“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida 2026-yilda o‘tkazilayotgan ommaviy sport musobaqalarining 3-bosqichi — viloyat final bellashuvlaridan o‘rin olgan “Quvnoq startlar” musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi.
Viloyatimizning barcha tuman va shaharlaridan tashrif buyurgan 1–2 hamda 3–4-sinf o‘quvchilari o‘rtasidagi bellashuvlar qiziqarli, murosasiz va ko‘tarinki ruhda kechdi.
🏆 1–2-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — Kasbi tumani 33-maktab jamoasi;
🥈 2-o‘rin — Qarshi tumani 40-maktab jamoasi;
🥉 3-o‘rin — Koson tuman 59-maktab jamoasi.
🏆 3–4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — Kitob tumani 45-maktab jamoasi;
🥈 2-o‘rin — Qarshi tumani 40-maktab jamoasi;
🥉 3-o‘rin — Kasbi tumani 33-maktab jamoasi.
G‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlandi.
Barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz! Yosh sportchilarimizga kelgusidagi musobaqalarda yanada yuksak marralar va yangi g‘alabalar tilaymiz!
Ayni kunlarda olimpiada doirasidagi boshqa sport turlari bo‘yicha ham bellashuvlar davom etmoqda.
“Besh tashabbus olimpiadasi” — sog‘lom avlod, faol yoshlar va porloq kelajak sari!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kitob tumanida zamonaviy namunaviy mahalla binolari qad rostlamoqda
Mahalla — fuqarolar dardi, taklif va muammolari yechiladigan eng birlamchi maskan. Shu bois hududlarda mahalla yettiligi va fuqarolar yig‘inlari xodimlarining samarali faoliyat yuritishi hamda aholiga qulay sharoitda davlat xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.
Shu paytga qadar Kitob tumanidagi 16 ta mahalla fuqarolar yig‘ini o‘z xizmat binosiga ega emas edi. Bugungi kunda bu masala izchil va turli moliyaviy mexanizmlar asosida hal etilmoqda:
1. Mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan: Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashining 2026-yil 17-iyundagi qaroriga muvofiq, zamonaviy 1 qavatli namunaviy loyiha asosida bino qurish uchun mahalliy budjetdan jami 3,0 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.
Qamrab olingan 9 ta mahalla: Katlos, Oqsuv, Navbahor, Toshkent, Yangiobod, Iskana, Zarafshon, Jillisuv hamda Istiqbol MFYlari.
2. O‘zbekiston mahallalari uyushmasi ko‘magida: Uyushma hisobidan tumandagi 6 ta mahalla uchun 4 milliard 747,5 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Qamrab olingan mahallalar: Hamid Olimjon, Parchakent, Kuhsor, Obod, Qorabuloq va Surum MFYlari.
3. Davlat-xususiy sherikchiligi (DXSH) asosida: Tumandagi "Bahor" MFYda esa tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda, davlat-xususiy sherikchiligi tamoyili asosida yangi va zamonaviy mahalla xizmat binosi barpo etilmoqda.
Yangi barpo etilayotgan barcha xizmat binolari 1 qavatli ixcham va energiya tejamkor loyiha asosida qad rostlamoqda. Ularda fuqarolarni qabul qilish xonalari, xodimlar uchun qulay ish sharoitlari, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay pandus va taktil yo‘laklar hamda avtoturargohlar nazarda tutilgan.
🔍 Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
❤ https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h
✅ Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 Web sayt| ✈ Telegram | 🕊 Twitter | 📹 YouTube

QASHQADARYO - RESPUBLIKADA YETAKCHI!
Qashqadaryo viloyatida fuqarolarning uy-joylariga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish ishlari izchil davom etmoqda.
📱 Gov.uz| 📱 Telegram| 📱 YouTube| 📱 FB|📱 Instagram| 📱 X
Qashqadaryo viloyatida fuqarolarning uy-joylariga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish ishlari izchil davom etmoqda.
Bugungi kunga qadar viloyatda 35 ming nafardan ortiq fuqaroning uy-joyiga mulk huquqi e’tirof etildi. Ushbu ko‘rsatkich bilan Qashqadaryo respublika miqyosida yetakchi hududlardan biriga aylandi.
Tumanlar kesimida Kasbi tumani birinchi, Shahrisabz tumani esa ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Mazkur ishlar natijasida minglab fuqarolarning yillar davomida huquqiy jihatdan hal etilmay kelgan uy-joy masalalariga yechim topilib, ularning mulkiy huquqlari qonuniy kafolatlanmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Milliy elektr tarmoqlari tomonidan ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
📆 10.11.2026-yil soat 18:00 dan 11.11.2026-yil soat 20:00 ga qadar
📎 PS Gulshan 35/10/6 kV podstansiyasidagi T-2 quvvati 4000 kVA bo‘lgan transformatorning nosozligi sababli quyidagi hududlarda elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi:
• Muso qishlog‘i;
• Gulshan qishlog‘i;
• Javuzobod qishlog‘i.
• Qong‘li qishlog‘i;
• Dovondagi «Namunali uylar».
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qashqadaryo hududiy filiali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimiz Antaliyadagi COP31 sammitiga keldi.
—
Президент нашей страны прибыл на саммит COP31 в Анталье.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Kitob tumanidagi bolalar bog`chalarida “Mehrjon” hosil bayrami keng nishonlanmoqda
“Mehrjon” hosil bayrami ikki ming yillik tarixga ega bo`lib, u kuzgi kun va tun tengligini, hosil yig’ish yakunini, qishga tayyorgarlik ko’rish kabi hodisalarni o`zida aks ettiradi.
Kitob tumanidagi "Indigo kids" nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotida o`tkazilgan bugungi tadbirda ham aynan shu fikrlar ilgari surildi. Unda muassasa tarbiyalanuvchilari tomonidan kuz haqida turli she`r va qo`shiqlar, jozibali badiiy chiqishlar namoyish etildi hamda tuman Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi va ota-onalar tomonidan iliq kutib olindi.
🔍 Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
❤ https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h
✅ Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 Web sayt| ✈ Telegram | 🕊 Twitter | 📹 YouTube
“Mehrjon” hosil bayrami ikki ming yillik tarixga ega bo`lib, u kuzgi kun va tun tengligini, hosil yig’ish yakunini, qishga tayyorgarlik ko’rish kabi hodisalarni o`zida aks ettiradi.
Kitob tumanidagi "Indigo kids" nodavlat maktabgacha ta`lim tashkilotida o`tkazilgan bugungi tadbirda ham aynan shu fikrlar ilgari surildi. Unda muassasa tarbiyalanuvchilari tomonidan kuz haqida turli she`r va qo`shiqlar, jozibali badiiy chiqishlar namoyish etildi hamda tuman Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi va ota-onalar tomonidan iliq kutib olindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ISHGA TAKLIF ETAMIZ!
Kitob tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi quyidagi vakant ish o‘rinlariga nomzodlarni ishga taklif etadi:
🪛 Elektrik — 2 nafar;
• Kamida 1 yillik mehnat stajiga ega bo‘lish;
• Tegishli kasbiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
• O‘z yo‘nalishi bo‘yicha mas’uliyat bilan ishlash.
📞 Murojaat uchun:
☎️ 33-653-41-41
📱 91-387-48-68
💰 Oylik ish haqi suhbat davomida ma’lum qilinadi.
Ushbu imkoniyatdan foydalanib, munosib ish o‘rniga ega bo‘lishni istagan fuqarolarni hamkorlikka chorlaymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM