Kompyuter Bilimlari | Windows Blog
17.4K subscribers
2.22K photos
407 videos
268 files
1.84K links
O'zbekistondagi birinchi raqamli Windows blog!

Mundarija: @kompyuterbilimlariuz

Rasmiy hamkorimiz: @ZARINLIGHTok

Reklama uchun: https://t.me/techno_ads/596

Asoschi: @idevup

Kompyuter bilimlarini biz bilan o'rganing!
Download Telegram
MS Office dasturlaridagi «вкладка»lar🗂

Office Tab - brauzerlardagi «вкладка»lar kabi Microsoft Office dasturlarida ham (Word, Excel, PowerPoint, Publisher, Access, Project va Visio) interfeysiga «вкладка» qo'shadigan foydali yordamchi dastur.

Endi siz bitta oynada istalgan sonli fayllarni ko'rishingiz, tahrirlashingiz va boshqarishingiz mumkin. Dastur hujjatlar o'rtasida almashishni sezilarli darajada osonlashtiradi, vaqtni tejaydi va ish unumdorligini oshiradi.

Bundan tashqari, u yorliqlar rangini va shrift va uning uslubi kabi boshqa parametrlarni sozlash uchun bir necha o'nlab tayyor shablon va uslublarni o'z ichiga oladi.

💾 Yuklab olish

#info / #tavsiya / #windows

👉🏻@Kompyuter_bilimlari kanaliga obuna bo'ling!
Windows tugmasi qaysi?
#info / #klaviatura

ℹ️ Guruhimizda ko'pchilikga Win + R tugmasini bosishni aytganimizda ular Win qaysi tugma ekanligida adashmoqda.

Win ya'ni Windows (Пуск deb ham nomlanadi) tugmasi ko'pincha Fn va Alt tugmalari orasida joylashadi va rasmi ham windows'ni eslatadi.

Win bilan yana birorta tugmani bosish deganda, masalan, Win + R deyilsa bir vaqtning o'zida Win va R tugmasi bosilishi kerak.

©️Kopyuter_akademiyasi

©️ @Kompyuter_Bilimlari
Автозагрузка nima? Avtozagruzkadan dasturlarni olib tashlash.
#info / #windows

ℹ️ Kompyuterimizda avtozagruzka bo'limi mavjud bo'lib, bu bo'limda belgilangan dasturlar kompyuter yonishi bilan birgalikda ishga tushadi. Bu holat bazan foydali, bazan esa zararli hisoblanadi.

Antiviruslar, internet tezligini o'lchovchi dasturlar, turli xildagi bizni ogohlantiruvchi dasturlar (masalan, EyeDefender) kompyuter bilan birga ishga tushgani ma'qul. Chunki ular bizni kompyuterda ish boshlashimiz bilanoq o'z vazifalarini bajarib boshlaydi.

Keyinroq ishga tushirishimiz mumkin bo'lgan dasturlarning ham avtozagruzkada bo'lishi kompyuterni yonishini sekinlashtiradi. Shu sababli ba'zi keraksiz dasturlarni doimiy tarzda avtozagruzkadan olib tashlab turish kerak bo'ladi.

📄 Bu ish quyidagicha amalga oshiriladi:
1. Win + R ga msconfig buyrug'ini kiritib, OK tugmasini bosamiz.
2. "Автозагрузка" joyidagi keraksiz dasturlardan belgilash (✔️) ni olib tashlaymiz va OK ni bosamiz.

🔜 Keyingi darslarimizda avtozagruzkaga kerakli dasturlarni qo'shishni o'rganamiz.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube / Xarita
O'z-o'zidan ochiladigan arxiv yaratish
#info

ℹ️ O'z-o'zidan ochiladigan arxiv (yoki SFX arxivi) fayllarni internet yoki oddiy disklar orqali uzatishning ajoyib usuli hisoblanadi. Bunda arxivni ochish uchun arxivator dasturi kerak emas.

📦 WinRAR arxivatorida SFX arxivlarini yaratishni ko'rib chiqamiz:

Yaratiladigan arxiv uchun kerakli fayllarni tanlab, sichqonchani o'ng tugmasini bosamiz va menyudan "Добавить в архив" ni tanlaymiz. Arxivga nom beramiz va "Создать самораспаковывающийся архив" katagiga belgi qo'yamiz. Oxirida OK tugmasini bosamiz.

Shundan so'ng, manba fayllari bo'lgan papkada EXE fayli paydo bo'ladi. Uni ishga tushirish orqali biz arxivdan chiqarish oynasini ochamiz. Qayerga arxivdan chiqarishni tanlaymiz va Extract tugmasini bosamiz. ©️@computer_life

😉 Ushbu va shunga o'xshash imkoniyatlardan foydalanish haqidagi videoni ham ko'rishingiz mumkin: WinRAR dasturi bo'yicha MasterClass. Murakkabroq amallarni o'rganamiz!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita
Windows tizimida "Диспетчер задач" oynasini ochishning 7 usuli.
#info

"Диспетчер задач" nima uchun kerak?
Windows tizimi bilan ishlash jarayonida, sizga ko'rinmagan holda, fon rejimida ancha-muncha dasturlar ishlaydi, balki viruslar ham. Bu jarayon natijasida, kompyuter resurslari, shu dasturlar(balki kerakmas dasturlardir) ishlashiga sarf bo'ladi.
Demak, bu holatlardan xabardor bo'lib turish lozim, bu ishni "Диспетчер задач" oynasi yaqqol namoyon qilib beradi.

"Диспетчер задач" oynasini ochish usullari:
Bu oynani ochishni, bir necha usullarini yozib o'taman, nima uchun shuncha usulni bilish kerak? degan savol paydo bo'lishi mumkin. Bu oyna juda muhim bo'lgani uchun, siz uni har qanday holatda ham (misol uchun, sichqoncha yoki klaviatura ishlamaganda) ochishni bilishingiz kerak:

☝️Windows 10 tizimida tekshirilgan, qolgan tizimlarda ba'zilari ishlamasligi mumkin.

1. Ctrl+Shift+Esc. Ctrl va Shift bosib turiladi, so'ng Esc bitta bosib quyib yuboriladi.
2. Ctrl+Alt+Delete tugmalari bosiladi va hosil bo'lgan oynadan "Диспетчер задач" tanlanadi.
3. Sichqonchaning o'ng tomoni "Пуск" tugmasi ustida bosiladi va "Диспетчер задач" tanlanadi.
4. Win+R orqali "Выполнить" oynasi ochiladi va "taskmgr" (qo'shtirnoqsiz) yozilib Enter bosiladi.
5. Win+R → cmd → taskmgr.
6. "Пуск" ochiladi va "Диспетчер" deb yozilib, Enter bosiladi.
7. Fayl orqali: C:\Windows\System32\taskmgr.exe.

☝️O'zimga kelsam, ko'pincha biror ish qilsam, shu oynani doimiy ochib qo'yaman va holatni nazorat qilib turaman. Odatda, bu oynani ochishda, 1-usuldan foydalanaman.

🤔 Siz qaysi usuldan ko'p foydalanasiz?

©️
Akmal Xudayberganov

📌 Mavzuga oid postlar:
Tugmachalar kombinatsiyasi (#hotkeys)

💻
Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Guruh I Xarita I Donat
Qanday qilib hujjat hajmini kamaytirish mumkin?
#info / #word

1️⃣-usul
Agar hujjat eski versiya (.doc) bo'lsa hujjatni .docx formatiga o'tkazing. Ushbu format diskda juda kam joy egallaydi.

2️⃣-usul
Agar hujjatda rasmlar bo'lsa va ularni hajmini kichraytirishni xohlasangiz, saqlash paytida "Сервис" → "Сжать рисунки"ni tanlang.

3️⃣-usul
Shaxsiy va yashirin ma'lumotlarni hujjatdan olib tashlang. Buning uchun "Файл" → "Сведения" → "Найти проблемы" → "Проверить документ" bo'limiga o'ting.

Tekshirish tugagandan so'ng, "Удалить всё" tugmasini bosing. Bu usul orqali hujjatlardagi keraksiz bo'lgan ma'lumotlar (hujjatning muallifi, yashirin ma'lumotlar va h.k) ni o'chirib tashlash mumkin.

P.S. Shaxsan men o'zim 2-usuldan ko'p foydalanaman. Unutmang o'lchamini kichraytirish orqali sifatga ham ta'sir o'tkazish mumkin.

~ Manba: @Kompyuter_Akademiyasi

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #pdf / #foydali / #lifehack
Katta fayllarni izlash
#info

ℹ️ Diskdagi joyni bo'shatish uchun har xil vaqtinchalik ma'lumotlarni o'chirishdan tashqari biz katta hajmdagi fayllarni ham o'chirib tashlaymiz yoki joyini o'zgartiramiz. Ushbu operatsiyani nafaqat maxsus dasturlar yordamida, balki Windows Explorer (Проводника Windows yoki Win+E) yordamida ham amalga oshirish mumkin.

Kerakli joyni oching yoki "Этот компьютер" ga kirib (Win+E) izlash maydonchasiga quyidagi buyruqlarni kiritish mumkin:

1️⃣ размер: гигантский - 1Gb dan katta hajmli fayllarni izlash.

2️⃣ размер: большой - 1Mb dan katta hajmli fayllarni izlash.

3️⃣ размер: >300Мб - 300 Mb dan katta hajmli fayllarni izlash. Istalgan hajmni kiritib izlash mumkin.

Kerakli faylni topgandan so'ng faylni belgilab sichqonchani o'ng tugmasini bosib "Расположение файла" ga kirish orqali fayl joylashgan joyni osonlik bilan topish mumkin.©️@Kompyuter_akademiyasi

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #lifehack / #foydali
Bir nechta qismlardan iborat dasturlarni o'rnatish
#info / #arxiv

ℹ️ Telegramga fayl yuklash limiti 2 Gb hisoblanadi. Shu sababli ham 2 Gb dan katta bo'lgan dastur va o'yinlarni bir nechta qismlarga bo'lgan holda telegram kanallarga joylashadi. Bir nechta qismlarga bo'lish va joylashni alohida ko'rib chiqamiz.

Bir nechta qismlardan iborat bo'lgan dastur yoki o'yinlar qanday o'rnatiladi?
1. Barcha qismlari yuklab olinib, bitta joyga jamlanadi. Alohida qismlarga bo'lingan dastur joylash jarayonida arxivlangan bo'ladi.
2. Hamma qismlarini belgilagan holda sichqonchani o'ng tugmasini bosib "Распаковать каждый архив в отдельную папку" ni tanlaymiz (albatta kompyuteringizda WinRAR dasturi o'rnatilgan bo'lishi kerak). Agar barcha kerakli qismlari yuklangan bo'lsa hech qanday muammolarsiz bizning dastur bir joyga jamlanadi.
3. Katta dasturimizni arxivdan chiqarganimizdan so'ng uni odatiy tarzda o'rnatib olamiz!

📌 Mavzuga oid postlar:
Dastur o'rnatish sanʼati
Arxiv bilan ishlash. WinRAR dasturini o'rnatish va undan foydalanish

• Manba: KA Rasmiy

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #dastur / #bilib_oling
BIOS va UEFI nima?
#atama / #info

ℹ️ BIOS — (basic input/output system yoki asosiy kirish / chiqish tizimi) — (energiya talab qilmaydigan) ona plataga o’rnatilgan dastur.

⚡️Uning funksiyalari:
• Operatsion tizimni yuklash;
• Qurilmalarni izlash va diagnostika qilish;
• Qurilmani sozlash uchun interfeysni taqdim etish.

⚡️Eng ko’p bajaradigan sozlamalari:
• Kuler aylanish tezligi;
• Ona plata uchun ishchi chastotani belgilash;
• Qo'shimcha qurilmalarni yoqish / o'chirish;
• Yuklanish ketma-ketligi (qaysi qurilmalardan boshlab kompyuterni yuklanishi).

⌨️ Ko’pincha BIOS’ga kirish uchun kompyuter yonish paytida F2 tugmasi bosiladi. Bu esa kompyuter disk yoki fleshkadan yuklanishini tanlash uchun kerak bo’ladi. BIOS’da qurilmalarni aniqlash imkoniyati ta'minlaganligi sababli, kamdan-kam hollarda, yangi qurilma BIOS’ning eski versiyasi bilan ishlamasligi mumkin. Bunday holda, BIOS’ni yangilash kerak.
Yangi kompyuter va noutbuklarda yangi versiya — UEFI o’rnatilgan.

——————————————————————————
UEFI nima?

ℹ️ UEFI — (Unified Extensible Firmware Interface yoki birlashtirilib kengaytiriladigan dasturiy ta'minot interfeysi) — ona plataga o’rnatilgan mikrodastur. BIOS’ni o’rnini bosish uchun yaratilgan. BIOS’ga o'xshab, u qurilmani past darajada boshqaradi va kompyuterni dastlabki sozlashini ishga tushiradi.

⚡️Yangi tizimning asosiy imkoniyatlari:
• O’rnatilgan yuklash menejeri.
• Sozlamalar uchun shaxsiy grafik interfeys.
• Operatsion tizimni GPT-disklardan yuklash imkoniyati.
• NVRAM ishlamay qolgandan keyin xatoliklarni saqlash (agar iloji bo'lsa, OS tomonidan).

UEFI kompyuterni USB fleshkadan yuklashga yoki Windows (7 va undan pastda) va Linuxning oldingi versiyalarini o'rnatishga xalaqit berishi mumkin. Bunday holda, uni o'chirib qo'yish mumkin. Buning uchun UEFI’da Legacy’ga o’tkazish yoki Secure Boot’ni o’chirib qo’yish kerak bo’ladi.

Mikrodasturni turi (BIOS yoki UEFI) ni aniqlash uchun sozlamalarga kirish yetarli bo’ladi. Agar sichqoncha yordamida sozlash qobiliyatiga ega grafik interfeys bo'lsa, bu UEFI’dan foydalanishni anglatadi. © dmosk.ru

▶️ Ushbu mavzuni to'liq yoritgan videodars: Windows o‘rnatishda uchraydigan atamalar (BIOS, BOOT Menu, UEFI, MBR, GPT va b) bilan tanishamiz!

🔑 BOOT Menu va BIOS/UEFI'ga kirish tugmalari
© KA Rasmiy

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #bios / #foydali