Ko'ngil tomonlarda
230 subscribers
362 photos
48 videos
8 files
136 links
Ko'ngil tomonlarga ketsang umrbod... (Nodira Nazar)

29. o9. 2o19 04:44

Murojaat uchun: http://t.me/kongil_tomonlarda_bot
Download Telegram
Maktabni bitirmagan o’g’ri nari borsa, yuk mashina o’g’irlar. Biroq oliy ma’lumotli o’g’ri butun boshli temiryo’lni o’maradi.

(c) Teodor Ruzvelt
#sevilgan

Tashvish emas dunyo kamlari menga,
Qiziqmas baland-u pastlari menga…
Assalomu alaykum, qalbi bola menliklar)
Ulgʻayishni oʻzimiz hal qilamiz, bizning jismoniy yoshimiz hech nimani hal qilmaydi... Yuragingizda mitti "Men"ingiz yashar ekan siz hali ham bolasiz... Begʻubor... samimiy... Ishonuvchan...
Barchamizni bayram bilan tabriklayman! Hechcham koʻnglimizdagi bolalik oʻlmasin...
Onam
Mulkijahon
Allasiga alishmasman Dunyoni
Ming bitta duodan afzal har so’zi.
Devona qilurman dardman daryoni
Bir tomchi yosh ila namlansa ko’zi.
Terib qo’ysa barcha shoir deganni
She’rlarini baland tog’ning toqiga.
O’n mingta majnun ham nima bo’libdi
Arzimas sochining bitta oqiga.
Shirk emas kechirsin Xudoyim o’zi
Men faqat Onamni tavof qilaman.
Boshidan o’girib ichgan suvimni
Yuz migta Zam-Zamdan afzal bilaman.
Bilsam o’zi tirik Jannat-ku Onam
Aslida mehridan bunyod bo’lib man.
Nurdayin pok oppoq Ka’ba-ku Onam
Men esa oq Ka’ba izlab yuribman.
Rost gap dunyoni o’t olib ketar
Onamni sog’inib yig’lasam agar.
Mendayin farzandlar bir tiyinga qimmat
Onasin duosin olmasa agar…

@kongil_tomonlarda
Dilingiz tilingizga chiqarmaydigan, oʻzingiz shivirlab boʻlsa-da, oʻzingizga aytmaydigan duolaringiz bor... ijobat boʻlsin!

Hayit Muborak!☺️
Qurbon hayiti

Yana nima kerak shu payt menga?
Senga qurbon boʼlsam shu hayit menga!

(c) Iqbol Mirzo
Time spent with cats is never wasted…
Osima..
Mulkijahon
* * *
Ichikdim. Sog'indim seni, shekilli,
Tongim rangi sariq, xasta kunduzim.
Ihrab quyosh chiqar, o‘kchib oy sho‘rlik,
Osima —
Sen kimning qizi!

Ko‘rpaga burkansam, ko‘rpa ilvirar,
Yostiqqa yopishsam, ilvirar yostiq.
O‘y menga sig‘maydi, uy menga sig‘mas,
bosiriq — bosiriq...

Zirillar borligim yursam, yo‘l ko‘nmas,
Qoyaga tirmashsam, puchmayar qoya.
Qarg'asam, qarg'ishim duoga o‘xshar,
voooya...

Ichikdim. Sog‘indim seni, shekilli,
Xo‘rligim keltirar g‘alati gina.
Nimaga odamlar shod, hurram, mamnun,
Bizlar odammasmi,
Osima?!

✍️Abduvali Qutbiddin
🎙️Mulkijahon

@kongil_tomonlarda
Maftuna Murad she'ri
Mulkijahon
Haqiqatlar qilar ta’qib,
Yolg'onlarim yoqar menga.
Haqiqatdan qocharman men,
Yolg'onlar gul taqar menga.

Bilaman rostdir haqiqat,
Bilaman bu bor haqiqat
Ko'zlarimni elar uyqu,
Yolg'on alla aytar menga.

Uyg'onsam o’sha haqiqat,
U o'sha achchiq haqiqat.
Tan olgim kelmaydi sira
Shirin yolg'on kular menga.

Bu dunyo yolg'onmi chinmi?
Bilmayin qotadi boshlar.
Yolg'on uyquda mudraymiz
Lek yolg'onlar yoqar bizga.

Haqiqat xaqdur bilaman
Haqiqatlar azal g'olib
Haqiqatni men bilsamda
Yolg'onlarim yogar menga.


(c)Maftuna MURAD
🎙️Mulkijahon

@kongil_tomonlarda
Baxt
Mulkijahon
#baxt

Ming bòlakka bòlib dunyoni,
Tuģilgandan baxtni izlaymiz.
Qòllaridan tutib ròyoni,
Atrofda baxt, ba'zan bilmaymiz!
Baxtlar bilan bezatilgan taxt,
Xudoyimga yetsa bas zoring
Kimdir seni soģinsa, shu Baxt,
Baxt aslida dunyoda boring!

© Erkin Vohidov
🎙️Mulkijahon

@kongil_tomonlarda
Milliard zarra birlashgay-u
Bir vujudga jam bo'lgay,
Kimda nedir ortiq bo'lgay,
Kimda nedir kam bo'lgay,
Yo qumursqa, yo burgut, yo
hazrati Odam bo'lgay.

(c) Suhrob Ziyo
🎙️Mulkijahon

@kongil_tomonlarda
Mashrab g'azali
Mulkijahon
DARDI SIRIMNI KAVLAMA

Ey sabo, g‘ambodadurmen, bistarimni kavlama,
Chun shafaqoludaman, xokistarimni kavlama.

Har zamone Laylidin manga kitobatlar kelur,
Senki majnun bo‘lmasang, sardaftarimni kavlama.

Xonavayronlar bilur aftodalarning holini,
Yeyki, mahram bo‘lmasang, chashmi tarimni kavlama.

To kishiga dard tegmay, bo‘lmadi bag‘ri kabob,
Dilda darding bo‘lmasa, dardi sirimni kavlama.

Hajr toshidin zarru ofat boshig‘a yetgan o‘zum,
Kishtiyi motamdadurman, langarimni kavlama.

Yeti do‘zax o‘rtanur aftodalarning ohidin,
Otashi hajrida kuygan mijmarimni kavlama.

Lomakonning shahrini bu hu bila sayr ayladim,
Jabrayil, borg‘il nari, bolu parimni kavlama.

Bahri rahmatga kirib, qildim vujudimni adam,
Ma’rifatdin bexabarsan, daftarimni kavlama.

Durri daryoyi maoniy bo‘ldi chun mashrab, vale
Diydabino bo‘lmasang, ko‘z gavharimni kavlama.

@kongil_tomonlarda
Mashrab g'azali
Mulkijahon
OSHIQ BO‘LIBSAN, BO‘LMAG‘IL G‘OFIL

Malaksan yo bashar, yo huru g‘ilmonsan, bilib bo‘lmas,
Bu lutfu bu nazokat birla sendin ayrilib bo‘lmas.

Ajab berah dilbarsan, ajab sho‘xi sitamgarsan,
Charog‘i husni ro‘yingdin ko‘ngulni ham uzub bo‘lmas.

Yuzungni oftobini ko‘rub hayron bo‘lub qoldim,
Falakka qul uzotib, shamsi anvarni olib bo’lmas.

Yuzung misli qizil guldur, ko‘ngul chun bulbuli shaydo,
Bu gulning ishqidin bulbul chamandin ayrilib bo‘lmas.

Kel, ey Mashrab, agar oshiq bo‘libsan, bo‘lmag‘il g‘ofil,
Bu g‘aflat uyqusidin, ey yoronlar, uyg‘onib bo‘lmas.

@kongil_tomonlarda
Soyabon ko'tarib ketayotganlar,
Yomg'irning gashtini qayerdan bilsin?!

✍️Erkin Hojimuhammad
tell me somethings nice, like cloudy skies! 🫶
Odam o‘zi sevgan ishi bilan shug‘ullansa adrenalin oladi, charchamaydi, ishlagisi, ishlagisi va yana ishlagisi kelaveradi. Qaysidir buyuk odam "Agar sen o‘z ishingni sevsang unda ishlamaysan, balki yashaysan" deb bekorga aytmagan.
Xullas, o‘zingiz yashay oladigan ishni tanlanglar))
Insonni qanchalik bilishingiz, uni nechi yildan beri tanishingiz bilan o’lchanmaydi, men sizga aytsam. Muhimi - qalbini ko’ra olishingizda!
Inson ko’rishni istamagani qadar ko’r,
Eshitishni istamagani qadar kardir!