K.H.G.Q.O.UZVCHI Hamkasblar👍
31 subscribers
161 photos
44 videos
7 files
60 links
Hamkasblar
Download Telegram
Forwarded from Otabek
#ishchi_guruh

Gaz qazib chiqarishdagi tabiiy tushishni kamaytirish – asosiy ustuvor vazifa

Bugun “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov rahbarligida Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Ko‘kdumaloq” konida qazib chiqarish ko‘rsatkichlari, geologik-texnik tadbirlar ijrosi hamda tabiiy gaz qazib chiqarish hajmlarini oshirish masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda joriy yilning birinchi yarim yilligi yakunlari tanqidiy-tahliliy asosda ko‘rib chiqilib, mavjud imkoniyatlarni to‘liq safarbar etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Ta’kidlanganidek, 2026 yil yanvar–iyun oylarida boshqarma tomonidan 4 mlrd 109,4 mln kub metr tabiiy gaz qazib chiqarildi. Shu bilan birga, 34 ta geologik-texnik tadbir amalga oshirilib, 13 ta yangi quduq ishga tushirildi, 15 ta quduq kapital ta’mirlandi va 6 ta texnologik obyekt foydalanishga topshirildi. Bu ishlar hisobidan qo‘shimcha kunlik 1,6 mln kub metr tabiiy gaz qazib chiqarish imkoniyati yaratildi.

Muhokamada qazib chiqarish hajmlariga ta’sir qilayotgan omillar ham atroflicha tahlil qilindi. Xususan, yirik konlarda zaxiralarning tabiiy kamayishi, yangi ochilayotgan konlar zahiralarining nisbatan kichikligi hamda siquv kompressor stansiyalarida kuzatilayotgan texnik uzilishlar ishlab chiqarish ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.

Boshqaruv raisi har bir kon va quduq bo‘yicha imkoniyatlarni qayta ko‘rib chiqish, geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirish, ishlamayotgan quduqlarni qisqa muddatlarda ishga qaytarish va texnologik obyektlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga qat’iy topshiriqlar berdi.

👋Bizni kuzating

🌐web-sayt | 📹instagram |💬telegram | 📺youtube | 💬facebook
👍1
Muborakda 6 oy ichida 70 milliard so‘mlik ijtimoiy loyihalar amalga oshirildi

“Ko‘kdumaloq” konida Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov rahbarligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ishlab chiqarish natijalari bilan bir qatorda, ishchi-xodimlarning mehnat va turmush sharoitlarini yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Boshqaruv raisi  korxonada yuqori ishlab chiqarish natijalariga erishish, avvalo, inson kapitaliga investitsiya kiritish, xodimlar uchun munosib mehnat va yashash muhitini yaratish bilan chambarchas bog‘liq ekanligini ta’kidladi. Shu maqsadda joriy yilda boshqarmaning ijtimoiy sohasini rivojlantirish uchun 70 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan.

Boshqarma tasarrufidagi 122 ta yotoqxonada 2613 nafar ishchi uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash ishlari jadal davom etmoqda. Bugungi kunga qadar 2 ta yotoqxona to‘liq ta’mirlanib, yana 12 tasida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Boshqaruv raisi qolgan yotoqxona va oshxonalarni ham joriy yil yakuniga qadar to‘liq ta’mirlash, bu ishlarga yetarli miqdorda malakali quruvchilarni jalb qilish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.

Shuningdek xodimlarning taklif va ehtiyojlari asosida mas’ullar tomonidan shakllantirilgan bir qator yangi ijtimoiy tashabbuslar ham ma’qullandi. Xususan, bugungi kunda bir marta bepul ovqat bilan ta’minlanayotgan boshqarmaning 770 nafar xodimi uchun zamonaviy oshxonalarni maqbul shaklda tashkil etish, eskirgan 6 ta tez yordam avtomashinasini bosqichma-bosqich (joriy yilda 3 ta, kelgusi yilda 4 ta) 7 ta zamonaviy reanimobil bilan almashtirish, shuningdek, "Ko‘kdumaloq", "Zevarda" hamda "Kultak–Pomuq–Alan" ishchilar shaharchalarida mini sport maydonchalarini barpo etish bo‘yicha takliflar qo‘llab-quvvatlandi.

Yig‘ilishda ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlashga ham alohida e’tibor qaratildi. Boshqarma tarixi muzeyini zamonaviy ko‘rinishda rekonstruksiya qilish, uning negizida sohaga oid va badiiy adabiyotlar jamlangan kutubxona tashkil etish, mehnat fidoyilariga bag‘ishlangan "Uch avlod" stellasini barpo etish hamda konlarda davlat ramzlari va vatanparvarlik g‘oyalarini aks ettiruvchi infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha bildirilgan takliflar Boshqaruv raisi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Mas’ullarga ushbu loyihalarni belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli vazifalar yuklatildi.

👋Bizni kuzating

🌐web-sayt | 📹instagram |💬telegram | 📺youtube | 💬facebook
K.H.G.Q.O.UZVCHI Hamkasblar👍
Photo
Taniganlar bormi bular kimlar😁😁😁
K.H.G.Q.O.UZVCHI Hamkasblar👍
Photo
N:3 oddilina super baislar yoki raislar...
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tizer #Podkast

Jamoa shartnomasi haqidagi to‘liq ko‘rsatuvni ertaga jamiyatimizning YouTube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin. Ko‘rsatuvda jamoa shartnomasining mazmuni, unda belgilangan imtiyoz va kafolatlar, shuningdek xodimlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot beriladi.


👋Bizni kuzating

🌐web-sayt | 📹instagram |💬telegram | 📺youtube | 💬facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#e'tirof

Xalqaro musobaqada munosib ishtirok

Avval xabar berganimizdek,
joriy yil 21-23 may kunlari Qirg‘iziston Respublikasida sportning Mas-restling turi bo`yicha bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida Muborak NGQCHB Pomuq koni ishchisi Orif Itolmasov munosib ishtirok etib, faxrli 2-o`rinni egalladi.

E’tiborlisi, xodimning bu musobaqadagi ishtiroki "O'zbekneftgaz" AJ Boshqaruv raisining amaliy ko‘magi bilan amalga oshirildi.

"O'zbekneftgaz" AJ jamoasi Orif Itolmasovni bu muvaffaqiyati bilan samimiy tabriklaydi va kelgusida bundan ham yuqori marralarni tilaydi.

👋Bizni kuzating

🌐web-sayt | 📹instagram |💬telegram | 📺youtube | 💬facebook
⚡️Muborak zavodining 2 nafar mas’uli lavozimidan ozod etildi

Tanqidiy ruhda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda o‘z vazifasiga masu'liyatsizligi, yo‘l qoʼygan kamchiliklari hususan,
xaridlar jarayonidagi xatoliklar va ishchi xodimlar oʼrtasida ko‘tarilgan ko‘plab inson resurslari yo‘nalishidagi masalalarga eʼtiborsizligi sabab “Muborak GQIZining Xaridlar va Xodimlarni boshqarish bo‘limi boshliqlarini ishdan olish bo‘yicha topshiriq berildi.

@neftgaz_press_sekretar
#live
#ishchi_guruh

Muborak gazni qayta ishlash zavodida Mexanika markazi tashkil etiladi

Boshqaruv raisi ayni paytda davom etayotgan yigʻilishda alohida taʼkidlaganidek, bugungi avlod zimmasida katta masʼuliyat yotibdi.

“Ota-bobolarimiz bizga ulkan meros — neft va gazni qazib olish hamda qayta ishlashga ixtisoslashgan yirik korxonalar, zavod va boshqarmalarni qoldirgan. Bu — faqat sanoat obyektlari emas, balki ularning mehnati, tajribasi va ishonchining ifodasidir.

Endi savol tugʻiladi: biz kelajak avlodga nima qoldiramiz? Shu bois, bugungi kunda oldimizga qoʻyilayotgan eng muhim vazifa — mavjud korxonalarni saqlab qolish emas, balki ularni zamon talablari asosida modernizatsiya qilish, texnologik jihatdan yangilash va yanada rivojlantirishdir
", - dedi Boshqaruv raisi.

👉Batafsil

👉Bizni kuzating

web-sayt | instagram |telegram | youtube | facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ochiq neft va gaz favvoralarning oldini olish va bartaraf etish bo'yicha O'zbekiston harbiylashtirilgan qismi faoliyati bilan tanishuv.

👋Bizni kuzating

🌐web-sayt | 📹instagram |💬telegram | 📺youtube | 💬facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM