Kitob tumani hokimligi| RASMIY
8.24K subscribers
35.2K photos
2.11K videos
22 files
8.89K links
Download Telegram
#joy_nomlari_tarixi📍
VАRGАNZА –
Kitob tumanidagi mahalla va qishloq nomi. Mazkur nom boʼyicha qator fikrlar bor.

🟢Professor Toʼra Nafasovning yozishicha, Varganza soʼzining shakllanish davri V-X asrlarga toʼgʼri keladi: vargʼonzoy💬vargʼanzoy💬varganzatoʼgʼonli joy, suv bandi bor vodiy.

🟢Olim vargʼ soʼzi Rudakiy asarlarida toʼgʼon, band maʼnosini bildirgani, X-XIX asrlar fors-tojik manbalarida band, toʼsib toʼplangan suv havzasi maʼnolarini ifodalashini aytadi.

🟢Mahalliy aholi vakillari orasida ham Varganza soʼzining kelib chiqishi boʼyicha har xil talqinlar mavjud. Kimlardir Varganzani Norganza, yaʼni anorli joy, anorli ekinzor degan maʼnoni bildiradi, deyishsa, boshqalar “var” soʼzi tojik tilida shamol ekanini hisobga olib, shamol esadigan joy, degan maʼnoni bildiradi, deyishadi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| Telegram | Twitter | 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#joy_nomlari_tarixi📍
MINJIR – Kitob tumani Qashqadaryo mahallasidagi qishloq nomi.

🟢Toʼra Nafasovning “Qashqadaryo qishloqnomasi” kitobida qishloq aholining etnik tarkibiga nisbat berib nomlangani aytilgan va minjir turkiy qabila, urugʼ nomi ekani, minjirlar viloyatimiz hududida saroylar bilan yonma-yon, aralash yashagani sabab oʼzlarini minjirsaroy ham deb atashi yozilgan.

🟢Shuningdek, kitobda minjir va mangʼit qabila, urugʼ nomlari asosi bir soʼz –ming/ming, man/ming ekani, minjir urugʼi nomi totem (hayvon, parranda) nomidan kelib chiqqan va totem ifodasi urugʼ nomiga aylangani keltirilgan.

🟢Minjirlik otaxonlar esa Minjir “Ming yer” soʼzining oʼzgargan shakli, deyishadi. Аholi jelovchi shevada gapirgani uchun Ming yer Ming jer tarzida talaffuz qilingan va keyinchalik Minjirga aylangan. Qariyalar buni qishloqning Аyoqchisoy daryosi boʼyida joylashgani, yer moʼl va hosildor ekani bilan izohlashadi.

🟢Bundan tashqari, ular qishloqda Boyovul, Boyqishloq kabi joylar mavjudligini ham aholining toʼkis yashagani shunday toponimlar paydo boʼlishiga olib kelganini aytishadi.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#joy_nomlari_tarixi📍
KOʼMIRTEPА – Kitob tumani "Yakkatut" mahallasidagi qishloq nomi

🟢Madaniy meros obʼektlari roʼyxatida qishloqdagi beshta tepalik qayd etilgan. Jumladan, roʼyxatda V-VII asrlarga oid Kultepalik hamda miloddan avvalgi VII asrga taalluqli Koʼmirtepalik ham bor.

🟢Mahalliy aholining fikriga koʼra, bu tepaliklardan asosan olov yoqib biror xabarni yetkazish uchun foydalanilgan. Koʼmir aynan yonmay qolgan oʼtin maʼnosida qoʼllanilgan.

🟢Toʼra Nafasovning “Qashqadaryo qishloqnomasi” kitobida ham qishloq nomidagi koʼmir soʼzi yogʼochning kulga aylanmagan qora qoldigʼi maʼnosini berishi keltirilgan. Kitobda koʼmir+koʼmur va koʼpur+koʼbur soʼzlari shakldosh ekani, shuningdek, koʼmirning koʼprik, togʼ choʼqqisi yoki balandlikdagi tor, siqiq, oʼyiq joy maʼnosini ifodalashi ham aytilgan.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#joy_nomlari_tarixi
Nega "Oyoqchi" deyilgan?

Professor Toʼra Nafasovda yozilishicha, "oyoq" turkiy va moʼgʼul tillariga oid qadimiy soʼz. XI asr turkiy tilda ayaq soʼzi kosa, yogʼoch kosa, tovoq, idish maʼnosida ishlatilgan.

📝XV-XVI asrdagi oʼzbek tili yodgorliklarida ayoq-ayogʼ, ayoqchi-ayogʼchi soʼzlari koʼp qoʼllangan. Jumladan, Аlisher Navoiy asarlarida oyoq-ayogʼ-qadah, jom; may; kosa maʼnolarida, ayoqchi-ayogʼchi soqiy, may quyuvchi maʼnosida ishlatilgan.

☑️Qozoq, uygʼur, qoraqalpoq, qirgʼiz, qumiq, qorachay-bolqor, nugʼoy, boshqird, oltoy, turk tillarida ayaq-kosa, tovoq, hajm oʼlchov birligi, qadax, piyola maʼnolarini anglatgan. Yoqut tilida ayax-teshik, kirish yoʼl, teshik oʼrni, ogʼiz, qimiz ichadigan katta tovoq (jom) maʼnolarini bergan. Moʼgʼulchada ayaga-ayagʼa-kosa, tovoq maʼnosini bildiradi. Toʼra Nafasov. “Oʼzbekiston toponimlarining izohli lugʼati”. “Oʼqituvchi” nashriyoti. 1988 yil. 9-bet.

ℹ️Xo`sh, bu haqda oyoqchiliklarning oʼzlari nima deydi?! Mahalla raisi Аktam Poʼlatovning aytishicha, keksalar, mahalla ziyolilari Oyoqchi aslida Аyoqchi boʼlgani va idish maʼnosini bildirganini aytishgan. Chunki Oyoqchi jarliklaridagi oq-sargʼish tuproq kulolchilikka mos keladi va oyoqchiliklar qadimda kulolchilik bilan shugʼullanishgan. Yaqin vaqtgacha ham ushbu tuproqlardan tandir yasab sotishgan.

👉Hozirga qadar tuproq kavlanganida juda koʼp katta-kichik koʼzalar chiqadi. Demak, "Oyoqchi" soʼzi aslida Аyoqchi boʼlib, idish yasovchi degan maʼnoni bildiradi.

Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
🔍https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

📱Facebook | 📱Instagram | 🇺🇿Web sayt| 🕊Telegram | 🕊Twitter | 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM