KHAN crypto signals
2 subscribers
6 photos
Download Telegram
Channel created
Assalomu alekum
AXS/USDT
Signal Type: Long
Leverage: Cross 20x
Entry Targets: 10.16 9.750
Take-Profit Targets:
1) 10.205
2) 10.300
3) 10.400
4) 10.600

Stop-Loss: 9.40
Abu Abdulloh Salmon Forsiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)
«Sizlardan biringiz juma kuni g‘usl qilib, qodir bo‘lganicha tozalanib, yog‘ surtib yoki
uyidagi xushbo‘y atirlardan sepib, uyidan chiqib, keyin masjidga borib, ikki kishi orasini
yormasdan (bo‘sh joyga o‘tirib) farz namozini o‘qisa va imom (xutbaga) chiqib
gapirayotganida jim tursa, o‘sha juma bilan narigi juma o‘rtasidagi gunohlari
kechiriladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Kimki juma kuni
xuddi junublikdan yuvingani kabi g‘usl qilib, keyin masjidga borsa, go‘yoki bir tuyani
qurbonlik qilibdi. Kimki ikkinchi soatda, ya’ni ikkinchi bo‘lib masjidga borsa, go‘yo bir
sigirni qurbonlik qilibdi. Kimki uchinchi soatda masjidga kelsa, go‘yo shoxli bir qo‘chqorni
qurbonlik qilibdi. Kimki to‘rtinchi soatda masjidga kelsa, go‘yo tovuqni qurbonlik qilibdi.
Kimki beshinchi soatda masjidga kelsa, go‘yo bir tuxumni ehson qilib, Allohga qurbat
(yaqinlashish) hosil qilibdi. Agar imom xutba aytish uchun joyidan chiqsa, farishtalar zikr
eshitish uchun hozir bo‘lishadi», dedilar. Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.