Kitobosfera
5 subscribers
6 photos
1 link
Bugun kitob o’qigan odam kechagi odam emas!

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh
Download Telegram
Channel created
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Imom Moturidiy”
Luqmon Bo’rixon

Ushbu roman badiiy adabiyot ixlosmandlari uchun ayni muddao..

Ulug’ ajdodlarimizdan biri bo’lgan, mashhur alloma Abu Mansur Moturidiyning badiiy siymosini aks ettirgan ushbu asarda o’sha davrning ma’rifiy, siyosiy-ijtimoiy hayot tarzi qalamga olingan.

Asar islom ta’limotlari yuzasidan bahslar, o’zaro savol-javoblar bilan qizg’in tus oladi. Bahs-munozaralarda Imom Moturidiy hazratning fikrlari va javoblari sodda, omma tilida ekani, hayotiy misollar orqali sharhlangani o’quvchi dalillarni tushunishda qiyinlikka duch kelmasligini ta’minlaydi.

Shogird Xattot Nuriy e’tirof etganidek — ustozining har bir so’zi, har bir iborasi shu qadar sermazmun, serishora ediki, murod-maqsadni tinglovchiga balog’at-u fasohat ila sodda va ravon yetkazardi…

Asarda voqealar, asosan, qahramonlarning “eslash” usuli orqali bayon qilingan. Bu kitobxonning tasavvur olamida, beixtiyor, “qahramon bilan choy ustida suhbat” sahnasini jonlantiradi…

@kitobosfera❣️
Asar personajlari o’zlarining turli xil xarakterlari bilan davr muhitini jonlantirib berishda katta rol o’ynagan. Avvaliga sizda nafrat uyg’otgan ba’zi qahramonlar asar so’nggida qalbingizga iliqlik olib kiradi.

Ustozi ilk marotaba uni “Xattot Qutlug’ Muhammad Nuriy” deya lutf etganini faxr ila xotirlagan shogird…

Jamiyatga mavjud masalalarga adolat ila yondashgan ulug’ amir…

Ayoli sabab hidoyat topgan, kun kelib, ilmi, taqvosi bilan butun Movarounnahrda shuhrat qozongan hokim…

Uning qatl etilishi umid va ishonchning o’ldirilganiga qiyos etilgan mahbus…

Suyukli umr yo’ldoshining yonida bir bora kulish ilk va so’nggi o’tinchi bo’lgan ayol…

Kitoblarini olib chiqish qasdida olov ichiga o’zini otgan qahramon ayol..

“Sayoz soy sharaqlab oqqay, tubsiz daryo hamisha sokin, vazmin” deya munofiq erini sayoz soyga qiyos etgan xonim..

Hayol olamingizda hamnafas yashar ekansiz, bularning bari qalbda og’riqni, dardni his ettiradi…
O’zim uchun mutlaqo yangi bir janr kashf qildim.

“Ular o’nta edi..”
Agata Kristi


Mutolaa davomida o’ntalikning o’n birinchisi bo’lib, qo’rquvlar-u daxshat ichra yashadim, turli xil taxminlar orasida adashib ham qoldim..

Har varoqlaganim yangi sahifa biz uchun yangi bir voqelik eshigini ochar, u esa biz o’n birlikning taxmin-u rejalaridan tamomila farq qilardi.

Asarni tamomlagach, bir xulosaga keldim. Haqiqatdan ham, ayrim jinoyatlar uchun javobgarlikka tortishning iloji yo’q. Shuning uchun ham bizga janob Onim va Zanjilar oroli kerak bo’ldi…

O’quvchi uchun janrning o’ziga xos “rom etish” uslubi borligi sabab asar qahramonlari, voqealar rivoji haqida so’z yuritishdan o’zimni tiydim. Hatto qayta-qayta yozib, o’chirdim ham.. bilsangiz, bilarsiz)

@kitobosfera
Men uchun yana yangi bir olam kashf etildi💚

G’iyosiddin Yusufning ayol-qizlar uchun tavsiya kitoblari ro‘yxati orasida Sema Marashlining barcha kitoblari bor edi.
Shundanmi ilhomlanib, o‘qishni anchadan buyon rejalashtirib yurgandim.

Kitobni yakunlagach esa odatdagidek javonga joylamadim, har doim ko‘z oldimda turishi va vaqti-vaqti bilan ko‘z yugurtirib turish uchun stolim ustiga qo‘ydim.

Kitob oilaviy munosabatlardagi muammo va tushunmovchiliklarning turli xil ko‘rinishlarini o‘z ichida olgan
qisqa hikoyalardan tashkil topgan.

Menimcha, mutolaa davomida har bir o‘quvchi hikoya qahramonlari timsolida eng avval o‘zini ko‘radi.
Ya’ni siz ham o‘z-o‘zingizga beixtiyor, haqiqatdan ham, dunyoning hamma joyida ayollar bir xil ekan, erkaklar ham, deganingizni sezmay qolasiz.

O‘qinglar, xalq, xolis tavsiya❣️

@kitobosfera
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Baxtga yo‘llanma”
Abu Nasr Farobiy

(Tarjimon va sharhlovchi:
Said Komil Muhammad Karim)

Mantiq bilan quvvatlangan, falsafa (hikmat) bilan nurlangan va go‘zal xulq bilan ziynatlangan hayot yo‘li insonni pirovard maqsadga — saodatga olib boradi.

#kitobdan


Ushbu kitob — Abu Nasr Farobiyning baxt-saodat sari yetaklovchi 50 ta yo‘llanma va uning zamonaviy sharhidan tashkil topgan asar.

Kitobda baxt-saodatga erishish ta’limotlari yuqoridan quyiga, ya’ni maqsaddan vositalarga qarab o‘rgatilgan. Har bir bosqich o‘zidan oldingisiga tayanib, insonni jaholat zulmatidan ma’rifat va baxt nuriga bosqichma-bosqich ko‘tarib boradi.

Bir qarashda, tabiiyki, kitob nomi insonda boshqacha taassurot uyg‘otadi, ammo mutolaa davomida undan ko‘zlangan asl maqsad asta-sekin ochilib boradi.

Kitobni mutolaa qilish jarayonida har bir fikr, mulohazalarni tahlil qilib, o‘z hayotingizda tatbiq qilib o‘qishingiz tavsiya etiladi. Muqaddimada eslatma o‘laroq tarjimon shunday yozadi:
— Ushbu kitob falsafiy asardir, u sizning qalbingizni titratmaydi, ruhiyatingizni o‘zgartirmaydi, balki tafakkur qobiliyatingizni charxlab, uni tartibga soladi, yashirin qobiliyatlaringizni kashf qiladi.

Kitobning afzalliklaridan biri — unda har bir yo‘llanma zamonaviy sharhi bilan izohlanadi. Bu orqali o‘quvchi falsafiy va mantiqiy fikrlarni bevosita bugungi zamon ruhiga mos tarzda anglay oladi.

Yakunda esa muallif sizga tanlov imkonini beradi: siz yo oqim bo‘ylab suzib, nafs xohishlariga qul bo’lib yashaysiz yoki aql va irodani ishga solib, o’zingizning fazilatli hayotingizni qurasiz.

Kitobni, albatta, o‘qing, yaxshilar!
Farobiy ushbu asar orqali qo‘llaringizga amaliy hayot xaritasini tutqazadi va saodat manziliga eltuvchi yo‘lga chipta taklif qiladi. Yo‘llanmangizni olingda, fazilat va hikmat nurlari bilan hayotingizni yana-da munavvar eting.

“Baxtga yo‘llanma” men uchun qayta-qayta mutolaa qilinishi kerak bo‘lgan kitoblar qatoridan, hatto ularning oldi o‘rinlaridan joy oldi.

Kitobga termulib qayta-qayta:
— kutilmaganda eng kerakli vaqtida, eng kerakli insonga “bilib” hadya qilinibdi-da, deyman o‘zimga o‘zim ✨

@kitobosfera
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Said Ahmad o‘zining “Yo‘qotganlarim va topganlarim” nomli xotira kitobida “Ufq”ning dunyo yuzini ko‘rish tarixi haqida ham birmuncha yozadi.

Keling, ularning ba’zilarini sizlar bilan muallif o‘z tilidan o‘qiymiz:

— “Ko‘pincha roman va qissalarning voqealari bog‘larda, sharqirab oqadigan soy bo‘ylarida, gulzorlarda o‘tadi. Roman qahramonlari gullar hididan mast bo‘ladilar, bulbullar xonishidan xayollarga toladilar.
Men tasvirlayotgan joy – taqir cho‘l. Bunda echkiemarlar vishilaydi, chiyabo‘rilar uvillaydi. Inson ko‘zini yashnatadigan biron narsa yo‘q.
Bunda faqat osmon-u sap-sariq yer.
Gulsiz, bulbulsiz romanimda go‘zallikni odamlar yuragidan topshim kerak edi. Kuchim boricha shunday qilmoqchi bo‘ldim. Qandoqki, detal topsam, Ikromjonning ruhiy iztiroblarini kuchaytirishga sarfladim…”

— “Ikromjon qamishlar orasida vahshiyga aylangan o‘g‘li bilan uchrashgan paytidagi holatini yozayotganimda o‘zim ham titrab ketgandim..
Har jumlani yozganimda o‘rnimdan turib ketardim”.


— “Tursunboyning go‘ri yonayotgan to‘qay tasvirini boshqatdan yozganman. Rostini aytsam, avval qamishzorlarning yonishini sira ko‘rmagandim. Shu bo‘limni taxminan yozgandim. Jurnal romanni bosa boshlaganda Mirzacho‘ldagi Krupskaya nomli kolxozga borib
to‘qayga o‘t qo‘yganman.
Qaytib kelib, o‘sha bobni qaytadan yozib chiqqandim..”



Yana bir qiziq jihati, muallif “Ufq” ning ikkinchi kitobi “Hijron kunlari”ni yozib ozroq tajriba orttirganidan keyin birinchi “Qirq besh kun” kitobini yozgan ekan.
Ajoyib-a?

Adib uch kitobdan iborat asarining so’nggi nuqtasini qo‘yayotgan palladagi holatini shunday tasvirlaydi:
“Nihoyat,
o‘n besh yillik
mehnatim poyoniga yetdi. Kitob ham o‘quvchi qo‘liga tegdi. Yaxshi-yomon gaplar eshitdim.
Biroq roman qahramonlari haligacha tushlarimga kiradi. Telbaga o‘xshab kechalari ular bilan gaplashib chiqaman.
O‘n besh yil to‘lg‘oqda tuqqan farzandlarimni unutishim osonmi?

Bilasizmi, romanga so‘nggi nuqtani qo‘yganimda
ko‘nglim birdan bo‘m-bo‘sh bo‘lib qolgan.
Hozir o‘ylab qarasam, o‘sha paytdagi holatim qizini uzatgan beva otaning uy ostonasida mung‘ayib, qarab qolishiga o‘xsharkan…”


Ushbu jumlalarni o‘qib “Ufq”ning olamiga qayta sho‘ng‘iyman..

O‘qiganim badiiy asarlar orasida “Ufq”qa mehrim bo‘lakcha, negadir..

@kitobosfera📚
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM