💻 Kompyuter | Informatika
2.27K subscribers
697 photos
339 videos
138 files
1.11K links
📢 Kompyuter haqidagi kerakli maʼlumotlar va vositalar bilan yoritib boriladi.

🕵️ Foydali ma'lumotlar;
👩‍💻 Kompyuterni o'rganish;
🎬 Video darslar;

Admin: @TBT1907
Download Telegram
🔥 Matnni formatlash uchun klaviatura yorliqlari

#hotkeys / #profit

Men sizga Word-da matnni formatlash uchun klaviatura yorliqlari haqida gapirib o'tmoqchiman. O'zingiz xohlagan matnni belgilang va quyidagi tugmalarni bosish orqali sinab ko'ring:

Ctrl + B - matnni qalinlashtirish.

Ctrl + I - matnnni kursiv holatga o'tkazish.

Ctrl + U - so'zlar orasidagi bo'sh joysiz matn tagiga chizish.

Ctrl + Shift + W - so'zlar orasidagi masofa bilan matn ostidagi chiziq chizish.

Ctrl + Shift + D - so'zlar orasidagi masofa bilan matn ostidagi ikkita chiziq chizish.

Shift + F3 - matnni kichik / katta harflarga almashtirish.

Ctrl + 1 - bitta qator oralig'i.

Ctrl + 2 - qatorlar orasidagi ikki marta bo'sh joy.

Ctrl + 5 - qatorlar orasidagi bir yarim oraliq.

Ctrl + J - tanlangan paragraflarni kengligi bilan joylaydi.

Ctrl + E - tanlangan paragraflarni markazga tekislaydi.

Ctrl + R - tanlangan paragraflarni o'ngga tekislaydi.

Ctrl + L - tanlangan paragraflarni chapga tekislaydi.

🔎 Shu paytgacha qo'yilgan foydali postlar

🔼 Kompyuteringizni vaqtinchalik fayllardan tozalash
🔼
Google Chrome brauzerida "история" ni qanday tozalash kerak?
🔼Word-da so'zlarni avtomatik tuzatish
🔼Windows - oynalar degan ma'noni beradi, demak oynalar bilan ishlaymiz
🔼Windows ni osongina aktivatsiya qilishning yana bir usuli
🔼Attestatsiya uchunInformatika test javobi bilan
🔼 Photoshop uchun qaynoq klavishlar
🔼 Ctrl A dan Z gacha
🔼 Qaynoq klavishlar (PDF)
🔼 Balkim yordami teksa kerak
▶️ Qaynoq klavishlar
🔼 Microsoft excel va Microsoft word uchun qaynoq klavishlar

Telegram | Dasturlar | Bot
👍6🔥1
Windows reyestrida USB fleshkalar haqidagi ma’lumotlarni tozalash 🧹

#fleshka / #foydali / #windows

Kompyuterga qachonlardir ulangan barcha USB xotira qurilmalari haqidagi ma’lumot tizim reyestrida saqlanadi. Agar kompyuterga turli model va ishlab chiqaruvchilarga tegishli ko‘p fleshkalar ulansa, vaqt o‘tishi bilan reyestrda juda ko‘p “axlat” to‘planib qoladi. Natijada esa yangi qurilmani aniqlash va ulash jarayoni ancha ko‘p vaqt talab etadi va tizimni qotib ishlashiga olib keladi.

Yechimi bitta. Vaqti-vaqti bilan ulanayotgan fleshkalar va boshqa USB xotira qurilmalari haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi reyestr bo‘lim (раздел)larini tozalab turish lozim. Ushbu bo‘limlarning tozalanishi yangi USB qurilmalarning ulanishini va umuman tizimning ishlashini tezlashtirishda yordam beradi.

💁‍♂️ Batafsil ma'lumot uchun.

Telegram | Dastur | Kitob | Aloqa
👍5🔥1