Kitoblar ombori
14.3K subscribers
4.25K photos
865 videos
1.84K files
2.31K links
Abdulloh ibn Muborak dedi:

- Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol...

Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot
Download Telegram
Shu kitob mosmikan a?
"Tinch Don" romani dunyoga kelgan Veshenskaya qishlog’i

Rossiyadagi eng uzun daryolardan biri Donning chap qirg'og'ida joylashgan Rostov viloyatidagi Veshenskaya qishlog'i Mixail Sholoxovning "Tinch Don" romani tufayli mashhur bo'ldi.

Yozuvchi ushbu romani sababli Nobel mukofoti bilan taqdirlandi va jahon miqyosida shuhrat qozondi.

Veshenskaya qishlog'ida Sholoxov dunyoga mashhur yozuvchi bo'lgunga qadar yashab, ishlagan uy saqlanib qolgan.

1984-yilda yozuvchi vafotidan so‘ng yozuvchi yashagan uy o‘rnida M. Sholoxov nomidagi muzey-qo‘riqxonasi hududi tashkil etildi.

Ushbu qo’riqxona 70 ming original eksponat va 40 ming gektar yerni o’z ichiga oladi.

Qariyb bir asr davomida bu joylar yozuvchi sharafiga Sholoxov deb atalgan.

#manzillar

@kitob_ombori
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hollandiyaning ko’plab shaharlarida offline club’lar bor.
Bunday clublarda tashrifchilar kitob o’qishlari, do’stlari yoki umuman notanish bo’lgan boshqa odamlar bilan suhbatlashishlari, o’yin o’ynashlari va hatto musiqa chalishlari ham mumkin.
Bu club’larda eng asosiy qoida telefon ishlatish mumkin emasligi.
Odamlar ijtimoiy tarmoqlarsiz, jonli insonlar bilan samimiy va eng muhimi hotirjam muloqot qilishlari mumkin.

“Bunday joylarga kirishingiz bilan o’zingizni utopik boshqa olamga tushib qolgandek his etasiz”,- deydi tashrifchilardan biri.

Haqiqatda havas qilgulik joy ekan a?

@kitob_ombori
Ko‘proq narsani bilsang, yashash qiyinlashadi. Bilganingni bilmagan inson bilan esa yashash undan ham qiyin. Ahir, u inson o‘z bilimi va tajribasidan kelib chiqib fikr yuritadi.

Ammo seni bilganlaring azoblayveradi. Biroq, sendanda ko‘proq biladigan inson bilan yashash yanada qiyinroq. Bunday inson oldida sen o‘zingni hech narsani bilmaydigan, kam ma’lumotga ega va hattoki tushunmaydigandek hisoblaysan.

Keyin esa yanada ko‘proq o‘qiy boshlaysan, yanada qattiqroq azoblanasan. Orada muvozanatni saqlash esa – anchayin mushkul ish. Ancha ter to‘kishga to‘g‘ri keladi...

Bu uning men yomg‘ir ovozidan ilhomlana olgan, qahvaning hushbo‘y hididan bahramand bo‘la olgan, qarshimda esa u kompyuterida ishlab o‘tirgan kuz faslining ajoyib kunlaridan birida aytgan so‘zlari edi.

Eliza K "Qahva"

@kitob_ombori
Bo‘yingiz va pulingiz yetmagan kitoblarni olib beradigan biri bo‘lsin hayotingizda.

@kitob_ombori
Kitoblar ombori
@remarkdan_qaydlar @kafkadan_qaydlar @dostoyevskiydan_qaydlar @tolstoydan_qaydlar @kamyudan_qaydlar @nitsshedan_qaydlar @aziznesindan_qaydlar @oguzataydan_qaydlar @murakamidan_qaydlar Qo‘llab yuborasizlar
Dislike qo'yayotganlar haligacha bu yozuvchilarni asarlarini o'qimaganliklaridan hijolat bo'lib, shu belgini qo'yishayotgan ekan😅

Mayli bolalar, sizlarga можно
#hayotiy

Kitob do‘koniga kirishdan avval va keyingi holat taxminan shunaqa bo‘ladi😅

@kitob_ombori
Bloglar ko'p, har qanday mavzudagi sahifalarni topishingiz mumkin. Ammo hammasini darajasi, sifati va blogga yondashishi turfa hil. Hozirgi vaqt platinadan ham qimmat davrda, vaqt resursimizni super maksimal darajada foydali narsalarga sarflashimiz lozim.

https://t.me/ilkhom_samad ukamiz o'z oldiga hamma uchun manfaat beradigan maqsadlarni qo'yib, blog yuritayotganlardan.

Qo'llab-quvvatlab yuboramiz
Hayotimga yangi kirib kelgan va uni go'zal bo'lishiga hissa qo'shgan barcha odamlardan minnatdorman. Va hayotimdan chiqib ketib uni yanada yorqinroq bo'lishiga sababchi bo'lganlar oldida esa ta'zim qilib rahmat aytaman.

Rey Bredberi

@kitob_ombori
Kitoblar ombori
Nuqta qo'yma... – Sog'inch ifori (Xayrulla Hamidov) || Соғинч ифори (Хайрулла Ҳамидов)
Uzilib zil bo'ldi ko'nglimning choki,
Hozir alam bilan bitayapman bayt.
Mensiz ahvolingga yig'laymi, yoki
Sensiz ahvolimga kuyayinmi ayt?

Mashriqlardan kutib olgali bongni
Dunyo saf tortadi xushro'y shaharda.
Men hali o'nglolmay bu telba oyni,
Quyosh charaqlaydi tong-la saharda.

Xo'sh, men nima qilay bundayin tongni!?
Sensiz kirib kelar tundayin tongni!?
Sening noming bilan oqajak bu qon,
Ollashib bormoqda o'ylagan sarim.

Ko'zlarim qa'rida egizak vulqon
Izhor qila boshlar bor qayg'ularim:

Sensiz on — asrlar o'tganga o'xshar,
Yer meni o'ziga yutganga o'xshar.
Sen tomon o'tmoqqa imkonim bor-u,
O'rtada ajdaho yotganga o'xshar.

Nima bo'ldi menga? — Xayol jontalash,
Majnun belbog'ining yirtig'i menda?!
Farhod ko'tarolmay qolgan qo'sh bardosh
Menga, faqat menga! Ortig'i menga!

Juldur kiyimlarga sanchiq tikanak,
Mening nomim endi: Mangu telbavor!
Pokiza dunyoga qarayman g'amnok:
Bunda ul sho'rlikning nima aybi bor!?

Oh, Sensiz yashashlik azobi g'alat,
Bo'rtib chiqqanmi-yey yelkamda tog'lar.
So'ngsiz nigohingni men tomon qarat,
Cho'llagan yuzimda uyg'onsin bog'lar.

Ayt, meni qutqarsin ilohiy amr,
Sokin tunlariga qaytar yurakni.
Vujudim binosi so'raydi ta'mir.
Kechiktirma, yo Rabb, o'zing darakni.

Buni araz degil va yoki gina,
Mayli, bo'lari shu — holim parishon.
Sening ovozingni eshitibgina
Yana bu dunyoga qaytaman, ishon!

So'rovim, tilovim, shugina borim:
Dunyo-yu duningga qaytib qo'y meni...
Hech qursa... hech qursa, yo Rabb,
Ko'rib turganingni aytib qo'y meni...

Xayrulla Hamidov

@kitob_ombori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
So'rashlik Bir mavzu bor. Asosan talabalarga. Siz o'qiyotgan OTM dargohidagi atmosfera qanday? U yerda o'zingizni haqiqiy talabadek his qilasizmi? Umuman OTM siz uchun qanday joy?