Kitoblar ombori
14.3K subscribers
4.25K photos
865 videos
1.84K files
2.31K links
Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot
Download Telegram
👉🏻 O'z hayotini saqlab qolish taklifini uch marotaba rad etgan
polshalik o‘qituvchi va yozuvchi Yanush Korchak


Birinchi marotaba Yanush Korchak nemislar Polshani bosib olishdan oldin, o'zi ishlaydigan "Mehribonlik uyi" ni tark etib, u yerdagi yetim bolalarni taqdir hukmiga tashlab, boshqa davlatga qochish taklifini rad etadi.

Ikkinchi marta u Varshavadagi gettodan o'z vatandoshlari qolib yolg'iz qochish taklifidan bosh tortadi.

Uchinchi marta, "Mehribonlik uyi" ning barcha bolalarini fashistlar konslagerga oborish uchun poyezda solayotganda yuz beradi.

Fashistlardan biri yozuvchiga yaqinlashib, undan so'raydi:
- "Qirol Mateush" asarini siz yozganmisiz? Men bu kitobni bolaligimda o'qiganman. Yaxshi kitob. Sizni ozod qilishim mumkin.
- Bolalarnichi?
- Bolalarni esa olib ketamiz. Ammo siz vagonni hoziroq tark etsangiz bo'ladi.
- Siz xato qilyapsiz. Ilojim yo'q. Hamma odamlar ham yomon emas.

Bir necha kundan keyin Treblinka konslagerida yozuvchi va yetimxona bolalarini gaz kamerasida zaharlab o'ldirishadi.

O'lim oldidan Korchak ikkita kichik bolani qo'lidan ushlagancha, bolalarga ertak aytib bergan.

@kitob_ombori
San'at va adabiyot ixlosmandlariga

Men Farruxbek Abdullayev Deya kompaniyasining dizayneriman, bo'sh vaqtimda san'atni o'rganish bilan shug'ullanaman. Agar siz ham san'atshunoslikka qiziqsangiz, o'zingizni ijodkor deb bilsangiz ushbu kanal siz uchun

San'at va adabiyot haiqda qiziqarli ma'lumotlar va chuqur tahlillar bilan tanishishingiz mumkin. Shuningdek, turli davrlar va yo'nalishlardagi asarlar haqida batafsil ma'lumotlar taqdim etiladi.

Agar siz ham men kabi bu go'zal dunyobu o'rganishga qiziqsangiz, unda kanalimizga obuna bo'lishni unutmang! Har kuni sizni yangi kashfiyotlar va ilhomlantiruvchi hikoyalar kutmoqda.

Hoziroq kanalimga obuna bo'ling
va siz uchun olamni qaytadan kashf qilaman


⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️

https://t.me/+VzndZvTSWd-te0CE
#asardan_parcha

Hammasi esimda. Odamlar ketishdi, ammo mushuk va itlarini tashlab ketishdi. Birinchi kunlari qishloqni aylanib hamma mushuklarga sut quyib berdim, kuchuklarga bir parchadan non ulashdim. Ularning har biri o‘zi yashagan uyning oldida turar va uy egalarining qaytishini kutardi. Odamlarni uzoq kutishdi. Mushuklar ochlik zo‘ridan bodring yedi... Pomidor yedi...
Kuzgacha qo‘shnimizning eshigi oldidagi maysalarni o‘rdim. To‘sig‘i qulab tushdi. uni tiklab qo‘ydim. Odamlarni kutdim... Qo‘shni kampirning kuchukchasi bor edi, laqabi - Qo‘ng‘izcha "Qo‘ng‘izcha, -yolvorardim unga, -agar birinchi bo‘lib odamlarni ko‘rib qolsang, meni chaqir."

Svetlana Aleksiyevich "Chernobl tavallosi"

@kitob_ombori
📚 Yozuvchi Ernest Xemingueyning eng sevimli 5 ta kitobi

1935-yilda Ernest Xeminguey birinchi marta o'zining sevimli asarlari qaysi ekanligini ommaga oshkor qilgan.

Bu asarlar qatoriga quyidagilar kiradi:

• “Anna Karenina”, Lev Tolstoy

• Wuthering Heights, Emili Bronte

• “Aka-uka Karamazovlar”, Fyodor Dostoevskiy

• “Urush va tinchlik”, Lev Tolstoy

• “Ovchining kundaligi”, Ivan Turgenev

@kitob_ombori
Pikkardiyska Tertsiya / ...
Trebonis
Dunyo xalqlarining folkyor qo'shiqlariga juda qiziqaman. Qo'shiqlar universal tushiniladigan tildir. Ular orqali millatlarni ichki olamiga, ruhiy dunyosiga nazar solsangiz bo'ladi. Bu men uchun juda qiziq va yoqimli mashg'ulot.

Пливе кача qo'shig'i ukrain milliy qo'shiqlaridan biri sanaladi. Qo'shiqning aniq kelib chiqqaniga oid ma'lumotlatlar yo'q. Bu marsiya qo'shig'i sanaladi va asosan 2-jahon urushida halok bo'lgan ukrain askarlariga atab aytila boshlagan.

Men bu qo'shiqni birinchi marotaba o'tgan yili ukranalik jangda halok bo'lgan askarni dafn ma'rosimi videosi ko'rganda eshitgan edim. Dafnga kelgan odamlar xo'r bo'lib kuylashgan edi. Undagi ohang, ritm, kayfiyat orqali garchi ukrainchani bilmasangiz ham qo'shiq sizni mahzun etadi va hamdardlik tuyg'usini uyg'otadi.

@kitob_ombori
👉🏻 Tolstoyning “daxshatli” husnixati

Suratda mashhur yozuvchi Lev Tolstoyning qo‘lyozmalaridan ayrimlarini ko'rishingiz mumkin.

Tolstoyning qo'lyozmasi juda tushunarsiz edi, ba'zida uning o'zi ham o'zi yozgan so'zlarni tushuna olmasdi.

Uning rafiqasi Sofya Andreevna uy ishlaridan so'ng, lupani olgancha, yozuvchining asarlarini oq qog'ozga qaytadan ko'chirib chiqar edi.

Tolstoy katta asarlar yozishidan kelib chiqilsa bu ish naqadar mayda va uzoq vaqt oladigan ish ekanligini tasavvur qilish mumkin!

Masalan, “Urush va tinchlik” romani olti yil davomida yaratilgan bo‘lib, sakkiz marta to‘liq, yigirma martadan ortiq alohida epizodlari qaytadan yozilgan.

@kitob_ombori
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sabr qil!
Yer yuzidagi suvlar bug‘ga aylanib,
samoda yig‘ilgani va ma’lum bir muddat
o‘tgach yangi va jilovli shaklda
takror yerga tushgani kabi,
sening ham duolaring ayni
shaklda samoda yig‘iladi.
Va bir kun xuddi yomg‘ir tomchilari kabi duolaring boshing uzra yog‘ganini ko‘rasan.

Nabi Yildiz

@kitob_ombori
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Baxtning kaliti hayotda o‘zingdan muhimroq narsani topib, umringni unga bag‘ishlashda".

@kitob_ombori
Ayni paytdagi sizning vibe'ngiz:

1. Telefoningizning fonidagi rasm;

2. So'nggi tinglagan audio/musiqa;

3. Pinterest'dagi birinchi rasm;

4. Galereyangizdagi so'nggi rasm

larni jo'nating!

Yuqoridagi rasmlar meniki🤠🤓
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Eltib berish xizmati bir qarashda oddiy, osondek tuyilishi mumkin. Lekin bu sohada ishlab ko'rgan odam sifatida ayta olamanki, aslida juda mas'uliyatli va havfli kasblardan biri sanaladi.

Kinoda Nyu-Yokr ko'chalari bo'ylab velokuryerlik qiluvchi yigit orqali bu kasb haqida ozgina bo'lsada ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin. Shu bilan birga yengil adrenalinni ham boshdan kechirasiz🥸

Yoqimli tomosha kinomenlar

P.S: OB va YB bo'yichaga kelsak, o'qish kerak edi studentlar! 😬

Bu kino orqali vaqtida o'qib-o'rganmasang shunaqa ishlarga kuning qoladi demoqchiman ham

@kitob_ombori
Kanalimizni qizlari uchun g'oyibona bo'lsada shularni hadiya qilmoqchiman.

Haqiqiysini ham sovg'a qiladiganlariga yetkazsin))

@kitob_ombori