Tashna
Bugun ko'rishaylik,
Yomg'irni qara!
Suvga bo'kkan mushukday shahar.
Osmon yaylovlari bulutga qaram,
Ko'ngil – tashrifinga,
Yo'q dema faqat.
Bugun ko'rishaylik, xiyobonni qo'y,
Soyabon ko'tarib yurish ham mahol.
Yo'qsul peshonamda g'aribgina uy,
Unga ikki olam sig'ar bemalol.
Hislar chiqsin, mayli, quyushqonidan,
Xo'mray ta'qiqlarga,
Yelib kel, gulim.
Sen qahva ichasan oyna yonida,
Men unsiz chekaman,
senga termulib.
Bugun ko'rishaylik, ikkilanma hech,
Urunma boshqa kun fursat topishga.
Piyoda yo'lga tush – avtolar sotqin.
Nozik badaningga chippa yopishgan
jiqqa ho'l libosda ko'zimga botgin.
Dovdirab eshikka suyanib qolay,
Yomg'irda ivigan qaro sochlaring
uchidan chakillab tomgancha sharbat
dildirab uyga kir,
Dood, iforingdan,
Shilq etib yiqilay, sarxushu sarmast.
Kel, hozir ko'ksimning ichi to'la ganj,
Yor, uni, yor! Uni,
Yorug' nurdanam.
Kechiksang befoyda, yomg'ir to'xtagach,
Aylanib qolaman sovuq murdaga.
Bugun ko'rishaylik,
Yo'q dema faqat...
@alamiy_uz
Bugun ko'rishaylik,
Yomg'irni qara!
Suvga bo'kkan mushukday shahar.
Osmon yaylovlari bulutga qaram,
Ko'ngil – tashrifinga,
Yo'q dema faqat.
Bugun ko'rishaylik, xiyobonni qo'y,
Soyabon ko'tarib yurish ham mahol.
Yo'qsul peshonamda g'aribgina uy,
Unga ikki olam sig'ar bemalol.
Hislar chiqsin, mayli, quyushqonidan,
Xo'mray ta'qiqlarga,
Yelib kel, gulim.
Sen qahva ichasan oyna yonida,
Men unsiz chekaman,
senga termulib.
Bugun ko'rishaylik, ikkilanma hech,
Urunma boshqa kun fursat topishga.
Piyoda yo'lga tush – avtolar sotqin.
Nozik badaningga chippa yopishgan
jiqqa ho'l libosda ko'zimga botgin.
Dovdirab eshikka suyanib qolay,
Yomg'irda ivigan qaro sochlaring
uchidan chakillab tomgancha sharbat
dildirab uyga kir,
Dood, iforingdan,
Shilq etib yiqilay, sarxushu sarmast.
Kel, hozir ko'ksimning ichi to'la ganj,
Yor, uni, yor! Uni,
Yorug' nurdanam.
Kechiksang befoyda, yomg'ir to'xtagach,
Aylanib qolaman sovuq murdaga.
Bugun ko'rishaylik,
Yo'q dema faqat...
@alamiy_uz
❤3🔥2🤩2
Nazar Eshonqul "Sharpa" (hikoya)
Nazar Eshonqul hikoyalarini tushunish biroz mushkul. Chunki uning hikoyalari bir ma'noli emas, hamma har xil ma'no chiqarishi mumkin. "Sharpa" hikoyasi ham noodatiy hikoya. Unda bir insonni uyda yolğiz bo'lganida bir sharpa taqib etadi. Lekin uyda boshqa inson bo'lsa sharpa ko'rinmaydi. U sharpadan qutulish uchun dastlab devorlarga kichik qushlar chizadi ammo bu qushlaring sharpaga kuchi yetmasligini sezib devorga katta burgut rasmini chizadi. Shu bilan bir ikki kun sharpani ko'rmaydi. Ammo bir kuni tunda sharpa burgutni yakson qiladi. Shunda u odam shiftga osmon va quyosh rasmini chizadi. Ammo bir necha kundan so'ng yana sharpa quyoshni qora bo'yoqqa bo'yab yana paydo bo'ladi. Va inson yana o'sha sharpa bilan qoladi. Hikoya tushunarsizdek lekin unda ramzlar va simvollar bor.
Sharpa-inson nafsi, inson u bilan qancha kurashmasin, nafsdan qutilib bo'lmaydi. Faqatgina Muhammad (s.a.v.) payğambarimizda nafs bo'lmagan.
Kichik qushlar va Burgut - iymon. Inson iymonli bo'lsagina nafsga qarshi turishi mumkin.
Osmon va quyosh- Olloh. Agar Ollohga muhabbat bo'lmasa nafsga yengilinadi.

❤5🔥1👏1🤝1
Ifor
O'ta kuchli ta'sir kuchi. Insonni ko'rmasdan turib hid orqali u haqida xulosa qilishimiz mumkin. Yana ayniqsa ifor bir insonni, joyni, voqeani eslatoladi. Mana masalan, 4 yil avval qishloqqa ketishimdan oldim Nature degan atir sotib olgandim. Navruzga yaqin qishloqqa bordik. Navzo'rdan bir kun avval markazda bo'ladigan bayramga bobom, momom, amakim bilan bordik. Katta bayramda qatnashdik. O'sha paytda yangi olgan atirimni rossa ko'p sepgandim. Yaqindaa esa yangam biz bilan turishni boshladi va yangam ham Nature atirini ishlatar ekan. Bilasizmi nima, yangam har shu atirni sepganda menda o'sha bayram, bobom, momom va Navro'z bayrami ko'z oldimga keladi. Ajiyb)

❤3👍1🔥1🥰1🤝1
"Puankare" Abduqayum Yo'ldosh.
“Hudoyim meni 30 yil orqaga qaytar’’,- deb iltijo qilmaslik uchun inson o’ziga juft tanlayotganda ehtiyotkor bo’lishi kerak. Mana masalan, asar qahramoni olim, matematik bo’ladi, keyin uni ota-onasi bir qizga uylantirib qo’yadi. Uylangandan so’ng esa u na dessertatsiyasini yozishga va na umrbod orzuyi bo’lgan “Puankare’’ tenglamasini yechishga vaqt topa oladi. Faqatgina xotinining istaklarini bajo qilish bilan ovvora bo’ladi. Xotini esa erini landovur deb hisoblaydi. Ammo, agar u uylanayotgan paytda o’qishga qiziqadigan, qiziqishlari bir biriga to’g’ri keladigan ayolga uylanganida hayoti boshqacha kechgan bo’lar edi. Asarni o’qib qahramonga achinib ketadi kishi. Oxiri shu darajaga borib yetadiki, qahramon jinnixonaga yuboriladi. Nima uchunligini hikoyani o’qib bilib olishinggiz mumkin.
P/s. Asar juda ham yaxshi va ta'sirli yozilgan. Men avval Abduqayum Yo'ldosh asarlarini o'qimagandim. Ammo bu asardan so'ng sevimli yozuvchilarimdan biriga aylandi🪴

🔥4❤2👍2
"Evrilish" Frans Kafka
Bu hikodaya bir yigit ertalab uyğonib katta qo'nğizga aylanib qoladi (Axxaxa qo'nğizga 🪲). Uydagilari uni ko'rib qo'rib ketishadi va bir xonaga qamab uni boqa boshlaydilar. Avval pul topib oilani boqqan yigit endi oilasiga yuk bo'la boshlaydi. Oxiri esa oila qo'nğiz ya'ni o'ğillari o'lganidan xursand bo'lishadi.
Bu hikoya orqali Frans Kafka bir achchiq haqiqatni tasvirlagan. Ya'ni, agar oilangga foyda keltirmasang, yordam bermasang, uni o'rniga ularga qiyinchilik tuğdira boshlasang ular sendan qutulmoqchi bo'lishadi va xatto bu hayotda bo'lmaganing yaxshi edi deb o'ylay boshlashadi. Kafkaning tasvirlash usuli juda ham noodatiy.

🔥3❤2👍1😁1
🌵Think zone🌵
"Evrilish" Frans Kafka Bu hikodaya bir yigit ertalab uyğonib katta qo'nğizga aylanib qoladi (Axxaxa qo'nğizga 🪲). Uydagilari uni ko'rib qo'rib ketishadi va bir xonaga qamab uni boqa boshlaydilar. Avval pul topib oilani boqqan yigit endi oilasiga yuk bo'la…
Hikoyani o'qiganimdan keyin negadir pashsha, hashoratlar menga ko'p yopishadigan bo'p qoldi😶🌫
❤6🔥1😁1🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hayotiz rangsiz tuyilsa uni bo'yang)
❤4🔥2🤝2
Bir kishi Majnunga:
-Nomoz o'qiyapman ko'rmayapsanmi nega oldimdan o'tding? - dedi.
Majnun esa:
- Kechirasan men Laylining ishqida seni ko'rmay qolibman, ammo sen qanday qilib Allohning ishqida meni ko'rding... ❤️🩹

❤4🆒2🔥1💔1
O'tgan kuni Chorsuda kitob do'konlarini aylangan edim. Qarasam naq 2 qatorni Nuriddin Ismoilovni kitoblari uchun ajratishgan ekan. Yoshligim esimga tushib ketti chunki 8 chi sinf paytimdaa maktab kutubxonasidan uni bor kitoblarini o'qib chiqqanman😂 "Iblis saltanati" 1-2-3 qismlari, " Burgut tog'da ulgayadi" 2 ta qismlarini o'qib chiqqanman😂 Hamma kitoblari bir birida o'xshash mafiyalar haqida, voqealar rivoji juda tez.Keyin uni asarlarida shunaqangi ko'p tasodiflar ro'y beradiki bunaqa tasodiflar real hayotda yuz berishi o'ta qiyin. Tog'ri u kitob o'qishga muhabbatimni oshirgan lekin hozir uni kitoblarini o'qimagan bo'lardim. Nuriddin Ismoilov qandaydir Yevropaga taqlid qiladimiye, xullas ozroq g'alatiroqda.😑
❤5🔥2😁2🍓1
Agar sen kapalaklar ortidan quvsang ular uzoqqa uchib ketadi,
Ammo sen chiroyli bog' yaratsang kapalaklarning o'zi yoningga uchib keladi🦋

❤3🔥2🆒2❤🔥1
🌵Think zone🌵
Agar sen kapalaklar ortidan quvsang ular uzoqqa uchib ketadi, Ammo sen chiroyli bog' yaratsang kapalaklarning o'zi yoningga uchib keladi🦋
Kelmagan taqdirda ham sen go'zal bog'ga ega bo'lasan)
❤🔥3🔥2🕊2🆒2
#nazm
Mening kimligimni,
Bilmaydi hech kim.
Men bir g'alatiman,
Men alohida.
Ko'zimning yoshini
Keladi ichgim,
Tilimni chaynagim,
Kelar gohida.
-Muhammad Yusuf
Mening kimligimni,
Bilmaydi hech kim.
Men bir g'alatiman,
Men alohida.
Ko'zimning yoshini
Keladi ichgim,
Tilimni chaynagim,
Kelar gohida.
-Muhammad Yusuf
❤3🥰2❤🔥1🔥1👏1🕊1🏆1
The menu movie 7.2
Bu kino instagram recomendatsiyamdan chiqib qoldi. Keyin uni Yandexdan qidirib ingilizcha variantini topib ko'rdim. Kino horor janrda, yomon emas. Ammo oshpaz nima uchun mehmonlarni, ishchilarni va xatto o'zini o'ldirmoqchiligining sababi aniq ochib berilmaydi. Kinoni ozroq bo'lsada mashhurlikka erishishiga sabab menimcha Anya Taylor joyning kinoda rol o'ynagani bo'lsa kerak. Hamda birgina kulminatsiya nuqtasi bor, ya'ni Anya ovqat yoqmaganini oshpazga aytadi va oshpaz unga burger pishirib beradi. Bu burger orqali u o'limdan qutulib qoladi. Ha, ha bu o'sha internetda mashhur bo'lgan sahnasi. Umuman olganda,
Kino zo'rg'a pichoqqa olingan holda ko'rishga arziydi: 10/6.5

❤3🔥2🍓2
Yozishga ilhom keganda o'zbek tili alifbosi o'zgarishiga ham munosabatimni bildira qolay)
😁2🌚2🤯1🕊1👀1
O'zbek tili alifbosidagi to'rt harf o'zgartirilmoqda. Ko'plab odamlar bundan dodlayotgan bo'lsa ham, men buni maqullayman. Nega?
1. O' bilan G' ning shapkasini tog'ri yozish uchun 3 ta klavyatirani bosish kerak va bu shapkasi o'lgur tepaga qarab turish kerak. Ona tilida o'qigan bo'lsam ham ularning shapkasi tepaga bo'larmidi yoki pastgami deb ba'zida o'zim ham chalkashib qolaman. Endi esaa ossonroq yoziladi.
2.Sh va Ch harflariga kelsak, bu ikkala harf ham imloda qiyinchiliklarni, tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi. S va h harflari yonmayon kelsa ular o'rtasiga tutuq belgisi qo'yilishi kerak bo'ladi adashib ketmaslik uchun. Ham boya tepada yozganimday ularni yozish uchun 2 ta klavyaturadi bosish kerak. Lekin ularni aynan turk alifbosidan olib kelib tiqish kerak emas edi. Boshqa birorta belgi qilib qilsa ham bo'lar edi deb o'ylayman.

❤2🤔2🤯1👀1
Bazi odamlar bunga norozi?
O'zi krilldan lotinga o'tganmiz? Yana o'zgarishmi? Savodsiz bo'lamizmi? - degan gaplar.
Xo'p, inson avvalombor moslashuvchidir. Boshida inkor etgani bilan moslashib ketaveradi keyinchalik. Kasalni bilib turib davolatmasang, bu kasal lekin yashayveradi deb yursang ammo senda uni davolatib foydali ish kafitsentini 2 barorbarga oshirish imkoni bo'lsayu buni keyinga suraversang davolatish shunchalik qimmatga tushaveradi. Odamlar ko'nikadi:
Nonni narxi oshganda ko'nnikkan,
Benzinni narxi oshganda ko'nikkan,
Prava narxi oshganda ko'nikkan,
Yoyingki otasi o'lganda ham yashashga ko'nikkan...

👀3🤔2🤯1💯1😴1
Insonga Qur'on, joynamoz, tasbeh sovg'a qilish naqadar go'zal-a🌹
Agar u inson o'sha kitobni o'qisa, joynamozni ustida nomoz o'qisa yoki tasbeh o'girsa, bir savobi sovg'a qilgan odamga ham borib turadi💫

❤3🕊2🔥1🏆1