Nous allons à Paris!✨✨✨✨🔥🔥🔥🔥💥💥💥💥
Parijni stadionlarini eshigini tepib kiraveramiz endi!

Men oddiy odamman!
Oyog‘im yerda,
Changu-g‘uborlarni yutib to‘yganman.
Qadamlar ostida qolmasin deya,
Ko‘nglimni osmonga eltib qo‘yganman!
Men oddiy odamman!
Istagan kishi,
Qadrimni tepkilab o‘tmoqqa qodir.
Yuragim tosh kabi uloqtirsalar,
Hech qanday ko‘rgilik bo‘lmaydi sodir!
Men oddiy odamman!
Tuproqdan chiqqan,
Va yana tuproqqa qaytmog‘im tayin.
Va sizni mahliyo qilgan bu dunyo,
Ishoning, ishonmang, menga bir tiyin!
Men oddiy odamman!
Sizdan farqim shu,
Hammadan, hamisha mehr kutganman.
Ammo kelavergan zulmlaridan,
Ming bitta yerimdan sinib ketganman.
Men oddiy odamman, oddiy yo‘lovchi,
Karvonin ortida itlar galasi.
Faqatki ichimda, qayerimdadir,
Doim eshitilar sherning na’rasi.
Siz ham o‘tayapsiz gusr-gusrlab,
Ko‘nglimning ustidan bosib qadamni.
Qaydan ham ko‘zingiz ilg‘asin, ayting,
Yoningizda yurgan oddiy odamni.
Malika Tavfiq
@kitob_ombori
Oyog‘im yerda,
Changu-g‘uborlarni yutib to‘yganman.
Qadamlar ostida qolmasin deya,
Ko‘nglimni osmonga eltib qo‘yganman!
Men oddiy odamman!
Istagan kishi,
Qadrimni tepkilab o‘tmoqqa qodir.
Yuragim tosh kabi uloqtirsalar,
Hech qanday ko‘rgilik bo‘lmaydi sodir!
Men oddiy odamman!
Tuproqdan chiqqan,
Va yana tuproqqa qaytmog‘im tayin.
Va sizni mahliyo qilgan bu dunyo,
Ishoning, ishonmang, menga bir tiyin!
Men oddiy odamman!
Sizdan farqim shu,
Hammadan, hamisha mehr kutganman.
Ammo kelavergan zulmlaridan,
Ming bitta yerimdan sinib ketganman.
Men oddiy odamman, oddiy yo‘lovchi,
Karvonin ortida itlar galasi.
Faqatki ichimda, qayerimdadir,
Doim eshitilar sherning na’rasi.
Siz ham o‘tayapsiz gusr-gusrlab,
Ko‘nglimning ustidan bosib qadamni.
Qaydan ham ko‘zingiz ilg‘asin, ayting,
Yoningizda yurgan oddiy odamni.
Malika Tavfiq
@kitob_ombori
Forwarded from Катта Оға 🎬
Кино кўриш ва китоб ўқишни яхши кўрадиганлар учун ноодатий рўйхат.
Telegraph
Мавзулари ўхшаш режиссёр ва ёзувчилар
Бугун мен сизлар билан турли даврлар ва санъат соҳаларидаги таниқли ижодкорлар ўртасидаги ажойиб ўхшашликларни баҳам кўрмоқчиман. Хусусан, булар режиссёрлар фильмлари ва ёзувчилар асарлари ўртасидаги ўхшашликлар. Турли муаллифларнинг асарларини кўздан кечирар…
Menimcha bunday kitoblarni o'qishni, anglashni vaqti keldi.
Bo'lib ham shuncha sharoitlar yaratilganda ulardan foydalanmaslik ahmoqlik bo'lsa kerak.
Mumtoz turkiy adabiyotni mazasini bilib qolsangiz boshqa adabiyotlarga qiyo boqmaysiz.
Ushbu asarni "Mutolaa" ilovasi orqali ham elektron tarzda ham professional audio tarzda mutolaa qilishingiz mumkin.
Ilovani yuklab olish uchun havola bu yerda

Kitoblar ombori
Menimcha bunday kitoblarni o'qishni, anglashni vaqti keldi. Bo'lib ham shuncha sharoitlar yaratilganda ulardan foydalanmaslik ahmoqlik bo'lsa kerak. Mumtoz turkiy adabiyotni mazasini bilib qolsangiz boshqa adabiyotlarga qiyo boqmaysiz. Ushbu asarni "Mutolaa"…
"Lison ut tayr" asaridagi eng katta va ahamiyatli hamda katta mavqega ega qismi Shayx San'on haqidagi hikoya sanaladi.
Hikoyatda keltirilishicha, Shayx San’on ismli avliyo Ka’badagi barcha shayxlarga murshid – ustoz darjasida edi. Uning 400 ga yaqin muridi bo‘lib, ularning har biri Junayd va Boyazid larga teng edi. Shayx San’on tushida biror narsani ko‘rsa, bu voqea o‘ngida ham yuz berardi. Bir kuni u tushida Rum mamlakatida butxona ichida mast holda sayr qilib yurganligini ko‘radi. Uyg‘onib, bu holiga tavba qiladi. Lekin bu tush bir necha bor takror bo‘lgach, uning ta’biri taqdiri bilan aloqador ekanligini his qilib, o‘z muridlari bilan Rum sari yo‘lga tushadi. Nihoyat Rum o‘lkasiga yetib kelishadi. U yerda g‘aroyib bir butxonani ko‘radilar. Shayx butxonaga kirgach, holatida o‘zgarish sodir bo‘ladi, ko‘ngli iztirobdan betoqat bo‘la boshlaydi. Shunda beixtiyor uning qarshisida yuziga parda tortgan tarso (xristian diniga mansub) qiz paydo bo‘ladi. Shamol ko‘tarilib, go‘zalning yuzidagi parda ochilgach, Shayx o‘zidan ketib, tuproqqa yiqiladi. Shu tariqa Shayx ishq dardiga mubtalo bo‘ladi.
Shayxning bu musibatli holatini ko‘rib, muridlari nasihatlar bera boshlaydilar. Ular shayxga aql mezoni bilan xitob etadilar, shayx esa ishq yo‘sinida javob qaytaradi. Muridlar unga tahorat olib, ibodat qilmoqni maslahat beradilar. Shayx esa o‘z holatini she’riy misralar orqali izohlaydi.
Butxonadagi kishilar esa din ahlining bu holatini mazax qilib, o‘z dinlarining ustunligini gumrohlarcha ta’kidlay boshlaydilar. Bu hol tong yorishgunga qadar davom etadi. Muridlar nomusga chiday olmay, shayxni yolg‘iz tashlab ketadilar. Shayx butxonadagi bolalarga ham masxara bo‘ladi. Shu tariqa oradan bir oy o‘tadi. Nihoyat, tarso qizi yana butxonada paydo bo‘ladi va islomdek buyuk din peshvosi Shayxning kofirlar butxonasida bu tarzda yashashidan maqsadi ne ekanini so‘raydi. Shayx tarso qiziga o‘z holini bayon qilib, bularning barchasiga sababchi sening orazing, deb javob beradi. Tarso qizi shayx ishqining dalili sifatida unga to‘rt shartni bajarishi va ikki jurmona (jarima) to‘lashi kerakligini aytadi. Aytilgan to‘rt shart quyidagilar edi:
1) may ichmoq;
2) zunnor bog‘lamoq;
3) Qur’onni o‘tda kuydirmoq;
4) butparastlar diniga kirmoq....
Jurmona sifatida esa bir yil davomida cho‘chqaboqarlik qilish va otashgohda o‘t yoqishni buyuradi. Shayx bu shartlar va jurmonalarni ortig‘i bilan ado etadi. Shu tariqa oradan bir yil o‘tadi.
Shayxning Ka’bada bir foniy muridi bo‘lib, Shayx Rumga otlanganida u boshqa bir mamlakatda safarda edi. Safardan qaytgach, Shayxni topolmay, bo‘lib o‘tgan voqealar haqida surishtiradi. Muridlar unga ahvolni bayon qiladilar.
Shogird bu yerda o‘tirish bilan ish bitmaydi, deb barcha muridlarni Rum sari yo‘lga boshlaydi. Yetib borib, ko‘radilarki, Shayxda na islom, na iymon maslagidan asar qolmagan edi. Sodiq shogird bu holni ko‘rib, oh uradi va kecha-kunduz Yaratganga munojot qilib, Shayxning haqiga duo o‘qiydi va, nihoyat, Alloh uning duosini qabul etadi. Shayxga g‘oyibdan ogohlik yetib, ko‘zlaridan xijolat yoshlarini to‘kib, sadoqatda bemisl bo‘lgan shogirdiga uzrxohlik qiladi. Shayx yana egniga poklik xirqasini kiyib, o‘z muridlari bilan Ka’ba sari yo‘l oladi.
Rumda qolgan tarso qizi tush ko‘radi. Tushida Iso (a.s.)dan: “Shayx San’ondek buyuk murshid sening huzuringga mehmon bo‘lib kelsayu, sen mezbonlik odatini bilmasdan uning boshiga ne kunlarni solding?! Endi vaqtni g‘animat bilib, uning ortidan bor, diniga musharraf bo‘l”, – degan xabar keladi. Tarso qizi oh urgancha, ko‘zlaridan nadomat yoshlarini to‘kib, Ka’ba tomon yo‘lga tushadi. Yo‘lda unga xastalik va ojizlik yuzlanib, tuproq ustida hushidan ketadi. Shayxga bu hol ayon bo‘lib, muridlari bilan ortga qaytadi va tarso qizining so‘nggi lahzalarda iymon sohibasi bo‘lib jon berishiga shohid bo‘ladi.

Yana bir ma'lumot. Agar e'tibor berilsa yozuvchilarning buyuk va eng zalvorli asarlari umrining so'nggi yillarida yozilgan, ko'pincha esa eng so'nggi tugallagani bo'ladi.
Bulgakovning Usta va Margaritasi, Dostoyevskiyning Aka uka Karamazovlari, Tolstoyning Iqrornomasi va Alisher Navoiyning Lison ut Tayr asarlari shular jumlasidandir.

Forwarded from Xushnudbek.uz
Prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetovning ma’lum qilishicha, tijorat banklari Toshkent shahridagi 100 ta mahallada kutubxona tashkil etayotgan ekan. Kutubxonalar 1-maydan boshlab ketma-ket ishga tushiriladi.
Aytilishicha, kutubxonalarning aksariyati mahalla binolarida joylashmoqda. Loyihada mahallasi bor-yo‘qligiga qiziqqanlar uchun, tumanlar kesimida ro‘yxat ham keltirilgan.
👉 @xushnudbek 👈

Matn kuchli
Blogimda faqat matn chiqadi.
Dumoloq video, ovozli xabar, rasm, hatto stiker ham qo’ymayman.
Bugun sababini aytish vaqti keldi.
Tylerning tilshunos bilan intervyusi 80 daqiqa. Intervyu matnini esa 30 daqiqada o’qib bo’ldim.
Matn barakali.
Medianing o’z tezligi bor. Uni o’sha tezlikda ko’rishingiz, eshitishingiz kerak. Matn o’quvchining tezligida yuradi. Demak tasavvur to’liq ishlaydi. Tasavvur - eng kuchli media.
Matn ta’sirli.
Jiddiy ish qilayotganlar band bo’lishadi. Bandlar videolar ko’rishga vaqti kam bo’ladi. Ular matnni tanlashadi.
Matn tanishish qiyin bo’lganlar bilan tanishtiradi.
Audioga ovoz yetarli. Videoga yaxshi sur’at yetarli. Matn esa fikrsiz bo’la olmaydi. Shu sababli suniy intellekt video, rasm, ovoz yasayotgani bitta pallada, matn yozayotgani boshqa pallada turibdi.
Matn kuchli.
Aziz Rahimov

Bugun ishdan keyin uyga qaytayotganimda ajoyib voqeani guvohi bo‘ldim. Hullas biz yashaydigan ko‘p qavatli binoni kiraverishiga yetganimda, qaysidir qo‘shnimiz bolasiga tanbeh berayotganini eshitdim. Birovni gapini zimdan kuzatish yaxshi emas, lekin, qiziqdim. Qani Yaponlar qanaqa qilib farzandlarini tarbiyalaydi. U qo‘shnimiz zinani tepasida, man pastda. Bir- birimizga ko‘rinmaymiz. Lekin ovozlar eshitiladi:
- “Akichan,(«chan» ismlarga erkalash ma’nosini beradigan qo‘shimcha) man ishdan charchab kelganimga qaramasdan, hozirgi kunlarda juda band bo‘lishimga qaramasdan atay sayr qilishga olib chiqdim. San bo‘lsa yo‘lda moshina yo‘liga chiqib ketay deding. Yaxshiyamki ushlab qoldim. Agar ushlab qolmaganimda moshina urib ketganda nima bo‘lardi? Joning azob chekardi,yoki sandan ayrilib qolsam man keyin qanday yashardim?
Boshqa unaqa qilma ho‘pmi? Juda ham ehtiyotkor bo‘lishing kerak,moshina yo‘llariga chiqqaningda. Sani juda ham qattiq yaxshi ko‘raman. Iltimos, manga va’da ber! Boshqa takrorlamayman deb? Va’da berasan-a?
Yaxshi, endi uyga kiramiz. Mandan xafa bo‘lma,sani urushmadim”.
Bu gaplarni eshitdimu,ichimda o‘zimga o‘zim takrorladim. Mana Yaponcha tarbiya, mana Yaponcha intizom, mana bolani qanday tarbiyalash kerak. Ana shuning uchun ham bulardan nobelchilar chiqqan, ana shuning uchun ham bular tartib-intizomda dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Ana shuning uchun ham bular rivojlanib ketgan.
Shu kabi hayollar miyamda aylanib zinadan ko‘tarildim. Ko‘tarildimu ne ko‘z bilan ko‘rayki boyagi Yapon qo‘shnimiz kuchugiga gapirib yotgan ekan. Heh, sani tarbiyalashinga havasim ketmay man o‘lay)))
Bahodir Iskandarov

Uzr aytishga "usta" bo‘lgan odam kamdan-kam hollarda boshqa ishni ustasi bo'ladi.
Benjamin Franklin
@kitob_ombori
Benjamin Franklin
@kitob_ombori
Vaqtdan unumli foydalanish
(postni o‘qish davomiyligi 2.5 daqiqa)
Hozirda ko‘pchiligimiz kunning bebarakaligidan shikoyat qilamiz. Ishlarimiz va yumushlarimizni bajarishga ulgura olmaymiz. Keling, shu muammoni hal qilishda ba’zi bir omillarga nazar solaylik:
1. Avvalambor, o‘zingiz shug‘ullanayotgan ishdan huzurlaning. Biror bir ishni ko‘tarinki kayfiyatda bajarsangiz, uni e’tibor va mehr bilan amalga oshirsangiz, o‘sha ish ko‘p muddatga cho‘zilmaydi. Unumli va foydali bo‘ladi. Aksincha, amalga oshirilishi kerak bo‘lgan yumushni erinib, tushkun kayfiyatda bajaradigan bo‘lsangiz, vaqtingiz zoye ketadi, kutilgan natija yuzaga chiqmaydi.
2. Yaxshi niyat qiling va ijobiy fikr yuriting. Yaxshi niyat va ijobiylik omad kalitidir.
3. O‘zingizning muvaffaqiyatsizliklaringizga nadomat qilish bilan vaqtni o‘tkazmang. O‘tgan ishga salavot degandek, o‘tmishni tashlang, kelajakka boqing.
4. Vaqtni tejash va undan unumli foydalanish yo‘llarini o‘ylab toping.
5. O‘tmishingizga nazar soling, qaysi odatlaringiz vaqtni zoye ketishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha odatlaringizni tark eting.
6. Cho‘ntagingizda doimo daftarcha va ruchka bo‘lsin. Fikr va mulohazalarni yozib yuring.
7. Ertangi kun rejasini bugun kechda tuzing yoki bugungi kun rejasini ertalabdan tuzing. Rejadagi ishlarning birlamchi va muhimlarini bajarishdan boshlang.
8. Boshlagan ishingizga diqqatli bo‘ling, e’tiborli bo‘ling. Uni yakunlamay turib, boshqa ishga kirishmang. Yo‘qsa, hammasi aralashib, boshlagan va eng muhim ishingiz amalga oshmay qolishi mumkin.
9. Natija bermaydigan har qanday faoliyatdan to‘xtang.
10. O‘zingizni va atrofingizdagi narsalarni tartibli bo‘lishini ta’minlang. Uyingiz, xonangiz, mashinangiz, ishxonangiz doimo tartibli bo‘lsin. Mana shu tartibning vaqt o‘tishiga kuchli ta’siri bor, lekin biz buni bilmaymiz.
11. «Nima qilsam, vaqtimni tejayman?» degan savol doimo zehningizda tursin.
12. Yoningizda doim kitob yoki kerakli ma’lumotlarni olib yuring. Yo‘l vositalarida ketayotganingizda, navbat kutib turganingizda yoki shunga o‘xshash fursatlar bo‘lib qolganida, o‘qib foydalanasiz.
13. Maqsad, g‘oya va rejalaringiz aniq bo‘lsin. Ularni yozib oling, yodlab oling. Zehningiz va fikringizda bo‘lsin. Hattoki hayotingizning bir bo‘lagiga aylanib qolsin.
14. Agar maqsad qilgan rejangiz amalga oshmay qolsa yoki siz kutgan natija yuzaga chiqmasa, tushkunlik va umidsizlikka tushmang. Undan amalga oshgan bo‘lagini o‘ylang va o‘sha uchun xursand bo‘lavering. Har qanday holatda ham siz yutqazmaysiz. Hech bo‘lmasa, qandaydir tajribaga ega bo‘lgan bo‘lasiz.
15. Tuzgan jadvalingiz sizni bog‘lab qo‘yadigan narsa bo‘lmasin. Balki sizga xizmat qiladigan narsa bo‘lsin.
16. Eng asosiysi @kitob_ombori kanalini har bir postini diqqat bilan, oxirigacha o‘qing va undagi maslahatlarga amal qiling

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bizni yoshlikdan ishchi bo‘lishga tarbiyalashadi. Davlat ishi yaxshi, kasal bo‘lsang ham, oylik beradi, qariganda pensiyasi bor va hakazo cho‘pchaklar miyamizga singdiriladi.
Uzoq yillik qullik tuzumi ota-onalarimizning o‘y-xayollarini shunday izolyasiya qilib tashladi.
Biroq, siz bunaqa bo‘lmang! Farzandlaringizni imkon qadar mustaqil biznes qilishga o‘rgating!
Arzimagan pensiya uchun butun umr ishlab, yuksak orzulardan voz kechish telbalikdan boshqa narsa emas...

📚 Yozuvchi Joanna Ketling Roulingning eng sevimli 5 ta kitobi
Zamonamizning eng ko'p sotilgan kitoblar muallifi nafaqat ajoyib yozuvchi, balki jiddiy kitobxon ham sanaladi!
Harri Potterning "onasi" ning sevimli asarlari orasida quyidagilar mavjud:
• "Emma", Jeyn Osten
• "Kichkina xonimlar", Luiza Mey Alkott
• "Eshikdan kirgan ayol", Rodi Doyl
• “Makbet”, Uilyam Shekspir
• “Kumush oy nuridagi kichkina oq ot”, Elizabet Gud
Sevimli kitoblar ro’yxatiga qarab J.K.Roulingni klassik ingliz adabiyoti ishqibozi ekanligini sezdingizmi?