kitoblab.uz
49 subscribers
8 photos
3 files
49 links
https://kitoblab.uz — tarjima kitoblar laboratoriyasi
Download Telegram
Live stream started
Boshladik. Ovozni sozlab olib, matnga kirishamiz.
Live stream finished (1 hour)
3.1-boʻlim: Toʻsiqlarni yengish
Kitoblab
#suhbat*7

Qanday to‘siqlar?
Nima uchun Ilohga ishonish kerak?
Empirik dalil yo‘q?
O‘ta ko‘p xudolar va dinlar!

Nihilizmdan qutilish uchun, bu dardning davosini qoʻllashga toʻsqinlik qiladigan e’tirozlar muhokamasi

Matn: Islom va nihilizm. Dardim va davom.
Muallif: Yusuf Ponders

3-noyabr 2025-yil


t.me/kitoblab
.…Avvalroq aytganimdek, inson o‘z tabiatiga ko‘ra maqsaddan qo‘zg‘aluvchi mavjudot hisoblanadi. Psixolog va faylasuf Viktor Franklning ta’kidlashicha, “insonning ma’no izlovi hayotdagi uning asosiy rag‘batidir va bu instinktiv mayllar qiluvchi ‘ikkilamchi ratsionallashtiruv’ emas.*”

Ushbu kitob davomida e’tibor qaratganim nihilizm faqat nihilizmning asosli falsafiy tushunchasi emas, balki o‘zini ma’nosizlik hissi sifatida ifoda etuvchi psixologik sharoit, patologik holat va zehniy charchoqdir. Agar Frankl insoniyatga bergan bahosida haq bo‘lsa, bundan kelib chiqadiki, bemor o‘z dardining davosiga butun vujudi bilan talpinganidek, nihilizmga duchor bo‘lgan odam ham undan qutulishga intiladi.

Dunyoda diniy e’tiqod susayib, ateizm/agnostisizm kuchayishi bilan ularning nihilizmdan qochishida va oldingi an’analarini rad etish evaziga paydo bo‘lgan bo‘shliqlarni to‘ldirishga urinishida diniy atvor namoyishini ko‘rish mantiqqa muvofiq holat….

© Islom va Nihilizm. Dardim va davom | Nihilist nolasi bobidan | Yusuf Ponders

* Frankl V. E., Man’s Search for Meaning, (London: Rider, 2004), p.105.

t.me/kitoblab
Live stream scheduled for
Ha, suhbat qilmaganimizga ham ancha bo’ldi. Ertaga soat 20:00 da piyoda-suhbatni davom ettirib, 3-bo’limni — “To’siqlarni yengish”ni — tamomlab qo’yamiz, nasib bo’lsa.
...Unutmang, qadriyatlar iyerarxiyasi faqat siz qadrlaydigan narsalarni emas, balki qadrlamaydiganingiz narsalarni ham o’z ichiga oladi (ular shunchaki pillapoyaning quyi qismida joylashadi). Ishonmaslik orqali siz mohiyatan Xudoni boshqa narsalardan pastroq qo‘yyapsiz. Alloh Qur’onda shunday deydi: “Havoyi nafsini o‘ziga xudo qilib olgan kimsani ko‘rdingizmi?” Bu ular o‘z istaklarini mavjud hamma narsadan ustun qo‘yishadi degani. Axir Nitshe kabilar shuni aytishmaganmidi:

“Xudo o’ldi! Xudo o’lik holida qoladi! Va biz uni o’ldirdik. Qanday yupatarkanmiz o’zimizni, jamiki qotillarning qotillarini! Borliqda mavjud eng muqaddas, eng qudratli narsa qattol xanjarimiz ostida qonga botdi: bu qonni bizdan kim tozalarkin? Qay suv bilan poklaymiz o’zimizni? Qanaqangi kafforat marosimlarini, qanaqangi muqaddas o’yinlarni kashf qilamiz o’zimiz uchun? Bu qilmishning ko’lami bizga og’irlik qilmasmikan? Shunga yarasha o’zimiz ilohlarga aylanishimiz kerak bo’lib qolmaydimi?"

Hozir aynan shu ro‘y bermayaptimi axir? Insoniyat shunchalik o’ch bo’lib ishtirok etayotgan bu ulkan marosimlarni o‘ylamasdan ilojim yo‘q.

Mehrob sahna bilan, va’zxonlar esa tinglovchini shavqqa to’ldirishga intiluvchi musiqachilar bilan o’rin almashdi. Ular ta’sirchan musiqa, quvnoq tomosha va so‘zlarni taqdim etadilar, toki ularni yod olganlar uchun amr va yo‘riq vazifasini o‘tasin.

Yoshlar xonalarini sevimli san’atkorlarining ziyoratgohiga aylantirib, devorlariga plakatlar va fanatlik buyumlarini yopishtirishadi. O‘z kumirlarini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib borishadi va ularni himoya qilishga doim shay turishadi. Ularning siyosat masalasidagi fikrlarini xuddi Ilohdan yuborilgan tosh lavhalar kabi qabul qilishadi. Xo‘sh, bu yangi payg‘ambarlar nimani va’z qilishyapti? Modernlashgan insonning aqidasi (ishonchlari) nimadan iborat?

© Islom va Nihilizm. Dardim va davom | Inson zoti uchun mustahkam poydevor bobidan | Yusuf Ponders

t.me/kitoblab
👍1
Insonga ozuqa, boshpana va jamoat kabi ko‘plab ehtiyojlar turtki beradi, qolaversa biz maqsad [ma’no, mazmun va harakat yoki harakatsizlikning sababi] orqali ham sezilarli harakatga kelamiz.

©️Islom va nihilizm. Dardim va davom | Nihilizm falsafasi bobidan | Yusuf Ponders

t.me/kitoblab
— Islom xavfli, mendan soʻrang, Yamandanman.
— Islom insoniyatning yagona kelajagi, mendan soʻrang, Angliyadanman

http://youtube.com/post/Ugkx5dMepXzAIs9yt2rtKjH_rXx6No20AyEB?si=YZaH3VqRM6xiqbiL

“Agar yuz o‘girsangizlar, sizlardan boshqa qavmni almashtirib qo‘yadi. Keyin ular sizlarga o‘xshagan bo‘lmaydilar.” (c) Qur’on 47:38

t.me/kitoblab
👍1
#vocab

dovtalab — volontyor uchun fors-tojikcha muqobil

manbalar:
1. ГУЛЧИН. Избранные статьи по таджикской лексикологии:
сборник научных статей / Э.К. Собиров – Москва: Институт языкознания РАН, 2021
2. Buxoro shevasida “davtalab” deb qo’llaniladi. Kam ishlatilyapti lekin, faqat kattalar tomonidan.

t.me/kitoblab
…Bir savol boshqasidan ko‘ra dolzarbroq ekanini qanday aniqlash haqida so‘rashsa, u olib keladigan amalga qarab degan bo’lardim. Men hech ham biror kishi ontologik dalil uchun o‘libdi deyishganini eshitmaganman. Muhim fanniy haqiqatga ega bo‘lgan Galiley bu haqiqat uning hayotiga xavf solishi bilanoq undan osongina voz kechib qo’ya qoldi. Ma’lum ma’noda u to‘g‘ri qildi ham. Bu haqiqat gulxanda yonishga arzimas edi. Yer yoki quyosh bir-birining atrofida aylanishi bu bir ajoyib ahamiyatsiz masala. To‘g‘risi, bu behuda savol. Aksincha, ko‘pchilik hayot yashashga arzimaydi deb o‘ylagani uchun o‘ladi. Qolganlari esa ularga, paradoksal tarzda, yashash uchun sabab beruvchi g‘oya yoki xayollar yo’lida halok bo‘lishadi (yashash uchun sabab deyilmish narsa ayni paytda o‘lish uchun ham ajoyib sababdir). Shunday ekan, hayotning mazmuni masalalarning eng dolzarbidir degan xulosaga kelaman.

Alber Kamyu, Sizif afsonasi (London: Penguin Books, 2005), 1-bet.

© Islom va Nihilizm. Dardim va davom | Inson zoti uchun mustahkam poydevor bobidan | Yusuf Ponders

t.me/kitoblab
Hech bir amal zoye ketmaydi. Bu dunyodagi har bir fidokorlik oxiratga sarmoya hisoblanadi. O‘z vaqtini ota-onasiga, yoshligida parvarish-u ta’minotini qilgan kishilarga sarflab, vaqti bekorga ketayotgandek his qilish iymonli kishi uchun imkonsiz. Mazkur burchingizni zimmaga olish uning farzandlaringizga ham o‘tishiga va keksalikda suyuklilarning g‘amxo‘rligidan bahramand bo‘lish sug‘urtasidir.

Bir-biriga nisbatan ushbu burch va fidoyilik hissi yana bir bor iymon keltiruvchilar uchun ulkan ma’no va maqsad manbayi hisoblanadi.
Bu burch hissi iymonli kishining xayriya ishlariga ham ta’sir o‘tkazmay qolmaydi. O‘rtacha daromadi kam bo‘lishiga qaramay, ma’lumotlar musulmonlarning eng saxiy jamoatlardan biri ekanini ko‘rsatadi:

“Oxirgi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, musulmonlar boshqa diniy guruhlarga qaraganda ko‘proq xayriya qilishadi. Jon boshiga o‘rtacha £371 dan xayriya qilgan musulmonlar diniy guruhlar orasida birinchi o‘rinni egalladi. O‘tgan yilgi xayriyalarda ateistlar o‘rtacha £116 dan xayriya qilishgan deb xabar beradi The Times. ICM so‘rovnomasi aniqlashicha, yahudiy xayriyachilar jon boshiga o‘rtacha £270, rim-katoliklar o‘rtacha £178 dan sal ko‘proq, nasroniylar £178 dan sal kamroq va protestantlar £202 xayriya qilgan.” *1

Musulmonlar nafaqat boshqa diniy guruhlarga qaraganda deyarli ikki baravar ko‘proq xayriya qilmoqda, balki ular ateist jamoalarga qaraganda 300% ustunlik ko‘rsatmoqda! Bu xalqaro diniy xayriyalar bilan cheklanib qolmaydi. Aslida, ma’lumotlarga ko‘ra, musulmonlar odatda o‘z mahalliy jamoatlariga ko‘proq xayriya qilishadi va ham diniy, ham diniy bo‘lmagan maqsadlarda ko‘maklashishga tayyorlar:

“Amerikalik musulmonlar xalqaro maqsadlarga ko‘proq e’tibor berishga moyil degan islomofobik qarashlarning aksiga — xayriyalarining atigi 15 foizidan tashqari qolgan 85 foizi Amerika xayriya tashkilotlariga yo‘naltirilgan. O‘rtacha amerikalik xo‘jalikdan kambag‘alroq bo‘lishlariga qaramay, musulmon amerikaliklar xayriya va dovtalablik [ya’ni volontyotlik] ishlarida o‘rtacha xo‘jalikdan ko‘proq ishtirok etishgan.

Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, nomusulmonlarga qaraganda ham diniy, ham nodiniy maqsadlarga musulmonlar ko‘proq xayriya qilishadi. O‘rtacha hisobda, musulmon amerikaliklar xayriya uchun $3200, umumiy aholi esa $1905 sarflagan.” *2

Xayriyaning bu darajasi jamoatlar ichra rishta paydo qilishda muhim rol o‘ynaydi. Iymonlilar anglashadiki, qo‘shnilari va atrofdagilar oldida ularda Xudo bergan burch mavjud. Bundayin xulqqa mehmon bo‘lganlar esa buni chindan xush ko‘rishadi. Islom hozirgi kunda dunyodagi eng tez o‘sayotgan dinlardan biri ekanining sababi shu ekaniga ishonaman. Nafaqat yuqori tug‘ilish darajasi tufayli (garchi bu ham bir omil bo‘lsa-da), balki dinga o‘tish sababli ham. *3

*1 “Muslims 'Give Most Charity', Ahead Of Christians, Jews And Atheists, Poll Finds”, The Huffington Post UK, 3 October 2013

*2 Muslim Americans: A Growing Force in Philanthropy”, Lilly Family School of Philanthropy, 7 October 2021

*3 “The Changing Global Religious Landscape”, Pew Research Centre, 5 April 2017


© Islom va Nihilizm. Dardim va davom | Burch va Mas’uliyat bobidan | Yusuf Ponders

t.me/kitoblab
x.com/feseredward :

— Men muhofazakorman va eng eski zamon katoliklaridanman. Biroq juda koʻpchilik oʻnglarning Islomga nisbatan bunaqa takabbur munosabati ahmoqona va aksilsamarador. Islom haqida nima desangiz deng, lekin u muhtasham tamaddun qurdi va daho mutafakkirlar yetishtirib chiqardi. Hatto Gʻarbiy gegemoniya davrida ham tuban Gʻarbda yoʻq boʻlmish oʻz-ishonch namoyish qilmoqda. Eng muhimi, u Xudoga ibodat qiladi, ayni paytda modern Gʻarbliklar esa oʻzlari va ishtahalariga. Raqibingni bilishning bir qismi uning quvvatini tan olish va hurmat qilish, faqat zaifligini aniqlash emas.

x.com/deepshort7 :

— “Liberal modernlik bizni nihilizmga shunday choʻktirdiki, na oʻzini qutqarishni xohlaydi va na arziydi.”

Biroq Islom esa aynan aksi.

t.me/kitoblab
👍2❤1
Китобни қидирманг - у сизни ўзи топади.

@Hamid_Sodiq
👍1