Avliyolar kundaligi/🪑/
1 subscriber
605 photos
76 videos
150 files
114 links
Kitob olami , ajib yangi dunyo, unda shunday odamlar yashaydi....
Download Telegram
​​Sen mag‘rur o‘tasan, ko‘z qiring tashlab,
Xuddi so‘nggi bora o‘tayotganday.
G‘ashimni keltirar turmakli sochlar,
Birovning qo‘lini kutayotganday.

Sen xursand o‘tasan, lablaringda baxt
Quyoshning taftida eriyotganday.
Birovga atalgan kulgilaringning
Alamli yolqinin nimasin aytay!?

Sen sokin o‘tasan, tungi bog‘lardan,
Chiroqlar nurini pardadek siltab.
So‘ragim keladi: Sen taraflarda
Devlar bo‘shaldimi, jonim, nima gap?

Sen ma’yus kezasan katta shaharni
Hamda yon-atrofdan topmaysan taskin.
Ikkimiz tinglagan musiqalarning
Yakuni miyamda qura boshlar in.

Sen xomush o‘tasan, bu og‘ir kulfat,
Ko‘zingdan marjondek yoshlar tomadi.
Men bilan hasratlash, jonim, bir fursat,
Ortiq taxminlarga sabrim qolmadi.

Sen mag‘rur o‘tasan, ha, mendan yuqqan
G‘amni ko‘mib ketmoq olis ovulga.
Ammo mendan emas, qushlardan yuqqan
Qafasga moslashmoq, o‘rganmoq qo‘lga.

Sen yolg‘on o‘tasan, men mast o‘taman
Dunyoning safsata bekatlaridan.
Sen bola kutasan, men baxt kutaman
Umrimning sho‘rlagan egatlaridan.

Sen xomush o‘tasan, kuzataman jim,
Sen mulzam o‘tasan, tusha boshlar shom.
Seni sevmoq uchun yaratib, Tangrim,
Nahot bera olmas Layliday maqom.

Sen cho‘mich ko‘tarib o‘tarsan bir kun,
Eshikdan-eshikka, xonadan-xonaga.
Sen bola ko‘tarib o‘tarsan bir kun
Isyondan yo‘g‘rilib munis onaga.

Men g‘arib o‘tarman, men shoh o‘tarman,
Azizam, ko‘changdan goh-goh o‘tarman.
Sen bilan jazolar meni Xudoyim,
Har bir qadamingga guvoh o‘tarman.

Bek Ali
Men nechun sevaman O’zbekistonni,
Tuprog’in ko’zimga aylab to’tiyo.
Nechun vatan, deya yeru osmonin,
Muqaddas atayman, atayman tanho.

Aslida dunyoda tanho nima bor?
Paxta o’smaydimi o’zga elda yo?
Yoki quyoshimi sevgimga sabab?
Axir quyoshli-ku, butun Osiyo.

Men nechun sevaman O’zbekistonni,
Bog’larin jannat, deb ko’z-ko’z etaman.
Nechun ardoqlarkan tuprog’ini men,
O’paman, tuprog’ing bebaho, Vatan!

Aslida tuproqni odil tabiat,
Taqsim aylagan-ku, yer yuziga teng
Nechun bu tuproq, deb yig’ladi Furqat,
O, Qashqar tuprog’i, qashshoqmiding sen?

Men nechun sevaman O’zbekistonni?
Sababini aytgin, desalar menga.
Shoirona, go’zal so’zlardan oldin,
Men ta’zim qilaman ona xalqimga:

Xalqim, tarix hukmi seni agarda,
Mangu muzliklarga eltgan bo’lsaydi,
Qorliklarni makon etgan bo’lsayding,
Mehrim bermasmidim o’sha muzlarga?

Vatanlar, Vatanlar, mayli, gullasin,
Bog’ unsin mangulik muzda ham, ammo,
Yurtim, seni faqat boyliklaring chun
Sevgan farzand bo’lsa, kechirma aslo!
1
Ey qaldirg‘och qoshligim,
Kel, ahdimiz bir bo‘lsin.
Uchta odam bilgan gap
Qanday qilib sir bo‘lsin?

Tilla uzukka tilla
Ko‘z bo‘lmaydi hech qachon. Qiz bolaga qiz bola
Do‘st bo‘lmaydi hech qachon.

Bordir saroy qurganlar,
Bordir davron surganlar.
Bormi bizdek bir tushni Birgalashib ko‘rganlar?

Bitta qizga bir yigit
Tilla uzuk taqibdi.
Bitta dushman yigitga,
Qizga qirqta raqibdir.

Tilla uzukka tilla
Ko‘z bo‘lmaydi hech qachon. Qiz bolaga qiz bola
Do‘st bo‘lmaydi hech qachon.

Xayolingni dugonang
Buzganini bilmaysan.
Yonginangdan menga ko‘z
Suzganini bilmaysan.
Nega yoqmayapti tikanli soʻzlar?
Sizlardek soʻzlasam qilasiz jaxl?
"Oʻzgarib ketibsan juda"- deysizlar,
Meni oʻzgartirgan oʻzingiz axir.

Tishimni tishimga qoʻyib chidadim,
Sizda tugamadi yomonlik, qaxr
Sabrim tugab bitdi, men ham tugadim,
Meni oʻzgartirgan oʻzingiz axir.

Deydilar har neda bordir chegara,
Mening ham toqatim toq boʻldi oxir.
Yangi men yoqmadim nega sizlarga?
Meni oʻzgartirgan oʻzingiz axir.
#qoralama

Bir-biriga muhtojlik sezmaymiz, jonim?
Nechun osmonlarda kezmaymiz, jonim?
Mehrni koʻzlarda deyishardilar,
Koʻz yumib, azobdan bezmaymiz, jonim.

©Jamila

Qani davom ettir😉😊
Avliyolar kundaligi/🪑/ pinned «#izohsiz #topilma QARO QOSHING Qaro qoshing, qalam qoshing, Qiyiq qayrilma qoshing, qiz. Qilur qatlimga qasd qayrab Qilich qotil qaroshing, qiz. Qafasda qalb qushin qiynab, Qanot qoqmoqqa qo'ymaysan. Qarab qo'ygil qiyo, Qalbimni qizdirsin quyoshing…»
Oxirgi soʻzimni
Yorga yozinglar
"Men seni sevaman"
...Dorga osinglar
Forwarded from Shamshod Amirov
БЕКАТДА

Бир бор қараганда тўймайди кўзим,
Тўйиб қарай десам номаҳрам қизсан.
Яхши қиз демоқлик энг яхши сўзим,
Аслида мен билмас энг яхши сўзсан.

Сенга гап отганда тутиб олмайсан,
-"Жинними?" деганинг дилимни доғлар.
Ошиқлар телбароқ бўлар билмайсан,
Сени севишлари мумкинмас соғлар.

Гулбарглари учиб кетган лоладек,
Қалбимдан қалбинга муҳаббат қўнсин.
Капалак тутишдан қўрққан боладек,
Қўлингдан тутмоққа менга йўл бўлсин.

Бекатда мен билан турардинг бахтим,
Рисқ-у насибага тўймай қолди кўз.
Менинг хаёлимни умарган вақтинг,
Сени ҳам ўғирлаб кетди автобус.

@Amir_Shamshod
Princess Diana — 1-iyul
Tom Cruise — 3-iyul
Nikola Tesla — 10-iyul
Malala Yousafzai — 12-iyul
Vin Diesel — 18-iyul
Nelson Mandela — 18-iyul
Benedict Cumberbatch — 19-iyul
Daniel Radcliffe — 23-iyul
Jennifer Lopez — 24-iyul
Arnold Schwarzenegger — 30-iyul
Forwarded from TONY MANTANA
<<S>> sinfdoshimni qo'lini ushlashni yaxshi ko'rardim. Bir kuni u bilib qoldi, men uni ushlaganimda baxtdan sarmast bo'lishimni. Shuning uchun kuniga 1 marta ko'rishsak ham qo'lini qattiq ushlab olardimda qisardim biroz. Keyin u qo'ying tishlayman derdi. Men esa tishla derdim. U qo'limni tishlab kallasi qaltirab qolgudek tishlardi, sal kam qo'limdan qon chiqgudek tishlarini izi qolib ketardi. Men esa ozor undan yetayotgani uchun. Buni ogriq emas ozorli roxat deb hisoblar edim🫠

Hatto sevganing senga ozor bersa ham, bu mukofotdek rag'batlantirar ekan odamni😊

Gap ozorda emas og'riqda emas u kim tomonidan yetayotganida edi. Bu yosh o'smirlarcha bo'lsada, baxt garmoning cho'qisiga eltardi meni😁

Bir kuni tishladida qalay dedi. Qolimda qolib ketgan tishlarini izini o'pib tashladim. Seni tishlaring va labing tekgan deb. Shundan keyin tishlamay ham qo'ygandi😂😂

Meni manyak deb o'ylagan shekilli.....
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TONY MANTANA
U ko'k atirgulni yaxshi ko'rar edi. Lekin hech unga ko'k atirgul sovg'a qilmaganman😁

Lekin doim u haqida o'ylardim. Mexribon edim. Kunda bir bora ko'rsam yoki telda ovozini eshitsam menga kun bo'yi tuganmas bitmas energiya kelardi. Men hech bir ishda charchoq bilmay ishlardim. Ichimda jasurlik, mardlik va mexribonlik qaynab qolar edi. Kimnidir qattiq sevgan inson sababsiz atrofdagilarga mehribon bo'lib boraverar ekan.

Hatto uni bir bora quchmagan va o'pmagan bo'lsam ham. U tushlarimga kirardi. Qayg'urardim, oqshomlari telbalik yo tentaklik qilibmi uyining tomiga yoki darvosiga tosh otib qochardimda, ertasi kuni shu men edim deb maxtanardim. Xullas dunyoda mendan baxtli odam yo'q edi......


Nimalar qilayotganimni anglamasamda kim uchun qiladiganimni bilardim😊
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shamshod Amirov
УНУТМОҚ ЯХШИ

Эсламагин!
Унутсанг яхши,
Пойламагин бошқа йўлимни.
Ташлаб юбор!
Асрама!
Бўлди!
Севги изҳор қилган гулимни.

Жон бўғзимга келар ҳар куни,
Яна ортга қайтиб турибди.
Тунлар ой-ла сирлашганингни,
Кабутарлар айтиб турибди.

Кўрсам дейман,бир бора кўрсам,
Яноқларинг лолаларини.
Шамол менга ўғирлаб келар,
Сочларингнинг толаларини.

Биласанку, дардлар чикора,
Қизиқ эмас менга кўплиги.
Ёнгинанга борган бўлардим,
Бўлмаса,гар Сирот кўприги.

Юрагимда яшайвер абад,
Ўзи муштдек,бироқ бағрикенг.
Сени севмоқ туганмас азоб,
Бирга бўлмоқ ўлим билан тенг.

Эсламайман!
Унутсам яхши,
Унутаман эски йўлимни.
Сенга атаб гул олган эдим,
Кимга берсам экан гулимни?

@Amir_Shamshod
Forwarded from augustźauber (źwıelıçt 👩‍⚕️)
Joningga tegdiya toʻgʻrisini ayt,
Oʻralib qoldikku zulm-u ziyoga
Bariga qoʻl siltab, voz kechib butkul,
Yur, qochib ketamiz boshqa dunyoga!

Na seni na meni bilmasin hech kim,
Faqat ayon boʻlsin yolgʻiz Xudoga.
Bizni topmoqlikni qilib mushkul ish,
Yur, qochib ketamiz boshqa dunyoga!

Unutib yuborsin bizni bilganlar,
Singib ketgan desin bizni fanoga.
Qoldirmay bir belgi, bitta ishora,
Yur, qochib ketamiz boshqa dunyoga!

Osmonni chaqirib guvohlik uchun,
Hukm oʻqisinlar oliy jazoga.
Hech qanday shafqat-u marhamat kutmay,
Yur, qochib ketamiz boshqa dunyoga!

🍀
Forwarded from Shamshod Amirov
*   *   *

Сизни севиб гуноҳкор бўлдим,
Айбдор-ку асли ўзингиз.
Гуноҳига қалам қош бирла
Жавоб берсин оҳу кўзингиз.

Бир табассум қилиб жон олган,
Лабларингиз нега жим ҳозир?
Севган маҳкум,севдирган озод,
Жабрдийда асли ким ҳозир?

Ким ҳаққини ундириб берар?
Юрагимнинг яроларини.
Қайси қози жазога тортар?
Сочларингиз қароларини.

Тонгда сувлар сармаст бўлади,
Юзларингиз оқида оқиб.
Нима керак жайрондек юриш?
Қоласиз-ку янада ёқиб.

Муҳаббатнинг гуллари унди,
Кўнгил номли ажиб чаманда,
Севганлигим айбимдир,балки,
Севмаслик ҳам гуноҳ чамамда.

@Amir_Shamshod
Forwarded from Shamshod Amirov
ҲИЛОЛНИНГ ҚИЗИ

Сен ҳилолнинг қизи, юлдуз синглиси,
Лабингга капалак келар қўнгиси,
Жаннатнинг бўйи-ю, гулларнинг иси,
Айтгинчи, кимга ҳам ёқмайди дейсан?

Юрак сандиғингда йўқми Тоҳирлар,
Бор дема, гул умрим шу он оҳирлар,
Сўзлар ифорига сармаст шоирлар,
Чаккамга райҳонни тақмайди дейсан.

Ё Аллоҳ!
Ё Аллоҳ!
Ҳақни сўзладим,
Муҳаббат суннатдир, ишқни кўзладим,
Ҳарфлар карвонида кезган кўзларим
Тушининг, сиз томон боқмайди дейсан.

Чиройли сўзларим қилмаса таъсир,
Мен қандай кўнгилга бўлибман асир,
Оролга бормаган Аму билан Сир
Шоир қароғидан оқмайди дейсан.

Полапон очади олтин пат қуёш,
Ерни чўқимоққа тўкилади ёш,
"О" симон осмондек эгмай сира бош,
Кўзингиз жонимни ёқмайди дейсан.

Сездим, муҳаббатим кўргансан татиб,
Сўнгида кўнглингни бердинг ушатиб,
Севги қиссамизни қўйсам тугатиб,
Келинг, шу китобни ёпмайлик дейсан.

Келинг, шу китобни ёпмайлик дейсан...

@Amir_Shamshod
Менинг қучоғимда исийди олов,
Тафтимда қуёш хам куйиб қолади.
Дунёнинг энг танноз қизлари дарров,
Бир бор суйдим десам суйиб  қолади.

Булбуллар йиғлайди хонишларимга,
Гуллар лабларимдан ўпич истайди.
Парво ҳам қилмасдан тонишларимга,
Мени севасан деб ҳилол қистайди.

Зухрога гап отсам "Етти қароқчи"
Рашкдан "Оқ айиқ"ни овламоқ бўлар.
Товуслар ортимдан  бўлиб пойлоқчи,
Бир бор боқишимга минг бора ўлар.

Мени суйдурмоқчун қанча малакнинг
Фолбинга қатнаган кавуши йиртиқ.
Кўтариб туришса етти фалакни,
Қулатмай узимга этишар тортиқ.

Бармоғим чўмилган чоғи денгизда
Сувпари сочини тарагани рост.
...Мен севган-у, мени севмаган қизга,
Қанча уринмайин ёқмадим, холос..!


✍️🏻 Amir Shamshod
ЭҲТИМОЛ

Сен айтмаган қўшиқман сўнгсиз,
Сен чалмаган торман,эҳтимол.
Тенгингмасман,эрурсан тенгсиз,
Сенинг сабаб борман,эҳтимол.

Дил даштингда гулни ундириб,
Кипригинга шабнам қўндириб,
Минг ўтиниб қишни кўндириб
Ёзда ёғган қорман,эҳтимол.

Сен тириксан,мен тирик токим,
Икки танда битта ишқ ҳоким,
Муҳаббатга ўқилса ҳукм,
У осилар дорман,эҳтимол.

Фақат,бизни кузатар само,
Ишқ хатодир,севмоқ муаммо.
Сен келсангда бормасман,аммо
Йўлларинга зорман,эҳтимол.

Ҳар сатридан ифор туюлган,
Ўзи эмас сўзи суюлган,
Учмоқликка тақиқ қўйилган,
Осмонингда сорман,эҳтимол.

Мосувоман қанотимдан ҳам,
Кетолмаган ҳаётингдан ҳам,
Яшаётган баётингда ҳам,
Ўшал сирли ёрман,эҳтимол....



✍️🏻 Amir Shamshod
Forwarded from Prizma
Мен: китоб мени билимли, маданиятли, савияли қилади.

Китоб:
....
Bizga bahor begonadur borgan sari,
Ko‘nglimiz ham vayronadur borgan sari.

Shodon, erib yurar edik avvallari,
Endi umr g‘amxonadur borgan sari.

Tolibdimi yashamoqdan jismi jonim,
Tan ichra dard pinhonadur borgan sari.

Shifo so‘rab, borsam manzil-makonlarga,
Topar joyim xilxonadur borgan sari.

Do‘sti-yor ham yiroqlashib sekin-sekin,
Adovatlar xufyonadur borgan sari.

Izlanaman, yig‘lanaman, ruhim qiyar,
Yolg‘iz xudo hamxonadur borgan sari....