Kunlik
1 subscriber
9 photos
1 video
Download Telegram
Channel created
“Afv et, Allohim” asari haqida taassurotlaringiz qanday?

Endi angladimki, yer yuzidagi hamma joy bir xil. Fransiya, Amerika, Afrika... Biroq... Jannat senda bo‘lishi lozim. Qayerga borsang, jannat bilan birga borishing kerak. Go‘zallashtiradigan – sening ichingdir, atrofga nur sochadigan ham sening ichingdir. Yomonlashtirgan, zindonga aylantirayotgan ham sening ichingdir. Dunyoda yomonlik yo‘q, yomon joy yo‘q. Ularning bari ichimizdadir.
Boʻsh qoʻl bilan ketilmas borar manzilga,
Quruq kelmadim, Robbim, gunoh keltirdim.
Koʻtarolmas togʻlar ham bu ogʻir yukni
Ortmoqlab yelkalarda, evoh, keltirdim...

“Sir (oshiqlar oʻlmas)” kitobidan
Yo nasib”

Qanday go‘zal duo: “Siz borgan barcha yo‘llaringiz eng yaxshi odamlarga yetaklasin!”

Sabrli bo‘ling! Agar Alloh kechiktirsa, uni go‘zal qiladi... Boshingizga tushgan musibat rahm-shafqatga aylanadi. Sabrli bo‘ling!

Turk yozuvchisi Usman Sungur Yekenning Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hamda sahobalar hayoti tasvirlangan roman
Duo taqdirni o‘zgartiradi”

Inson taqdirida shunday bir burilish nuqtasi borki, ayni isyon qiladigan paytingda, ha, o‘sha onda qisqagina bir duo bilan aynan hovuchlaringda turgan mana shu ko‘rinmas tilsim bilan — qadaring oqimini o‘zgartirib yuborasan.

Har kechaning bir tonggi bo‘lgani kabi, har dardning ham bir oxiri bor.

Shuning uchun yiqilsang shahd bilan o‘rningdan tur va bir silkinib o‘zingga kel. Keyin esa yana maqsading tomon yugurishda davom et...
Albatta, inson gohida Allohdan oʻziga zararli narsani soʻraydi. Lekin Alloh taolo oʻsha bandasiga uning oʻzidan ham mehribonroqdir.

"Ey qizim” kitobidan.
Одамлар мени даргоҳда ўтирволиб китоб ўқийди, нимадир ёзади деб ўйлашади. Аслида, мана, бир неча йил бўлди, на қўлимга китоб олдим, на бир жумла ёздим. Кўзларим хаста. На ёза оламан, на ўқий оламан. Кўриш қобилиятини йўқотдим. Тузалиб кетар деган мақсадда дорилар ичаман, малҳамлар сураман. Аллоҳдан ёлвориб сўрайман. Олганини қайтиб берсин деб эмас. Астағфируллоҳ! Берадиган ҳам Ўзи, оладиган ҳам. Ўзимники бўлган нарса менда йўқ бўлса, У Зотдан қандай қилиб сўрайман? Фақатгина менга бир йўл кўрсатсин деган мақсадда дуо қиламан. Қизиқ, кўрмайдиган кўзларим йиғлашдан чарчади. Кўрмайдиган кўз йиғлаши мумкин экан. Баъзан кўзлар кўриш учун эмас, балки йиғлаш учун яратилгандир деб ўйлаб қоламан.
Mehmet Yildiz, “Izlash”

Hayotning bahorida soʻligan navnihol...

📚 Maishiy zoʻravonlik, qotillik, koʻcha hayoti, giyohvandlik, yetimlik, afsus nadomat va ruhiy azoblarni boshdan kechirgan yoshgina yigitcha. Bu yoshda buncha yukni koʻtarish unga ogʻirlik qildi. Ranj-alamga toʻla hayotiga maʼno berishni istadi, tubi yoʻq quduqda kelajagi uchun bir tutam umid qidirdi...

💡 Yoʻlini yoʻqotganlarga yoʻlboshchilik qilishni diliga tuggan yosh oʻqituvchi bilan uchrashib qoldi. Bu uchrashuv aslo tasodif emasdi...

Mehmet Yildizning real voqealarga asoslanib yozilgan ushbu asarida tolei kulmagan yigitchaning hayoti qanchalar oʻzgarib ketganiga guvoh boʻlasiz

☝🏼 “Hech kim hayotimizga bekordan-bekor kirib kelmagan. Ular biz uchun yo imtihon, yoki armugʻondir” deydi kitob muallifi oʻz asarida