Elementar kimyo
25 subscribers
49 photos
1 video
10 files
4 links
Kimyogar Vahob_ERGASHEV ning telegramm kanaliga xush kelibsiz!!!

👉kimyodan o'rganganlaringizni takrorlang!
👉testlarni yechish usullarini o'rganing!
👉hisoblashni oson usullarini o'rganing!
Download Telegram
Masala va uning yechim tahlil.
@kimya_simya_1
               @kimya_simya_1

1) 68,4 g M2(SO4)3 va 139,8 g BaS04 lar tarkibida bir xil miqdorda sulfat ioni saqlaydi. M ni toping.
@kimya_simya_1
               @kimya_simya_1
Yechimi:
    68,8 g                    139,8 g
M2(SO4)3 ----------- 3BaSO4    (sulfat ioni tenglangan)
       M                            699
M = 342 g/mol
2x + 288 = 342  =>   2x = 54  =>   x = 27  (Al)
Javob: Al

2) 0,01 mol A va 0,02 mol B aralashmasi massasi 0,76 g. 0,04 mol A va 0,01 mol B aralashmasi massasi 0,8 g ni tashkil qilsa, 1 mol A ni massasini (g) toping.
@kimya_simya_1
               @kimya_simya_1
Yechimi:
A(A) = x;  A(B) = y bilan belgilanadi.
0,01x + 0,02y = 0,76
0,04x + 0,01y = 0,80  |×2|  =>  0,08x + 0,02y = 1,60
Hadma - had ayirsak:
0,07x = 0,84   =>   x = 12  
m(A) = 1×12 = 12 g
Javob: 12

3) 62 g CH4 va C2H6 aralashmasi tarkibida 48 g uglerod bor. Aralashmadagi metanning massasini (g) toping.
@kimya_simya_1
               @kimya_simya_1
Yechimi:
n(C) = 48/12 = 4 mol
CH4 ------- x mol -------- 16x g ---------- x mol  C
C2H6 ----- y mol -------- 30y g ---------- 2y mol  C
16x + 30y = 62
x + 2y = 4   |×15|   =>  15x + 30y = 60
Hadma - had ayirsak:
x = 2 mol (CH4) 
m(CH4) = 2×16 = 32 g
Javob: 32

4) XY tarkibidagi elementlar massa nisbati 7 : 2 ga teng. Shunga asoslanib, XY2 da 14 g X bilan necha gramm Y birikishini aniqlang.
@kimya_simya_1
               @kimya_simya_1
Yechimi:
7     2
X  Y
x     y
x = 3,5y   (1)
14     a
  X  Y2
x       2y
3,5y        (x ni o'rniga 3,5y ni qo'yamiz)

14 ----------- a
3,5y -------- 2y
a = 4 g Y             (qisqartirdik!!!)
Javob: 4

5) X3Y4 da m(X)/m(Y) = 2/3 ga teng. 100 g X3Y4 da necha gramm Y bor? 
@kimya_simya_1
               @kimya_simya_1
Yechimi:
2  +  3 = 5
5 -------------- 3   (Y)
100 g ------ a g
a = 60 g Y
Javob: 60

Savollar muallifi: Vahob_ERGASHEV
(@kimya_simya_1)
#Masala va uning yechim tahlili.
@kimya_simya_1
               @kimya_simya_1
2 mol AgNO3 parchalanganda hosil bo'ladigan gazlar aralashmasining o'rtacha molyar massasini (g/mol) aniqlang.
Yechimi:
   2 mol                    x1       x2
2AgNO3 = 2Ag + 2NO2 + O2
  2 mol                  2 mol   1 mol
x1 = 2 mol NO2;  x2 = 1 mol O2
M(NO2) = 46 g/mol;  M(O2) = 32 g/mol
M = (46•2 + 32•1)/(2 + 1) = 124/3 = 41,(3)
Javob: 41,(3)

***Izoh: masala shartida berilgan 2 mol o'rniga boshqa miqdor berilganda ham javob bir xil chiqaveradi.

Kanalimiz linki:
@kimya_simya_1
#Masala

Havo bilan to’ldirilgan kolbaning massasi neon bilan to'ldirilgan kolba massasidan 0,54 g ga og'ir,  lekin noma'lum gaz bilan to’ldirilgan kolba massasidan 0,9 g ga yengil bo'lsa, noma’lum gazni molyar massasini (g/mol) aniqlang.

Savol va yechim muallifi: Vahob_ERGASHEV  (@kimya_simya_1)

Yechim:
Kolbaning massasi bir xil, gazlarning modda miqdorlari bir xil!
m(havo) - m(Ne) = 0,54
29n - 20n = 0,54
9n = 0,54
n = 0,06 mol  (har bir gaz)
m(X) - m(havo) = 0,9
0,06M - 0,06×29 = 0,9
M = 44 g/mol  
Demak, N2O, CO2 yoki C3H8 bo'lishi mumkin.
Javob: 44

1) Propan bilan to’ldirilgan kolbaning massasi metan bilan to'ldirilgan kolba massasidan 1,4 g ga og'ir, noma'lum gaz bilan to’ldirilgan kolba massasidan ham 0,7 g ga og'ir bo'lsa, noma’lum gazni molyar massasini (g/mol) aniqlang.
J: _____

Savol mu
allifi: Vahob_ERGASHEV  (@kimya_simya_1)

Kanalimiz linkini do'stlaringizga ulashing:
👇👇👇👇👇👇👇
@kimya_simya_1
#tahlil

Masala va uning tahlili.
@kimya_simya_1

Normal sharoitda 1,12 litr X gazi 0,2 mol atom saqlaydi. Bunga ko'ra, quyidagilardan qaysi biri X gazi bo'lishi mumkin?
A) He
B) H2
C) NO2
D) NH3

Savol va yechim muallifi: Vahob_ERGASHEV

Yechimi:
1,12 litr X -------- 0,2 mol atom
22,4 litr X -------- y mol atom
y = (22,4 • 0,2)/1,12 = 4 mol atom
Demak, 4 mol atom tutgan modda bu NH3 ekan.
Javob: NH3    (D)

Kanalimiz linki:
@kimya_simya_1
Matematik kimyo.pdf
1 MB
Kanalimizga do'stlaringizni ham taklif qiling.

Kanalimiz linki:
@kimya_simya_1
Umumiy kimyodan qoidalar to’plami.pdf
1.2 MB
Kanalimizga kimyoni o'rganayotgan o'quvchilarni va kimyo fanidan tahsil berayotgan ustozlarni ham taklif qiling.

Kanalimiz linki:
@kimya_simya_1
#Test

xCO + 5H2 = CnH2n+2 + xH2O ushbu reaksiya tenglamasi bo’yicha qanday alkan sizntez qilish mumkin?

Yechim muallifi: Vahob_ERGASHEV  (@kimya_simya_1)

Yechim:
nCO + (2n+1)H2 = CnH2n+2 + nH2O
2n + 1= 5
n = 2
Demak, C2H6 ya'ni etan ekan.
Javob:B

1) xCO + 3H2 = CnH2n+2 + xH2O ushbu reaksiya tenglamasi bo’yicha qanday alkan sizntez qilish mumkin?
J: _____
2) xCO + 7H2 = CnH2n+2 + xH2O ushbu reaksiya tenglamasi bo’yicha qanday alkan sizntez qilish mumkin?
J: _____

Kanalimiz linki:
@kimya_simya_1
#eritma_masala tahlili

0,4 M li 200 ml temir (III) nitrat eritmasiga 0,2 M li x ml magniy nitrat eritmasi qo'shilishi natijasida nitrat ionining konsentratsiyasi 0,8 M ga teng bo'ldi. x ni toping.

Savol va yechim muallifi: Vahob_ERGASHEV (@kimya_simya_1)

Yechim:
C(nitrat ioni) = 0,4×3 = 1,2 M (temir (III) nitratdagi)
C(nitrat ioni) = 0,2×2 = 0,4 M (magniy nitratdagi)
1,2                 0,4 -------- 200 ml
          0,8
0,4                 0,4 -------- x ml
x = 200 ml magniy nitrat eritmasi hajmi.
Javob: 200

Mustaqil yechish uchun:

1) 0,2 M li 150 ml alyuminiy sulfat eritmasiga 0,1 M li x ml natriy sulfat eritmasi qo'shilishi natijasida sulfat ionining konsentratsiyasi 0,4 M ga teng bo'ldi. x ni toping.
J: _
2) x M li 50 ml temir (III) xlorid eritmasiga 0,15 M li 100 ml natriy xlorid eritmasi qo'shilishi natijasida xlorid ionining konsentratsiyasi 0,2 M ga teng bo'ldi. x ni toping.
J: ___
3) 0,15 M li 250 ml kalsiy xlorid eritmasiga 0,2 M li 250 ml alyuminiy xlorid eritmasi qo'shilishi natijasida xlorid ionining konsentratsiyasi x M ga teng bo'ldi. x ni toping.
J: _

Savollar muallifi: Vahob_ERGASHEV  (@kimya_simya_1)

Kanalimiz linkini do'stlaringizga ulashing:
@kimya_simya_1
#Test

@kimya_simya_1
                 @kimya_simya_1

1. 28,5 g III valentli A metall sulfati bilan 84 g II valentli B metall perxlorati to‘la reaksiyaga kirishganda 58,25 g B metall birikmasi hosil bo‘ldi. A va B metallarni aniqlang.
A) Fe va Ca
B) Fe va Ba
C) Al va Ba
D) Al va Ca

2. 48,4 g III valentli A metall nitrati bilan 22,2 g II valentli B metall gidroksidi to‘la reaksiyaga kirishganda 21,4 g A metallning birikmasi hosil bo‘ldi. A va B metallarni aniqlang.
A) Fe va Ca
B) Fe va Ba
C) Al va Ba
D) Al va Ca

3. 63,6 g I valentli A metall fosfati bilan 66,6 g II valentli B metall nitrati to‘la reaksiyaga kirishganda 90,9 g A metall birikmasi hosil bo‘ldi. A va B metallarni aniqlang.
A) Na va Mg
B) K va Mg
C) K va Cu
D) Na va Cu

4. 28 g I valentli A metall gidroksidi bilan 56 g II valentli B metall sulfati to‘la reaksiyaga kirishganda 34,3 g B metall birikmasi hosil bo‘ldi. A va B metallarni aniqlang.
A) Na va Mg
B) K va Mg
C) K va Cu
D) Na va Cu

5. 136 g I valentli A metall nitrati bilan 44,8 g I valentli B metall gidroksidi to‘la reaksiyaga kirishganda 80,8 g B metall birikmasi hosil bo‘ldi. A va B metallarni aniqlang.
A) Ag va K
B) Cu va K
C) Ag va Li
D) Cu va Li

6. 81 g A metall nitrati bilan 33,3 g B metall gidroksidi to‘la reaksiyaga kirishganda 73,8 g B metall birikmasi hosil bo‘ldi. A va B metallarni aniqlang.
A) Fe va Ca
B) Fe va Ba
C) Al va Ba
D) Al va Ca

7. 11,4 g A metall sulfati bilan 33,6 g B metall perxlorati to‘la reaksiyaga kirishganda 23,3 g B metall birikmasi hosil bo‘ldi. A va B metallarni aniqlang.
A) Fe va Ca
B) Fe va Ba
C) Al va Ba
D) Al va Ca

8. 42,4 g A metall fosfati bilan 44,4 g B metall nirtati to‘la 
reaksiyaga kirishganda 26,2 g B metall birikmasi hosil bo‘ldi. A va B metallarni aniqlang.
A) Na va Mg
B) K va Mg
C) K va Cu
D) Na va Cu

9. 32 g A metall gidroksidi bilan 64 g B metall sulfati to‘la 
reaksiyaga kirishganda 39,2 g B metall birikmasi hosil bo‘ldi. A va B metallarni aniqlang.
A) Na va Mg
B) K va Mg
C) K va Cu
D) Na va Cu

10. 37,6 g A metall nitrati bilan 9,6 g B metall gidroksidi to‘la  reaksiyaga kirishganda 19,6 g A metall birikmasi hosil bo‘ldi. A va B metallarni aniqlang.
A) Fe va K
B) Ag va K
C) Ag va Li
D) Cu va Li


Kanalimiz linki:
@kimya_simya_1
#Masala

Suyultirilgan nitrat kislota eritmasida rux eritildi. Olingan eritmaga ma'lum miqdorda ishqor qo'shilib, qizdirilganda ajralib chiqqan gazni to'liq qaytarish uchun 16 g Fe2O3 sarflanadi. Nitrat kislotada erigan ruxning massasini (g) toping.

Savol va yechim muallifi: Vahob_ERGASHEV (@kimya_simya_1)

Yechim:
M(Fe2O3) = 160 g/mol
n = 16/160 = 0,1 mol Fe2O3
x mol     0,1 mol
2NH3 + Fe2O3 = 2Fe + N2 + 3H2O
2 mol      1 mol
x = 0,2 mol NH3
x mol                                            0,2 mol
NH4NO3 + NaOH = NaNO3 + NH3 + H2O
1 mol                                             1 mol
x = 0,2 mol NH4NO3
x g                                                      0,2 mol
4Zn + 10HNO3 = 4Zn(NO3)2 + NH4NO3 + 3H2O
260 g                                                   1 mol
x = 52 g Zn
Javob: 52

1) Suyultirilgan nitrat kislota eritmasida alyuminiy eritildi. Olingan eritmaga ma'lum miqdorda ishqor qo'shilib, qizdirilganda ajralib chiqqan gazni to'liq qaytarish uchun 21,6 g FeO sarflanadi. Nitrat kislotada erigan alyuminiyning massasini (g) toping.
J: ___

Savol
muallifi: Vahob_ERGASHEV (@kimya_simya_1)

Kanalimiz linki:
@kimya_simya_1
#Masala

Argon bilan to’ldirilgan kolbaning massasi neon bilan to'ldirilgan kolba massasidan 1,4 g ga og'ir, noma'lum gaz bilan to’ldirilgan kolba massasidan ham 0,84 g ga og'ir bo'lsa, noma’lum gazni molyar massasini (g/mol) aniqlang.

Savol va yechim muallifi: Vahob_ERGASHEV  (@kimya_simya_1)

Yechim:
Kolbaning massasi bir xil, gazlarning modda miqdorlari bir xil!
m(Ar) - m(Ne) = 1,4
40n - 20n = 1,4
20n = 1,4
n = 0,07 mol  (har bir gaz)
m(Ar) - m(X) = 0,84
0,07×40 - 0,07M = 0,84
M = 28 g/mol  
Demak, N2, CO yoki C2H4 bo'lishi mumkin.
Javob: 28

1) Kripton bilan to’ldirilgan kolbaning massasi argon bilan to'ldirilgan kolba massasidan 2,64 g ga og'ir, noma'lum gaz bilan to’ldirilgan kolba massasidan ham 3,12 g ga og'ir bo'lsa, noma’lum gazni molyar massasini (g/mol) aniqlang.
J: _

Sa
vol muallifi: Vahob_ERGASHEV  (@kimya_simya_1)

Kanalimiz linki:
@kimya_simya_1
#Tahlil

@kimya_simya_1

Bitta usulda o'nta misol ishlagandan ko'ra, o'nta usulda bitta misolni ishlash kerak!!!!

13,44 litr (n.sh.) metan va etan gazlar aralashmasida 2,8 mol vodorod atomi bor. Shu miqdordagi aralashma to'liq yonishi natijasida hosil bo’ladigan suvni massasini (g) toping.

Yechim:
Berilgan masalani bir necha usulda yechishni qarab o'tamiz.

I yechim.
Ko'p tarqalgan ommaviy usullardan biri bu aralashma bo'lganligini hisobga olinib, tenglamalar sistemasi tuzgan holatda yechish.
Buning uchun quyidagi belgilashlar kiritiladi:
CH4 -------- x mol --------- 4x mol H
C2H6 ------ y mol --------- 6y mol H
Dastlabki gazlar miqdori va aralashma tarkibidagi vodorod bo'yicha tenglamalar tuziladi va u tenglamalar sistemasi holatida yechiladi:
n = 13,44/22,4 = 0,6 mol aralashma
x + y = 0,6 (1)
4x + 6y = 2,8 (2)
Barchamizga ma'lumki (matematika dasturi bo'yicha) tenglamalar sistemasi 2 xil usulda (hadma - had qo'shish yoki ayirish va o'rniga qo'yish) yechiladi (noma'lumlar topiladi). Ikkala usulda ham javob bir xil bo'ladi.
Ko'pchilik yaxshi o'zlashtirgan o'rniga qo'yish usulida ishlab ko'ramiz:
x = 0,6 - y => 4(0,6 - y) + 6y = 2,8 => 2,4 - 4y + 6y = 2,8
2y = 0,4 => y = 0,2 mol (C2H6)
Bundan, x = 0,6 - 0,2 = 0,4 mol (CH4)
Aralashmani tarkibiy miqdorini aniqlashtirib olgandan keyin, ularni yonish reaksiyasini yozib, suv massalarini yoki miqdorini (mol) hisoblaymiz:
0,4 mol x1 g
CH4 + 2O2 = CO2 + 2H2O
1 mol 36 g
x1 = 14,4 g suv
0,2 mol x2 g
C2H6 + 3,5O2 = 2CO2 + 3H2O
1 mol 54 g
x2 = 10,8 g suv
Ikkala reaksiya tenglamasidagi suvni massasini qo'shamiz:
m = 14,4 + 10,8 = 25,2 g
Javob: 25,2

II yechim.
Tenglamalar sistemasi tuzish yoki noma'lum kiritish usulini yoqtirmaydigan (bu fakt!!!) holatlarda (o'rta elementar matematik bilimga ega bo'lmagan!!!)quyidagi usulda ishlash mumkin. Bu dioganal (krest, qaychi, Pirson konverti) usulda yechish.
Buning uchun quyidagi ishlarni bajaramiz:
n = 13,44/22,4 = 0,6 mol aralashma
O'rtacha vodorodni miqdori 1 mol aralashmaga nisbatan: 2,8/0,6 = 4,67 mol
CH4 4 1,33 2
4,67 ÷0,67 2 + 1 = 3
C2H6 6 0,67 1
n(CH4) = (2/3)×0,6 = 0,4 mol
n(C2H6) = (1/3)×0,6 = 0,2 mol
Aralashmani tarkibiy miqdorini aniqlashtirib olgandan keyin, ularni yonish reaksiyasini yozib, suv massalarini yoki miqdorini (mol) hisoblaymiz:
0,4 mol x1 g
CH4 + 2O2 = CO2 + 2H2O
1 mol 36 g
x1 = 14,4 g suv
0,2 mol x2 g
C2H6 + 3,5O2 = 2CO2 + 3H2O
1 mol 54 g
x2 = 10,8 g suv
Ikkala reaksiya tenglamasidagi suvni massasini qo'shamiz:
m = 14,4 + 10,8 = 25,2 g suv
Javob: 25,2

III yechim.
Tipaviy masalalarni tushunib ko'p ishlagan o'rganuvchilar quyidagi usulda ishlashadi.
Aralashma tarkibidagi vodorod ma'lum va undan "suv hosil bo'ladi":
2,8 mol x g
2H ------------ H2O
2 mol 18 g
x = 25,2 g
Javob: 25,2

Qadrli o'rganuvchilar mana siz bilan bir masala tahlilini baholiqudrat qarab o'tdik. Demak, bundan biz har xil tipdagi masalalarni ko'proq yechishimiz va eng muhimi masala berilishiga katta ahamiyat qaratishimiz kerakligini bilib oldik. Ya'ni, qulay usulni tanlay olish orqali biz masala yechishga ketadigan vaqtni kamaytirishga erishamiz.

E'tiboringiz uchun katta rahmat!!!

Maqola muallifi: Vahob_ERGASHEV


Kanalimiz linkini do'stlaringizga ulashing:
@kimya_simya_1
@kimya_simya_1