Ko'ngil tomonlarda
229 subscribers
362 photos
48 videos
8 files
136 links
Ko'ngil tomonlarga ketsang umrbod... (Nodira Nazar)

29. o9. 2o19 04:44

Murojaat uchun: http://t.me/kongil_tomonlarda_bot
Download Telegram
Bir ekan ikki bo’lmoq,
Ikki ekan bir bo’lmoqdir - Ishq❤️
Kimga mehr bersak – ularning aksi,
Yo‘qdan binolarni qurmadik hargiz.
Bitta e'tirofning yo‘q erur bahsi:
Bizni ustoz qilgan ustozlar, shaksiz!

Hayotdagi eng katta mo’jizalardan biri, yaxshi ustozlar ila qarshilashmoqdir. Ustozlarim, bayramingiz muborak bo’lsin! Ilm ulashishdan hech vaqt charchamang! Hamisha shogirdlar ardog’ida yuring!
- Nega maktabni buncha yaxshi ko’rasan?
- Men maktabni emas, ustozimni yaxshi ko’raman)

Siz birini sevsangiz va qadrlasangiz u faqat sizni emas, siz bo’lgan joylarni ham sevadi!
Audio
Muazzam Toshmatova
Келади деб юрагимни қийнайманда...
Мен ҳам сени соғинганда йиғлайманда....

Муаззам Тошматова

🎙 Мулкижаҳон


@Alioglu
Mulkijahon
Bashorat Otajonova she'ri
Senli havolarda to‘zg‘iydi mezon,
O‘zgarar kunlarning yam-yashil rangi.
Derazang ortida bahaybat osmon
Kaftimday oynaga boqadi g‘amgin.
Ko‘zimga ko‘zgu tut,
men nur istaram!

Haddiga erk berar nimjon shabada —
Parda oshkor qilar uyni va seni…
Nihoyat esladim ketganing badar
Va seni jannatdan haydagan sirni.
Sen bilan bu sirni
yechmoq istaram!

Ortingdan ergashib keldim ataylab…
Meva yo‘q,
Ta’qiq yo‘q,
Sen bor — Gunoh bor!
Derazang ortida…
Kuz suvlarida
Chayqalib oqadi olmalar.
Ta’qiq qo‘y…
Men esa gunoh istaram!

©Bashorat Otajonova
🎙Mulkijahon

@kongil_tomonlarda
“Kuzni sevasizmi? - dedi ayol. – Kelsa,
kuzda rosa kezamiz hali.
Birga tomosha qilamiz.
Juda go‘zal bo‘ladi kuz.
Yo‘q, faqat sariqdan iborat emas kuzning rangi.
Sarig‘i - yuz turfa.
Qizg‘ishi - ming xil.
Qirmizi – ming xil.
Jigarrang barglarni ham topasiz.
Qon bo‘lgan jigarday...
O‘shanda huvillab qoladi yurak. Sizni sog‘inaman o‘shanda.
Yonimda tursangiz ham sizni sog‘inaman.
Yonimda turib, olislarda bo‘lsangiz ham sizni sog‘inaman.
Yonimda bo‘lmasangiz ham...”

Shunday dedi bir ayol
bahorning eng
gullagan chog‘ida.

“Qachon aytgan edi bu gaplarni? – o‘yladi erkak.
– U hozir qayerda?
Qachon ko‘rgan edim?
Yana uchrashganmidik?
Nega uni sog‘inganim sog‘ingan?
Yonimda bo‘lmasa ham,
nega uni sog‘inaman?
Yonimda edimi yo?
Hozir ham yonimdami?
Yonimda turib, olislarga yurganmikan ehtimol?..”

Taqdir chalkashib ketgan.

Kuz esa xuddi o‘sha ayol aytganday:
hatto jigarrang barglar ham bor.
Qon bo‘lgan jigarday...

©Usmon Azim
Onamning isi kelgan jonimdir, singlim..)
Happy birthday my little sis💐!
Atrofdagilar bizni yaxshi ko'rishi bizga kuch beradi. O'zimiz boshqalarni yaxshi ko'rishimiz esa bizga Jasorat beradi!
Yonmaydigan eng mukammal narsa - olov, cho‘kmaydigan eng mukammal narsa - suv.
Odamga ham faqat odam bardosh berishi va odamni faqat odam to‘ldira olishi mumkin
Qizlarjon..
Mulkijahon
🎙Mulkijahon
...

Ishq uchun yaratilgan Choliqushilarmiz biz...

@kongil_tomonlarda🌸
Ko'ngil tomonlarda
Mulkijahon – Qizlarjon..
Aytgancha, qizlarjon bayramimiz bilan! Ko’p bayramlarni ko’raylik)

Bugun 11-oktabr “Xalqaro qizlar kuni”
Bir kun keladi, har juma men uchun gul va kitob ko’tarib uyga qaytadi…)
Qachonki kitoblarini sen bilan baham koʻradigan odam bilan yashasang, mutolaa zavqi ham ikki karra oshadi.

(c)Stanislav Yeji Lets
Har doim xayrli kech va xayrli tong deyolmasam ham uxlamasdan oldin va uygʻonganda ilk aqlimga kelyapsan.
Buni tun ham biladi,
Tong ham,
Alloh ham...

©Jamol Surayyo
Go’zal gumon bu — Yaratganning insoniyatga bergan eng katta yaxshiligi…
Ishq aro yashasam men seni kutib,
Jannatga kirsayding qoʻllarim tutib…
Love is…
helping her “cram” for an important examination.