Kitoblar ombori
@remarkdan_qaydlar @kafkadan_qaydlar @dostoyevskiydan_qaydlar @tolstoydan_qaydlar @kamyudan_qaydlar @nitsshedan_qaydlar @aziznesindan_qaydlar @oguzataydan_qaydlar @murakamidan_qaydlar Qo‘llab yuborasizlar✊
Dislike qo'yayotganlar haligacha bu yozuvchilarni asarlarini o'qimaganliklaridan hijolat bo'lib, shu belgini qo'yishayotgan ekan😅
Mayli bolalar, sizlarga можно
Mayli bolalar, sizlarga можно
Bloglar ko'p, har qanday mavzudagi sahifalarni topishingiz mumkin. Ammo hammasini darajasi, sifati va blogga yondashishi turfa hil. Hozirgi vaqt platinadan ham qimmat davrda, vaqt resursimizni super maksimal darajada foydali narsalarga sarflashimiz lozim.
https://t.me/ilkhom_samad ukamiz o'z oldiga hamma uchun manfaat beradigan maqsadlarni qo'yib, blog yuritayotganlardan.
Qo'llab-quvvatlab yuboramiz✊

Hayotimga yangi kirib kelgan va uni go'zal bo'lishiga hissa qo'shgan barcha odamlardan minnatdorman. Va hayotimdan chiqib ketib uni yanada yorqinroq bo'lishiga sababchi bo'lganlar oldida esa ta'zim qilib rahmat aytaman.
Rey Bredberi
@kitob_ombori
Rey Bredberi
@kitob_ombori
Kitoblar ombori
Nuqta qo'yma... – Sog'inch ifori (Xayrulla Hamidov) || Соғинч ифори (Хайрулла Ҳамидов)
Uzilib zil bo'ldi ko'nglimning choki,
Hozir alam bilan bitayapman bayt.
Mensiz ahvolingga yig'laymi, yoki
Sensiz ahvolimga kuyayinmi ayt?
Mashriqlardan kutib olgali bongni
Dunyo saf tortadi xushro'y shaharda.
Men hali o'nglolmay bu telba oyni,
Quyosh charaqlaydi tong-la saharda.
Xo'sh, men nima qilay bundayin tongni!?
Sensiz kirib kelar tundayin tongni!?
Sening noming bilan oqajak bu qon,
Ollashib bormoqda o'ylagan sarim.
Ko'zlarim qa'rida egizak vulqon
Izhor qila boshlar bor qayg'ularim:
Sensiz on — asrlar o'tganga o'xshar,
Yer meni o'ziga yutganga o'xshar.
Sen tomon o'tmoqqa imkonim bor-u,
O'rtada ajdaho yotganga o'xshar.
Nima bo'ldi menga? — Xayol jontalash,
Majnun belbog'ining yirtig'i menda?!
Farhod ko'tarolmay qolgan qo'sh bardosh
Menga, faqat menga! Ortig'i menga!
Juldur kiyimlarga sanchiq tikanak,
Mening nomim endi: Mangu telbavor!
Pokiza dunyoga qarayman g'amnok:
Bunda ul sho'rlikning nima aybi bor!?
Oh, Sensiz yashashlik azobi g'alat,
Bo'rtib chiqqanmi-yey yelkamda tog'lar.
So'ngsiz nigohingni men tomon qarat,
Cho'llagan yuzimda uyg'onsin bog'lar.
Ayt, meni qutqarsin ilohiy amr,
Sokin tunlariga qaytar yurakni.
Vujudim binosi so'raydi ta'mir.
Kechiktirma, yo Rabb, o'zing darakni.
Buni araz degil va yoki gina,
Mayli, bo'lari shu — holim parishon.
Sening ovozingni eshitibgina
Yana bu dunyoga qaytaman, ishon!
So'rovim, tilovim, shugina borim:
Dunyo-yu duningga qaytib qo'y meni...
Hech qursa... hech qursa, yo Rabb,
Ko'rib turganingni aytib qo'y meni...
Xayrulla Hamidov
@kitob_ombori
Hozir alam bilan bitayapman bayt.
Mensiz ahvolingga yig'laymi, yoki
Sensiz ahvolimga kuyayinmi ayt?
Mashriqlardan kutib olgali bongni
Dunyo saf tortadi xushro'y shaharda.
Men hali o'nglolmay bu telba oyni,
Quyosh charaqlaydi tong-la saharda.
Xo'sh, men nima qilay bundayin tongni!?
Sensiz kirib kelar tundayin tongni!?
Sening noming bilan oqajak bu qon,
Ollashib bormoqda o'ylagan sarim.
Ko'zlarim qa'rida egizak vulqon
Izhor qila boshlar bor qayg'ularim:
Sensiz on — asrlar o'tganga o'xshar,
Yer meni o'ziga yutganga o'xshar.
Sen tomon o'tmoqqa imkonim bor-u,
O'rtada ajdaho yotganga o'xshar.
Nima bo'ldi menga? — Xayol jontalash,
Majnun belbog'ining yirtig'i menda?!
Farhod ko'tarolmay qolgan qo'sh bardosh
Menga, faqat menga! Ortig'i menga!
Juldur kiyimlarga sanchiq tikanak,
Mening nomim endi: Mangu telbavor!
Pokiza dunyoga qarayman g'amnok:
Bunda ul sho'rlikning nima aybi bor!?
Oh, Sensiz yashashlik azobi g'alat,
Bo'rtib chiqqanmi-yey yelkamda tog'lar.
So'ngsiz nigohingni men tomon qarat,
Cho'llagan yuzimda uyg'onsin bog'lar.
Ayt, meni qutqarsin ilohiy amr,
Sokin tunlariga qaytar yurakni.
Vujudim binosi so'raydi ta'mir.
Kechiktirma, yo Rabb, o'zing darakni.
Buni araz degil va yoki gina,
Mayli, bo'lari shu — holim parishon.
Sening ovozingni eshitibgina
Yana bu dunyoga qaytaman, ishon!
So'rovim, tilovim, shugina borim:
Dunyo-yu duningga qaytib qo'y meni...
Hech qursa... hech qursa, yo Rabb,
Ko'rib turganingni aytib qo'y meni...
Xayrulla Hamidov
@kitob_ombori
So'rashlik Bir mavzu bor. Asosan talabalarga. Siz o'qiyotgan OTM dargohidagi atmosfera qanday? U yerda o'zingizni haqiqiy talabadek his qilasizmi? Umuman OTM siz uchun qanday joy?
🚹🚺 Seksizm nima?
Uyimizda elektrchoynakdan bo‘shagan quti bo‘lardi. Lekin qutining ustiga elektrchoynakning emas, sochlarini yoygan, pardoz qilgan blondinkaning surati tushirilgandi. Bola aqlim bilan blondinkaning elektrchoynakka nima daxli bor, deb o‘ylardim.
Umuman, turli mahsulot va xizmatlarni reklama qilishda ayol-qizlar obrazidan foydalanilishiga minglab misollar keltirish mumkin. Ayniqsa, avtomashina, motosikl, kompyuter o‘yinlari kabilarda. E’tiborli jihati, bu ayol diqqatni o‘ta darajada tortadigan shaklda (bo‘yangan, ochiq kiyimda, ba’zida hatto yotoqda) bo‘lishi zaruriy talabga aylantirilgan. Bu seksizm.
Seksizm – shaxsni jins jihatidan kelib chiqqan holda kamsitish/diskriminasiya qilish. Uning mavqeini jinsidan kelib chiqqan holda belgilash. Seksizm nozik jins vakillariga yo‘naltirilgan. Misol: o‘tgan davrlarda ayollarning siyosiy huquqlardan mahrumligiga sabab sifatida ularning aynan ayol ekanligi, ayol jinsi esa siyosiy mushohada potensialiga egamasligi bilan izohlangan.
Yuqorida sanab o‘tilgan reklama holatlarida ayol shaxs sifatida emas, potensial mijoz diqqatini jalb qiluvchi, reklama joizabadorligini oshiruvchi vosita sifatida qo‘llanilgan. U yerda ayolning kimligi, aqliy, ruhiy, iqtisodiy ko‘rsatkichlari, umuman shaxsiyati muhim emas, chiroyli tanasi bo‘lsa bas.
Feministlar (ayollar huquqlarini yoqlab chiquvchilar) aks seksizm tushunchasini o‘rtaga tashlashadi. Ya’ni bunda jins nuqtai nazardan kamsitish erkaklarga nisbatan qo‘llaniladi. Bunda ayollarning huquqlarini, turli imkoniyatlarini oshirish orqali erkaklarning imkoniyatlarni qisqartirish, ularni erkak bo‘lgani uchun diskriminasiya qilish nazarda tutiladi. Lekin aks seksizmning yuzaga kelishi ilmiy jihatdan tasdiqlanmagan.

Go‘daklikdan ma’lum har odam,
Bola boshdan degan gap to‘g‘ri.
Mabodo men shoir bo‘lmasam,
Bo‘lar edim bezori, o‘g‘ri.
Jikkakkina shum bola edim,
Tengdoshlarim ichra "qahramon".
Qaytar edim ko‘chadan doim
Burnim pachoq, usti boshim qon.
Qo‘rqib ketgan onam qoshida
Derdim tutib o‘zimni mahkam:
"Hechqisi yo‘q. Qoqildim toshga.
Ertagacha qolmas o‘rni ham".
Yillar o‘tdi, ketdi bolalik,
Nihoya yo‘q armonlarimga.
Yoshlikdagi sho‘xlik, olovlik
Ko‘chdi she’ru dostonlarimga.
Bolaligim ketdi borini
Satrlarda qoldirib butun.
She’rlarimda shum, bezorining
Xislatlari aks etar bu kun.
Mag‘rurligim hamon qolmagan,
Hamon baland o‘tli ko‘kragim.
Bolalikda burnim qonagan,
Bugun esa qondir yuragim.
Mendan kulgan to‘da qoshida
Deyman tutib o‘zimni mahkam:
"Hechqisi yo‘q! Qoqildim toshga,
Ertagacha qolmas o‘rni ham".
Meni so‘kmang! Bo‘lar ish bo‘ldi,
So‘z sotuvchi savdogarmasman.
Oltin boshim quyi egildi,
Bu dunyodan sovidim, bas, man.
Shaharda ham qolmog‘im mahol,
Na qishloqqa mayl sezarman,
Bir yo‘l qoldi; o‘stirib soqol
Rossiyani daydib kezarman.
Xayr, deyman doston, she’rlarga,
Yo‘lga to‘rva olurman, xolos.
Ko‘chadagi bir darbadarga
Shamollar ham qo‘shiq aytar soz.
Piyoz, turup hidin taratib,
Bilganimni qilib yurarman.
Burnim oqsa yengimga artib,
Peshonamda borin ko‘rarman.
Qor quyunin tinglarman behis,
Baxt kerakmas bundan ziyoda.
Bunday ajib turfa ishlarsiz,
Yashamasman yorug‘ dunyoda.
Sergey Yesenin
@kitob_ombori
Bola boshdan degan gap to‘g‘ri.
Mabodo men shoir bo‘lmasam,
Bo‘lar edim bezori, o‘g‘ri.
Jikkakkina shum bola edim,
Tengdoshlarim ichra "qahramon".
Qaytar edim ko‘chadan doim
Burnim pachoq, usti boshim qon.
Qo‘rqib ketgan onam qoshida
Derdim tutib o‘zimni mahkam:
"Hechqisi yo‘q. Qoqildim toshga.
Ertagacha qolmas o‘rni ham".
Yillar o‘tdi, ketdi bolalik,
Nihoya yo‘q armonlarimga.
Yoshlikdagi sho‘xlik, olovlik
Ko‘chdi she’ru dostonlarimga.
Bolaligim ketdi borini
Satrlarda qoldirib butun.
She’rlarimda shum, bezorining
Xislatlari aks etar bu kun.
Mag‘rurligim hamon qolmagan,
Hamon baland o‘tli ko‘kragim.
Bolalikda burnim qonagan,
Bugun esa qondir yuragim.
Mendan kulgan to‘da qoshida
Deyman tutib o‘zimni mahkam:
"Hechqisi yo‘q! Qoqildim toshga,
Ertagacha qolmas o‘rni ham".
Meni so‘kmang! Bo‘lar ish bo‘ldi,
So‘z sotuvchi savdogarmasman.
Oltin boshim quyi egildi,
Bu dunyodan sovidim, bas, man.
Shaharda ham qolmog‘im mahol,
Na qishloqqa mayl sezarman,
Bir yo‘l qoldi; o‘stirib soqol
Rossiyani daydib kezarman.
Xayr, deyman doston, she’rlarga,
Yo‘lga to‘rva olurman, xolos.
Ko‘chadagi bir darbadarga
Shamollar ham qo‘shiq aytar soz.
Piyoz, turup hidin taratib,
Bilganimni qilib yurarman.
Burnim oqsa yengimga artib,
Peshonamda borin ko‘rarman.
Qor quyunin tinglarman behis,
Baxt kerakmas bundan ziyoda.
Bunday ajib turfa ishlarsiz,
Yashamasman yorug‘ dunyoda.
Sergey Yesenin
@kitob_ombori
Dunyodagi eng nodir 3 ta kitob
📖 Ptolemey - “Geografiya” miloddan avvalgi 150-yil
Bizgacha saqlanib qolgan qoʻlyozmalar XIII asrda yashagan Vizantiya olimi Maksim Planudga tegishli. Kitob u tomonidan qisman qayta tuzatilgan. Undagi bo'iimlar saralangan, nomlangan va xaritalar qayta yaratilgan. Xristofer Kolumbning ish stolida doimo Ptolemeyning kitobidagi xaritalari turar edi.
Kitobning bir qancha nusxalari bo'lib ular oʻz nomlariga ega: “Urbinas” Vatikan kutubxonasida, “Fabritian” Kopengagendagi Qirollik kutubxonasida, “Seragliens” esa Istanbuldagi Topkapi saroyida saqlanadi.
📖 Artur Rimbaud - "Do'zaxdagi fasl" 1873-yil
Hammasi bo'lib 500 ga yaqin nusxada chop etilgan. Yaqin yillargacha ularning barchasi yo'q qilingan deb hisoblangan, ammo keyinchalik tirajning bir qismi topilgan.
Devid Morrell "Birinchi qon" romanidagi Jon Rembo obrazini yaratishda Artur Rimbaudning kitobidan ilhomlangan.
📖 Leonardo da Vinchi - "Lester kodeksi" 1504-yil
Kodeksni Bill Geyts 30,8 million dollarga sotib olgan. Kodeks 2017-yilgacha, Iso Masihning Oxirgi zamon avliyolari cherkovi Mormon kitobining ikkinchi qoʻlyozmasini 35 million dollarga sotib olgangacha dunyodagi eng qimmat kitob boʻlgan.
Siz yana qanday noyob va nodir kitoblarni eshitgansiz?

👉🏻 O'z hayotini saqlab qolish taklifini uch marotaba rad etgan
polshalik o‘qituvchi va yozuvchi Yanush Korchak
Birinchi marotaba Yanush Korchak nemislar Polshani bosib olishdan oldin, o'zi ishlaydigan "Mehribonlik uyi" ni tark etib, u yerdagi yetim bolalarni taqdir hukmiga tashlab, boshqa davlatga qochish taklifini rad etadi.
Ikkinchi marta u Varshavadagi gettodan o'z vatandoshlari qolib yolg'iz qochish taklifidan bosh tortadi.
Uchinchi marta, "Mehribonlik uyi" ning barcha bolalarini fashistlar konslagerga oborish uchun poyezda solayotganda yuz beradi.
Fashistlardan biri yozuvchiga yaqinlashib, undan so'raydi:
- "Qirol Mateush" asarini siz yozganmisiz? Men bu kitobni bolaligimda o'qiganman. Yaxshi kitob. Sizni ozod qilishim mumkin.
- Bolalarnichi?
- Bolalarni esa olib ketamiz. Ammo siz vagonni hoziroq tark etsangiz bo'ladi.
- Siz xato qilyapsiz. Ilojim yo'q. Hamma odamlar ham yomon emas.
Bir necha kundan keyin Treblinka konslagerida yozuvchi va yetimxona bolalarini gaz kamerasida zaharlab o'ldirishadi.
O'lim oldidan Korchak ikkita kichik bolani qo'lidan ushlagancha, bolalarga ertak aytib bergan.

✨ San'at va adabiyot ixlosmandlariga
Men Farruxbek Abdullayev Deya kompaniyasining dizayneriman, bo'sh vaqtimda san'atni o'rganish bilan shug'ullanaman. Agar siz ham san'atshunoslikka qiziqsangiz, o'zingizni ijodkor deb bilsangiz ushbu kanal siz uchun
San'at va adabiyot haiqda qiziqarli ma'lumotlar va chuqur tahlillar bilan tanishishingiz mumkin. Shuningdek, turli davrlar va yo'nalishlardagi asarlar haqida batafsil ma'lumotlar taqdim etiladi.
Agar siz ham men kabi bu go'zal dunyobu o'rganishga qiziqsangiz, unda kanalimizga obuna bo'lishni unutmang! Har kuni sizni yangi kashfiyotlar va ilhomlantiruvchi hikoyalar kutmoqda.
Hoziroq kanalimga obuna bo'ling
va siz uchun olamni qaytadan kashf qilaman
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
https://t.me/+VzndZvTSWd-te0CE

#asardan_parcha
Hammasi esimda. Odamlar ketishdi, ammo mushuk va itlarini tashlab ketishdi. Birinchi kunlari qishloqni aylanib hamma mushuklarga sut quyib berdim, kuchuklarga bir parchadan non ulashdim. Ularning har biri o‘zi yashagan uyning oldida turar va uy egalarining qaytishini kutardi. Odamlarni uzoq kutishdi. Mushuklar ochlik zo‘ridan bodring yedi... Pomidor yedi...
Kuzgacha qo‘shnimizning eshigi oldidagi maysalarni o‘rdim. To‘sig‘i qulab tushdi. uni tiklab qo‘ydim. Odamlarni kutdim... Qo‘shni kampirning kuchukchasi bor edi, laqabi - Qo‘ng‘izcha "Qo‘ng‘izcha, -yolvorardim unga, -agar birinchi bo‘lib odamlarni ko‘rib qolsang, meni chaqir."
Svetlana Aleksiyevich "Chernobl tavallosi"

📚 Yozuvchi Ernest Xemingueyning eng sevimli 5 ta kitobi
1935-yilda Ernest Xeminguey birinchi marta o'zining sevimli asarlari qaysi ekanligini ommaga oshkor qilgan.
Bu asarlar qatoriga quyidagilar kiradi:
• “Anna Karenina”, Lev Tolstoy
• Wuthering Heights, Emili Bronte
• “Aka-uka Karamazovlar”, Fyodor Dostoevskiy
• “Urush va tinchlik”, Lev Tolstoy
• “Ovchining kundaligi”, Ivan Turgenev

Pikkardiyska Tertsiya / ...
Trebonis
Dunyo xalqlarining folkyor qo'shiqlariga juda qiziqaman. Qo'shiqlar universal tushiniladigan tildir. Ular orqali millatlarni ichki olamiga, ruhiy dunyosiga nazar solsangiz bo'ladi. Bu men uchun juda qiziq va yoqimli mashg'ulot.
Пливе кача qo'shig'i ukrain milliy qo'shiqlaridan biri sanaladi. Qo'shiqning aniq kelib chiqqaniga oid ma'lumotlatlar yo'q. Bu marsiya qo'shig'i sanaladi va asosan 2-jahon urushida halok bo'lgan ukrain askarlariga atab aytila boshlagan.
Men bu qo'shiqni birinchi marotaba o'tgan yili ukranalik jangda halok bo'lgan askarni dafn ma'rosimi videosi ko'rganda eshitgan edim. Dafnga kelgan odamlar xo'r bo'lib kuylashgan edi. Undagi ohang, ritm, kayfiyat orqali garchi ukrainchani bilmasangiz ham qo'shiq sizni mahzun etadi va hamdardlik tuyg'usini uyg'otadi.

👉🏻 Tolstoyning “daxshatli” husnixati
Suratda mashhur yozuvchi Lev Tolstoyning qo‘lyozmalaridan ayrimlarini ko'rishingiz mumkin.
Tolstoyning qo'lyozmasi juda tushunarsiz edi, ba'zida uning o'zi ham o'zi yozgan so'zlarni tushuna olmasdi.
Uning rafiqasi Sofya Andreevna uy ishlaridan so'ng, lupani olgancha, yozuvchining asarlarini oq qog'ozga qaytadan ko'chirib chiqar edi.
Tolstoy katta asarlar yozishidan kelib chiqilsa bu ish naqadar mayda va uzoq vaqt oladigan ish ekanligini tasavvur qilish mumkin!
Masalan, “Urush va tinchlik” romani olti yil davomida yaratilgan bo‘lib, sakkiz marta to‘liq, yigirma martadan ortiq alohida epizodlari qaytadan yozilgan.