Kitoblar ombori
14.3K subscribers
4.16K photos
848 videos
1.84K files
2.29K links
O'zbek adabiyoti va kitob sferasida yuz berayotgan eng so'nggi voqealar, yangi kitoblar haqida qaynoq yangiliklar, kitoblar uchun chegirmalar, taqrizlar, maqolalar hammasi shu yerda.

Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot

Donat https://tirikchilik.uz/kitobombori
Download Telegram
Ayni paytdagi sizning vibe'ngiz:

1. Telefoningizning fonidagi rasm;

2. So'nggi tinglagan audio/musiqa;

3. Pinterest'dagi birinchi rasm;

4. Galereyangizdagi so'nggi rasm

larni jo'nating!

Yuqoridagi rasmlar meniki🤠🤓
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Eltib berish xizmati bir qarashda oddiy, osondek tuyilishi mumkin. Lekin bu sohada ishlab ko'rgan odam sifatida ayta olamanki, aslida juda mas'uliyatli va havfli kasblardan biri sanaladi.

Kinoda Nyu-Yokr ko'chalari bo'ylab velokuryerlik qiluvchi yigit orqali bu kasb haqida ozgina bo'lsada ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin. Shu bilan birga yengil adrenalinni ham boshdan kechirasiz🥸

Yoqimli tomosha kinomenlar

P.S: OB va YB bo'yichaga kelsak, o'qish kerak edi studentlar! 😬

Bu kino orqali vaqtida o'qib-o'rganmasang shunaqa ishlarga kuning qoladi demoqchiman ham

@kitob_ombori
Kanalimizni qizlari uchun g'oyibona bo'lsada shularni hadiya qilmoqchiman.

Haqiqiysini ham sovg'a qiladiganlariga yetkazsin))

@kitob_ombori
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hozir menga kulib qaraysan,
Beg‘amgina bosh irg‘aysan jim.
Va yo‘lingga ketaverasan,
Xuddi senga yo‘qdek keragim.

Malol o‘ynar, yo‘q, savol o‘ynar
Dugonangni ko‘zlarida: kim?
Bir silkinib qo‘yadi kifting,
Xuddi senga yo‘qdek keragim.

Qaramayman ortingdan men ham,
Tezroq bundan ketmoq tilagim.
Va sho‘ng‘iyman trolleybusga,
Xuddi menga yo‘qdek keraging...

Seni gohi yig‘laging kelar,
Meni esa gohida ichgim.
Shunday, shunday katta shaharda
Bizga yordam berolmas hech kim.

© Muhammad Yusuf

@kitob_ombori
Orange Blossom - Ya Sidi...
Orange Blossom
Yaxshi qo'shiqlarni seriallardagi soundtracklardan topaman. Balki seriallardagi voqelik bilan musiqa hamohangligi bunga sabab bo'lar, qaydam.

Bu qo'shiqni Chuqur serialida eshitgan edim. Hozir qaytadan topib oldim.
Bu kitobim o'qiyapmanu, voqeliklar kinodek miyamda gavdalanyapti. Gaplar, harakatlar hatto personajlarni hissiy kechinmalarini ham his qilib o'qiyapman.
Tarjimaga ham qoyil qilish kerak. O'rta asr zodagonlariga hos oqsuyakchaga iboralarni topib ishlatganki, ba'zi o'zbekchasi so'zlarni ma'nosini izohli lug'atdan qidiryapman😅

Umrni bekorchi kitoblarga sarflamasdan mana bunaqa kitoblarga ham vaqt ajratib turinglar.

Bizni kitob bilan siylagan @zabarjadmedia'dan seriyaning qolgan qushlarni ham kutib qolamiz

@kitob_ombori
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Boya kitobni divanda o'qib turib yengilgina mizg'ib qolibman va vaqt ichida tush ko'rishga ham ulgirdim (meni miyam hech o'zini ham meni ham zeriktirmaydida😅)
Tushda ham mutolaani davom ettiribman. Voqeliklar jaa essimda yo'g'u lekin taxminan videodagidaqa bo'lganiga ishonchim komil🙄

Endi esa boylarni hayoti haqida biror maqola o'qib uxlamoqchiman. Zora bu safargi tushimda ularni hayotida ham yashasam😂
Hayrli tong/kun/tushlik

Oxirgi marta o'qigan kitoblaringiz ichida qaysi kitobni o'qib, uni mazmuniga tushunishga qiynaldingiz?

Ko'chacha aytganda “Miyangizni qisib qo'ygan” kitob qaysi?
Yaqingacha o‘ylanib siqilib yuragidan narsam “Nima uchun nima muammo bo‘lsa meni boshimga kelib uriladi?” deb o‘ylanib yurardim.

Boya tushunib yetdim. Uzoq vaqt hal bo‘lmagan muammolar (ehtimol odamlar)yechimni menda ko‘rib, oxirgi najot sifatida menga yo‘liqar ekan.

Menda tabiatan dangasalik sal kuchliroq. Biror ishni maksimal tezroq bajarib berib, tezroq qutiligim keladi. Ammo mas’uliyatni doimo his qilaman.

Ehhe, bu bosh ne savdolarni ko‘rdi/ko‘ryapti va bundan battarlarini ham ko‘radi.

O‘zimda *mazoxizm belgilarini ko‘ra boshlayapman

* mazoxizm bu o‘zini qiynab rohatlanadigan kishi

Siz muammolaringizni qanday hal qilasiz? Ko‘pincha o‘zingiz bajarasizmi yoki boshqalardan yordan so‘raysizmi?
​​ҚАРИМАСЛИК ҲАҚИДА ЯПОН ШИФОКОРИДАН МАСЛАҲАТ...

• Ассалому алайкум хурматли ўқирманлар. Телефонни қаршисига яхшилаб жойлашиб олинг) Бугун сизларга бир ажойиб воқеани ҳикоя қиламан.

• Шу десангиз, ҳар доимгидек офиcда ишлаб ўтирибмиз. Соат 17:00 ларда тўсатдан офисга «Каичо» (Компания асосчиси) аёли билан кириб келди. Каичони ёши 87 да, аёли эса 85 ёшда. "Ҳа, севишганлар кеч бўлганда романтика қилгани кетаябсизларми?" деб ҳазиллашсам, "Йўқ, сузишга кетаябмиз" дейди)

•Шу каичони аёли шифокорликдан нафақага чиққан. "Сизлардек соғлом бўлиш учун ва узоқ умр кўришим учун нима қилишим керак?" деб сўрадим. "Биринчи навбатда одам қариликни эрта кундан бўйнига олмаслиги керак, қаридим, касалман деб бўйнига олса, мия танага буйруқ бериб, ростдан ҳам касалликлар ва қарилик тез келади" деди.

• Тоза ҳаво, овқатланиш, спорт ва яна кўп омиллар ҳам узоқ умр кўришга сабаб бўларкуя, аммо, шу "Мия" га қариликни сингдириб қўймаслик ҳам муҳим эканда деб ўйлаб қолдим. Ҳар сафар 80-90 ёшли Японлар ишда ёшлардек ишлаётганларини, велосипедларда ёнимдан мендан тез ўтиб кетганини кўрсам, ўзимни бувим, бобомлар кўз ўнгимда гавдаланади.

• Ростдан бизда қариликни тез бўйинга оволишар экан. Шахсан ўзимни бувим, умрлари узоқ бўлсин. Ақлимни таниганимдан бери "Ман энди қариб, қолдим", "Шовқин қилманглар давлениям ошиб кетади", "Мен қариман. Менга фалон мумкинмас" дейдиган буви.

• "Мен энди қарияман. Қанча йил умрим қолди?" деб бувим гапирсалар. "Кўнглингизни тўқ қилинг. Сиз мен ақлимни таниганимдан бери шундай дейсиз. 40 га қараб кетаябман ҳалиям соғломсиз. Ҳеч қариямассиз. Японлар 80 ёшдан кейин яна битта ҳаётини бошлаб, ўйнаб-кулиб яшаб юришибди. Сиз ҳам кўп умр кўрасиз Худо хоҳласа" деб ҳазиллашаман.

• Сиз ҳам атрофингизни кузатиб кўрингда. Аёлингиз, онангиз, акангиз, укангиз, бобо-бувиларингиз 40 ёшлардан ўтиб қолишса, "Мен энди қариб қолдим", "Биз кўрадиганимизни кўриб бўлдик","Қанча умрим қолди« деб ўтириб турганда ҳам "Оҳҳҳҳҳ" деб хўрсиниб овоз чиқариб ўтириб-турадиган бўлиб олишади. Шундай пайтда уларга: "Булли, қилингеee, сиз ҳали ёшсиз" деб қўйинг)

• Хулоса ўрнида, қариликни эрта кундан бўйнингизга олманг. Мана, амалдорларимиз худди Японлардек қарилигини тан олмай курсиларида ўтиришибдику😂

Постимизни шум боладаги қўйини олдириб қўйган қоравойни дўстини гапи билан якунлаймиз : "Қоравой сан чувриндига фарқи йўқ. Ман Интернетда санғий-санғий Баҳодирни постига лайк босмай ўтиб кетишдан ор қиламан"😂