Kitoblar ombori
14.3K subscribers
4.25K photos
865 videos
1.84K files
2.31K links
Abdulloh ibn Muborak dedi:

- Hikmat, pand-nasihatni devorda topsang ham, o‘qi, ibrat ol...

Aloqa uchun: @tezkorxatlarbot
Download Telegram
Matn kuchli

Blogimda faqat matn chiqadi.

Dumoloq video, ovozli xabar, rasm, hatto stiker ham qo’ymayman.

Bugun sababini aytish vaqti keldi.

Tylerning tilshunos bilan intervyusi 80 daqiqa. Intervyu matnini esa 30 daqiqada o’qib bo’ldim.

Matn barakali.

Medianing o’z tezligi bor. Uni o’sha tezlikda ko’rishingiz, eshitishingiz kerak. Matn o’quvchining tezligida yuradi. Demak tasavvur to’liq ishlaydi. Tasavvur - eng kuchli media.

Matn ta’sirli.

Jiddiy ish qilayotganlar band bo’lishadi. Bandlar videolar ko’rishga vaqti kam bo’ladi. Ular matnni tanlashadi.

Matn tanishish qiyin bo’lganlar bilan tanishtiradi.

Audioga ovoz yetarli. Videoga yaxshi sur’at yetarli. Matn esa fikrsiz bo’la olmaydi. Shu sababli suniy intellekt video, rasm, ovoz yasayotgani bitta pallada, matn yozayotgani boshqa pallada turibdi.

Matn kuchli.

Aziz Rahimov

@kitob_ombori
Meni kechiringlar kitoblarim😓
Bu xiyonatimni qayta va qayta qilayapman
​​Bugun ishdan keyin uyga qaytayotganimda ajoyib voqeani guvohi bo‘ldim. Hullas biz yashaydigan ko‘p qavatli binoni kiraverishiga yetganimda, qaysidir qo‘shnimiz bolasiga tanbeh berayotganini eshitdim. Birovni gapini zimdan kuzatish yaxshi emas, lekin, qiziqdim. Qani Yaponlar qanaqa qilib farzandlarini tarbiyalaydi. U qo‘shnimiz zinani tepasida, man pastda. Bir- birimizga ko‘rinmaymiz. Lekin ovozlar eshitiladi:

- “Akichan,(«chan» ismlarga erkalash ma’nosini beradigan qo‘shimcha) man ishdan charchab kelganimga qaramasdan, hozirgi kunlarda juda band bo‘lishimga qaramasdan atay sayr qilishga olib chiqdim. San bo‘lsa yo‘lda moshina yo‘liga chiqib ketay deding. Yaxshiyamki ushlab qoldim. Agar ushlab qolmaganimda moshina urib ketganda nima bo‘lardi? Joning azob chekardi,yoki sandan ayrilib qolsam man keyin qanday yashardim?
Boshqa unaqa qilma ho‘pmi? Juda ham ehtiyotkor bo‘lishing kerak,moshina yo‘llariga chiqqaningda. Sani juda ham qattiq yaxshi ko‘raman. Iltimos, manga va’da ber! Boshqa takrorlamayman deb? Va’da berasan-a?
Yaxshi, endi uyga kiramiz. Mandan xafa bo‘lma,sani urushmadim”.

Bu gaplarni eshitdimu,ichimda o‘zimga o‘zim takrorladim. Mana Yaponcha tarbiya, mana Yaponcha intizom, mana bolani qanday tarbiyalash kerak. Ana shuning uchun ham bulardan nobelchilar chiqqan, ana shuning uchun ham bular tartib-intizomda dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Ana shuning uchun ham bular rivojlanib ketgan.

Shu kabi hayollar miyamda aylanib zinadan ko‘tarildim. Ko‘tarildimu ne ko‘z bilan ko‘rayki boyagi Yapon qo‘shnimiz kuchugiga gapirib yotgan ekan. Heh, sani tarbiyalashinga havasim ketmay man o‘lay)))

Bahodir Iskandarov

@kitob_ombori
Uzr aytishga "usta" bo‘lgan odam kamdan-kam hollarda boshqa ishni ustasi bo'ladi.

Benjamin Franklin

@kitob_ombori
Vaqtdan unumli foydalanish

(postni o‘qish davomiyligi 2.5 daqiqa)

Hozirda ko‘pchiligimiz kunning bebarakaligidan shikoyat qilamiz. Ishlarimiz va yumushlarimizni bajarishga ulgura olmaymiz. Keling, shu muammoni hal qilishda ba’zi bir omillarga nazar solaylik:

1. Avvalambor, o‘zingiz shug‘ullanayotgan ishdan huzurlaning. Biror bir ishni ko‘tarinki kayfiyatda bajarsangiz, uni e’tibor va mehr bilan amalga oshirsangiz, o‘sha ish ko‘p muddatga cho‘zilmaydi. Unumli va foydali bo‘ladi. Aksincha, amalga oshirilishi kerak bo‘lgan yumushni erinib, tushkun kayfiyatda bajaradigan bo‘lsangiz, vaqtingiz zoye ketadi, kutilgan natija yuzaga chiqmaydi.

2. Yaxshi niyat qiling va ijobiy fikr yuriting. Yaxshi niyat va ijobiylik omad kalitidir.

3. O‘zingizning muvaffaqiyatsizliklaringizga nadomat qilish bilan vaqtni o‘tkazmang. O‘tgan ishga salavot degandek, o‘tmishni tashlang, kelajakka boqing.

4. Vaqtni tejash va undan unumli foydalanish yo‘llarini o‘ylab toping.

5. O‘tmishingizga nazar soling, qaysi odatlaringiz vaqtni zoye ketishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha odatlaringizni tark eting.

6. Cho‘ntagingizda doimo daftarcha va ruchka bo‘lsin. Fikr va mulohazalarni yozib yuring.

7. Ertangi kun rejasini bugun kechda tuzing yoki bugungi kun rejasini ertalabdan tuzing. Rejadagi ishlarning birlamchi va muhimlarini bajarishdan boshlang.

8. Boshlagan ishingizga diqqatli bo‘ling, e’tiborli bo‘ling. Uni yakunlamay turib, boshqa ishga kirishmang. Yo‘qsa, hammasi aralashib, boshlagan va eng muhim ishingiz amalga oshmay qolishi mumkin.

9. Natija bermaydigan har qanday faoliyatdan to‘xtang.

10. O‘zingizni va atrofingizdagi narsalarni tartibli bo‘lishini ta’minlang. Uyingiz, xonangiz, mashinangiz, ishxonangiz doimo tartibli bo‘lsin. Mana shu tartibning vaqt o‘tishiga kuchli ta’siri bor, lekin biz buni bilmaymiz.

11. «Nima qilsam, vaqtimni tejayman?» degan savol doimo zehningizda tursin.

12. Yoningizda doim kitob yoki kerakli ma’lumotlarni olib yuring. Yo‘l vositalarida ketayotganingizda, navbat kutib turganingizda yoki shunga o‘xshash fursatlar bo‘lib qolganida, o‘qib foydalanasiz.

13. Maqsad, g‘oya va rejalaringiz aniq bo‘lsin. Ularni yozib oling, yodlab oling. Zehningiz va fikringizda bo‘lsin. Hattoki hayotingizning bir bo‘lagiga aylanib qolsin.

14. Agar maqsad qilgan rejangiz amalga oshmay qolsa yoki siz kutgan natija yuzaga chiqmasa, tushkunlik va umidsizlikka tushmang. Undan amalga oshgan bo‘lagini o‘ylang va o‘sha uchun xursand bo‘lavering. Har qanday holatda ham siz yutqazmaysiz. Hech bo‘lmasa, qandaydir tajribaga ega bo‘lgan bo‘lasiz.

15. Tuzgan jadvalingiz sizni bog‘lab qo‘yadigan narsa bo‘lmasin. Balki sizga xizmat qiladigan narsa bo‘lsin.

16. Eng asosiysi @kitob_ombori kanalini har bir postini diqqat bilan, oxirigacha o‘qing va undagi maslahatlarga amal qiling

@kitob_ombori
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bizni yoshlikdan ishchi bo‘lishga tarbiyalashadi. Davlat ishi yaxshi, kasal bo‘lsang ham, oylik beradi, qariganda pensiyasi bor va hakazo cho‘pchaklar miyamizga singdiriladi.

Uzoq yillik qullik tuzumi ota-onalarimizning o‘y-xayollarini shunday izolyasiya qilib tashladi.

Biroq, siz bunaqa bo‘lmang! Farzandlaringizni imkon qadar mustaqil biznes qilishga o‘rgating!

Arzimagan pensiya uchun butun umr ishlab, yuksak orzulardan voz kechish telbalikdan boshqa narsa emas...

@kitob_ombori
📚 Yozuvchi Joanna Ketling Roulingning eng sevimli 5 ta kitobi

Zamonamizning eng ko'p sotilgan kitoblar muallifi nafaqat ajoyib yozuvchi, balki jiddiy kitobxon ham sanaladi!

Harri Potterning "onasi" ning sevimli asarlari orasida quyidagilar mavjud:

• "Emma", Jeyn Osten

• "Kichkina xonimlar", Luiza Mey Alkott

• "Eshikdan kirgan ayol", Rodi Doyl

• “Makbet”, Uilyam Shekspir

• “Kumush oy nuridagi kichkina oq ot”, Elizabet Gud

Sevimli kitoblar ro’yxatiga qarab J.K.Roulingni klassik ingliz adabiyoti ishqibozi ekanligini sezdingizmi?

@kitob_ombori
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Kitoblar ombori
Qani kitobxo‘r va kinoxo‘rlar!
Kitob muallifi va kitob nomlarini topamiz!😎

@kitob_ombori
Shu kitob mosmikan a?
"Tinch Don" romani dunyoga kelgan Veshenskaya qishlog’i

Rossiyadagi eng uzun daryolardan biri Donning chap qirg'og'ida joylashgan Rostov viloyatidagi Veshenskaya qishlog'i Mixail Sholoxovning "Tinch Don" romani tufayli mashhur bo'ldi.

Yozuvchi ushbu romani sababli Nobel mukofoti bilan taqdirlandi va jahon miqyosida shuhrat qozondi.

Veshenskaya qishlog'ida Sholoxov dunyoga mashhur yozuvchi bo'lgunga qadar yashab, ishlagan uy saqlanib qolgan.

1984-yilda yozuvchi vafotidan so‘ng yozuvchi yashagan uy o‘rnida M. Sholoxov nomidagi muzey-qo‘riqxonasi hududi tashkil etildi.

Ushbu qo’riqxona 70 ming original eksponat va 40 ming gektar yerni o’z ichiga oladi.

Qariyb bir asr davomida bu joylar yozuvchi sharafiga Sholoxov deb atalgan.

#manzillar

@kitob_ombori