"Kelajak kasblari" loyihasi
1.46K subscribers
230 photos
74 videos
2 files
152 links
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o'qish xarajatlari subsidiya orqali qoplanadi.

Rasmiy Telegram bot: @kelajakkasblari_bot
Download Telegram
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Bugun talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi. Dolzarb masalalarni muhokama qildik, g‘oyalarni o‘rtoqlashdik, fikr almashdik. Yoshlarni tinglash nihoyatda muhim, chunki umumiy kelajagimizni aynan ular barpo etadilar.

_

Сегодня состоялся открытый и искренний диалог со студентами. Мы обсудили актуальные вопросы, обменялись идеями и взглядами. Слушать молодёжь невероятно важно, ведь именно ей предстоит строить наше общее будущее.
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️O‘quv markazlari forumiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

Avvalroq aytganimdek, eng ilg‘or o‘quv markazlari, soha vakillari, hamda xorijiy tillarni o‘rganish va zamonaviy kasblarni egallashni niyat qilgan yoshlarni bir maqsad atrofida birlashtirish uchun o‘quv markazlari forumini tashkil etyapmiz.

Forumni yuqori saviyada va barcha uchun tizimli hamda qiymatli o‘tkazish, shuningdek byudjet mablag‘larini tejash maqsadida, forum xarajatlarini qoplash uchun o‘quv markazlari o‘z hissalarini qo‘shish imkoniyati yaratildi (ixtiyoriy).

O‘quv markazlari ochmoqchi bo‘lgan, xorijiy tillar hamda kelajak kasblariga qiziquvchi yoshlar uchun alohida master-klaslar tashkil etiladi. Spikerlar tarkibi kundan-kunga kuchayib bormoqda.

Marhamat, hoziroq ro‘yxatdan o‘ting, 14-15-dekabr kunlari, Toshkent shahridagi, yoshlar ijodiyot saroyida bo'lib o'tadigan O‘zbekistonning eng katta o‘quv markazlari hamjamiyatiga aʼzo bo‘ling.

👉https://forum.kelajakkasblari.uz/
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“O‘quv markazlari” forumi Sirdaryoda

⚡️Bir-biridan qiziqarli va unutilmas loyihalarni taqdim etayotgan “Yoshlar forumi – 2024” doirasida Sirdaryo viloyatida ham “O‘quv markazlari” forumi tashkil etildi.

Mazkur forum doirasida yoshlarning malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashayotgan 40 dan ortiq o‘quv markazlari rahbarlari va yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida ularning taklif va tashabbuslari tinglandi, faoliyatlaridagi dolzarb muammolar muhokama qilinib, kelgusidagi samarali hamkorlik uchun rejalashtirilgan chora-tadbirlar belgilandi.

#Yoshlarforumi2024

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zbekiston o‘quv markazlari” forumi

⚡️Joriy yilning 14-15-dekabr kunlari poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Yoshlar forumi – 2024” doirasida “O‘zbekiston o‘quv markazlari” forumi tashkil etilmoqda. 

🚀Mazkur loyiha mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan eng ilg‘or o‘quv markazlari, soha mutaxassislari va xorijiy tillarni o‘rganish hamda zamonaviy kasblarni egallashni maqsad qilgan yoshlarni birlashtirish uchun yagona platforma bo‘lib xizmat qiladi. 

🗂Forumda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting: forum.kelajakkasblari.uz 

Yangiliklarni kuzatib borish uchun: @oquvmarkazlarforumi

#Yoshlarforumi2024

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Yoshlar forumi – 2024” doirasidagi eng kutilgan loyihalardan biri boshlanmoqda!

Ayni vaqtda poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston o‘quv markazlari” forumi respublikamizning 20 mingdan ortiq o‘quv markazlari orasidan tanlab olingan eng ilg‘or markazlarni, ushbu sohaning yetakchi vakillarini hamda xorijiy tillarni o‘rganish va zamonaviy kasblarni egallashni maqsad qilgan yoshlarni bir nuqtada birlashtirdi.

#Yoshlarforumi2024

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Mamlakatimizdagi o‘quv markazlari soni qariyb 2 baravarga o‘sgan

⚡️“Yoshlar forumi – 2024” doirasida bo‘lib o‘tayotgan “O‘zbekiston o‘quv markazlari” forumida Agentlik direktori Alisher Sa’dullayev qiziqarli ma’lumotlar ulashdi.

Xususan, 2022-yilda xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga o‘qituvchi markazlar soni 12 840 tani tashkil etgan bo‘lsa, sohaga qaratilgan e’tibor natijasida bu ko‘rsatkich ikki yil ichida 1,7 barobarga oshib, 22 297 taga yetdi. Hozirda ushbu markazlarda 353 mingdan ortiq yoshlar ta’lim olmoqda.

🇺🇿Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlar uchun chet tillarini o‘rganish yo‘nalishida yaratilgan keng imkoniyatlar va amalga oshirilayotgan tub islohotlar natijasida, ularning kasb egallash imkoniyatlari yildan-yilga oshib bormoqda.

💼Birgina Yoshlar ishlari agentligining “Kelajak kasblari” loyihasi orqali bugungi kungacha 755 ta o‘quv markazlari bilan hamkorlik olib borilib, 25 mingdan ortiq yoshlarga ta’lim berildi. Ushbu muassasalarning kelgusidagi faoliyatiga omad tilaymiz!

#Yoshlarforumi2024

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Bugungi Prezidentimiz bilan bo'lib o'tgan uchrashuvdan qisqacha taasurotlar!

Bu xabarni har bir yosh eshitishi kerak! Marrani baland olib, oldinga harakatlanishdan to'xtamang aziz yoshlar 🇺🇿
"Kelajak kasblari" loyihasi
Voice message
"Kelajak kasblari" loyihasida yangilik!

Ushbu ovozli xabarni do'stlaringizga maksimal ulashing va "2+6" dasturi haqida bilib oling. Tez orada yangiliklarni e'lon qilamiz.

@kelajakkasblari_uz
Forwarded from Alisher Sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿⚡️Ular bunga qanday erishdi?

Kimlarga havas qildingiz? Kimlarni bu davrada ko'rishni xohlar edingiz?

#prezident #yoshlar #uzbekpower
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar mamlakatimizning oltin fondi!

“Yuzma-yuz+” mehmoni — Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher Sa’dullayev.

Ko‘rsatuvning ushbu sonida yoshlar siyosati, imkoniyatlar, yechim kutayotgan muammolar va amalga oshayotgan islohotlar haqida so‘z boradi.

📹 To‘liq suhbat YouTube’da

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida farmoni (PF-61, 26.03.2025 y.) qabul qilindi.

🔰Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-maydan boshlab 2031-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatga quyidagi soliq imtiyozlarini joriy etiladi:

kreativ park rezidentlariga ijtimoiy soliqni hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 50 foiz kamaytirilgan stavkada to‘lash;

rezidentlarni tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi miqdoridan qat’i nazar aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar toifasiga kiritish. Bunda rezidentlar o‘z istagiga binoan umumbelgilangan soliq solish tartibiga o‘tishlari mumkin.

🔸 xorijiy tillar bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olganiga ikki yildan oshmagan yoshlarga olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochish uchun Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan olti oylik imtiyozli davr bilan uch yil muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda beriladi.

🔸2025-yildan boshlab mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari xorijning nufuzli top-100 talik ro‘yxatiga kirgan oliygohlarda o‘qish imkoniyatini yaratish maqsadida “El-yurt umidi” jamg‘armasining yangi stipendiya yo‘nalishi sifatida “Yorqin iste’dod” loyihasi joriy etiladi;

🔸“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijiy mamlakatlarda ta’lim olib qaytgan stipendiatlar milliy kadrlar zaxirasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritiladi hamda ular davlat organlari, tashkilotlari va muassasalariga tanlovsiz ishga olinadi;

🔸2025-yil 1-iyundan:
nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 100 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan 35 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun uy-joy joylashgan hududdan kelib chiqib, o‘n yil muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 2 150 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda ajratiladi;

nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi.

2025/2026 o‘quv yilidan:
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarining namunali kursantlari (talabalari) va tinglovchilari uchun “Oliy bosh qo‘mondon” davlat stipendiyasi joriy etiladi.

o‘quvchilar o‘rtasida muhandislik-ixtirochilik yo‘nalishida olimpiadalar o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi va g‘olib bo‘lgan bitiruvchi yoshlar davlat oliy ta’lim muassasalarining olimpiada yo‘nalishiga mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga imtihonlarsiz qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

🔹Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ajratilgan mablag‘lar doirasida yoshlarni ilmga qiziqtiruvchi, tarbiyaviy va umummilliy qadriyatlarni shakllantiruvchi milliy mediakontentlar yaratish hamda eng yaxshi intellektual shoularni tashkil etish uchun 100 million so‘mgacha grantlar ajratiladi;

#qonunchilikdagi_yangiliklar

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM