Kerak bo'lib qolar
28 subscribers
495 photos
1.18K videos
333 links
Download Telegram
Tunu-kun xayoling o'zimku, aytgin,
Asallar ta'm olgan so'zimku, aytgin.
Necha jononlarga termularsanu,
Ko'zingdan ketmagan ko'zimku, aytgin!

Berkitib ovora bo'lgan dardingman,
Yuragingga qo'ngan harir gardingman,
Senku kecholmaysan mendan umrbod,
Men seni o'zgaga bergan mardingman!

#Malika Tavfiq
2
Kel olamdagi narsalarni
bo'lishib olamiz:
sen mengasan,
qolgan narsalar senga.
🫶
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1
— Ayol kishi hazilkash
erkaklarga moil bo'ladi.
Go'zal va soqolli erkaklarga
oshiq bo'ladi.
Ko'p gapiradigan erkakni
yaxshi ko'radi.
Ilmli erkak uni nihoyatda
hayratlantiradi.

🌷 Oxirida boshida sochi
qolmagan, kal, bir qancha
shirkatlar egasi bo'lgan
erkak kelib barchasini
chippakka chiqaradi. 🤭

#Abdulqodir Polvonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁2🤣2
Kutganing senga ham intizor bo'lsa,
Sen uni sevgandek sevolmasa ham –
Sevsa, tuyg'ulari beg'ubor bo'lsa,
Arosat dashtida chekmasang alam.

Tizilmasa, mayli, yo'lingda hurlar,
Faqat bir nurchehra kutsa nigoron.
Bag'ishlamasa ham sha'ningga she'rlar,
Eng toza so'zlarin aylasa ehson...

Ammo bu hayotdir – sinov bozori,
Hammasi teskari, barchasi g'alat.
Sen suygan mahliqo boshqaning zori,
Parvo qilmaganing senga bitar xat.

Bu ahli dunyoni tushunay qanday,
Mudom nasiyaga alishgay naqdni.
Ko'ngil ko'ngil bilan o'chakishganday,
Baxtdan to'yganlarga ilinar Baxtni...

#Behzod Fazliddin
2🔥2
Kim xato qilmaydi, ayt,
kim begunoh?!
G'ururni yeng, kechir!
Qayt, ortingga qayt!
Mingta satr yozsam,
bir satr bilan,

"Men ham Sendan ko'proq
sog'indim!
" - deb ayt!
😢1
Anglab olsang bo'lardi meni,
Sevmaslikka yetmas hech kuchim.
Yoningga hech bormayman seni
Yaxshi ko'rib qolmaslik uchun.

Ko'zlarimga buyruq beraman,
Tushlaringga qo'rqib kiraman.
Xayolni ham o'ylab suraman,
Seni sevib qolmaslik uchun.

Kimga so'ylay yetti yotimni,
Qandoq o'ylay yetti yotimni?
Ko'p qilaman ehtiyotimni,
Seni sevib qolmaslik uchun.

O'ylab-o'ylab charchadi yurak,
U ne istar, bilishim kerak.
Yana nedir qilishim kerak,
Seni sevib qolmaslik uchun.

Bu gulshandan shart ketsammikin,
Vaqt o'tishini yo kutsammikin,
Yo hayotni tark etsammikin,
Seni sevib qolmaslik uchun.

#Xayrulla Hamidov
2👍2
Sog'inchni hech bir tilda
anglatolmaydi inson.
Shuning uchun sog'insa
jim qoladi...
😢21
Omonatsan endi...

Ismingni o'chirdim duolarimdan,
Ammo suratlaring saqlab kelyapman.
"Bunchalar hayosiz", dema iltimos,
Chin so'zim, ularga qaramayapman.

O'ylardan otilib ketadi boshim,
Sen bilan sinalish naqadar og'ir.
"Yasholmayman", deya to'kdim ko'z yoshim,
Mana, sensizlikka ko'nyapman oxir.

Sen-ku o'z olaming qo'ynida erkin,
Men esa ohlarim domida talash.
Na-da begonamiz, na-da parvona,
Uyat bo'lar axir "meniki" atash?

G'alati tugadi bizning hikoya,
Boshi berk ko'chada qolganday bo'ldim.
Go'yo qilganlarim barchasi zoye,
O'sha kuni xuddi o'lganday bo'ldim.

"Alvido" demadik, "xayr" demadik.
Intiqomiz menga alam qilar gah.
Shuncha taqdir ko'rib odam bo'lmadik,
Omonatsan endi… Fi amanillah..

#Malika Yoqubzoda
2🥰1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2
Bir suhbatdosh kerak o'zimday telba,
Yonimda dunyoni unutadigan.
Telefon ekranin teskari qilib,
Har aytar so'zimga entikadigan.

Bir dardisar kerak dardlari o'xshash,
Yig'lasam sababin so'ramaydigan.
Hatto ma'no bersin har bitta qarash,
O'zim haydamasam jo'namaydigan.

#Malika Yoqubzoda
😢21
Bir insonni sevmasligingizni,
duolaringizda unutganingizda anglaysiz...

#Hikmet Anil O'ztekin
3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Nega bunaqaman" - degan savolni,
Bilmaysan, necha bor berdim o'zimga.
Kunduz kun yod olib qolaman hayron,
Tun bo'yi o'zimga aytgan so'zimga.

Ba'zan o'zimni ham tushunmay qolib,
Fikrimni ifoda etolmayman ham.
Shu qadar yaqinman o'zimga go'yo,
Shu qadar uzoqman — yetolmayman ham.

"Nega bunaqaman?" — deyman yana jim,
Go'yo javob bordek yurak tubida.
Ammo u javobni aytishga qo'rqib,
Yashirinib yotar sukut qo'ynida.

Balki men shunchaki ortiqcha sezgir,
Balki ko'nglim yupqa, so'zim og'irroq.
Yoki bu dunyoga sig'may qolganim,
Shu savol ostida yashash to'g'riroq.

Ha men shunaqaman, sal g'alatiroq,
Har neni yutaman ko'ngil ichiga.
Lol qolib jilmayib qo'yaman ba'zan,
Tangrim menga bergan sabr kuchiga..

Ha men shunaqa...

#Malika Yoqubzoda
2
Men yomg'irni sevaman,
chunki u qayerda bo'lmaylik,
ikkimizning ustimizda ham
bir xil osmon borligini eslatadi.

Lekin ayni paytda u eng
shafqatsiz jalloddir ham ... u
derazamni tinimsiz chertib,
sen hozir juda uzoqda
ekanligingni,
men esa bu sovuq xonada
yolg'iz xotiralar va sening
yo'qliging bilan qolganimni
yuzimga soladi.

Yomg'ir ostida qadam tashlash —
sening yo'qliging bilan qilingan
eng uzun, eng jimjit suhbatdir.

#Mahmud Darvesh
1🔥1
Hamma dori ham dorixonada sotilavermaydi do'stim.

Ba'zi ko'zlar bor,
unga tikilib o'tirsang,
ichingdagi g'uborlar ketadi.
Ba'zi qo'llar bor,
ushlaganda o'zingga kelasan.
Ba'zi bag'irlar bor,
boshingni qo'ysang,
hotirjamlikni his qilasan.
Ishon do'stim,
bir kichik quchoq yer yuzidagi
eng tinch joy bo'lishi mumkin.
Ba'zi barmoqlarning
sochingni paypaslashi og'riq
qoldiruvchidek ta'sir qiladi.
Shunday tabassumlar bor
senga ruhingni qaytaradi...

Ishon do'stim,
Hamma dori ham dorixonada sotilavermaydi!
2🔥1
O'zimning yo'limga undamayapman,
Uqtirmayapmanku falsafamni ko'p.
Meni tushunmaysan, indamayapman,
Seni tushunmasam, xafa bo'lma, xo'p?!

Sening ishing menga xatodir, xato,
Kulgingga sababchi men tushungan g'am.
Yo'llarimiz tersdir shu qadar, hatto
Kesishib qolmaydi ro'yolarda ham.

Poyingga tillodan sochqi sochsalar,
Ishga tushmas hatto ko'z qirim mening.
O'ngimda uchragan sof mo'jizalar
Hatto tushlaringga kirmaydi sening.

Butkul bo'lak olam! Shunaqamiz biz,
Taassufki, dilda o'zgacha niyat:
Sen mening baxtimni etolmassan his,
Sening baxting menga sanalar uyat.


#Xayrulla Hamidov
2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
JAADU TERI NAZAR😍

Yoshlikni eslab.....
👍21🔥1
Сени шунчалик яхши кўраманки асло шубхам йўқ..
Хурматинг, ўрнинг осмон қадар, лекин бир куни сендан кечиб кетсам албатта рашк туфайли кетган бўламан...😔
1😢1