Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san'ati muzeyi
243 subscribers
1.15K photos
199 videos
31 files
183 links
Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san'ati muzeyi.
http://kbmsm.uz saytining 👉 @kbmsm_uz rasmiy telegram kanali.
Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=100069514299511
Instagram: @kbms_museum
Murajaat uchun👉http://kbmsm.uz
Download Telegram
Халқаро хамкорлик ...

Ташриф давом этмокда... Музей раҳбарияти ва илмий ходимлари ҳамкорлик алоқаларини йўлга қўйиш, ташкилот фаолияти билан яқиндан танишиш ва тажриба алмашиш мақсадида Тбилиси шаҳрида жойлашган Миллий қўлёзмалар маркази раҳбарияти билан учрашдилар. Меҳмонлар Миллий қўлёзмалар марказида мавжуд бўлган Шарқ ва Грузия тўпламлари фондини кўздан кечирдилар. Фондда V-VI асрлардан бошлаб яратилган нодир қўлёзмалар, уларга ишланган иллюминация ва тасвирлар, наққошлик безаклари билан бойитилган асарлар сақланади. 
Учрашувда миниатюра санъати, қадимий қўлёзмалар, қоғоз тарихи, хаттотлик санъатини ўрганиш, тарғиб қилиш, кўргазма, конференция ва илмий семинарлар ташкил этиш масалаларига тўхталиб ўтилди. Бу борада, кейинчалик ўзаро ҳамкорлик Меморандуми имзоланиши келишиб олинди.
👍10
Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san'ati muzeyiga Eron Islom Respublikasining O'zebkistondagi  madaniyat ishlari bo'yicha attashesi janob Amir Said Karami tashrif buyurdi. Tashrifdan ko'zlangan maqsad avgust oyida rejalashtirilgan xattot Mohammadi Hassan Fathollah shaxsiy ko'rgazmasi bo'yicha fikr almashinildi.
👍7
Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san'ati muzeyiga Fransiya davlatidan bir guruh sayyohlar tashrif buyurdi. Tomoshabinlarga muzey bo'ylab ekskursiya hamda qo'lda qog'oz tayyorlash bo'yicha mahorat darslari  o'tkazildi.
👍4
Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san'ati muzeyiga Yakkasaroy tumani FVV 18-yong'in qutqaruv bo'linma xodimlari tashrif buyurdi.
Tashrifdan maqsad muzey xodimlariga muzey hududida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan favquloddagi vaziyatni oldini olishga qaratilgan tadbir o'tkazildi.
18-avgust kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san'ati muzeyida  eronlik miniatyurachi rassom, illyuminator va xattot, Eron kitobat san’ati instituti rahbari (Tehron) Hasan Mohammadiyning shaxsiy ko‘rgazmasi o'tkazildi. Ko'rgazmada ijodkorning "Bahori Mavlono" muraqqa-albomi uchun yaratilgan 22 ta illyuminatsiya (bezak) hamda shogirdlari bilan birga yaratgan 7 ta mustaqil asar va bir necha albom- muraqqalar namoish etilmoqda.  Ko'rgazmaning ochilish marosimi davomida Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san'ati muzeyi  va Eron kitobot san'ati instituti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
👍2