Kitob tumani hokimligi| RASMIY
8.2K subscribers
34.3K photos
2.01K videos
21 files
8.62K links
Download Telegram
Kitob tumanidagi 20 ta ta`lim muassasalariga yangi isitish qozonlari o`rnatilmoqda

Xabaringiz bor, bir necha kun oldin tuman rahbari boshchiligidagi barcha mas`ullarning ijtimoiy soha obyektlarning 2023-2024 -yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishayotgani, Ta`lim muassasalarida bu bo`yicha aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tuman Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi boshlig`i Avloqul Avlayev hamkorligida tezkor chora-tadbirlar ishlab chiqilishi belgilangani va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berilgani haqida ma`lum qilgan edik.

Bugungi kunga kelib mazkur kamchiliklarni bartaraf etish bo`yicha amaliy harakatlar boshlab yuborildi. Jumladan, tumandagi 12 ta maktab hamda 8 ta Davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlari uchun jami 52 dona isitish qozonlari olib kelib o`rnatilmoqda.

Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining PQ-57-sonli Qarorlari asosida 2- va 25-DMTTlarining isitish tizimini yaxshilash uchun 350 million so`m mablag` evaziga ta`mirlash ishlari olib borilmoqda. Jarayonlarni o`z vaqtida va sifatli olib borilishini nazorat qilish maqsadida tuman hokimi Uktam Pardayev tomonidan doimiy o`rganish ishlari olib borilmoqda.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kuz-qish mavsumini betalafot o`tkazish maqsadida Kitob tumanida qo`shimcha 20 dona transformatorlar olib kelinmoqda

Mamlakatimizda 2023-2024 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, mavsumni betalafot o‘tkazish, muhandislik kommunikatsiya tizimlari barqaror ishlashini ta’minlash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha tizimli va keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

⚡️Xususan, Kitob tumanida ham shu maqsadda tuman hokimi Uktam Pardayev tashabbusi bilan qo`shimcha 20 dona transformatorlar olib kelinmoqda. Ulardan 3 tasi 630 KVA, 4 tasi 400 KVA, xuddi shuncha 160 KVA hamda 9 tasi 250 KVA tashkil etadi.

➡️Ma`lumot o`rnida, mazkur transformatorlar tumandagi elektr energiya ehtiyoji yuqori bo`lgan va shu orqali qo`shimcha choralarni talab etadigan aholi yashash punktlariga qo`yilishi rejalashtirilgan.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📸#фоторепортаж
Табиатнинг ўзи бош рассом!

Суратларда Китоб туманининг Аёқчи қишлоғида жойлашган "Алвастикўл" табиати манзаралари акс этган.

📸Qahramonjon Oqilov

🌐Китоб тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
https://t.me/joinchat/gywGtTJ_bXoxMmQy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM