan banda hech qachon ziyon topmaydi.
Unga cho‘zilgan qo‘l hech qachon bo‘sh qaytmaydi.

Shuning uchun ham:
📿 Yolg‘iz qolganda — duo qiling.
📿 Hayron bo‘lib turganda — duo qiling.
📿 Yuragingiz qiynalayotganda — duo qiling.
📿 Hech narsa o‘zgarmaydigandek tuyulsa ham — duo qiling.

Chunki duo — sizni Yaratganga bog‘lovchi ko‘prik.
Har qanday muammoning kaliti.
Har qanday tunning tongi.

Hech qachon esdan chiqarmang:

Duo qilayotganingizda siz muammolarga emas, echimlarga yaqinlashyabgan bo'lasiz.
3🔥2
Bugungi holatim haqida...

Bugun hayotimda shunchaki kichkina bir muammo yuz berdi.
Ammo u kayfiyatimga shunaqa ta’sir qildiki — anchadan beri o‘zimni bu darajada tushkun his qilmagan edim.

O‘zimdan so‘radim:
“Nega bunchalar g‘amginsan? Shu birgina sabab tufaylimi?”

Yo‘q, aslida bitta sabab emas ekan.
Yaxshilab o‘ylab qarasam, bu — ko‘p muammolarning ustma-ust yig‘ilib kelgan natijasi bo‘lib chiqdi.

Bu holat menga ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rgan bir videoni eslatdi:
Bir kishi tarvuzni rezinka bilan o‘rayveradi... o‘rayveradi...
Va oxiri esa bitta rezinka qo‘shilganda — tarvuz yorilib ketadi.

Bugun aynan o‘sha so‘nggi rezinka qo‘shilgandek bo‘ldi.
Yorilmaslik uchun esa, ichimda bir narsa zarurligini angladim: Dalda.

Shuning uchun ham avvalo o‘zim uchun, balki sizlardan kimdir ham o‘qib, ozgina taskin topar degan umidda shu postni yozdim.

Chunki biz hammamiz insonmiz.
Har birimizning ichimizda o‘ziga xos bir "tarvuz" bor — ya’ni qalb.
Unga esa rezinkalar — ya’ni muammolar birin-ketin o‘ralaveradi.
Oxir-oqibat esa...

Yechim yagona.

Bu haqida esa oldingi postda suhbatlashganmiz.
6
🚆 Poezdda…

Ota-onamni sog‘indim. Oilamni olib safarga chiqdim.
3 kun kutib, oxiri pastki joylardan bilet oldim. Farzandlar bilan tepaga chiqib-tushish azob-da.

Yonimizda onaxon nevarasi bilan chiqibdi. Avval ona-bola deb o‘yladim, keyin bildim: orada yana bir avlod yashirin ekan.

Safar endi boshlandiyu, “намёк” ham boshlandi:
— “Tepaga chiqib olishni o‘zi bo‘lmasa kerak-a?”
— “Bu yoshda chiqish qiyin bo‘lsa kerak…”

Men jim. Uch kun kutib olingan joyni birdan berib yuborish qiyin edi.

Ammo onaxon ham “usta”. “Ikkinchi usul”ni ishga soldi:
Zinaga chiqib, “chiqolmayotgandek” aktyorlik qildi 🎭.

Ichimda: “Eh, uch kun kutib olgan joyim a?!”
Ammo ovoz chiqarib:
— “Onaxon, keling joy almashamiz, men tepaga chiqaveraman”, dedim.

Onaxon shu gapni kutib turgandek:
— “Barakalla, o‘g‘lim!” — dedi-yu, joyimga poyezdga chiqqanidan beri pastki joyi bor odamdek darrov cho‘kib oldi .

↪️ Saboq shuki: yoshi kattalar bilishadi qayerda nima qilishni. Biz joy berdik, albatta.
Lekin yoshlarga maslahat: onaxonlar yo‘lda “oz mahoratini ishga soladi” "Yoshlar kop almashib ketaveradi" demasdan, biletni oldindan qulay joydan olib bering zero pasdan joy olgan osha yoshlar ham bekorga bu ishni qilishmagan 😉.

#safar #poezd #hayotdan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Solishtirish yohud mahzunlikning kelib chiqishi.

Osongina hayotimizni juda qiyinlashtiradigan, yiqilgach ko'p siqilmay qayta urinib ko'radigan holatlarni haftalab yoki oylab mahzun o'tishiga sabab bo'ladigan SOLISHTIRISH bizning yurtlarda bola hali tilga ham kirmay turib boshlanib ketadi:

“Hali yurmaydimi? Qarang, tengquri yugurib yuribdi!”
“Gapirmayaptimi? Meniki inglizchayam gapiradi!”

Shu tariqa bolaning hayotida eng xavfli dushmani — solishtirish paydo bo‘ladi.

Bu yaramas ulg‘aygan sari kattalashib boradi:
🎓 O‘qishga kira olmadingmi? — solishtirish.
💼 Ishga kira olmadingmi? — solishtirish.
💰 Oyliging pastmi? — yana solishtirish…

Shu bilan biz ozimiz uchun yashamay — faqat boshqalar bilan taqqoslanib yaxshi ko'rinish uchun yashaymiz.

O'zi hayotdan maqsad nima edi? Dunyoga nega kelgan edik deydigan odam yo'q.

Butun umrimiz qo'shnini bolasidan yaxshi bo'lishni o'ylab o'tib ketmoqda.

Aslida esa...
Siz tog‘ etagidan cho‘qqiga qarab havas qilasiz,
ammo o‘sha cho‘qqida turgan kimdir aynan siz turgan joyga havas bilan boqmoqda.

To‘xtang. Yetar. 🚫

Alloh har bir bandaga o‘zgaga berilmagan ne’mat bergan.
Siz qila olmaydigan ishni boshqasi qiladi — boshqasi eplay olmaydigan ishni esa aynan siz qilasiz.

O‘zingizni hech kim bilan solishtirmang.
Sizning yagona raqibingiz — kechagi o‘zingiz bo‘lsin.

Yiqildingizmi? — Turing.
Qiyin ahvoldamisiz? — ECHIM qidiring.

Xulosa:

Siz – sizsiz. Hech kim siz bo‘la olmaydi.
Siz ham boshqaning nusxasi bo‘lish uchun yaratilmagansiz.


#motivatsiya #hayot #solishtirish #ruhiyat #dars #fikrlar #bugungi_fikr
🔥51
Talaba: Men Tasavvuf va suluk marhalalarini birma-bir bosib otishni istayman. Lekin eshitishimcha unda qattiq mujohadalar, riyozatlar va mehnatlarni qilish shu bilan birga anchagina vaqt ham talab qilinar ekan. Men xilqatdan (yaratilishda) zaifman. Ortiqcha mehnatga bardosh bera olmayman. Fursatim ham kam. Ham­ma vaqtim dars, tadris va mutolaa bilan band. Mana shu holatda ham menga biror hissa nasib bo‘lishi mumkinmi?”.

Ustoz : “Allohning yo‘li zaiflar uchun emas, balki kuchlilar uchun, fursati yo‘qlar uchun emas, balki fursat topganlar uchun, dangasalar uchun emas, balki harakat qiluvchilar uchun yaralgan yo‘ldir" deb kim senga aytdi!
Haqiqat shuki, Alloh yo‘li hamma uchun ochiqdir. Ha, har bir kishi uchun amal qilish tariqasi turlicha. Ulug‘lar aytganlar:

الطرق إلى الله بعدد أنفاس الخلائق

Ya’ni: “Alloh taologa etishish yo‘llari xaloiqning nafaslari adadicha (behisobdir)”.
Bu attorning dokoni emaski, hammaga bir xil dori berilsa.  Biz sizga shunday yo‘lni aytamizki, unda na quvvatga zarurat bo‘ladi, na fursatga.”
“Barcha musulmonlar ado qiladigan farzlar, vojiblar, sunnatlar va boshqa amallar o‘z o‘rnida. Siz faqatgina uch narsaga astoydil bo‘lsangiz, inshaalloh, sulukning hammasi mana shu bilan mukammal bo‘ladi.

1. Taqvoni ixtiyor qiling. Sizga buning ma’nosini aytib berishga hojat yo‘q. Ha, taqvo faqatgina namoz va ro‘za kabi zohiriy ishlardagina emas, balki botiniy amallarda ham bo‘lishi kerak.


2. Har qanday befoyda ish, gap-so‘z, o‘tirish hamda uchrashuvlardan o‘zingizni chetga oling. Befoyda deganda mening murodim dinga ham, dunyoga ham foydasi bo‘lmagan ishlardir. Agar yaxshilab e’tibor bersangiz, bizning ishlarimiz, gaplarimiz va yig‘inlarimizda foydalanarli narsa kam, befoyda va ortiqchalari juda ko‘p ekani ma’lum bo‘ladi. Bas, mana shulardan saqlaning.

3. Himmat va fursatga qarab, kunda biroz bo‘lsa ham Qur’on tilovat qiling.



Endi aytingchi, bu ko‘rsatmada mehnat va fursat bo‘lmasa, qilib bo‘lmaydigan narsa bor ekanmi? Agar o‘ylab qarasangiz, bunda kuch va quvvat yanada ko‘proq tejab qolinadi. Chunki, taqvo inson quvvatini behuda narsalardan to‘sadi. Behuda va befoyda ishlarga, majlislarda o‘zingizni tortganingiz, ilmiy mashg‘ulotlarga vaqt ajratishingizni yanada ko‘proq orttiradi”.

Ustoz sozin davom ettirib: “Siz uchun ko‘rsatma mana shu, xolos. Agar ilojin topsangiz, ertalab ham, kechqurun ham ‘Subhanalloh’, ‘Alhamdu lillah’, ‘La ilaha illalloh’, istig‘for va salovotni yuz martadan aytib qo‘ying. Namozlardan keyin aytiladigan ‘Tasbehi Fotima’ga bardavom bo‘ling.”

MAJOLISI HAKIMUL-UMMA kitobidan

Ha azizilar savol beruvchi talabaning orniga hamma ozini qoyib korsa tog'ri kelaveradi. Hammamizda vaqt tig'z, bo'sh vaqtimiz yo'qdek.
Ustozning maslahati ham har birimiz uchun atalgan go'yo har birimizga alohida aytilgandek.
🔥4
Qaror...

Aslida har bir shaxsning o'z tasir kuchi bor, holatga ijobiy yoki salbiy tasir qilish. Buni biz hayotimizning har bir lahzasida qo'llanishimiz mumkin.
Bir ikkita misol keltiraman:
Kettik o'yin (kompyuter yoki telefon o'yinlari va hokazo) o'ynaymiz? - Yo'q vaqtim yo'q edi.
Keling suhbatlashib otiramiz (behuda suhbat) -Uzr band edim.

Ha hayotimizda bizga bunday murojaatlar juda kop tushadi yoki bazida ozimiz shu ishlarni tashkillashtiramiz, bunda esa kelajagimiz uchun foida 0 ga teng. Shunchaki vaqtimiz zoya ketgani qoladi xolos. Siz bunday javoblarni 3-4 marta qo'llasangiz va osha vaqtda ja foidali ish qilmay shunchaki uxlasangiz ham aslida siz uchun foidali ish qilgan bo'lasiz.
Xulosa shuki vaqtingiz qadriga eting, siz uchun foidasidan kora zarari koproq bolayabgan dostlaringizni foidali ishlarni birga qilishga chorlang. Ijobiy qarorlarni ikkinchi tomon kongliga qaramasdan qabul qiling! Zero bu qaroringiz ham siz uchun ham sheringiz uchun foidalidir.
Eski qadrdonim aytkanidek "Agar sizni tanishlaringiz faqat behuda ishlarga chaqirsa, unday tanishlardan voz kechish kerak". Albatta birdaniga emas, holat tushuntirilgandan keyin ham ijobiy tomonga ozgarmasa, chunki taklif kopaysa salbiy qaror qabul qilib qoyishingiz ham mumkin.

Yo Alloh sendan O'zingning muhabbatingni, Sen yaxshi ko'rgan bandalaring muhabbatini va Sening muhabbatingga etkazuvchi amal qilishimizni so'raymiz.
👍3
O‘zingizda bor narsalar haqida o‘ylang va ularning qadriga yeting.
Yo‘q narsalarga siqilib yoki ularni orzu qilib umr o‘tkazmang.

Sizda borlari — Allohning sizni o‘sha ne’matlarga loyiq ko‘rganidandir.
Yo‘qlari esa — sizga ayon bo‘lmagan bir hikmat sabab hali to‘xtab turganidandir.

Shuning uchun hammasini Allohga topshiring, lekin harakatdan to‘xtamang.
Harakat – tavakkulning eng go‘zal shaklidir.
2
Tog‘dan yiqilgan odam yiqilish jarayonida o‘zini tezroq yerga  urilishini (aslida erga tushgan payt ogriqli bo'ladi) istagani kabi, ba’zan hayotda ham ishlar yurishmay qolganda kishi o‘sha masala qanday bo‘lishidan qat’i nazar tezroq hal bo‘lishini xohlab qoladi. Chunki noaniqlik — yiqilish jarayonining o‘zi — odamni eng ko‘p qiynaydigan holatdir. Ba’zan hatto salbiy natija ham uzoq cho‘zilgan noma’lumlikdan yengilroq tuyuladi.
1👍1
Uqib oling: sizni namozga olib borolmagan oyoq jannatga ham olib borolmaydi.
Ayman Yog'iy
🔥2😭2