KEYSLAB | MARKETING | AI
2 subscribers
9 photos
5 videos
6 links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎭 Asaxiyning "500 so‘mlik PRi"

Asaxiy 20-21-22 mart kunlari “Kitoblar atigi 500 so‘m!” deb reklama qilgani haqida aytmagandim-a? 📢 Xuddi xalq uchun Navro‘z bayramiga sovg‘a qilayotgandek ko‘rindi. Reklama shu qadar ishonarli ediki, ko‘pchilik qo‘liga sumka olib, do‘kon sari yugurdi. 🏃‍♂️📚

Ammo borib qaralsa... 👀

500 so‘mlik kitoblar — "Bolalar uchun rangli rasmlar", "Hikoyalar to‘plami (5-10 betli)" yoki "Seni sog‘indim, Alisher" kabi 2-3 xil, deyarli hech kim izlamaydigan kitoblar ekan. 😕

Qolgan kitoblar esa odatiy narxida. 🤷‍♂️

🔴 Bu — trafik jalb qilish uchun PR nayrangi!
Ha, odam oqimi bor, media gapiryapti. Ammo ishonchni yo‘qotish — eng katta yo‘qotish!

Asaxiy bugun bitta kitobsevar mijozdan ayrildi, azizlar...

💡 PR qilmoqchimisan? PR qil, lekin ishonch bilan!
Aks holda mijoz qaytmaydi, faqat "qora PR" bilan odamlarni ovora qilganing qoladi, xolos.


"PR qil, lekin ishonchni sotma!" 🚀

"Reklama, SMM, PR – hammasi faqat Keyslab’da!"

Telegram |
Kreativ matn yozish uchun AI vositalari

Bu vositalar matn yozish va kontent yaratishda yordam beradi.

ChatGPT
Matn, g‘oyalar va kontent yaratish uchun kuchli vosita.


Claude
Uni yordamida murakkab savollarga javob berish va oddiylashtirish mumkin.


Copy.ai
Marketing matnlari va kontentni bir necha daqiqada yaratish.


Rytr
Har qanday mavzuda sifatli matn generatsiyasi.


CopyMonkey.ai
Internet-do‘konlar uchun mahsulotlarning noyob tavsiflarini yaratish.


Easy-Peasy.ai
Kontent generatsiyasi uchun universal vosita.


Writesonic
Matn va tasvirlar yaratish uchun platforma.


Jasper.ai
Sun’iy intellekt asosida maqola va reklama matnlarini yozish.


NeuroFlash
Sun’iy intellekt yordamida matn va tasvirlar yaratish.


➡️ Matn bilan ishlaydigan tanishlarga ulashib qo‘ying

Telegram | Instagram
SAMSUNG LOGOSI TARIXI: O‘ZGARISH VA RIVOJLANISH YO‘LI

1938 – Dastlabki logotip
Samsung dastlab Koreyada kichik savdo kompaniyasi sifatida boshlangan. Birinchi logotipda uchta yulduz, bug‘doy boshoqlari va an’anaviy Koreys yozuvlari aks etgan.

1958 – 1993: Sanoat va elektronika yo‘nalishiga o‘tish
Samsung texnologiyaga e’tibor qaratgach, logotip soddalashdi. 1980-yillarda qora fonda yozilgan oddiy “Samsung” yozuvi ishlatila boshlandi.

1993 – Bugungi kungacha
Hozirgi global brend logotipi 1993-yilda yaratildi. Moviy ellips ichida oq harflar bilan yozilgan “Samsung” yozuvi innovatsiya va ishonchlilik ramzi sifatida tanildi.

Nima uchun Samsung logotipi muvaffaqiyatli?
*Minimalistik va zamonaviy dizayn
*Brend qadriyatlarini aks ettiruvchi oddiy va toza vizual
*Dunyo bo‘ylab osongina tanib olinadigan identifikatsiya

*Batafsil ma'lumot*

Samsung logosi yana o'zgarishi mumkinmi? Fikringizni yozib qoldiring.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
PixVerse.ai ushbu sun'iy intelekt orqali yoshligingiz bn kurishib quchoqlashingiz mumkin!

➡️ Yoshligini sogingan tanishlarga junatib qo‘ying

Telegram | Instagram
Forwarded from Marketing bo'limi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Reklama foydali boʻlsa — halaqit bermaydi, odamlarning esida qoladi

Deliveroo va Humantra Ramazon oyida Dubayda iftordan keyin bepul elektrolit ichimlik tarqatadigan billboard o‘rnatdi.

Muqaddas oy, susaygan tanalar, oʻz vaqtida yetib kelgan g‘amxo‘rlik.

Bu oddiy reklama emas, odamlar eslab qoladigan, suratga oladigan, baham ko‘radigan darajada kreativ ishlangan kommunikatsiya.
Oddiy va doʻstona.

Nima deb oʻylaysiz, bunday kampaniyalar bizda ham amalga oshirilsa, natijalar qanday boʻlardi?

Marketing o‘zbek tilida — @marketingbolimi
tez kunda….

Aygen paketlarini ko’tarvogan bu bachalar — Market Yandex Go kreativ reklamasini qilib yurishibdi.

bu degani, tez orada bozorimizga o’rislarni ekotizimi bir qismi kirib keladi:

Market Yandex Go — Yandex Go bilan uyg’unlashib ishlaydigan online do’kon.

bor pulizni Uzum Marketga sarflashga shoshmay turing, doimgidek yangi biznes bozorga kirsa, yaxshigina askiya va bonuslar bilan keladi 😂
Mahsulotni tatib ko‘rmasdan, qadoqni ko‘rib sevib qolish mumkinmi? Ha, yaxshi qadoq aynan shunday kuchga ega!

Qadoq nafaqat mahsulotni himoya qiladi, brendni tanitadi va hatto xarid qilish qaroriga ta’sir ko‘rsatadi.

Endi keling, yaxshi qadoq qanday bo‘lishini ko‘rib chiqamiz:
Maqsadli auditoriyaga moslik – Qadoq dizayni mahsulotning maqsadli auditoriyasining didiga mos bo‘lishi muhim. Masalan, bolalar uchun yorqin dizayn, premium mahsulotlar uchun minimalistik uslub.
Raqobatchilardan ajralib turish – O‘ziga xos dizayn do‘kondagi boshqa mahsulotlar orasida ko‘zga tashlanishi kerak.
Aniq xabar – Qadoqqa qaragan iste’molchi mahsulot nima ekanini darhol bilishi kerak.
Chiroyli va tartibli dizayn – Vizual jihatdan yoqimli dizayn iste’molchilarni jalb qiladi. Qadoqda barcha elementlar tartibli joylashishi, tartibsiz va ortiqcha elementlarga boy bo‘lmasligi kerak.
The Weeknd va Instagram: marketingning yangi bosqichi!

The Weeknd
birinchi bo‘lib Unlockable Reels funksiyasidan foydalandi — uning yangi videosini ko‘rish uchun maxfiy kod «ICANTSING»ni kiritish kerak. Bu — oddiy video emas, bu tomoshabinni o‘yin kabi jarayonga jalb qiladigan innovatsion yondashuv.

Agar siz ham videoingizni kod ortiga yashira olsangiz, u nima bo‘lardi?

🚀
@UchadiUxladi😴